Factor.uz
1.98K subscribers
343 photos
10 videos
1 file
209 links
Marketing, SMM, digital, dizayn va reklama sohasidagi vakansiyalar.

👉 Bog‘lanish: @factorvacancybot
Download Telegram
SMM menejer (o'g'il bola) kerak

— Kompaniya: SinoLife
— Manzil: Toshkent Sergeli
— Ish vaqti: 09:00 - 18:00 6/1
— Maosh: 4 mln +
— Ish turi: offline
— Ish holati: #aktiv

— Yosh chegarasi 20-26
— Tajriba kamida 8-9 oy
— Talablar:
●Videolarni sifatli va o'z vaqtida qilish
●Ijtimoyi tarmoqlarda ( Telegram, Fecebook, You Tube, Instagram) mukammal ishlay olish
— Taklif:
●Malaka oshirish va o'sish imkoniyati
●Proffesional va samimiy jamoa
●Qulay va shinam ofisda ishlaysiz
●Doimiy o'sib boruvchi daromad
— Murojaat uchun:
@Mirzayeva_4227 portfolio bilan murojaat qiling.

✍️Eʼlon joylashtirish: @factor_uz
Factor.uz pinned Deleted message
Sotuv operatori kerak

— Maosh: 300$-500$
— Tajriba: Middle
— Manzil: Toshkent Index
— Ish vaqti: 10:00-18:00

Kompaniya: Moontechno

Vazifalar: Uzum nasiya orqali mahsulot sotish

Taklif: 1 mahal issiq ovqat, kompyuter, shinam xona va yaxshi jamoa

Bog'lanish: @Yunusaliyev_Ibrohimjon

@factor_uz — ish va mutaxassis topishda yordam beradi.
❤3
Factor.uz pinned Deleted message
Marketolog kerak

— Maosh: 3 mln- 20mln
— Tajriba: Middle
— Manzil: Toshkent shahri
— Ish vaqti: Erkin grafik 6/1

Kompaniya: Ustoz AI

Bog'lanish: +998931258333 | @HR_UstozAI

@factor_uz — ish va mutaxassis topishda yordam beradi.
❤3😁1
SMM Manager

— Maosh: 4 000 000 so'm
— Tajriba: 6 oy
— Manzil: Toshkent shahri
— Ish vaqti: 10:00 - 18:00, 6/1

Kompaniya: SoftMakon

Qo'shimcha: Portfolio bilan bog'lansangiz, yaxshi bo'lar edi.

Bog'lanish: @softmakon

@factor_uz — ish va mutaxassis topishda yordam beradi.
SMM Manager

— Maosh: 4 - 8 mln so'm
— Manzil: G‘ofur G‘ulom metro yaqinida
— Ish vaqti: Ofis
— Kompaniya: Royal Marketing Agency

Vazifalar:
— Kontent strategiyasini ishlab chiqish va yuritish
— Ijtimoiy tarmoqlarni (Instagram, Telegram, YouTube, Facebook) boshqarish
— Kontent rejasini tuzish va ijrosini nazorat qilish
— Dizayner va kopirayterlar bilan hamkorlikda ishlash
— Target, analitika va brend imijini rivojlantirish

Talablar:
— SMM yo‘nalishida tajriba (kamida 6 oy)
— Kreativ fikrlash, mas’uliyat va natijaga ishlash qobiliyati
— Jamoada ishlay olish va tashabbuskorlik
— Savodli yozuv va auditoriyani to‘g‘ri anglash
— 17+ yoshdagi, faollik va shaxsiy o‘sishga qiziqqan nomzod

Bog'lanish: @royalmarketing_uz

@factor_uz — ish va mutaxassis topishda yordam beradi.
Brend dizayner

— Maosh: 4.000.000–15.000.000 soʻm
— Manzil: Toshkent, Shota Rustaveli, 150
— Ish vaqti: 9:00 – 18:00, 6/1
— Kompaniya: Mountain brending agentligi

Talablar:
— 21–30 yosh, kamida 2 yillik tajriba va portfolio
— Photoshop, Illustrator’da ishlay olish
— Taqdimot qilish, ijodkorlik, diqqatlilik
— Dedlaynlarga rioya qilish
— Jamoada ishlay olish va fidbekka ochiqlik

