“FARG‘ONA HETK” AJ
4.85K subscribers
29.5K photos
4.08K videos
4 files
11.6K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
✍️ Toshkent shahrida yashirin va kuzatilmaydigan iqtisodiyot 60 trillion so‘mga yetgan, bu budjet yiliga 7,5 trillion so‘mni yo‘qotyapti degani.

✍️ Davlatimiz rahbari mavzuni davom ettirar ekan, Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi tomonidan “Chorsu” bozorida to‘lov intizomi joyiga qo‘yilmagani, “Malika” savdo kompleksida esa ahvol bundan ham ayanchli ekanini ko‘rsatib o‘tdi.

✍️ Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i X.Mullajonov va Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i Y.Nasimdjanovni ishdan olish, faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi.

✍️ Davlatimiz rahbari hozirda “O‘zbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligida katta taftish ketayotgani, milliard-milliard so‘mlik talon-torojliklar aniqlanganini ma’lum qildi.

✍️ “Bilib qo‘yinglar, davlatning har bir so‘mi bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatiladi. Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq bo‘ladi!”,
– dedi Prezidentimiz.

✍️ Toshkent shahri misolida aytilgan barcha masalalar butun respublika huquq-tartibot idoralariga birdek tegishli ekani qayd etildi.

✍️ Prezidentimiz yangi tizimni Chilonzor tumani misolida tushuntirib berdi.

✍️ Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmatining har soatiga bazaviy hisoblashning 5 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lanishi belgilandi.

✍️ O‘tgan yilda poytaxtda 1,5 mingdan ortiq narkotikka ruju qo‘yganlar rasman ro‘yxatga olingan. Eng achinarlisi, “soya”da bo‘lgan giyohvandlarning soni bundan ham ko‘p. Ularning aksariyati yoshlar.

✍️ Shaharda jinoyatchilardan olib qo‘yilgan sintetik moddalar so‘nggi besh yilda 11 karra oshgan.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Shaharda jinoyatchilardan olib qo‘yilgan sintetik moddalar so‘nggi besh yilda 11 karra oshgan.

✍️ Yig‘ilishda so‘nggi paytlarda jinoiy guruhlar oldi-berdi munosabatlarga, biznes faoliyatga aralashib, tadbirkorlar va investorlarga tahdid solayotgani qayd etildi.

✍️ Yurtimizda e’tiqod erkinligi Konstitutsiya bilan mustahkamlangan va diniy bag‘rikenglik siyosatini davom ettirilishi ta’kidlandi.

✍️ Kiberjinoyatlar kundan-kunga ko‘payib, uning turlari 18 tadan 62 taga chiqdi. Ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, sun’iy intellekt orqali ovoz va yuz qiyofasini o‘xshatish, zararli fayllarni tarqatish avj olyapti.

✍️ Kadrlar qo‘nimsizligiga barham berish, malakali va fidoyi kadrlarni rag‘batlantirish doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.

✍️ Davlatimiz rahbari huquq-tartibot tizimida ham yangi tarixni boshlab beradigan qarorlar qabul qilish vaqti kelganini ta’kidladi.

✍️ Tergov sifatini tubdan oshirish va uning shaffofligini ta’minlash huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

✍️ So‘nggi yillarda davlat boshqaruv organlarida ochiqlik va shaffoflik siyosati yuritilayotgani o‘z natijasini bermoqda. Lekin bu jarayon huquq-tartibot idoralarining ishiga sekin kirib kelayotgani, ularning faoliyati tashqaridan xolis o‘rganilmayotgani qayd etildi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UZBEKISTAN2030.UZ: STRATEGIYA MUHOKAMASIDA ISHTIROK ETING!

✍️ Mamlakatimiz taraqqiyotining uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish maqsadida uning yangilangan loyihasi ishlab chiqildi.

🖥 Ayni paytda Strategiya loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz platformasiga joylashtirildi.

🎤 Kelgusi besh yillik rivojlanishga qaratilgan Strategiyani yanada takomillashtirish maqsadida, uning xalqimiz va davlat hayotining barcha sohalarida to‘liq aks etishi uchun keng jamoatchilikning taklif va mulohazalari olinmoqda.


📣 Siz ham uzbekistan2030.uz platformasi orqali o‘z taklif va tashabbuslaringizni bildiring va ushbu taraqqiyot dasturining faol ishtirokchisiga aylaning!

Zero, bugun bildirilgan fikr — ertangi taraqqiyot poydevori.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

26-yanvar kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi

Elektr stansiyalari orqali jami 266,5 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Iste’molchilarga 247,6 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Tabiiy gaz iste’moli 144,8 mln kub metrni tashkil qildi. 2 ming 300 tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi. Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga 2 ming 300 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

Batafsil / Батафсил / YouTube’da ko‘rish

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🤔ELEKTR TA’MINOTI YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA

Iste’molchilarni barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, ayniqsa mavsumiy yuklamalar oshadigan davrlarda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida hududlarda izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday chora-tadbirlar doirasida Farg‘ona shahrining “Afrosiyob” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 560-sonli quvvati 160 kVA bo‘lgan transformator punktini quvvati 400 kVA bo’lgan transformatorga Farg'ona tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan almashtirildi. Mazkur amaliy xarakat hududdagi elektr ta’minoti barqarorligini oshirish hamda mavjud qurilmadagi yuklamani kamaytirishga qaratilgan.

Katta quvvatdagi transformatorning ishga tushirilishi natijasida mahalladagi 150 ga yaqin xonadonning elektr ta’minoti sezilarli darajada yaxshilanadi. Bu esa aholi uchun qulay sharoit yaratish, elektr energiyasidagi uzilishlar va kuchlanish pasayishlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Hududlarda uzluksiz ish rejimida iste’molchilar ehtiyojlarini inobatga olgan holda elektr ta’minotining ishonchliligini yanada oshirish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1