1 subscriber
6 photos
Manzillar o‘zgarar , o‘zgarar yo‘llar !
Download Telegram
Channel created
Avval ko‘nglingni keyin qo‘lingni oladi !
Ha , sening dunyoga kelishingga sabab bo'lgan , qiynalib voyaga yetkizgan , ilmingni , mehnatingni uvol ketishini istamagan ota-ona ko‘nglingni zoye qilmaydi ! Bunga ko‘p marta iqror bo‘ldim.
   
"Kim bo‘lsayam , nima ish qilsayam qizimning ko‘ngli birinchi o‘rinda."


Ishonch – hamma narsa !

Farzandga ota-ona tanlash imkoni berilmagan.Berilgandayam men bunchalar to‘g'ri tanlov qilolmasdim balki.



Hamd bo‘lsin ! 🩵
#havas🩵
Kapalaklar sovg'a qilasan-a?
❤️
🥰1
U oshiq bo‘lib qaytdi.U meni hech qachon unutmagan ! ❤️

Dostoyevskiy
Baxtning oydin kechalarida
Uchrashamiz muhabbat bo‘lib !
Dadamga , dadamni mehriga , jonkuyarligiga , mashaqqat bilan meni o‘qitayotganiga xiyonat qilgim kelmaydi...
Dada , men qandaydir nomi allambalo bo'lgan mashinada yangi kiyimlarda poytaxtga , siz esa nechidir yillik oddiy , balki eski kiyimda kun issig‘ida tog‘ga yo‘l olishingizda hech adolat ko'rmayman.

Menga yo‘lda ko‘ngli ko‘tarilmasin deb suv , qurut yana birnarsalar berib yuborilarkan , siz olti soatlik yo'lda piyoda qornim ochib qolsa mobodo deb bir idishda suv va non ovolishizda ham hech tenglik ko'rmayman.

Ha , men qishloq qiziman.Tog‘ qiziman.Oddiygina.
Siz bilan tog‘ga chiqib o‘t o‘rishimda , yantoq chopishimda suvsasam , "Avval sen ich , qolsa men" deyishizda u qadar quvonaman.

To'g'ri siz hech qachon bizni erkalatmagansiz.Ko‘p urishgansiz.
Ammo Issiqda tushgacha horib ishlab"Mana qishloqning azobi shu.Meni kunim shu.Shuchun o‘qinglar.Men bormanki , pul topib beryapmanki , o‘qivolinglar" deyishizda mehr ko‘raman.

Balki , yoshlikdan mehnatda suyagimiz qotib , 19 yoshimda mehrni teranroq anglashimdayam bir xayr bordir.

Bugun o‘zim kiyimlarizni yuvdim ketish oldi.
Qo‘llarim bilan.Qaynoq suvda.
Ohori to'kilgan , qayerlaridir yamalgan.
Men-chi?
Men yaxshi kiyinaman.
(Zamonga qarayman-da.Lekin sizni qiynashni istamayman)

Aytgancha , siz ba'zan bizni telefonlarni tushunmaysiz.Masalan , haligina nega buni rasmi kattalashmayapti dediz.To‘g‘irlab berdim.Men bo‘lsam har baloni bilaman. Qani tenglik?!

Ha , menam oddiyman.Ko‘plar kiyganni kiymayman.Yeganni yemayman.Lekin siz hatto men yegan taomlarni nominiyam bilmasangiz kerak.

Lekin haqiqatda biz bilan faxrlanasiz.
Erishganlarimiz , ko‘pincha qatorda eng oldilaridan bo'lganimiz , ilmimiz , iqtidorimiz uchun.Men ko‘pincha bundan ranjiganman.Meni maqtashlarini istamaganman.Lekin siz shuncha chekkan azoblaringiz haqqiga , hech yo‘qsa bizni deb qalban quvonishga loyiqsiz-ku.

Bizni sizga loyiq qilsin )

Faqat "Nimadir desam , "Otang o‘lmagan-ku" demang.Og‘riqlarim tiriladi.Yig‘lagim keladi.
Shunday deganizda xayolimga qo'lida nonini choyga botirgancha televizordagi ota haqida berilayotgan klipga tikilib qolgan xolamni o‘g'li, "Dadamga yordam berdim " desam , "Meni dadam yo‘q-da.." deb qo'ygan , "Ularni sog‘indim." Deb og‘ringan biri ichimni yeydi.Unday demang dada.

Dada , men siz bergan tarbiya bilan yomon bo'lmasam kerak.Siz qilgan duolar bilan yomonga yo‘liqmasam kerak. Lekin qalbimda siz haqdagi , onam haqdagi og‘riqlarim tirik ekan halol , pok yashashga va'da beraman...

Yaxshi ko‘rishini aytolmas qizga
Nasib qilsin yuzing yorug' qilishlik!
Bir ko‘nglim podshodir bir ko‘nglim g'arib...
Shuhrat Daryoning konsertiga taklif qilasan-a)🥹🫠
Sen sehrimsan mening.
Bir tola sochingni tutatsam qarshimda paydo bo‘ladigan.

Shunaqa ekan.
Men samolab uchdim.
Qishloqdaligimga senga mening uchgim kelyapti qushlarga havasib kelyapti debmidim?

Men uchdim.Qoyalar ustida qirlar osha , faqat sekinmas.Burgutdek shiddat bilan.Maza qib.
Aynan shu hisni tuyishni istagandim.

"BIR KUN PARVOZ QILAR QANOTSIZ JUSSAM'❤️
Butun guruh bir olam
Sen bir olam...
1🔥1
Balki keyinchalik sog‘inarman.Lekin kursdoshlarimgayam haligacha qo‘shilolmayman.
Istamayman ham.
🔥1
Men ularga
Ular menga hech kim)
🔥1