XIZMAT MADANIYATI – JAMIYAT ISHONCHINING ASOSI
Bugun, Beshariq tuman elektr ta’minoti korxonasida ishchi-xodimlar ishtirokida odob-axloq qoidalari, yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish, shuningdek, axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda xizmat faoliyatida shaxsiy javobgarlikni his etish, ishga mas’uliyat bilan yondashish, xizmat vaqtida kiyinish va xulq-atvorda korxona obro‘siga mos tartibni saqlash, jamoatchilik bilan muloqotda odobli bo‘lish, murojaatlarga tez va samarali javob qaytarish, bo‘sh vaqtni ham madaniyatli tarzda o‘tkazish, ichki intizomga rioya qilish va kasbiy etikani buzmaslik zarurligi haqida fikr yuritildi.
👉 t.me/farhetk_admin

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlash maqsadida shahar hududlarida rejalashtirilgan hamda navbatdan tashqari ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Jumladan, mutaxassislar tomonidan Qo‘qon shahridagi “Qalandarxona” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 185-sonli transformator punkti ta’mirdan chiqarildi.
Ta’mirlash ishlari davomida transformator punktining montaj qismi, fazalararo yuklamani teng taqsimlash, shuningdek, elektr jihozlarining texnik holatini yaxshilash bo‘yicha zarur ishlar bajarildi.
Ayni paytda hududlarda ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan joriy yilning 1-may sanasidan boshlab amal qiladigan yangi tariflarni hisoblash uchun “Elektr energiyasining iste’mol qilish kalkulyatorini” yangilandi.
Kalkulyatordan jamiyatning rasmiy veb-sayti va “HET BILLING mobil ilovasi orqali fodalanish mumkin.
👉 t.me/farhetk_admin
Kalkulyatordan jamiyatning rasmiy veb-sayti va “HET BILLING mobil ilovasi orqali fodalanish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan elektr ta’minoti tizimidagi xizmat sifatini yanada oshirish, iste’molchilarga tezkor va samarali xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tizimda faoliyat yuritayotgan elektromontyorlar uchun muntazam tarzda malaka oshirish darslari tashkil etilmoqda.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlaridagi elektr ta’minoti korxonalarida faoliyat olib borayotgan elektromontyorlar ishtirokida o‘tkazilmoqda. Darslar nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tarzida olib borilib, bunda eng so‘nggi texnologiyalar asosida ishlash, zamonaviy elektr uskunalarining texnik imkoniyatlari, xavfsizlik qoidalari, xizmat madaniyati hamda texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bilimlar berilmoqda.
Alohida ta’kidlash joizki, o‘quv mashg‘ulotlari faqatgina nazariy bilim berish bilan cheklanmay, balki real muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlar asosida tashkil etilmoqda. Xususan, hududlardagi mavjud elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuzaga kelayotgan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar malakali mutaxassislar tomonidan har bir ishtirokchiga individual tarzda tushuntirib, amaliy ko‘rsatmalar orqali yetkazilmoqda.
Ushbu malaka oshirish darslari elektromontyorlarning kasbiy mahoratini oshirish bilan birga, avariya holatlarining oldini olish, ta’mirlash ishlari sifati va tezligini oshirish, iste’molchilarning elektr ta’minoti barqarorligiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Korxonada bu boradagi o‘quv jarayonlarini tizimli tarzda davom ettirish rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Viloyatimiz bo‘yicha elektr energiyasi iste’molchilari tomonidan elektr ta’minotiga oid kelib tushgan murojaatlar va ularning tahlili yuzasidan brifing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT – YANGI G‘OYA VA HAMKORLIKLARGA YO‘L
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligida zamonaviy va barqaror yechimlarni joriy etish borasidagi tashabbuslar doirasida Quvasoy shahrida muhim tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Blue Carbon” MChJ qo‘shma korxonasida tashkil etilgan ko‘rgazmali seminar davomida tadbirkorlar va investorlar bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Unda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh direktori Azizbek Saydaliev ishtirok etib, tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashdi va ularning fikr-mulohaza hamda takliflarini tingladi.
Muloqotda qayta tiklanuvchi energiya manbalari foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolar, texnik talablar, energetika tizimiga ulanib ishlash jarayonlari haqida aniq savollarga javoblar berildi. Qatnashchilar o‘z loyihalari, rejalar va g‘oyalari bilan o‘rtoqlashishdi. Barcha masalalarni diqqat bilan eshitib, yechim topish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
— Biz tadbirkor uchun qonun doirasida mavjud barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda doimo ko‘makka tayyormiz. Ularning fikr va tashabbuslari biz uchun muhim. Qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi har bir loyiha nafaqat tadbirkor uchun, balki butun jamiyat manfaati uchun xizmat qiladi, — dedi Azizbek Saydaliev.
Mazkur muloqot samarasi o‘laroq, qator tadbirkorlar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini amalga oshirishga doir yangi tashabbuslar bildirildi.
Korxona rahbariyati esa ularni amalga oshirishda barcha zarur ko‘makni berishga tayyorligini bildirdi.
Bunday ochiq muloqotlar sohada amaliy yechimlarni tezkor qo‘llash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

👍5