Sevimli ishim
1 subscriber
10 photos
2 videos
5 links
Download Telegram
Forwarded from Og'abek Sharipov
***
Dunyo – och, kun sayin bardoshimni yer,
Yuragim – buzilgan chumchuqning ini.
Shu yoʻl bilan bolangni asra, yashir –
Ona, koʻzlaringga koʻmib qoʻy meni.

Omon qoldirmaydi aftidan gʻaddor,
Yashadim – har kuni qatlga tayyor.
Sendan oldin oʻlar boʻlsam mabodo –
Ona, koʻzlaringga koʻmib qoʻy meni.

© Ogʻabek Sharipov

@ogabek_sharip
Forwarded from Og'abek Sharipov
Tushuntirish

Hamma she'rim oʻzim haqimda,
Bir yaxshilab solib koʻr razm.
Onanggachi, deysan xoʻmrayib,
Qilolmasdan bu ishim hazm.

Soʻngigacha eshitda endi,
Bir zum shoshma, oʻquvchi kishi.
Farosatim, bilimim, aqlim –
Butun oʻzim unga tegishli.

Onamning bir hosilasiman,
"Men" degan soʻz yoʻq lugʻatimda.
Koʻkragimga urib qoʻyaman:
Hamma she'rim "oʻzim" haqimda!

© Ogʻabek Sharipov

@ogabek_sharip
Forwarded from Og'abek Sharipov
***
Koʻz oʻngimda yillar eskirdi,
Esi kirdi odamning ancha.
Nigohimda samoni teshib,
Oʻy surardim yotib chalqancha...

Anov togʻlar – hammasi joʻram,
Soʻrang meni, birdek taniydi.
Chiqay desam, nimaga bugun
Oyoq qolib, yurak ogʻriydi?

Adashmasdim tushsa ham tuman,
Bir sigorning tutuni yangligʻ.
Choʻqqilarni etgan edim zabt,
Jangchi edim, edim zoʻr otliq.

Bilmam, qachon fe'lim aynidi –
Shor ruhimni qafasga urdim.
Tan olmoqlik ogʻir boʻlsa ham –
Men kurashni ilk bor boy berdim.

Yurak yutish endi zil-zambil,
Jangga kirish endi asotir.
Qarshisiga chiqib hayotning
Boʻlolmayman dovyurak, botir.

Koʻz oʻngimda yillar eskirdi,
Esi kirdi odamning ancha...

01.01.2025

© Ogʻabek Sharipov

@ogabek_sharip
Forwarded from [Sayyora_ Sobirova]
Hech kimga uxshamas
Sarishta onam
Ertakka aylangan
Farishta onam.

Siz bilan dunyolar
Nur jahon edi
Siz bilan quvonchim
Bir jahon edi.

Orzular qilardim
Koʻrgannni havas
Zamondosh doʻstlarga
Qilib basma bas.

Nursiz boqadi
Kukdagi quyosh
Qaerga qaramay
Egiladi bosh.

Gʻamxurim edingiz
Siz menga sirdosh
Endi topilmaydi
Sizday in dartdosh.

Bogʻlarda gullar
Ochmaydi chiroy
Tunlari yoʻllarim
Yoritmaydi oy.

Gʻaribdan-gʻaribdur
Siz qurgan saroy
Mungʻayib turadi
Siz oʻtirgan joy.

Sogʻinchim ortadi
Kundan kun utib
Tushimga kirishiz
Har kuni kutib.

Sheʼrlar yozaman
Oʻzim ovutib
Yongan yuragimni
Asta sovutib.

Onajon deyman
Suratiz upib
Yuzingiz yuvadi
Koʻz yoshim oqib.

Qaniydi koʻrsangiz
Sheʼrlarim oʻqib
Balki sizga ham
Qolardi yoqib .
CHOLIQUSHI.
AKMAL KORG
@AudioSavedBot орқали истаган мусиқангизни тез ва осон топинг!
Gülümcan
Ahu Sağlam Official
@AudioSavedBot орқали истаган мусиқангизни тез ва осон топинг!
Sher uqish uchun fon mucik
@AudioSavedBot орқали истаган мусиқангизни тез ва осон топинг!
Dova music Xebersiz (Official video)
Dova music
@AudioSavedBot орқали истаган мусиқангизни тез ва осон топинг!
Eng mayus musiqa ....#music
Xushali studio
@AudioSavedBot орқали истаган мусиқангизни тез ва осон топинг!
Xotiralarni yodga soluvchi musiqa😓😓😓
Bek Pulatov
@AudioSavedBot орқали истаган мусиқангизни тез ва осон топинг!
Forwarded from Og'abek Sharipov
***
Quyosh silab oʻtadi toʻshni,
Yomgʻir dildan kovlaydi intim.
Atrofdagi bahormi, qishmi –
Qaysi fasl, chalkashib kettim?

Tong otadi aytib sanani,
Tun kiradi yana zum oʻtmay.
Kunlarimning oʻrtasi qani? –
Oʻtib borar teshik kulchaday.

Taqdiridan arazlaydi kim,
Bir menmanmi haddidan oshgan?
Qayerlarda yuribdi yogʻib,
Nahot, qor ham yoʻldan adashgan?

Choʻkib qolar osmonning beli –
Hali yogʻar zamin uzra zar.
Topib berar hammaning yoʻlin
Xudo tuzib chiqqan kalendar...

© Ogʻabek Sharipov

@ogabek_sharip