Factor.uz
1.97K subscribers
343 photos
10 videos
1 file
209 links
Marketing, SMM, digital, dizayn va reklama sohasidagi vakansiyalar.

πŸ‘‰ Bogβ€˜lanish: @factorvacancybot
Download Telegram
Grafik dizayner | 2 yillik tajriba

β€” Toshkent
β€” Photoshop, Illustrator
β€” Ish usuli: Onlayn
β€” Portfolio: @bozorovv_dsgn
β€” Aloqa: @rashidbek_b

πŸ‘‰ EΚΌlon joylashtirish: @factor_uz
πŸ‘5πŸ”₯1
SMM menejer | 4mln+

Firma: One Step agency
β€” Toshkent shahar, Izzabozor
β€” Full-time: 10:00-19:00
β€” Instagram, Telegram, CapCutda ishlay oladigan
β€” Matn, kontent, kreativ fikrga ega
β€” Mas’uliyatli yigit qidiriladi. Talabalar emas.

🎯Taklif: Marketing jamoasida oβ€˜sish, real loyihalarda qatnashish imkoniyati

BogΚ»lanish: Ariza topshirish

@factor_uz β€” ish ham, mutaxassis ham topiladi.
❀3πŸ‘1πŸ”₯1πŸ†1
Fullstack designer | 5+ yil tajriba

β€” Ish turi: onlayn
β€” Resume: Link
β€” Portfolio: Behance
β€” TG kanal: @obloqulov_blog

Aloqa: @obloqulo_v

πŸ“ŒEΚΌlon joylashtirish: @factor_uz
πŸ‘4
Kopirayter kerak | Offline

Firma: Supermiya
β€” Toshkent shahri
β€” Suhbat + KPI asosida maosh
β€” ToΚ»liq smena

β€” Reklama va kontent matnlari
β€” Post yozish (turli formatda)
β€” Tahrir va yaxshilash

β€” Rus/yoki ingliz + oβ€˜zbek tili
β€” 1+ yil tajriba
β€” Har xil janrda ishlay olish
β€” Kreativ fikr, odamni his qilish

"Supermiya" jamoasiga qo'shiling:
@Jaydari_kopirayter

Vakansiya yopildi ❌

@factor_uz β€” ish ham, mutaxassis ham topiladi.
❀3⚑1πŸ†1🀝1
SMM Menejer kerak | 6mln+

Firma: Balance Marketing Agency

β€” 10:00–19:00, 5/2 | Toshkent
β€” SMM’da kamida 2 yillik tajriba
β€” Strategik va kreativ kontent yaratish
β€” Raqobatchilarni tahlil qilish, hisobot tuzish
β€” Ssenariy yozish koβ€˜nikmasi
β€” Jamoani boshqarish, dizayner, kopirayter, targetolog va videograflar bilan samarali ishlash

Bog'lanish: @oybek_sakhobiddinov

@factor_uz β€” ish ham, mutaxassis ham topiladi.
Brand Face (qiz bola ) | 2mln + proektniy ham

Firma:  World Security Technology

β€” Ish vaqti: kelishuv video tushish vaqtiga qarab
β€” Chiroyli nutq va tashqi ko'rinishga ega bo'lish
β€” Kamera oldida gapira olishi
β€” Tajribaga ega bo'lishi

Bog'lanish: @mr_nurbek_03 | +998931607978

@factor_uz β€” ish ham, mutaxassis ham topiladi.
πŸ‘Ž5❀3
"CV bilan yozing" β€” dedimi? CV bilan yozing

Vakansiya bekorga yozilmagan, u odamni filter qilib beradi. Ko'pchilik xabarini 1 xabarda emas, alohida-alohida xabar yozadi. Bunday qilmang.

CV bu β€” portfolio emas.
Portfolio β€” bu qanday loyihalar qilganingiz.
CV / Resume bu siz haqingizda aytadigan fayl (matn ko'rinishida yozib yubormang, iltimos)

Bu o'qish, ish joyi, tajribalaringiz va nima ishlar qilganingiz yoziladi. Umumiy, detalniy emas.

Bu obyektivka emas, ko'pchilik obyektivka bilan adashtirib yubordi. Obyektivka bu β€” rasmiy va davlat ishlari uchun kerak. Agar obyektivka deb so'rasa, obyektivka yuboring. CV / Resume degan bo'lsa, shuni yuboring.

Vakansiyani diqqat bilan o'qing. DIQQAT BILAN !

Keyin, vakansiyani "forward" qilib, o'ziga yubormang, iltimos qilaman. Bu juda zerikarli va asabbuzar. Forward qilishga qilib, yana hech narsa yozmaydiganlar ham bor. Unday qilmang, iltimos

AMAL QILING. DIQQAT BILAN O'QING!
πŸ‘8
1-xato

To'liq yozing

Salomga alik olishini kutmang va bundan foyda yo'q. HR'lar uchun bu yaxshi holat emas. Nimaga yozganingiz, portfolio va resumeni bir xabarda yuboring.

Bir vaqtni o'zida ko'pchilik odam yozadi. Kimdur to'liq ma'lumotni bir xabarda bersa, sizdan ustun kelishi mumkin. Siz esa hali ham alik olishini kutayotgan bo'lasiz.

HR'larni vaqtini va o'zingizni hurmat qiling. Xabarni to'liq va bir matnda yuboring.

Masalan:
Assalom alaykum, men falonchiman. Bu soha bo'yicha 1 yil tajribam bor. Istasangiz sizga resume va portfolio yuboraman.
β€” Resume fayl
β€” Portfolio link
πŸ‘10❀2πŸ”₯2πŸ’―2⚑1
2-xato

Vakansiyani yaxshilab o'qing


CV/resume bilan yozing deyilgan bo'lsa, shunday yozing. Bo'lmasa, shunchaki "ATKAZ" olasiz. Bu yerda HR'ni aybi yo'q.

