FarDU Mintaqaviy markazi
92 subscribers
464 photos
20 videos
104 links
FarDU_huzuridagi_mintaqaviy_markaz
Download Telegram
#FarDU_MM
#Mahorat_darsi

📅 Joriy yil 24-sentabr kuni Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi Akademik litseyning “Matematika” yo‘nalishi tinglovchilari uchun muqobil malaka oshirish dasturi doirasida p.f.f.d. (PhD) Nishonov Farxodjon Musajonovich tomonidan “Mahorat darsi” tashkil etildi.
🎓 Mazkur mahorat darsi “Fundamental fanlarni o‘qitishning individual ta’lim trayektorasini loyihalashtirish metodikasi” mavzusiga bag‘ishlandi.
📚Mahorat darsi davomida fundamental fanlarni ta’lim tizimiga integratsiyalash, innovatsion pedagogik yondashuvlarni joriy etish va ta’lim jarayonlarini modernizatsiyalashning ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatlari atroflicha yoritildi.
🤝 Ishtirokchilar mavzu bo‘yicha ilmiy hamda amaliy tajriba almashdilar va o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion yechimlarni muhokama qildilar.
🔗 Batafsil: t.me/fardu_mm
👍40👏1
#FarDU_MM
📢 Ko‘chma mashg‘ulot

🗓 Joriy yilning 23-sentyabr kuni Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining “Biologiya” yo‘nalishi tinglovchilari dotsent M. Nazarov rahbarligida “Biologiya fanini o‘qitishda IT ma’lumot materiallaridan foydalanish” moduli doirasida “Bioinformasion bazalardan biologiyaning turli tarmoqlariga oid ma’lumotlarni olish va tahlil qilish” mavzusida IT parkka ko‘chma mashg‘ulotga tashrif buyurdilar.

💻 Mashg‘ulot davomida tinglovchilar:
▫️ IT park faoliyati va startaplar bilan tanishdilar;
▫️ GenBank bazasidan gen haqida ma’lumot izladilar;
▫️ UniProt orqali oqsil vazifasi va tuzilishini o‘rgandilar.

🔍 Mashg‘ulot yakunida esa IT va biologiya fanini uyg‘unlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🔗 Batafsil: t.me/fardu_mm
👍263🔥1👏1
#FarDU_MM
#Muzeyga_sayoxat

📚 Joriy yilning 26-sentabr kuni Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining “Biologiya” yo‘nalishi tinglovchilari Tabiiy fanlar fakultetida tashkil etilgan muzeyga tashrif buyurdilar.
🌿 Tashrif davomida tinglovchilar fakultet tarixidan, bu maskanda faoliyat yuritgan professor-o‘qituvchilarning bosib o‘tgan ibratli yo‘llari, ularning ilmiy merosi va qimmatli tadqiqotlari bilan yaqindan tanishdilar.
🔬 Muzeydagi eksponatlar nafaqat o‘tmish bilan bugunni bog‘lab turadi, balki kelajak avlod uchun ilm-fan sohasida yangi izlanishlarga ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Tinglovchilar bu tashrifdan katta taassurotlar olib, bilimlarini yanada boyitish imkoniga ega bo‘ldilar.

🔗 Batafsil: t.me/fardu_mm
👍5
#FarDU_MM

Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tinglovchilari uchun Farg‘ona davlat universitetining 2-sonli kengash yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2025- yil 15- sentabr sanasida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbirda so‘zlagan nutqi birma-bir tahlil qilinib, bu tarixiy ma’lumotni mohiyati barcha tinglovchilarga yetkazildi.

🔗 Batafsil: t.me/fardu_mm
🔥2
#FarDU_MM
📢 Yakuniy attestatsiya haqida ma’lumot

Joriy yilning sentyabr oyida oliy o‘quv yurtlari tinglovchilari uchun “Biologiya” hamda “Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili” yo‘nalishlari bo‘yicha yakuniy attestatsiya o‘tkazildi.

Mazkur attestatsiyada oraliq nazoratdan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilar ishtirok etdilar.

Yakuniy attestatsiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan komissiya a’zolari ishtirokida o‘tkazilib, jarayon ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi.

🔗 Batafsil: t.me/fardu_mm
👍6
#FarDU_MM
#Muallim_olamning_yorug‘_chirog‘i

Joriy yilning 29-sentabr kuni Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazida 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Muallim olamning yorug‘ chirog‘i” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ta’lim tizimida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan tajribali pedagoglar, murabbiylar hamda markaz xodimlari ishtirok etdi. Dastlab, o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiya yo‘lidagi fidokorona mehnatini e’tirof etuvchi tabrik so‘zlari yangradi. Bayram tadbiri doirasida madaniy dastur, samimiy suhbatlar va ijodiy chiqishlar tashkil etildi.
🔗 Batafsil: t.me/fardu_mm
👍2
🎯🎯🎯🎯🗞🗞🗞🗞
Hurmatli ijodkorlar, ma’rifatli yurtdoshlar!

🇺🇿 Farg‘onada yana ADABIYOT BAYRAMI!

🌐Milliy adabiyotimiz rivojiga munosib  hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar va jadidlar - Muqimiy tavalludiga 175 yil, Mirzo Ho‘qandiy tavalludiga 145 yil, Ashurali Zohiriy tavalludiga 140 yil,  Charxiy tavalludiga 125 yil,  Sobir Abdulla tavalludiga 120 yil, O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimov hamda Yo‘ldosh Sulaymon  tavalludiga 90 yil,  taniqli shoirlar  Gʻulom Fathiddin hamda Maqsuda Egamberdiyeva  tavalludiga 70 yil, A’zam O‘ktam tavalludiga 65 yil to‘lganligi munosabati bilan tashkillangan tantanali tadbirlar sizga muntazir.

🎩 Bayramona tadbirlar 29-sentyabr kuni soat 14:00 da Ho‘qandi latifda - Qo‘qon universitetida boshlanib, ertasiga soat 9:00 da viloyatimiz markazidagi Fargʻona viloyati I.Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida davom etadi.

🗣Bayramga marhabo, azizlar!
👍2