AMALIY TAJRIBA — XAVFSIZ ISHNING KALITI
O‘zbekiston tuman elektr ta’minoti korxonasining o‘quv maydonida xodimlar uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Unda asosiy e’tibor ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash, to‘g‘ri harakat qilish va mas’uliyatli yondashuvni kuchaytirishga qaratildi.
Mashg‘ulot davomida xodimlar real ish sharoitiga yaqin vaziyatlarda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamladi. Elektr qurilmalari bilan ishlashda ehtiyot choralariga rioya qilish, himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda favqulodda holatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish masalalari alohida ko‘rsatib berildi.
Mutaxassislar tomonidan eng ko‘p uchraydigan xatolar tahlil qilinib, ularning oldini olish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. Shuningdek, xavfsizlik qoidalariga loqayd qarash qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi real misollar asosida tushuntirildi.
Mazkur mashg‘ulotlar xodimlarning nafaqat bilimini, balki ishga bo‘lgan mas’uliyatini ham oshiradi. Chunki elektr sohasida har bir to‘g‘ri qaror — inson hayotini asraydi.
⚡️ t.me/farhetk_admin

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#census_2026
ANIQ RO‘YXAT — TO‘G‘RI REJA
❗️ Biz yurtimiz kelajagi uchun ro‘yxatdan o‘tdik! Siz-chi?
📌 Siz ham onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol ishtirok eting.
🟢 Birga ro‘yxatdan o‘tamiz — birga kelajakni quramiz!
⚡️ t.me/farhetk_admin
ANIQ RO‘YXAT — TO‘G‘RI REJA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🤩1
#24_soatlik_ish_faoliyatida
Hududlarda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tezkor chiqish brigadalari tunu kun uzluksiz ish olib bormoqda.
Jumladan, Qo‘qon shahrini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 6 kVli “Kamolot” elektr uzatish kabel tarmog‘ining boshlanish qismi mutaxassislar tomonidan ta’mirdan chiqarildi. Amalga oshirilgan ishlar tarmoq ishonchliligini oshirish hamda kutilmagan nosozliklarning oldini olishga qaratildi.

👍2
Prezidentimiz tashabbuslari bilan Marg‘ilon shahrida "Yangi O‘zbekiston" massivi qurilishi davom etmoqda.
Massivga tutash hududda qad rostlayotgan Burhonuddin Marg‘iloniy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi uchun yangi elektr uzatish kabel tarmog’ini tortish ishlari bajarilmoqda.
Ma’lumot uchun Marg‘ilon shahridagi yangi massivda 110 gektar maydonda bunyodkorlik ishlari olib boriladi.
Xususan, 25 ming aholiga mo‘ljallangan 5 mingta xonadonli ko‘p qavatli uylar quriladi.
Shuningdek, Maqom teatri, yuridik institut, 4 ta mehmonxona, shoir va san’atkorlar xiyoboni, savdo va xizmat majmualari qad rostlaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👏1
Qo‘qon shahrida barpo etilayotgan zamonaviy texnopark hududida muhim infratuzilma loyihasi amalga oshirilmoqda. Innovatsiya va texnologiyalar markaziga aylanishi rejalashtirilgan ushbu hududda yangi elektr podstansiyasi qurish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Texnopark — bu faqat bino va inshootlar majmuasi emas. U ilmiy-tadqiqot institutlari, sanoat obyektlari, biznes markazlari, ko‘rgazma maydonchalari, ta’lim muassasalari hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini o‘zida mujassam etgan murakkab va zamonaviy tizimdir. Bunday muhit esa barqaror, kuchli va uzluksiz elektr energiyasini talab etadi.
Ayni paytda mutaxassislar tomonidan yangi podstansiyani elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tarmoqlar kelgusida texnopark hududidagi barcha obyektlarning ishonchli va barqaror elektr ta’minotini kafolatlaydi.
Yangi podstansiya ishga tushishi bilan texnopark faoliyati uchun mustahkam energetik poydevor yaratiladi. Bu esa innovatsion loyihalar, zamonaviy ishlab chiqarish va ilmiy ishlanmalar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
YANGI TAYANCHLAR O'RNATILMOQDA
“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tun-u, kun hududlarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.
Jamiyat tomonidan Toshloq tumanining "Qumqishloq" mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 0,4-10 kVli yangi elektr uzatish tarmoqlarini uchun yangi temir–beton tayanchlari o'rnatilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
QUYOSH PANELLARIDAN FOYDALANISH YANADA OMMALASHMOQDA
Rishton tumanining “Xo‘ja ilg‘or” mahallasida bir xonadon bugun yangi vazifani bajarmoqda — elektr ishlab chiqaryapti. Uy tomiga o‘rnatilgan quyosh panellari endi nafaqat yorug‘lik, balki real energiya manbai.
Xonadon egasi Jumaboy Xaydarov 20 kVt quvvatga ega quyosh tizimini ishga tushirdi. Natijada u oddiy iste’molchidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchiga aylandi.
Kun davomida ishlab chiqarilgan quvvat avvalo uy ehtiyojlarini qoplaydi, ortig‘i esa umumiy tarmoqqa uzatiladi. Bitta uy — butun tizimga hissa.
Loyiha mutaxassislar ko‘magida, xavfsizlik va samaradorlik talablariga to‘liq amal qilingan holda amalga oshirildi.

👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing
21-yanvar kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi
Tizim 24/7 rejimida kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda.
Elektr stansiyalari orqali jami 272,9 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Iste’molchilariga 245,7 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Tabiiy gaz iste’moli 146,2 mln kub metrni tashkil qildi.
Birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi oshirildi. Avtobenzin va dizel yonilg‘isi ham aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplaydigan darajada yetkazib berilmoqda.
Xususan, 21-yanvar kuni birja savdolariga jami 12,3 ming tonna avtobenzin va 14,7 ming tonna dizel yonilg‘isi chiqarilib, shundan 5 ming tonna benzin va 680 tonna dizel yonilg‘isi sotildi.
Shuningdek, birja savdolariga 2 428 tonna suyultirilgan gaz chiqarilib, shundan 2 368 tonnasi sotildi.
👉 Batafsil / Батафсил / YouTube’da ko‘rish

#24_soatlik_navbatchilik_asosida
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning barcha tuman hamda shahar elektr ta'minot korxonalari xodimlari iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 24 soatlik navbatchilik asosida ish olib bormoqda.
Hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda nosozliklarning oldini olish va ularni operativ bartaraf etish uchun 890 nafar muhandis-texnik xodimlardan iborat 185 ta tezkor avariya brigadalari shakllantirilgan.
Ayni vaqtda barcha hududlarda brigadalar o‘z ish faoliyatini olib borishmoqda.
Isteʼmolchilardan kelib tushayotgan har bir murojaat nazoratga olinib, o‘z vaqtida ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.

👍3❤1
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
Hududlarda isteʼmolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan tezkor chiqish brigadalari uzluksiz ish faoliyatini olib borishmoqda.
Oltiariq tuman elektr taʼminoti korxonasi mutaxassislari ayni vaqtda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari bilan shug‘ullanishmoqda.

👍5