ehtromiy 🇵🇸 (fikr)
9 subscribers
Download Telegram
- Инсонлар бир ёмон ҳаракатингиз билан барча яхшиликларингизни унутишади.
Аммо Аллоҳ эса бир тавбангиз билан барча гуноҳларингизни ўчиради, магар хам у ҳақиқий, саҳиҳ тавба бўлса.

Шунинг учун, Яратганни рози қилаверинг, яратилган бари-бир сиздан рози бўлишмайди.
2
Сенга нима бўлди?

Фарз намозларини кечиктиряпсан,
Вақтларингни беҳуда сарфлаяпсан,
Бомдод намозини ухлаб ўтказяпсан,
Тилинг зикрдан қуриб қолди,
Таҳажжуд намозини унутдинг,
Мусҳафинг устини чанг босди!

Сенга нима бўлди?

Мубоҳ ишларни ҳаддан ошириб, ҳаромга қўл урдинг,
Ҳаромни кўрдинг-у, ҳатто қалбинг билан бўлса ҳам инкор қилмадинг,
Шундай қилиб, унга кўникдинг ,
Ёлғизликда Парвардигорингни унутдинг,
Ўзингни унутиб, ўзингга зулм қилдинг!

Аллоҳга қайт!

Аллоҳ билан қайтадан янгги ҳаёт бошла!
Ҳаётингни бошқатдан тартибга сол,
Аллоҳ билан аҳдингни янгила,
Дангасалик бутини парча-парча қил,
Аллоҳдан ожизлик ва дангасаликдан
паноҳ сўра,
Ва Аллоҳга қайтишга шошил!

Унутма У зот, албатта, кечиримлидир. Фақат сен Унинг ўзигагина қайтсанг бас!
1
Баъзи аёллар боянмайди - узгача сийрати бор.
Баъзи аёллар тилло такмайди - дур каби козлари бор.
Баъзи аёллар кам гап - чиройли характери бор.
Баъзи аёлларни озор бермас - табассуми бор.

Баъзи аёлларга карашга ботина олмайсиз.. уларнинг Иймони бор

©saxifatul xikma
2
Қалбда одамларнинг мақтовини хуш кўриш қанча ортиб борса, ихлос шунча камаяди.
«Ҳар ким сени ўз феъли билан кўради»

Нопок кишидан сизни пок деб билишини, бахилдан сизни сахий деб ўйлашини, мунофиқдан эса сизни содиқ деб билишини кутманг.
1
нарсалар узоқдан қараганда жилваланади. уни зўр деб ўйлайсиз. аммо яқинлашганингиз сари ҳақиқати ошкор бўлиб бораверади. осмондаги ой ердан қараганда сеҳрли ва мафтункор кўринади. унга қараганда кўзлар ҳеч озорланмайди. ҳатто инсонлар азбаройи мафтунликларидан севганларини унга ўхшатишади. аммо ойни яқиндан кўрсангиз, унинг совуқ жонсиз жисм эканини, тош, тупроқ ва қумдан бошқа ҳеч нарса эмаслигини биласиз. инсонлар ҳам шундай…
Кўпчилигимиз қисқа, камроқ ёзилган постларни ўқиймиз-у аммо узунроқ постларни ўқимаймиз. Нега?…

Сабримизнинг, тоқатимизнинг вақти инстаграмдаги контентлар орқасидан 15 секунтлик ёки 1 минутлик бўлиб қолганми?

Айримларимиз шуни ҳам тугалламайди. 5 минутлик манфаатли видео кўп туйилади, лекин ма'сиятга ботган фойдасиз видео, киноларга 3соат камдек гўё…

Ўзи инсоф берсин, ҳақдан адаштирмасин деймиз тамом)
1
Ta’qiqlangan munosabatlarning oxiri qanday bo‘ladi?


Bir kuni yonimga bir erkak keldi va dedi:

«Men u bilan ikki yillik munosabatlardan so‘ng uylanganman. Endi esa, nikohimizga besh yil bo‘lganida, nega o‘zi meni bezovta qilayotganini bilmayman — u otasining ishonchi va tarbiyasiga xiyonat qilganini eslasam... Axir otasi uni axloqning eng yuqori cho‘qqisi deb biladi, ammo bilmaydi: u men bilan yashirincha gaplashganini.
Axir men kim edimki, u menga sodiq bo‘lsin?! Men unga pul sarflamaganman, uni bolaligidan tarbiyalamaganman, maktab yonida quyosh tig‘ida turib kutmaganman...
Endi esa men undan ajrashmoqchiman».

