“FARG‘ONA HETK” AJ
4.86K subscribers
29.3K photos
4.05K videos
4 files
11.5K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
#24_soat_ish_faoliyati
#foto_fakt

YANGI TAYANCHLAR YETKAZILDI

“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari tun-u, kun davom etmoqda.

Jamiyat tomonidan Toshloq tumanining “Qumqishloq” mahalla fuqarolar yig’iniga yangi elektr uzatish tarmoqlari uchun zarur bo’lgan temir–beton tayanchlari yetkazildi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
✍️KO‘P QAVATLI UYLARNING ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA

Buvayda tumani “Hilol” ko’chasidagi 28-sonli ko‘p qavatli uylarning elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr qutisi (shit) mutaxassislar tomonidan ta’mirlanmoqda.

Mazkur ta’mirlash ishlari ayni mavsumda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda avariyali uzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
#24_soatlik_navbatchilik_asosida

TA’MINOT UZLUKSIZ NAZORAT QILINMOQDA

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan iste’molchilarni barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida hududlarda tezkor chiqish brigadalari, navbatchilik bo‘limlari hamda kuz-qish mavsumiga mo‘ljallangan shtab uzluksiz faoliyat olib bormoqda.

Hududlardagi elektr tarmoqlari va qurilmalari belgilangan tartibda muntazam nazoratdan o‘tkazilib, mavjud nosozliklarning oldini olish, avariyaviy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Yozyovon tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Z. G‘aniyev” podstansiyasidagi elektr qurilmalari mutaxassislar tomonidan zamonaviy teplovizor (masofadan issiqlikni aniqlash) qurilmasi yordamida batafsil ko‘rikdan o‘tkazildi. Mazkur ko‘rik jarayonlarida uskunalarning texnik holati tahlil qilinib, yuklama darajasi hamda ehtimoliy qizish holatlarini aniqlash ishlari bajarilmoqda.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, profilaktik ishlar olib borildi. Bu kabi nazorat tadbirlari elektr ta’minotining ishonchliligini oshirish, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#radio

🎙 FM_90.8 “Fargona” radiosi
🎙 “Farg’ona-24” informatsion dasturi

Prezident Shavkat Mirziyoyev energiya samaradorlikni oshirish hamda elektr energiyasi ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#radio

🎙 FM_90.8 “Fargona” radiosi
🎙 “Farg’ona-24” informatsion dasturi

“Farg’ona HETK” AJda aholi va qishloq xo’jaligini ro’yxatga olish ishlari tashkil etildi
.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#24_soatlik_ish_faoliyatida

Hududlarda isteʼmolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan tezkor chiqish brigadalari uzluksiz ish faoliyatini olib borishmoqda.

Jumladan, Farg‘ona shahrining "Shodiyona" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi elektr uzatish kabel tarmog‘ida favqulodda yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi.

Nosozlikni imkon qadar tez fursatda bartaraf etish uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#24_soatlik_ish_faoliyatida

Hududlarda isteʼmolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan tezkor chiqish brigadalari uzluksiz ish faoliyatini olib borishmoqda.

Jumladan, Farg‘ona shahrining "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 83-sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli elektr uzatish kabel tarmog‘ida favqulodda yuzaga kelgan nosozlik Farg‘ona shahar elektr taʼminoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari tomonidan bartaraf etildi.

Nosoz holatga kelgan kabel tarmog‘i zudlik bilan yangilanib taʼminot qayta tiklandi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴🔴🔴
#20_01_2025

HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI

📌 BAG‘DOD, BUVAYDA HAMDA UCHKO‘PRIK TUMANLARI

Bugun, 09:00dan 12:00ga qadar Bag‘dod, Buvayda hamda Uchko‘prik tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Charxiy-2" elektr uzatish tarmog‘ining 5-sonli tayanchidagi nosoz izolyatorlarni yangilash va taʼmirlash ishlari bajariladi;

Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с Премьер-министром Италии Джорджей Мелони.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#radio

🎙 FM_90.8 “Fargona” radiosi
🎙 “Yashil taraqqiyot “

Quyosh panellaridan foydalanayotgan tadbirkorlar uni daromadli biznes deb atamoqdalar.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️XODIMLAR NAVBATDAN TASHQARI YO’RIQNOMADAN O’TKAZILDI

Qo'qon shahar elektr ta’minoti korxonasida ishchi-xodimlar doimiy ish kuni oldidan va kun davomida navbatdan tashqari yo‘riqnoma o‘tkazib kelinmoqda.

O‘tkazilgan yo‘riqnoma davomida, eng avvalo ishchi–hodimlarni salomatligi, sog‘lig'i, shu bilan bir qatorda ish jarayonida birinchi navbatda amal qilinishi lozim bo'lgan texnik hamda tashkiliy tadbirlar jarayoni batafsil tushuntirib o'tildi.

Bundan tashqari, mutahassislar tomonidan ish jarayonida barcha turdagi himoya vositalarini tekshirish hamda doimiy xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etishlari bo'yicha ogohlantirildi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🤔BAXROMJON XONADONIGA QUYOSH PANEL O’RNATDI

Yurtimizda muqobil energiya manbalaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani quvonarli hol.

Bu esa nafaqat ekologik barqarorlik, balki energiya samaradorligini oshirishga ham xizmat qilmoqda.

Marg'ilon shahrining “Yorqin” mahalla fuqarolar yig‘ini Said Ahmad Xo’ja Eshon ko’chasi 74d-uyda yashovchi tashabbuskor fuqaro Baxromjon Kazakov o‘z yashash xonadoniga 10 kVt quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatdi. Bu tashabbus orqali u o‘z ehtiyojini muqobil yo‘l bilan qoplash bilan birga, ortiqcha elektr energiyasini tarmoqqa uzatish imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqda.

Mazkur loyiha amalga oshirilishi jarayonida tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan texnik tavsiyalar berilib, quyosh panellarining samarali ishlashi va muntazam monitoring olib borilishi yuzasidan tushunchalar berildi.

"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan viloyat hududlarida muqobil energiya manbalarini keng joriy etish maqsadida aholiga va tadbirkorlarga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari muntazam olib borilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1