“FARG‘ONA HETK” AJ
4.86K subscribers
29.5K photos
4.08K videos
4 files
11.5K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
✍️ Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yildagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

✍️ O‘tgan bir yilda 366 ming oila kambag‘allikdan chiqqani, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish sohasida qilingan choralar sababli kambag‘allik darajasi 8,9 foizdan 5,8 foizga, ishsizlik esa 5,5 foizdan 4,8 foizga tushdi.

✍️ Prezidentimiz mavjud imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha hokimlar va “mahalla yettiligi”ga metodik bilim va tajriba yetishmayotgani, mas’ul vazirlik va idoralar esa ularga ko‘maklashmayotganini ko‘rsatib o‘tdi.

✍️ Tumanlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar infratuzilma, turmush darajasi, biznes faollik, moliyaviy imkoniyatlar kabi 20 ta mezon asosida 37 ta “og‘ir” tumanni aniqladi. Bundan tashqari, har bir tuman tahlil qilinib, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan 903 ta “og‘ir” mahalla tanlab olindi.

✍️ “Hokimlar eshitib olsin: bu mablag‘lar infratuzilmani yaxshilash orqali kambag‘allik va ishsizlikni 2 karra qisqartirishga xizmat qilishi shart.

✍️ Hududlarning bosh rejasini ishlab chiqish uchun Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Turkiyadan mutaxassislar olib kelinmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#24_soatlik_navbatchilik_asosida

📌Farg‘ona tumani
🌡Havo harorati -8
20:38

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning barcha tuman hamda shahar elektr ta'minot korxonalari xodimlari  iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 24 soatlik navbatchilik asosida faoliyatlarini olib bormoqdalar.

Hududlarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda nosozliklarning oldini olish va ularni operativ bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Ayni vaqtda Farg‘ona tuman elektr taʼminoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari tomonidan elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari bajarilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#tezkor_axborot

Toshloq tumanining "Suvboshi" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 35/6 kVli "Paxtazavod" podstansiyasidan chiquvchi 6 kVli "Rich" elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr energiyasi bilan taʼminlanuvchi 660-sonli transformator punktida yuklama keskin ortishi natijasida favqulodda yong‘in yuzaga kelgan.

Qisqa vaqt ichida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari bilan xamkorlikda mazkur yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q.

Ayni vaqtda transformator punktini qisqa vaqt ichida almashtirish, yangilash hamda montaj qilish ishlari bajarilmoqda.

Hududga "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan barcha zarur mutaxassislar va qurilmalar to‘liq jalb etilgan.

Qisqa vaqt ichida mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, taʼminot tiklanadi.

Favqulodda yuzaga kelgan nosozlik vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Shu o‘rinda isteʼmolchilardan imkon qadar elektr energiyasidan foydalanishda xavfsizlik va yong‘in qoidalariga qatiy rioya qilgan holda samarali foydalanishlarini so‘rab qolamiz!

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
“FARG‘ONA HETK” AJ
#tezkor_axborot Toshloq tumanining "Suvboshi" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 35/6 kVli "Paxtazavod" podstansiyasidan chiquvchi 6 kVli "Rich" elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr energiyasi bilan taʼminlanuvchi 660-sonli transformator punktida…
#jarayon

Toshloq tumani "Suvboshi" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 660-sonli transformator punktida yuzaga kelgan favqulodda nosozlikni bartaraf etish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Mazkur 400 kVA quvvatdagi transformator o‘rniga quvvati 630 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti o‘rnatildi hamda montaj qismlari to‘liq yangilandi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident idorasi: eshiklar ortidagi mehnat

Bu yerda pauza yo‘q. Prezidentimiz deyarli har kuni mas’ul rahbarlarning taqdimot va hisobotlarini tinglaydi.

Savollar beriladi. Bahs bo‘ladi. Vazifalar aniqlanadi. Qarorlar qabul qilinadi. Doimiy muloqot davom etadi.

O‘zbekistonning rivoji ana shu muhokamalar jarayonida yo‘nalish oladi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#jarayon

Isteʼmolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida hududlarda tezkor chiqish brigadalari uzluksiz faoliyat olib borishmoqda.

Ayni vaqtda Farg‘ona shahar elektr taʼminoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari Farg‘ona shahrida yuzaga kelgan elektr uzatish tarmog‘ida favqulodda yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlarini bajarishmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏4🔥1
🔴🔴🔴💙💙💙

TAʼMINOT BOSHQA UZATMALARGA O‘TKAZILDI

Yuqori kuchlanishli "L-Charxiy-1" elektr uzatish tarmog‘ida favqulodda avariyali uzilish yuzaga kelgan.

Mazkur uzatma orqali elektr energiyasi bilan taʼminlanuvchi Qo‘qon shahri, Buvayda, Uchko‘prik hamda Bag‘dod tumanlarining taʼminoti ayni vaqtda boshqa uzatmaga o‘tkazildi.
(Qo‘qon shahridagi yirik ayrim isteʼmolchilardan tashqari)

Ayni vaqtda yuqorida qayd etilgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Favqulodda yuzaga kelgan avariyali uzilish vaqtida keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
#jarayon

Yuqori kuchlanishli "L-Charxiy-1" elektr uzatish tarmog‘ining 105-sonli tayanchida favqulodda yuzaga kelgan uzilish tezkor chiqish brigadalari hamda malakali mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.

Qisqa vaqt ichida mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib tarmoq orqali elektr taʼminoti tiklanadi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6