Vazifalar:

— Plagiatsiz logotip va brand identity yaratish
— Qoʻshimcha dizayn topshiriqlarini bajarish

Taklif:
— Oylik maosh + loyiha bo‘yicha bonus
— Hi-tech va qulay ofis

Bogʻlanish: forms.amocrm.ru/rrctzzm

@factor_uz — ish ham, mutaxassis ham topiladi.
👍3❤1
SMM menejer

— Maosh: 5 mln+
— Manzil: Toshkent shahar Chilonzor 2/2
— Ish vaqti: 09:00-18:00
— Kompaniya: DORA

Talablar:
— 1+ yil tajribaga ega va kreativ bo'lishi
— To'liq ish grafigida ishlay oladigan
— Rus tilini bilishi kerak

Taklif: Bonuslar, bepul kurslar va sayohatlar

Bogʻlanish: @shaxrizodadora

@factor_uz — ish ham, mutaxassis ham topiladi.
👍1
Grafik dizayner | 5–8 mln

— Obsess Marketing Agentligi
— Toshkent, offline
— 1+ yil tajriba
— Jamoada ishlay olishi
— Noutbooki bo‘lishi kerak

Aloqa: @obsess_pm

@factor_uz — ish ham, mutaxassis ham topiladi.
👍3❤1
Grafik dizayner | 2 yillik tajriba

— Toshkent
— Photoshop, Illustrator
— Ish usuli: Onlayn
— Portfolio: @bozorovv_dsgn
— Aloqa: @rashidbek_b

👉 Eʼlon joylashtirish: @factor_uz
👍5🔥1
SMM menejer | 4mln+

Firma: One Step agency
— Toshkent shahar, Izzabozor
— Full-time: 10:00-19:00
— Instagram, Telegram, CapCutda ishlay oladigan
— Matn, kontent, kreativ fikrga ega
— Mas’uliyatli yigit qidiriladi. Talabalar emas.

🎯Taklif: Marketing jamoasida o‘sish, real loyihalarda qatnashish imkoniyati

Bogʻlanish: Ariza topshirish

@factor_uz — ish ham, mutaxassis ham topiladi.
❤3👍1🔥1🏆1
Fullstack designer | 5+ yil tajriba

— Ish turi: onlayn
— Resume: Link
— Portfolio: Behance
— TG kanal: @obloqulov_blog

Aloqa: @obloqulo_v

📌Eʼlon joylashtirish: @factor_uz
👍4
Kopirayter kerak | Offline

Firma: Supermiya
— Toshkent shahri
— Suhbat + KPI asosida maosh
— Toʻliq smena

— Reklama va kontent matnlari
— Post yozish (turli formatda)
— Tahrir va yaxshilash

— Rus/yoki ingliz + o‘zbek tili
— 1+ yil tajriba
— Har xil janrda ishlay olish
— Kreativ fikr, odamni his qilish

"Supermiya" jamoasiga qo'shiling:
@Jaydari_kopirayter

Vakansiya yopildi ❌

@factor_uz — ish ham, mutaxassis ham topiladi.
❤3⚡1🏆1🤝1
SMM Menejer kerak | 6mln+

Firma: Balance Marketing Agency

— 10:00–19:00, 5/2 | Toshkent
— SMM’da kamida 2 yillik tajriba
— Strategik va kreativ kontent yaratish
— Raqobatchilarni tahlil qilish, hisobot tuzish
— Ssenariy yozish ko‘nikmasi
— Jamoani boshqarish, dizayner, kopirayter, targetolog va videograflar bilan samarali ishlash

Bog'lanish: @oybek_sakhobiddinov

@factor_uz — ish ham, mutaxassis ham topiladi.
Brand Face (qiz bola ) | 2mln + proektniy ham

Firma:  World Security Technology

— Ish vaqti: kelishuv video tushish vaqtiga qarab
— Chiroyli nutq va tashqi ko'rinishga ega bo'lish
— Kamera oldida gapira olishi
— Tajribaga ega bo'lishi

Bog'lanish: @mr_nurbek_03 | +998931607978

@factor_uz — ish ham, mutaxassis ham topiladi.
👎5❤3
"CV bilan yozing" — dedimi? CV bilan yozing

Vakansiya bekorga yozilmagan, u odamni filter qilib beradi. Ko'pchilik xabarini 1 xabarda emas, alohida-alohida xabar yozadi. Bunday qilmang.

