EVnomics
38 subscribers
1.01K photos
41 videos
613 links
Elektromobillar iqtisodiyoti haqida yaxlit tasavvurga ega bo'ling: yangilik, tahlil, trendlar!

Kanalda Reuters, Bloomberg, CNBC, JATO kabi mashhur, ishonchli axborot manbalaridan foydalaniladi.
Download Telegram
Leapmotor Lafa 5 xetchbekini taqdim qildi.

Leapmotor bugun Germaniyaning Myunxen shahrida bo'lib o'tayotgan IAA Mobility ko'rgazmasida yangi Lafa 5 modelini namoyish etdi.

Leapmotor Lafa 5 boshlang'ich narxi - 14 000 dollar.

EVonomics
Volkswagen Group Evropada eng ko'p sotiladigan avtomobil brendi.

Volkswagen Group 2025 yilning birinchi yarmida 1,8 milliondan ortiq sotilgan avtomobillar bilan Yevropaning eng yaxshi sotuvchisi bo‘lib qolmoqda.

EVonomics
Keyingi avlod batareyalariga asosan Xitoy egalik qiladi
(2025–2030)


Keyingi avlod batareyalar o’zi nima?

Qattiq holatdagi batareya (Solid-state battery) - suyuqlik yoki gel o'rniga qattiq elektrolitdan foydalanadi, bu esa yuqori energiya zichligi va yaxshilangan xavfsizlikni ta'minlaydi.

Natriy-ion batareyasi (Sodium-ion battery (Na-ion)) - litiy o'rniga arzon natriydan foydalaniladi.

Redoks-oqim batareyasi (Redox-flow battery) - energiyani suyuqlikda saqlaydi, katta va uzoq muddatli saqlash uchun ideal variant.

Lityum-oltingugurt batareyasi (Lithium-Sulfur battery (Li-S)) - engilroq og'irlik, arzonroq narx va yuqori energiya zichligi uchun oltingugurt katodidan foydalaniladi.

EVonomics
Leapmotor o'zining premium yo'ltanlamas D19 modelini namoyish qiladi.

Leapmotor o'zining birinchi D-seriyali modeli - yangi flagmani D19ni 16 oktabr kuni taqdim etmoqchi.

Leapmotor D19 modeli narxi taxminan 42 180 dollar atrofida bo'lishi kutilmoqda va kompaniyaning eng ilg'or texnologiyalari bilan jihozlanadi.

EVonomics
Xiaomi nuqsonlar sabab o'zining SU7 elektromobillarining uchdan bir qismini chaqirib oladi.

Xiaomi 2024 yilning 6-fevralidan 2025 yilning 30-avgustiga qadar ishlab chiqarilgan va sotilgan 116 887 dona SU7 elektromobillarni qaytarib oladi.

Nuqsonlar haydovchiga yordam dasturi va aqlli boshqaruv funksiyalari bilan bog'liq.

EVonomics
AUDI Xitoyda yangi logodagi ilk E5 Sport elektromobilini taqdim etdi.

Volkswagenning premium avtomobil brendi Audi va Xitoyning SAIC Motor kompaniyasi tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan AUDI yangi brendi ostidagi o'zining birinchi modeli E5 Sportback elektromobili sotuvini boshladi.

AUDI E5 Sportback modelining boshlang'ich narxi - 33 180 dollar.

EVonomics
Milliarder Uorren Baffet BYD kompaniyasidan to'liq chiqdi.

Uorren Baffetning Berkshire Hathaway kompaniyasi Xitoyning BYD avtomobil kompaniyasini butunlay tark etdi va o'sha davrdagi qiymati 20 baravarga oshgan 17 yillik sarmoyasini yakunladi.

Baffet kompaniyasi Shenzhenda joylashgan BYD kompaniyasiga 2008 yilda sarmoya kirita boshlagan, o‘shanda u 225 millionga yaqin aksiya uchun 230 million dollar to‘lagan, bu o‘sha paytdagi ulushning 10%iga teng edi.

BYD aksiyalari narxi 20 baravardan oshganidan keyin Uorren Baffet 2022 yilda ushbu aktsiyalarni sotishni boshladi.

EVonomics
BMW kompaniyasi Toyota bilan hamkorlik qilmoqda.

BMW va Toyota hamkorligida ishlab chiqariladigan yangi iX5 yo'ltanlamasi vodorodda harakatlanadi.

Yangi BMW iX5 besh xil energiya: elektr, gibrid, benzin, dizel va vodorodda harakatlanadigan birinchi avtomobil bo'ladi.

EVonomics