Fargʻona viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi | Rasmiy kanal
3.54K subscribers
20.3K photos
1.91K videos
593 files
6.85K links
🏢👉🏻Manzil: Farg'ona sh. B.Marg'iloniy ko'cha 4 uy
Murojaat uchun:👇 ☎️ 73 244-10-34
📝https://t.me/farbandlik_info
💎https://www.facebook.com/fvh.kqbb
Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni
Download Telegram
#Vakansiya 🔴ЧАРХПАЛАК овкатланиш мажмуасига официант керак‼️

------------
🟢Талаблар:
Ёши: 20-30
Иш тажриба: керак
Ойлик: ишбай (ишлашига караб, яхши ишласа бемалол 200 минг топади кунига)
Узига караган булиши керак, озода ва тартибли

------------
✔️Кулайликлар:
Бир махал бепул овкат
Уз вактида ойлик (ишлаган кунининг эртасига олади)
Инок жамоа

------------
🔔Мурожат учун телефон:

+998911056405

Манзил:
Аэропорт олдида
Rasmiy sahifalar⬇️
I Telegram IFacebook I Instagram ISayt
#Dars_jarayonidan

Farg'ona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi Texnik yo'nalishi "Kran mashinist" kasbi tinglovchilari nazariy va amaliy dars jarayonida.

⚡️Farg'ona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida "Kran mashinist" kasbida endilikda nafaqat sertifikatga balki kran boshqarish guvohnomasini olish imkoniyatiga egasiz.


🗺 Manzil: Farg'ona shahar S.Temur ko'chasi 245 uy.
➡️ Muhandis usta: F.Shodmonov
Batafsil ma`lumot olish uchun:
☎️ Тел: (73) 241-97-37

Instagram | Facebook | Telegram | Youtube | Farmonomarkaz
#ОАВ_биз_ҳақимизда

Ўзбекистон "BETTER WORK" халқаро дастурига қўшилди. Бу миллий тўқимачилик саноатига нима беради?

📝Мавзу юзасидан батафсил Янги Ўзбекистон газетасининг 2023 йил 6 июнь, 110 -сонида ва ➡️https://yuz.uz/ сайтида танишинг.

Вазирликнинг расмий саҳифалари🔽

👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
#Insonga_e'tibor

Farg`ona tumanida ish bilan band bo`lmagan ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida bo`sh ish o`rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur mehnat yarmarkasida tumandagi 65 ta korxona, tashkilot va muassasalar o`zlaridagi mavjud bo`lgan 600 taga yaqin bo`sh (vakant) ish o`rinlari bilan qatnashdilar.

10 nafar fuqarolarga tumandagi korxona tashkilotlardagi mavjud bo`sh ish o`rinlariga yo`llanmalar berildi

24 nafar fuqarolar turli korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirildi.

22 nafar fuqarolar Vazirlar Mahkamasining 799-sonli qarori bilan tashkil etilgan haq to`lanadigan jamoat ishiga jalb etildi.

“Temir daftar”,“Ayollar daftari” dagi 70 nafar fuqarolarga subsidiya asosida asosida o'zini o'zi band qildirish uchun tikuv mashinasi, inkubator, payvandlash uskunalari berildi.

Shuningdek, tadbir davomida 2 nafar muhtoj shaxsga elektr yuritmali nogironlar aravachasi va 2 ta eshitish moslamasi bilan ta’minlandi.
#KUNDАLIK _MА’LUMOT

❗️BANDLIK XIZMATI:

📆2023-yil 5-iyun

🇺🇿Respublika bo‘yicha:

📁 9 082 nafar fuqarolar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalari imzolangan.

🏢 TUMAN (SHAHAR) BANDLIK BO‘LIMLARI KO‘MAGIDA:

👥 765 nafar fuqarolar ishga joylashtirilgan.

🛂 1 391 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan.

🛃 664 nafar pensiya yoshiga yetgan ishsiz fuqarolarning mehnat daftarchalaridagi mehnat staji to'g'risidagi ma'lumotlar "Yagona milliy mehnat tizimi" ga kiritildi.

❗️AHOLIGA  ENG KO'P XIZMAT KO'RSATGAN HUDUDLAR:

📊 Farg'ona viloyati — 371 nafar;
📊 Surxondaryo viloyati — 259 nafar;
📊 Samarqand viloyati  — 200 nafar;
📊 Toshkent viloyati —  189 nafar;
📊 Jizzax viloyati —  186 nafar.

❗️FUQAROLAR VA ISH BERUVCHILARGA KO‘RSATILGAN MOLIYAVIY XIZMATLAR:

💳 1 879 nafar fuqarolarga “oilaviy tadbirkorlik dasturlari” doirasida imtiyozli kreditlar ajratish uchun tavsiyanomalar berildi;

💳 157 nafar fuqarolarga bandlikni rag'batlantiruvchi subsidiya ajratish uchun tavsiyanomalar berildi;

💳 5 nafar tadbirkorlik sub'yektlariga ishga qabul qilingan fuqarolar uchun subsidiya ajratilgan.

❗️NOGIRONLIKNI BELGILASH VA SOG'LOMLASHTIRISH:

Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan 383 nafar fuqarolarga nogironlik belgilandi:

👨‍🦽18 yoshgacha bo‘lgan bolalar– 117 nafar;
👨‍🦽18 yoshdan kattalar – 266 nafar.

Reabilitatsiya markazlarida reabilitatsiya ko‘rsatilgan fuqarolar — 895 nafar;

Sanatoriylarda sog'lomlashtirilgan keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar —1721 nafar;

"Saxovat" va "Muruvvat" internat uylarida tibbiy-ijtimoiy va maishiy xizmat ko'rsatilayotgan shaxslar — 9607 nafar.

Kambag‘allikni qisqartirish
va bandlik vazirligi
Axborot xizmati

Вазирликнинг расмий саҳифалари
🔽

👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
#hududlardan_xabarlar_Farg'ona
#Inson_qadri

Bag‘doddagi mehnat yarmarkasida 357 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi

Bag‘dod tumani hokimligi, sektor rahbarlari hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 107 ta byudjet tashkilotlari va tadbirkorlik sub’yektlari o‘zlarida mavjud 357 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

Yarmarkada asosan, ish bilan band bo‘lmagan yoshlar, jazo muddatini o‘tab qaytgan va probatsiya ro‘yxatida turuvchilar, “Ayollar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar ishtirok etib, o‘zlariga mos ish o‘rinlariga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, 24 nafar ishsiz xotin-qizlarga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik jamg‘armasi hisobidan subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.


Vazirlikning rasmiy sahifalari ⬇️

👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube