“FARG‘ONA HETK” AJ
4.88K subscribers
29.4K photos
4.06K videos
4 files
11.5K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
XAVFSIZLIK — QOIDА EMAS, MADANIYAT

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda mehnat xavfsizligi amalda mustahkamlanmoqda. Xodimlar hayoti va salomatligi eng ustuvor qadriyat sifatida doimiy e’tiborda.

Shu maqsadda Farg‘ona shahar elektr ta’minoti korxonasida navbatdan tashqari o‘quv-amaliy yo‘riqnoma o‘tkazildi. Tadbir davomida kundalik ish jarayonida eng ko‘p uchraydigan xavfli holatlar real misollar orqali ko‘rsatib berildi.

Mutaxassislar har bir harakat texnik reglament asosida bajarilishi lozimligini, beparvolik esa og‘ir oqibatlarga olib kelishini yana bir bor eslatdi. Himoya vositalarining holati tekshirilib, ularning to‘g‘ri qo‘llanishi amalda namoyish etildi.

Shuningdek, yil boshidan buyon sodir bo‘lgan ayrim hodisalar tahlil qilinib, xulosa chiqarildi. Maqsad bitta — xatoni takrorlamaslik.

Xavfsiz mehnat — bu majburiyat emas.
Bu har bir xodimning kundalik mas’uliyati.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Qishda elektr energiyasini tejash bo‘yicha 10 ta maslahat.

—————

10
советов по экономии электроэнергии зимой.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Energiya resurslaridan samarali va tejamkorlik bilan foydalanish har birimizning vazifamizdir.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
AMALIY TAJRIBA — XAVFSIZ ISHNING KALITI

O‘zbekiston tuman elektr ta’minoti korxonasining o‘quv maydonida xodimlar uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Unda asosiy e’tibor ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash, to‘g‘ri harakat qilish va mas’uliyatli yondashuvni kuchaytirishga qaratildi.

Mashg‘ulot davomida xodimlar real ish sharoitiga yaqin vaziyatlarda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamladi. Elektr qurilmalari bilan ishlashda ehtiyot choralariga rioya qilish, himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda favqulodda holatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish masalalari alohida ko‘rsatib berildi.

Mutaxassislar tomonidan eng ko‘p uchraydigan xatolar tahlil qilinib, ularning oldini olish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. Shuningdek, xavfsizlik qoidalariga loqayd qarash qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi real misollar asosida tushuntirildi.

Mazkur mashg‘ulotlar xodimlarning nafaqat bilimini, balki ishga bo‘lgan mas’uliyatini ham oshiradi. Chunki elektr sohasida har bir to‘g‘ri qaror — inson hayotini asraydi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#census_2026

ANIQ RO‘YXAT — TO‘G‘RI REJA

❗️Biz yurtimiz kelajagi uchun ro‘yxatdan o‘tdik! Siz-chi?

📌Siz ham onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol ishtirok eting.

🟢Birga ro‘yxatdan o‘tamiz — birga kelajakni quramiz!

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🤩1
#24_soatlik_ish_faoliyatida

Hududlarda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tezkor chiqish brigadalari tunu kun uzluksiz ish olib bormoqda.

Jumladan, Qo‘qon shahrini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 6 kVli “Kamolot” elektr uzatish kabel tarmog‘ining boshlanish qismi mutaxassislar tomonidan ta’mirdan chiqarildi. Amalga oshirilgan ishlar tarmoq ishonchliligini oshirish hamda kutilmagan nosozliklarning oldini olishga qaratildi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
FAROVONLIK YO‘LIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Prezidentimiz tashabbuslari bilan Marg‘ilon shahrida "Yangi O‘zbekiston" massivi qurilishi davom etmoqda.

Massivga tutash hududda qad rostlayotgan Burhonuddin Marg‘iloniy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi uchun yangi elektr uzatish kabel tarmog’ini tortish ishlari bajarilmoqda.

Ma’lumot uchun Marg‘ilon shahridagi yangi massivda 110 gektar maydonda bunyodkorlik ishlari olib boriladi.

Xususan, 25 ming aholiga mo‘ljallangan 5 mingta xonadonli ko‘p qavatli uylar quriladi.

Shuningdek, Maqom teatri, yuridik institut, 4 ta mehmonxona, shoir va san’atkorlar xiyoboni, savdo va xizmat majmualari qad rostlaydi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1
🤔TEXNOPARK UCHUN YANGI PODSTANSIYA QURILMOQDA

Qo‘qon shahrida barpo etilayotgan zamonaviy texnopark hududida muhim infratuzilma loyihasi amalga oshirilmoqda. Innovatsiya va texnologiyalar markaziga aylanishi rejalashtirilgan ushbu hududda yangi elektr podstansiyasi qurish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Texnopark — bu faqat bino va inshootlar majmuasi emas. U ilmiy-tadqiqot institutlari, sanoat obyektlari, biznes markazlari, ko‘rgazma maydonchalari, ta’lim muassasalari hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini o‘zida mujassam etgan murakkab va zamonaviy tizimdir. Bunday muhit esa barqaror, kuchli va uzluksiz elektr energiyasini talab etadi.

Ayni paytda mutaxassislar tomonidan yangi podstansiyani elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tarmoqlar kelgusida texnopark hududidagi barcha obyektlarning ishonchli va barqaror elektr ta’minotini kafolatlaydi.

Yangi podstansiya ishga tushishi bilan texnopark faoliyati uchun mustahkam energetik poydevor yaratiladi. Bu esa innovatsion loyihalar, zamonaviy ishlab chiqarish va ilmiy ishlanmalar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#foto_fakt

YANGI TAYANCHLAR O'RNATILMOQDA

“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tun-u, kun hududlarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

Jamiyat tomonidan Toshloq tumanining "Qumqishloq" mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 0,4-10 kVli yangi elektr uzatish tarmoqlarini uchun yangi temir–beton tayanchlari o'rnatilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
QUYOSH PANELLARIDAN FOYDALANISH YANADA OMMALASHMOQDA

Rishton tumanining “Xo‘ja ilg‘or” mahallasida bir xonadon bugun yangi vazifani bajarmoqda — elektr ishlab chiqaryapti. Uy tomiga o‘rnatilgan quyosh panellari endi nafaqat yorug‘lik, balki real energiya manbai.

Xonadon egasi Jumaboy Xaydarov 20 kVt quvvatga ega quyosh tizimini ishga tushirdi. Natijada u oddiy iste’molchidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchiga aylandi.

Kun davomida ishlab chiqarilgan quvvat avvalo uy ehtiyojlarini qoplaydi, ortig‘i esa umumiy tarmoqqa uzatiladi. Bitta uy — butun tizimga hissa.

Loyiha mutaxassislar ko‘magida, xavfsizlik va samaradorlik talablariga to‘liq amal qilingan holda amalga oshirildi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1