Shu tariqa tugaydi harom munosabatlar...
«Alloh rozi bo‘lishi uchun boshlanmagan narsa, oxirida senga quvonch keltirmaydi».


وَلَا تَقْرَبُوا الزِّنَا إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَسَاءَ سَبِيلًا

«Zinoga yaqinlashmanglar! Albatta, u buzuqlik va yomon yo‘ldir».
(Isro surasi, 17:32)



اللهم استر عوراتنا وآمن روعاتنا واحفظ بيضة المسلمين
Allohim, ayb-u nuqsonlarimizni yop, bizga xotirjamlik ato et va musulmonlar birligini asra!
Bas, Biz aytdik: «Ey Odam, albatta bu (iblis) senga ham, juftingga ham dushmandir. Bas, u ikkovingizni jannatdan chiqarib, baxtsiz bo‘lib qolmagin. (Toha surasi, 117-oyat)
Afsuski, mana shunday telefon, instagram, telegram va boshqa ijtimoy tarmoqlar orqali bo'ladigan aloqalar yomon odat va jirkanch ishqibozlikka aylanib qoldi. Ayniqsa, bekorchilikni kasb qilib olgan, vaqtini band qiladigan foydali biror mashg'uloti yo'q kishilar uchun ofat bo'ldi.
Hurmatli qizlar! O'zingiz o'ylab ko'ring, agar siz tanlagan o'sha nomard erkak bo'lganida, shunday pastkashlikka, gunohga qo'l urarmidi? O'zini ham, sizni ham ushbu halokatli jarlik sari yetaklarmidi? Uning qarshisida o'zi tanlagan xarom yo'l bilan birga, Alloh taolo halol qilgan yo'l ham bor edi, unga tanlash imkoniyati ham berilgan edi!

Men ba'zi yigitlarga hech tushunolmayman: ulamolarning fatvolarini yoddan bilishadi, internet olamidagi islomiy saytlarni kuzatib borishadi va shu asnoda siz kabi qizlar bilan mana shunday hudbinlarcha aloqaga chiqishadi... O'sha nobakor o'zining singlisi yoki qiziga shunday munosabat bo'lishini istarmidi? Siz haqingizdagi ushbu xotiralar bilan u sizni o'ziga xotin qilib oladi deb o'ylaysizmi? Siz u uchun shunchaki vaqtini ko'ngilxushlikda o'tkazuvchi ovunchoqsiz!

Endi siz ko'zingizni bir zumga yuming... O'zingizni 5 yildan keyingi holatingiz - rafiqa, ona va uy bekasi bo'lganingizni tasavvur qiling. O'tmishingizni bugungi xarom lahzalar bilan bulg'angan holda ko'rishni, kelajakdagi vafodor juftingiz bilan vijdon azobida yashashni istamasangiz kerak? Axir bir umr undan o'tmishingizni yashirib, agar bilib qolsa, ajrashib ketishimiz mumkin, degan hadik bilan yashash osonmi?! Shuni bilingki, sizning hunik o'tmishingizni insonlarning bari unutib yuborishi mumkin yoki mutlaq esga olmasligi mumkin, ammo, Alloh hamma narsani ko'rib bilib turibdi, barchasini hisob-kitob qilyapti.

Shuni bilish lozimki, orangizdagi ushbu munosabatlar, aldamchi tuyg'ular haqiqiy emas, bari vaqtinchalik! Ular hayot sinovlariga javob bera olmaydi, chunki ular to'g'ri, yaroqli poydevor ustiga qurilmagan.
Forwarded from Anonim savollar
📨 Sizda yangi anonim xabar bor!

