𝑼𝑺𝑻𝑶𝒁 𝑸𝑨𝑹𝑨𝑺𝑯𝑳𝑨𝑹𝑰ᵇ
137 subscribers
375 photos
78 videos
3 files
334 links
Ushbu kanal shaxsiy qarashlar va ilmiy yondashuvlar asosida yaratildi.
Download Telegram
Ўқувчини рағбатлантиришнинг олтин қоидалари
 
Таълимда рағбат — муҳим:

Яхши хулқларни шакллантиришда, ёмон хулқлардан сақлашда қўлланилади. 

Аммо рағбатлантириш, мақташнинг ҳам мутахассислар таклиф қилган йўлларини биласизми?

Қуйида баъзиларини келтириб ўтамиз:

1. Мутахассислар нафақат ўқув фаолияти натижаларига кўра юқори кўрсаткичли ўқувчиларни, балки ўзининг меҳнатсеварлиги, ёрдамга тайёрлиги, масъулиятли ёндашуви, жонбозлиги учун ҳам болаларни тақдирлашни тўғри, деб баҳолайдилар.

2. Рағбатлантириш ҳаракатга мутаносиб бўлиши, яъни бола учун одатий, “икки қадамли” иш бўлиб қолган ёки замирида қандайдир тор шахсий мотивлар турган амаллар учун бўлмаслиги тавсия этилади.

3. Ижобий муносабат билдиришда “аммо” калимаси бўлмаслиги, яъни масалан, “тез ўқиш бўйича зўрсан, аммо шеър ёдлашингга келсак...” кабилида фикрламаслик, мақташми-машташ.

4. Рағбатлантириш амалиёти болани синфдаги бошқа ўқувчиларга қарама-қарши қўймаслиги лозим, бунинг учун нафақат натижага эришганлар, балки ҳаракат қилганларни ҳам эътироф этиш ва бунда айнан қайси жиҳат мақтовга лойиқлигини изоҳлаб ўтиш ўринли.

5. Мақтов шаклидаги рағбатлантиришда шунчаки ўқувчига яхши кўриниш учун мақтамаслик, боланинг табиий сифатлари (бўйи-басти, хушбичим кўриниши ва ҳ.) даги устунликни эътироф предметига айлантирмаслик, айнан бир ҳолат учун икки мартадан ортиқ ижобий муносабат билдирмаслик.

6. Рағбат яхшиси боланинг ўз кўрсаткичларини ўзининг аввалги натижалари билан солиштириб, яхши томонга ўзгариш бўлганини самимий эътироф қилган ҳолда бўлгани афзалроқ, болаларни бир-бирига солиштиришни суистеъмол қилмаган маъқул.

Асосийси, барчанинг кўз ўнгидаги рағбат чинакамига адолатли бўлиши, яъни рағбатга ҳақиқатдан арзийдиган одам, арзийдиган ҳаракатлари билан, яхши маънодаги “чираниш” эвазига эришадиган натижа бўлиши лозимлигини эслатиб ўтириш ҳам ортиқча, деб ўйлаймиз.    

Устоз кундалиги жамоаси (психол. ф. д. П.С. Эргашев илмий таҳрири остида)

@Ustoz_kundaligi
👍4🔥3
Ota-onalar bolalarini aldaydilar, chunki ularning fikricha bolalar hali ba’zi narsalarni bilishga tayyor emas. Xuddi shunday tarzda bolalar ham voyaga yetganda ota-onalaridan o‘zlaricha “ular tushuna olmaydi” deb hisoblagan narsalarini yashirish uchun ularni aldaydilar.

Biz bolalarni tarbiyalay olmaymiz, shunchaki o‘zimizni tarbiyalasak, bolalar bizni takrorlashadi. O‘zingiz yolg‘onchi bo‘lsangiz, bolangizdan to‘g‘riso‘zlikni kutmang.


Pol Ekman
“Yolg‘on psixologiyasi”

https://t.me/ethno_uzbek
💯4🔥2
Forwarded from ALFRAGANUS UNIVERSITY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴KLUB RAHBARLARI TASHABBUSI

🟤“She’riyat shukuhi” klubi tomonidan Talabalar kuniga “She’riyat jozibasi” mavzusidagi ijodiy uchrashuv o'tkazildi.

🟤Uchrashuv davomida ishtirokchilar she’rlarni ifodali, ta’sirchan va yorqin ohangda o‘qish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

🟤Yakunda ijodkor, faol bo'lgan ishtirokchilar klub tomonidan esdalik sovg‘alar hamda sertifikatlar bilan taqdirlandi.
_____________________

☎️ +99878 122 75 57
🌐 @Alfraganus_callcenter

📌 Lokatsiya

😁 AFU | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🕊2❤‍🔥1💘1
🔴AFU ORZUDAN MAQSADGACHA KLUBIDA UCHRASHUV

🟤"AFU orzudan maqsadgacha" klubi tomonidan "Talabalikdan rahbarlikgacha" mavzusidagi davra suhbati Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor Madiyor Turdiyev ishtirokida o'tkaziladi.

