“FARG‘ONA HETK” AJ
4.86K subscribers
29.3K photos
4.05K videos
4 files
11.5K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
🔴🔴🔴
#20_01_2025

HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI

📌 BAG‘DOD, BUVAYDA HAMDA UCHKO‘PRIK TUMANLARI

Bugun, 09:00dan 12:00ga qadar Bag‘dod, Buvayda hamda Uchko‘prik tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Charxiy-2" elektr uzatish tarmog‘ining 5-sonli tayanchidagi nosoz izolyatorlarni yangilash va taʼmirlash ishlari bajariladi;

Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с Премьер-министром Италии Джорджей Мелони.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#radio

🎙 FM_90.8 “Fargona” radiosi
🎙 “Yashil taraqqiyot “

Quyosh panellaridan foydalanayotgan tadbirkorlar uni daromadli biznes deb atamoqdalar.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️XODIMLAR NAVBATDAN TASHQARI YO’RIQNOMADAN O’TKAZILDI

Qo'qon shahar elektr ta’minoti korxonasida ishchi-xodimlar doimiy ish kuni oldidan va kun davomida navbatdan tashqari yo‘riqnoma o‘tkazib kelinmoqda.

O‘tkazilgan yo‘riqnoma davomida, eng avvalo ishchi–hodimlarni salomatligi, sog‘lig'i, shu bilan bir qatorda ish jarayonida birinchi navbatda amal qilinishi lozim bo'lgan texnik hamda tashkiliy tadbirlar jarayoni batafsil tushuntirib o'tildi.

Bundan tashqari, mutahassislar tomonidan ish jarayonida barcha turdagi himoya vositalarini tekshirish hamda doimiy xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etishlari bo'yicha ogohlantirildi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🤔BAXROMJON XONADONIGA QUYOSH PANEL O’RNATDI

Yurtimizda muqobil energiya manbalaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani quvonarli hol.

Bu esa nafaqat ekologik barqarorlik, balki energiya samaradorligini oshirishga ham xizmat qilmoqda.

Marg'ilon shahrining “Yorqin” mahalla fuqarolar yig‘ini Said Ahmad Xo’ja Eshon ko’chasi 74d-uyda yashovchi tashabbuskor fuqaro Baxromjon Kazakov o‘z yashash xonadoniga 10 kVt quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatdi. Bu tashabbus orqali u o‘z ehtiyojini muqobil yo‘l bilan qoplash bilan birga, ortiqcha elektr energiyasini tarmoqqa uzatish imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqda.

Mazkur loyiha amalga oshirilishi jarayonida tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan texnik tavsiyalar berilib, quyosh panellarining samarali ishlashi va muntazam monitoring olib borilishi yuzasidan tushunchalar berildi.

"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan viloyat hududlarida muqobil energiya manbalarini keng joriy etish maqsadida aholiga va tadbirkorlarga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari muntazam olib borilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
⚡️Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish

💡Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot O‘zbekistonda uy xo‘jaliklarining energiya tejamkor texnologiyalarga keng ko‘lamda o‘tayotganini ko‘rsatdi.

📊Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan yechimlarning keng joriy etilishi natijasida uy xo‘jaliklarining qariyb 90%i energiya sarfini kamaytirishga qaratilgan kamida bitta chora-tadbirni amalga oshirgan.

📊Eng keng tarqalgan amaliyot LED-yoritish moslamalarini o‘rnatish bo‘lib, uy xo‘jaliklarining 87%i svetodiodli yoritishga o‘tgan.

📉Uy xo‘jaliklarining 44%i plastik deraza va eshiklarni o‘rnatish orqali energiya samaradorligini yaxshilagan.

📈Shuningdek, 31% uy xo‘jaliklari energiya tejamkor maishiy texnika sotib olgan.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
KORRUPSIYANING HAR QANDAY KO‘RINISHIGA YO‘Q DEYMIZ

Prezidentimiz o‘z murojaatnomalarida korrupsiyaga qarshi kurashishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida ta’kidlab, ushbu illat jamiyat taraqqiyoti, xalq ishonchi va adolatli boshqaruvga jiddiy to‘siq bo‘lishini qayd etib kelmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalar asosida barcha soha va tizimlarda halollik, shaffoflik hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi barcha korxonalarda xodimlarning kasbiy saviyasi, xizmat madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda korxona xodimlari ishtirok etib, xizmat madaniyati, odob-axloq qoidalari, davlat xizmatiga bo‘lgan hurmatni oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan muhim mavzular muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida xodimlarga xizmat vazifalarini halollik va vijdon bilan bajarish, fuqarolar murojaatlariga tezkor va e’tiborli munosabatda bo‘lish, ichki mehnat intizomiga qat’iy rioya qilish hamda jamoatchilik bilan muloqotda doimo xushmuomala va odobli bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi, fuqarolar ishonchiga putur yetkazuvchi xavfli illat ekani qat’iy ta’kidlanib, uning oldini olish bo‘yicha xodimlarga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi.

Yakunda har bir xodimning halolligi, sadoqati va ochiq faoliyati xalq ishonchini mustahkamlash hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda muhim omil ekani alohida qayd etildi. “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lish, halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilish ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
🤔 MUROJAAT IJOBIY YECHIM TOPDI

Marg’ilon shahri “Navbahor” mahalla fuqarolar yig’ini “Yangi Farg’ona” ko’chasida joylashgan 15-sonli ko‘p qavatli uyning elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr qutisi (shit) hamda elektr montaj qismlari mutaxassislar tomonidan ta’mirlandi.

Mazkur ta’mirlash va yangilash ishlari ayni mavsumda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda avariyali uzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
✍️TARMOQDAGI YUKLAMALAR TENG TAQSIMLANMOQDA

Qo'qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan Qo'qon shahar “Oydinbuloq” mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 53-sonli transformator punktidan chiquvchi tarmoqlar ko'rikdan o'tkazilib, yuklamalarni teng taqsimlash ishlari bajarilmoqda.

O’z navbatida olib borilgan ushbu texnik tadbir ishlari mavsumda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda avariyali uzilish holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

So’ngi kunlarda viloyatimizda ELEKTR ENERGIYASIGA BO’LGAN TALAB KESKIN ORTDI.

Yuqori yuklama vaqtlari viloyatimiz iste’molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan nosozlik holatlarini oldini olish maqsadida ayrim taqsimlash tarmoqlari muntazam qisqa muddatli kо‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Bu ishlar yuklamani tartibga solish va elektr qurilmalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Shu sababli, ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilish holatlari kuzatilayotgani — elektr tarmoqlari ishlashini va ta’minotini barqarorlashtirish uchun zarur texnik choralar ekanaligini ma’lum qilamiz.

Iste’molchilardan yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤔ELEKTR ENERGIYASINI TEJASH, FAROVONLIGIMIZ KAFOLATI!

Bugungi yosh avlod qalbi va ongiga energiya tejamkorligi hamda energoresurslardan oqilona foydalanish tushunchalarini singdirish, ushbu masalaning naqadar muhimligini doimiy targ‘ib qilish – ertangi kunimiz istiqbolini ta’minlashga xizmat qiladi.

👉 t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda "Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish" mavzusida tadbir tashkil etildi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
QUVA TUMANINI JADAL KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Quva tumanini jadal kompleks rivojlantirish boʻyicha tegishli loyihalar asosida hududlarning elektr ta’minotini yaxshilash va yangilash ishlari olib borilmoqda.

Ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan tumanning “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig’ini hududiga yangi transformator punktlarini o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1