“FARG‘ONA HETK” AJ
4.86K subscribers
29.1K photos
4.01K videos
4 files
11.4K links
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Elektr ta’minoti, ta’mirlash ishlari, rejalashtirilgan uzilishlar va yangiliklar

instagram https://www.instagram.com/fargona_hetk_aj?igsh=MWVxbmZ3eDBjaDU5NA==
Download Telegram
Prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik

Поздравление работникам и ветеранам органов прокуратуры

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
HUDUDLARDA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGI YO‘LIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishga qaratilgan yangilash va ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston tumanining “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 881/a-sonli transformator punktida rejali texnik tadbirlar amalga oshirildi. Ta’mirlash ishlari doirasida transformator punktidagi izolyatorlar germetiklashtirilib, transformator punktidan chiquvchi elektr simlari tartibga keltirildi.

Mazkur ishlar elektr ta’minotining ishonchliligini oshirish, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Hududlarda elektr infratuzilmasini modernizatsiya qilish va mavjud tarmoqlarni yangilash ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔ISTIQBOLDAGI KO‘P QAVATLI UYLARNING ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA

Farg‘ona shahri Qirg‘uli mavzesidagi “Istiqbol” mahallasida joylashgan 23/3-sonli ko‘p qavatli uylarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr qutisi (shit) Qirg‘uli elektr ta’minoti korxonasi tomonidan ta’mirdan chiqarilmoqda.

Mazkur ta’mirlash ishlari davomida elektr hisoblagichlarni mansublik chegarasiga olib chiqish, ko’p qavatli uylarni xonadonlargacha bo’lgan qismlaridagi montajlarni yangilanmoqda.

Bundan asosiy ko’zlangan maqsad iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda avariyali uzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan.

Ta’mirlangan elektr qutisi orqali endilikda mazkur ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar uchun yanada ishonchli va uzluksiz elektr ta’minoti yo‘lga qo‘yildi. Bu esa aholi farovonligi va qulay yashash sharoitini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KO‘P QAVATLI UYLARDA ELEKTR TA’MINOTI MUSTAHKAMLANMOQDA

Marg’ilon shahri “Tog’liq” mahalla fuqarola yig’ini “Mustaqillik” ko’chasidagi 675-sonli ko‘p qavatli uyning elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr qutisi (shit) hamda elektr montaj qismlari mutaxassislar tomonidan yangilanib, ta’mirlanmoqda.

Mazkur ta’mirlash va yangilash ishlari ayni mavsumda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda avariyali uzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍️TARMOQDAGI YUKLAMALAR TENG TAQSIMLANMOQDA

Qo'qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan Qo'qon shahar “Amur Temur” mahalla fuqarola yig’inidagi 3-sonli, 5-sonli hamda 5g-sonli ko’p qavatli uylarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr qurilmalar ko'rikdan o'tkazilib, yuklamalarni teng taqsimlash ishlari bajarilmoqda.

O’z navbatida olib borilgan ushbu texnik tadbir ishlari mavsumda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda avariyali uzilish holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 "TURK" MAHALLASIGA YANGI TRANSFORMATOR O‘RNATILDI

Mamlakatimizda aholining hayot sifatini oshirish, infratuzilmani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu tashabbuslar asosida Dang’ara tumanidagi “Turk” mahallasida ham muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Mahallada elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida zamonaviy transformator punkti o‘rnatildi. Bu o’z navbatida mahalla o’ta zo’riqish bilan ishlab kelayotgan transformator punktiga qo’shimcha ravishda o’rnatilib, loyihaga muvofiq, mavjud elektr tarmoqlari bosqichma-bosqich yangilanmoqda.

Mazkur ishlar “Turk” mahallasida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yorqin na'munasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢OQOLTINDAGI TRANSFORMATOR QUVVATI OSHIRILDI

Hududlarda "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan iste’molchilarni elektr ta’minotini yaxshilash borasida amaliy ishlar davom etmoqda.