CV bu — portfolio emas.
Portfolio — bu qanday loyihalar qilganingiz.
CV / Resume bu siz haqingizda aytadigan fayl (matn ko'rinishida yozib yubormang, iltimos)

Bu o'qish, ish joyi, tajribalaringiz va nima ishlar qilganingiz yoziladi. Umumiy, detalniy emas.

Bu obyektivka emas, ko'pchilik obyektivka bilan adashtirib yubordi. Obyektivka bu — rasmiy va davlat ishlari uchun kerak. Agar obyektivka deb so'rasa, obyektivka yuboring. CV / Resume degan bo'lsa, shuni yuboring.

Vakansiyani diqqat bilan o'qing. DIQQAT BILAN !

Keyin, vakansiyani "forward" qilib, o'ziga yubormang, iltimos qilaman. Bu juda zerikarli va asabbuzar. Forward qilishga qilib, yana hech narsa yozmaydiganlar ham bor. Unday qilmang, iltimos

AMAL QILING. DIQQAT BILAN O'QING!
👍8
Factor.uz
"CV bilan yozing" — dedimi? CV bilan yozing Vakansiya bekorga yozilmagan, u odamni filter qilib beradi. Ko'pchilik xabarini 1 xabarda emas, alohida-alohida xabar yozadi. Bunday qilmang. CV bu — portfolio emas. Portfolio — bu qanday loyihalar qilganingiz.…
Resume/ CV shu holatda yuborilsa, yaxshi.

Oshiqcha, grafiklar va rang-baranglik kerak emas

Ko'nikmalarni % da baholamang.
Masalan: "Kopirayting 80% bilaman" — demang.
👍9
1-xato

To'liq yozing

Salomga alik olishini kutmang va bundan foyda yo'q. HR'lar uchun bu yaxshi holat emas. Nimaga yozganingiz, portfolio va resumeni bir xabarda yuboring.

Bir vaqtni o'zida ko'pchilik odam yozadi. Kimdur to'liq ma'lumotni bir xabarda bersa, sizdan ustun kelishi mumkin. Siz esa hali ham alik olishini kutayotgan bo'lasiz.

HR'larni vaqtini va o'zingizni hurmat qiling. Xabarni to'liq va bir matnda yuboring.

Masalan:
Assalom alaykum, men falonchiman. Bu soha bo'yicha 1 yil tajribam bor. Istasangiz sizga resume va portfolio yuboraman.
— Resume fayl
— Portfolio link
👍10❤2🔥2💯2⚡1
2-xato

Vakansiyani yaxshilab o'qing


CV/resume bilan yozing deyilgan bo'lsa, shunday yozing. Bo'lmasa, shunchaki "ATKAZ" olasiz. Bu yerda HR'ni aybi yo'q.

Agar shunday yozsangiz, HR uchun biroz e'tiborsiz, ishini esa yaxshi qilmaydi — degan tasavvur berasiz. Chunki vakansiyada yozilganidek talabda yozmagansiz. CV'ni yaxshilab o'qib, aytilganidek yozgan odamni HR qadrlaydi.

Kerak bo'lsa, yordam berishi ham mumkin.

Talabga to'g'ri kelmasangiz, katta ehtimol bilan yozganingiz befoyda. Vakansiyani yaxshilab o'qing.
👍10
3-xato

"Forward" qilmang


HR'ga yozayotganda uni e'lonini qayta o'ziga yubormang. Ayniqsa, forward shaklida.

Shunchaki link ulang. Masalan:

— Men sizga shu e'loningiz orqali yozmoqdaman

Shunchaki ulashib qo'ysangiz, bu minusga ishlashi mumkin.
👍7❤1🔥1