EVnomics
37 subscribers
998 photos
40 videos
606 links
Elektromobillar iqtisodiyoti haqida yaxlit tasavvurga ega bo'ling: yangilik, tahlil, trendlar!

Kanalda Reuters, Bloomberg, CNBC, JATO kabi mashhur, ishonchli axborot manbalaridan foydalaniladi.
Download Telegram
Leapmotor o'zining kichik A10 elektr yo'ltanlamasini (SUV) taqdim etdi.

EVonomics
BYD to'liq elektromobillar bozorida yetakchi.

Uchinchi chorak yakuniga ko'ra, BYD kompaniyasi 15,4% ulush bilan global elektromobillar (BEV) bozorida yetakchilik qilmoqda. BYDdan keyingi o'rinni Tesla 13,4% ulush bilan egallagan.

EVonomics
Leapmotor noyabr oyida savdo rekordini yangiladi.

Noyabr oyida Leapmotor 70 327 dona elektromobil yetkazib berdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 75%ga va oktyabrga nisbatan 0.05%ga ko‘pdir.

Yanvar-noyabr davomida Leapmotor jami 536 132 dona elektromobil sotdi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 113%ga oʻsdi.

EVonomics
Zeekr brendi ham o'z savdolarida rekord natija qayd etdi.

Zeekr brendi noyabr oyida 28 843 dona elektromobil yetkazib berdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7%ga, oktyabr oyiga nisbatan 35%ga ko‘p.

Zeekr brendi bu yil yanvar-noyabr davrida jami 193 866 dona elektromobil sotdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,6%ga pastlagan.

EVonomics
Li Auto savdolarida ketma-ket oltinchi oy pasayish kuzatilmoqda.

Noyabr oyida Li Auto kompaniyasi 33 181 dona elektromobil yetkazib berdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32%ga kam, ammo oktyabr oyiga nisbatan 5%ga o'sgan.

Yanvardan noyabrgacha Li Auto jami 362 097 dona elektromobil sotdi, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 18%ga past degani.

EVonomics
Noyabr oyida Nio savdolari o'tgan oyga nisbatan pastladi.

Nio kompaniyasi noyabrda 36 275 dona elektromobil yetkazib berdi.

Bu bir yil avvalgi ko'rsatkichdan 76%ga yuqori, ammo oktyabr oyiga nisbatan esa 10%ga pastlagan.

EVonomics
BYD savdolari o'tkan oyga nisbatan o'sgan, lekin yillik o'sish past.

Noyabr oyida BYD yo'lovchi elektromobillari savdosi 474 921 donani tashkil qildi, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 6%ga past, joriy yilning oktyabr oyiga nisbatan esa 9%ga yuqori.

Noyabr oyida BYD elektrmobillari savdosining 50%ini to'liq elektromobillar (BEV) tashkil qildi. To'liq elektromobillar savdosi o'tgan yilning noyabr oyiga nisbatan 20% va joriy yilning oktyabr oyiga qaraganda 8%ga o'sdi.

BYD elektrmobillari savdosining 50%ini tashkil qilayotgan gibridlar (PHEV) o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 23%ga kamaygan, lekin joriy yilning oktyabr oyiga nisbatan 11%ga o'sgan.

Yanvar-noyabr davrida BYD jami 4 182 038 dona yangi energiya avtomobillari (NEV) sotdi. Shundan 4 130 639 donasi yo'lovchi elektromobillar bo'lib, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 11%ga ko'p.

EVonomics
Zeekr Janubiy Koreya bozoriga kirmoqda.

Zeekr Janubiy Koreya avtomobil bozoriga kirish uchun to'rtta Janubiy Koreya dilerlari bilan dilerlik shartnomalarini imzoladi.

Zeekr BYDdan keyin Janubiy Koreyadagi ikkinchi Xitoy elektromobil kompaniyasiga aylandi.

EVonomics
Eng ko'p sotilgan elektromobillar.

2025 yilning yanvar-oktyabr davrida dunyoda eng ko'p sotilgan elektromobillar reytingida Tesla Model Y yetakchi.

EVonomics
Elektromobil brendlarining top 20 taligi.

Dunyo bo'yicha yetakchi elektromobil kompaniyalari 5 taligidan BYD, Tesla, Geely, Wuling va Volkswagen o'rin olgan.