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Sizning fikringgizga mutlaq qoʼshilaman, hozirgi kunda yoshlar taqdiri uchun judayam dolzarb masalaga aylangan mavzulardan biri ijtimoiy tarmoqlarda bekorchi vaqt oʼtkazish, nomahramlar bilan boshida doʼstona munosabatda boʼlib keyin Allohning buyruqlarini unutib ular bilan ishqiy munosabatda boʼlishlari. Sevgi umuman olganda pok tuygʼu, islomda sevgi qoralanmagan. Lekin hozir qaysiki qiz yoki boladan sevgi haqida soʼrasanggiz ikki nomahramning ishqiy munosabatlarini tushunishadi, chunki bunday xarom ish ochiqchasiga boʼlib ketgan. Qizlar oʼz ota-onasidan qoʼrqib ulardan yashirib gablashishadi lekin ular unutib qoʼyishdiki butun yer-u osmonning sultoni Alloh koʼrib turganini, uning qiyomatdagi ogʼir azobini. Avvalambor bu masala yuzasidan oilada har kuni kechga kechki ovqatdan soʼng ota-ona tomonidan muhokama qilinishi va bunday vaziyatlarning oxiri qanday boʼlishi haqida tushuncha ham berilishi kerak deb oʼylayman, lekin agsuski hozir deyarli hamma kechki taomdan soʼng fotiha oʼqishib , oʼz xonalariga ravona boʼlishadi, ota-onalar oʼz farzandlari nmalar bilan mashgʻul ekanliklarini bilishmaydi. Bu masala yuzasidan qancha koʼp gapirilsa oz shunday ekan,Alloh adashgan bandalariga oʼzi tavfiq bersin va ularning tavbalarini qabul qilsin amin))
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Anonim savollar
📨 Sizda yangi anonim xabar bor!

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

Alloh taolo Qur'oni Karimda: "Shaytonning izidan ergashmanglar! Albatta, u sizlarga ochiq dushmandir" (Baqara surasi, 168-oyat) deb ogohlantiradi. Shayton hech qachon insonga birdaniga "bor, gunoh qil" demaydi. U avval ijtimoiy tarmoqda shunchaki "islomiy suhbat" yoki "oddiy do‘stlik" bilan boshlaydi. Keyin esa bu aloqa uchrashuvlarga, harom tuyg‘ularga va oxir-oqibat hayotni barbod qiluvchi fojialarga olib keladi. Toha surasidagi oyatda aytilganidek, iblisning maqsadi — insonni baxtsiz qilishdir. Nikohsiz yurgan yoshlar o‘zlarini "baxtli" deb o‘ylashadi, aslida esa shaytonning tuzog‘iga tushib, haqiqiy baxtdan uzoqlashishadi.
Islomda nomahram yigit va qizning yolg‘iz qolishi, behuda gaplashishi va hissiyotlarga berilishi qat’iyan qaytarilgan. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlar: "Hech bir erkak do‘st bo‘lmagan ayol bilan xoli qolmasin, aks holda ularning uchinchisi shayton bo‘ladi" (Termiziy rivoyati). Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, Instagram) ana shu "xoli qolish" (xilvat) muhitini yaratib beryapti. Ekran ortidagi virtual suhbatlar ko‘p hollarda qizlarning iffati va yigitlarning nomusi yo‘qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Hozirgi yoshlar "bir-birimizni sevyapmiz, baribir turmush quramiz " degan bahona bilan o‘zlarini oqlashga harakat qilishadi. Ammo Islom prinsiplariga ko‘ra, harom yo‘l bilan halollikka erishib bo‘lmaydi. Alloh taolo taqiqlagan aloqalar ustiga qurilgan munosabatda baraka bo‘lmaydi. Bugun o‘z nafsi uchun qiz bolaning nomusi va tuyg‘ulari bilan o‘ynashgan yigit, ertaga unga vafodor er bo‘la olmaydi. Chunki u qizni oson qo‘lga kiritdi va unga bo‘lgan hurmati yo‘qoldi.U shunchaki oz nafsi uchun gaplashayotganini afsus aksariyat qizlar bilishmaydi.
Bugungi kunda rasmga tushib, qo‘l ushlanib, xiyobonlarda "para" bo‘lib yurgan yoshlar o‘z kelajaklariga o‘zlari bolta urishmoqda. Islomda ayol kishi ham, erkak kishi ham o‘z iffatini nikohgacha saqlashi buyurilgan. Nur surasida: "Yomon xotinlar yomon erkaklar uchundir... Pokaiza ayollar pokiza erkaklar uchundir" (26-oyat) deyilgan. Bugungi harom lahzalar kelajakdagi oilaviy hayotda shubha, ishonchsizlik va vijdon azobini tug‘diradi. Insonlardan yashirish mumkin bo‘lgan sirlar, hamma narsani ko‘rib turuvchi Allohdan yashirin qolmaydi.
Bugungi kunning eng dolzarb da’vati — yoshlarni nafsu havoga qul bo‘lishdan qaytarish va halol nikohga targ‘ib qilishdir. Agar niyat jiddiy va xolis bo‘lsa, Islomda buning yo‘li aniq: sovchilar orqali, ota-onaning roziligi va duosi bilan munosabatlarni halollash. Birinchi orinda Allohdan qorqish kerak,har bir insonni e'tiqodi qanchalik kuchli bolsa bunday illat ishlar foizi kamayib boradi inshaAlloh Qizlarimiz o‘z qadrlarini yerga urmasliklari, yigitlarimiz esa o‘zgalarning nomusiga o‘z singlisidek qarashlari lozim. Shundagina jamiyatimiz ma’naviy tanazzuldan va oilaviy ajrimlar fojiasidan qutuladi.Vallohu a'lam.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Anonim savollar
📨 Sizda yangi anonim xabar bor!