Jumladan, Farg‘ona tumanidagi "Oqoltin" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan o‘ta yuklama bilan ishlab kelayotgan 250 kVA quvvatdagi 418-sonli transformator punkti 400 kVA quvvatlisiga almashtirilib, quvvati oshirildi.

Natijada mahalladagi 150 dan ortiq xonadonlarning elektr taʼminoti sifati yaxshilandi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❄️ZAMONAVIY MULOQOT SARI QADAM

Virtual matbuot kotibi faoliyati yo‘lga qo‘yildi


“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Matbuot xizmati faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan virtual matbuot kotibi — Nuriziyo joriy etildi.

Mazkur virtual matbuot kotibi orqali elektr ta’minotiga oid muhim va dolzarb axborotlar, rasmiy tushuntirishlar hamda ogohlantirishlar aholiga tezkor, aniq va tushunarli tarzda yetkazib borilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tashabbus axborot almashinuvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholi bilan muloqotni zamonaviy talablar asosida olib borish hamda ishonchli axborot muhitini mustahkamlashga qaratilgan.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64🤩3👏2🎉1
🔴#ogohlik

🤖TOBORA OMMALASHIB BORAYOTGAN TELEGRAM VIRUSLARIDAN OGOH BO‘LING!!!

Firibgarlarning maqsadi akkauntingizni egallab olish va Sizning nomingizdan kontaktlaringizga turli xil ko‘rinishlarda zararli havolalar tarqatish.

✍️ Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun quyidagilar tavsiya etiladi.

✍️Ikki bosqichli autentifikatsiyani o’rnating;

✍️Sms-xabarnomada kelgan raqamlarni hech kimga taqdim etmang;

✍️Messenjerning "qurilmalar" bo‘limidagi "Faol seanslarni" tekshiring.

❗️Agar Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 ☎️ ishonch raqamlariga murojaat qiling!

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
📌📌📌📌📌📌

Kundalik hayotimizda elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha mazkur ko‘rsatmalarga rioya qilsak, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxush vaziyatlarni oldini olgan bo‘lardik.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
🔴🔴🔴
#09_01_2025

HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI

📌 FURQAT HAMDA DANG‘ARA TUMANLARI


Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Furqat hamda Dang‘ara tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Raxmatullo" elektr uzatish tarmog‘ida taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 BAG‘DOD TUMANI

Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Bag‘dod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Samarqand" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;

📌 O‘ZBEKISTON TUMANI

Bugun, 10:00dan 12:00ga qadar O‘zbekiston tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Inkubator" elektr uzatish tarmog‘ining boshlanish qismida ta'mirlash ishlari bajariladi;

📌 QUVA TUMANI

Bugun, 10:00dan 13:00ga qadar Quva tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-BK" elektr uzatish tarmog‘ining boshlanish qismida ta'mirlash ishlari bajariladi;

Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!

"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢 MARG‘ILONDA KO‘P QAVATLI UYLARNING ELEKTR TA’MINOTI YANGILANDI

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1👏1
MARG‘ILONDA KO‘P QAVATLI UYLARNING ELEKTR TA’MINOTI YANGILANDI

Marg‘ilon shahrining “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Yangi Farg‘ona” ko‘chasidagi 109-sonli ko‘p qavatli uyni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi kabel tarmog‘i to‘liq yangilandi.

Ta’mirlash jarayonida eskirgan kabel tarmoqlari zamonaviy va ishonchli yangi elektr uzatish kabel tarmog’iga almashtirildi. Natijada elektr energiyasini uzatishdagi texnik yo‘qotishlar kamaytirilib, ta’minot sifati sezilarli darajada yaxshilandi.

Bajarilgan ishlardan asosiy ko’zlangan maqsad — ko‘p qavatli uy aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyali holatlarning oldini olishdan iborat.

Yangi kabel tarmog‘ining ishga tushirilishi orqali mazkur uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun yanada qulay va xavfsiz elektr ta’minoti yo‘lga qo‘yildi.

Bu esa aholi farovonligini oshirish, yashash sharoitlarini yaxshilash va infratuzilmani rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

⚡️ t.me/farhetk_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42