Agar shunday yozsangiz, HR uchun biroz e'tiborsiz, ishini esa yaxshi qilmaydi β€” degan tasavvur berasiz. Chunki vakansiyada yozilganidek talabda yozmagansiz. CV'ni yaxshilab o'qib, aytilganidek yozgan odamni HR qadrlaydi.

Kerak bo'lsa, yordam berishi ham mumkin.

Talabga to'g'ri kelmasangiz, katta ehtimol bilan yozganingiz befoyda. Vakansiyani yaxshilab o'qing.
πŸ‘10
3-xato

"Forward" qilmang


HR'ga yozayotganda uni e'lonini qayta o'ziga yubormang. Ayniqsa, forward shaklida.

Shunchaki link ulang. Masalan:

β€” Men sizga shu e'loningiz orqali yozmoqdaman

Shunchaki ulashib qo'ysangiz, bu minusga ishlashi mumkin.
πŸ‘7❀1πŸ”₯1
4-xato

Talablarni o'qimaslik

Talablarni yaxshilab o'qing. Talabga mos kelmasangiz, rad javobini olishingiz tabiiy. Rus tilini bilmasangiz, yozish befoyda.

Talab bekorga yozilmagan. Va kompaniya sizdan shunday jihatlaringizni kutadi.

Bilmaysizmi? Boshqa joyga topshirib ko'ring.

Rus tilini talab qilishi esa bu β€” normal. Tilni bilmay turib ham ish topsangiz bo'ladi. Kompaniyalarni ayblash to'g'ri emas.

Talabga mos yozmasangiz, "RAD" javobini olasiz. Yaxshisi, talabga mos bo'lishga harakat qiling
πŸ‘7❀2
5-xato

To'g'ri yozing. Ayniqsa, kopirayter bo'lsangiz.

Umuman, ishga topshirayotgan payt xatosiz yozing, qaysi soha bo'lsa ham. XATOSIZ.

Bu QO'POL xato hisoblanadi!!!
Takrorlamang.
πŸ”₯12😁11πŸ‘3
6-xato

Stiker yubormang.


Nafaqat bunaqa, boshqa turdagi stiker ham yubormaslikni maslahat beraman.

Bu sizni salom berishga eringan odam sifatida ko'rsatishi mumkin. Stikerdan ko'ra, oddiy va samimiy gapiring.

"Assalom alaykum" β€” deyish qiyin emas-ku
πŸ‘14πŸ₯°3❀2
Kanaldagi odam soni muhim emas.

Maqsadimiz yaxshi hodim va yaxshi ish joyi topib berish. Faqatgina e'lon qilish emas.

Bundan men ham, siz ham qiymat olmaysiz.

Xatolar haqida hali ko'p gaplashamiz. O'rganib, xatolarni tushunib va shu orqali ish topa olsangiz, biz maqsadga yetgan bo'lamiz.
πŸ”₯14πŸ‘4πŸ’―2
Hamma xatolarni ko'rib chiqqandan keyin, test qilamiz.

Men kompaniya sifatida fake vakansiya joylayman. Siz ish uchun kompaniyaga ya'ni menga yozasiz.

Men esa xatolaringizni aytib beraman. Kanalda emas, shaxsan o'zingizga.

Shunisi yaxshimi? Yoqmasa shart emas
πŸ”₯19🀝6⚑5πŸ‘1πŸ†1
7-xato

Profil nomini to'g'ri yozing


Rasmdagi misollar umuman mos emas va bunday shaklda yozgan bo'lsangiz, o'zgartiring.

Eng yaxshi variant: Profil nomi va username linkingizda ismingiz yozilsin va ortiqcha stiker, icon kerak emas.

Profil: Azizbek Bekmurodov
Username: Azizbek Bekmurodov

Shunday bo'lgani yaxshi. Agar sizni qidirishsa ham bemalol topa olishi kerak.
⚑4
8-xato

Bio'ga har xil narsa yozmang


Ayniqsa, mutaxassis demang. HR'larga ko'p "mutaxassis" yozadi.

Mutaxassis desangiz, sizni lol qolib kutib olmaydi. Yaxshisi, bioda ham rezyumeda ham bunday yozmang.

Har xil gaplar: aqlli gaplar, iqtibos va shu kabi gaplar yozmang. Tavsiya qilmayman. Ishga topshiradigan akkountingiz ishga mos bo'lsin. Aqlli gaplar uchun boshqa akkount ochishni maslahat beraman.

Hech narsa yozmasangiz ham bo'ladi. Bu ham yaxshi.
⚑10❀2
9-xato

Profilga har xil rasm qo'ymang


Professionalroq rasmlar bo'lsa zo'r. Xohlasangiz Pinterestdan oling.

Ko'rayotgan odamni asabini buzmasligi va charchatmasligi kerak. Soddaroq, minimalizm va yaxshi rasm qo'ying.

Har xil gpt orqali qilingan animatsion rasm yoki boshqa shakldagi rasmlar yomon ta'sir qilishi mumkin. Ular profilingizga qarab chiqadi, agar ularga yoqsa sizga imkon berishi mumkin.

Lekin profil yomon bo'lsa, hatto tz ish bermasligi yoki umuman yozmasligi mumkin. Ayb o'zingizda bo'ladi.

Professional profillarni o'rganing, rasmlarni Pinterestdan olsangiz bo'ladi
⚑5❀2