Post muallifiga oʻzining mana shunday ogʻriqli va dolzarb mavzuni dadil koʻtarib chiqqani uchun chin qalbdan rahmat aytmoqchiman.
Men 18 yoshga kirib, hayotni, odamlarni va munosabatlarni endi-endi anglay boshlayotgan bir qiz sifatida bu soʻzlarni shunchaki oʻqib oʻtolmadim — ular mening qalbimga juda qattiq taʼsir qildi. Toʻgʻrisi, bugungi ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan zamonda biz tengi qizlarning shirin soʻzlarga, vaqtinchalik eʼtiborga chalgʻishi va "islomiy niqob" kiyib olgan soxta tuygʻular qurboniga aylanishi juda oson boʻlib qoldi.
Siz bizni bir zumga toʻxtab, koʻzimizni yumgan holda 5 yildan keyingi holatimiz — kelajakdagi rafiqa, vafodor umr yoʻldosh va ona boʻladigan davrimiz haqida oʻylashga majbur qildingiz. Oʻtmishni bugungi oʻtkinchi va xarom lahzalar bilan bulgʻamaslik, ertaga vijdon azobida va qoʻrquv bilan yashamaslik haqidagi ogohlantirishingiz ayni muddao boʻldi. Insonlar unutsa ham, Alloh barchasini koʻrib-bilib turganini eslatganingiz esa qalbni larzaga keltiradigan eng katta haqiqatdir.
Biz kabi yoshlarni asrash yoʻlidagi ushbu xolis mehnatingiz va koʻzimizni ochganingiz uchun yana bir bor rahmat. Ushbu maqolangiz qanchadan-qancha qizlarni halokatli jarlik yoqasidan qaytarishiga va oʻz qadrini anglashiga sababchi boʻladi, in shaa Alloh. Qalbingizga va qalamingizga chindan tasanno!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Anonim savollar
📨 Sizda yangi anonim xabar bor!

Bugun bizning jannatimiz — bu bizning qalb xotirjamligimiz, nomusimiz va pokiza kelajagimizdir. Afsuski, bugungi kunda o'sha shaytoniy tuzoqlar ijtimoiy tarmoqlar orqali hayotimizga suqulib kirdi. Bekorchilik, maqsadning yo'qligi va virtual dunyoga bog'lanib qolish bizni qanchalik jarlik yoqasiga olib kelayotganini bilmayapmz, ajoyib eslatma bo‘libdi. Qiz bola o‘z qadrini va iffatini har qanday chiroyli gaplardan baland qo‘yishi shart. Alloh ko‘rib turganini unutib, vaqtinchalik hislar deb kelajakdagi vafodor juftimiz oldida yuzimz qora bo‘lishdan o‘zimizni asraylik. Allox kifoya qilsin)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
@ehtiromiyy ) biz bu kanaldamiz