EVonomics
BYD rahbari savdo hajmining nima uchun pasayganini tushuntirdi.

BYD so'ngi yillarda katta suratlarda o'sdi va dunyodagi eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisiga aylandi. Lekin, bu yil BYD savdolarining o'sishi sekinlashdi, so'nggi oylarda savdo hajmi hatto pasaydi.

BYD asoschisi va rahbari Wang Chuanfu aktsiyadorlarning navbatdan tashqari yig'ilishida buning sabablarini tushuntirdi.

"BYDning ichki savdosi bu yil pasaydi, chunki kompaniyaning hozirgi yangi texnologik takliflari avvalgi yillardagidek shov-shuvli emas va BYD texnologik yutuqlarining hayratlanarli omili pasayib ketdi, degan Wang Chuanfu.

EVonomics
🤩 Ўзбекистонда жисмоний шахсларга тегишли автотранспорт воситалари сони 4,7 млндан ошди

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг 1 октябрь ҳолатига Ўзбекистонда жисмоний шахсларга тегишли 4 725,9 мингта автотранспорт воситалари рўйхатга олинган.

📊 Уларнинг асосий қисмини енгил автомобиллар (жамига нисбатан улуши 92,9 %) ташкил этади. 2024 йилнинг мос даврига нисбатан автомобиллар сони 415,3 мингтага ошган.


📊 Жисмоний шахсларга тегишли автотранспорт воситаларининг турлари бўйича сони қуйидагича:

– енгил автомобиллар – 4 392,4 минг дона;

– юк автомобиллари – 312,7 минг дона;

– микроавтобуслар – 7,5 минг дона;

– махсус транспорт воситалари – 7,3 минг дона;

– автобуслар – 6 минг дона.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toyota етакчи, BYD шиддат билан яқинлашмоқда: дунё автобозори рейтинги

Глобал автомобил бозори ўзгаришда давом этмоқда: анъанавий ишлаб чиқарувчилар электромобиллар чиқарадиган компанияларнинг жадал ўсиши фонида ўз позицияларини сақлаб қолишга ҳаракат қилмоқда.

👉 https://kun.uz/kr/80275173

Kun.uz расмий канали
Forwarded from UzAuto
🚘 O‘zbekistonning avtomobilsozlik sanoati:

📅Oʻzbekistondagi ishlab chiqaruvchilarning 2025-yil yanvar-noyabr oylari bo‘yicha ma’lumotlari.

➡️Qayd etilgan davrda jami 379 158 dona avtomobil sotilgan:

UzAuto Motors: 184 891
Khorezm Auto: 130 939
ADM Jizzakh: 40 504
BYD Uzbekistan: 21 236
Asaka Motors: 1109
SamAuto: 400
Alyans Auto: 79


Web-site|Facebook|Telegram|YouTube| Instagram|
🤩 Ўзбекистонда қанча электромобиль рўйхатга олинган?

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг 1 октябрь ҳолатига Ўзбекистонда 86,1 мингта электромобиль рўйхатга олинган.

🇺🇿 Уларнинг ҳудудлар кесимидаги сони қуйидагича:

Қорақалпоғистон Республикаси – 699 дона;

Андижон вилояти– 1 126 дона;

Бухоро вилояти – 1 439 дона;

Жиззах вилояти – 376 дона;

Қашқадарё вилояти – 1 876 дона;

Навоий вилояти – 1 250 дона;

Наманган вилояти – 952 дона;

Самарқанд вилояти – 2 851 дона;

Сурхондарё вилояти – 212 дона;

Сирдарё вилояти – 597 дона;

Тошкент вилояти – 6 355 дона;

Фарғона вилояти – 1 624 дона;

Хоразм вилояти – 1 928 дона;

Тошкент шаҳри – 64 779 дона.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQShda elektromobillar xaridi uchun soliq imtiyozlari dasturining tugashi oqibatida elektromobillar savdosi keskin pastladi.

"Kelgusi yilda ham AQShda elektromobillar savdosi pasayishini kutmoqdamiz. Soliq imtiyozi bozor uchun juda ta'sirli bo'ldi" deydi Benchmark Mineral Intelligence (BMI) agenligi.

EVnomics