🟤Uchrashuv 28-noyabr kuni, soat 11:00 da, "C" bino, Teatr zalida bo'lib o'tadi.

🟤Klubga ulanish - @afu_orzudan_maqsadgacha
_____________________

☎️ +99878 122 75 57
🌐 @Alfraganus_callcenter

📌 Lokatsiya

😁 AFU | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindarov bilan telefon orqali so‘zlashib, uni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi.

Президент Шавкат Мирзиёев поговорил по телефону с победителем Кубка мира по шахматам Жавохиром Синдаровым и поздравил его с исторической победой.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥2
Forwarded from Jalolbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴AFU ORZUDAN MAQSADGACHA KLUBIDA UCHRASHUV

🟤"AFU orzudan maqsadgacha" klubi tomonidan "Talabalikdan rahbarlikgacha" mavzusidagi davra suhbati Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor Madiyor Turdiyev ishtirokida o'tkazildi.

🟤Uchrashuv davomida talabalarga rahbarlik ko‘nikmalarini shakllantirish, shaxsiy rivojlanish, maqsad qo‘yish va unga erishish strategiyalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, prorektor o‘z tajribasi asosida yoshlarga amaliy maslahatlar berib, ularning savollariga javob berdi.

🟤Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar uchun motivatsion va foydali bo‘ldi.

🟤Klubga ulanish - @afu_orzudan_maqsadgacha
_____________________

☎️ +99878 122 75 57
🌐
@Alfraganus_callcenter

📌
Lokatsiya

😁
AFU | Telegram
👍2🔥2🥰1
Fursatlar ortidan chopamiz chunon,
Yugur-yugurlarda o‘tadi umr.
Sal pastroqqa tushib qolgandek osmon,
Quyosh sal kichrayib qoldi negadir...

Soat o‘sha-o‘sha tinimsiz ishlar,
Kunduzlar bir hovuch, tunlar bir tutam.
Qishning ilk kunidek sovugan hislar,
Pastlagan ko‘ngilning harorati ham.

Ulg‘ayib boramiz ko‘zguga boqib,
Ammo qalb tubida bolamiz hamon.
Faqat sal kechiksak ming bor sim qoqib,
Hech kim sog‘inmaydi, shunisi yomon!

Ko‘ngil doimgidek mehrga zoru,
Egnimiz bus-butun, qornimiz ham to‘q.
Shahar markazida uyimiz boru,
Bironta yurakda Vatanimiz yo‘q.

Yashash kerak ekan, yashaymiz demak,
Tonglarning otishi har kuni bayram.
Urishdan boshqaga yaramas yurak,
Yashashdan boshqaga yaramas olam!

She’rimni tugatdim...
Uxlayman desam,
Kimdir eshik qoqdi yarim kechada.
Hayron bo‘lib borib, sekin qarasam,
Qish kutib turibdi meni ko‘chada...

Assalomu alaykum, boshlangan kuningiz xayrli va barakali bo‘lsin.

https://t.me/ethno_uzbek
🔥4👍1
Forwarded from ALFRAGANUS UNIVERSITY
🔴REKTOR QUTLOVI

🟤Hurmatli professor-o’qituvchilar va talaba yoshlar, universitetimiz oilasi.

🟤Bugun – 8-dekabr, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Bu tarixiy sana, mamlakatimizning huquqiy, demokratik va ijtimoiy rivojlanish yo'lida muhim sanaladi. Konstitutsiya nafaqat O’zbekistonning huquqiy asoslarini belgilab beradi, balki jamiyatimizdagi erkinlik, tenglik va adolat prinsiplarini mustahkamlaydi.

🟤Alfraganus universiteti jamoasini, bugungi ahamiyati jihatidan muhim bo’lgan bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman. Qonunlar ustuvor mamlakatdagina taraqqiyot bo’ladi. Adolatli tartibga asoslangan jamiyatning ravnaqi muqarrardir. Biz ana shunday adolat va tenglik tarozisi bo’lgan mukammal konstitutsiyaga ega davlatmiz.

🟤Konstitutsiyamizni chuqur hurmat qilish, uni o’rganish va amalda tatbiq etish – har birimizning burchimizdir. Obod yurtimizda baxt, tinchlik va farovonlik hukm sursin! Har biringizning ilmiy va kasbiy faoliyatingizda omad tilayman.

Hurmat bilan, 
Azizbek Ismailov, 
Alfraganus universiteti rektori, 
Iqtisod fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent.


😁  AFU   |   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1💯1
Reja tuzishni bilmaydiganlar uchun 3 ChatGPT Prompti

1. Menda maqsadlar ko‘p, lekin qayerdan boshlashni bilmayman. Menga kunlik, haftalik va oylik rejalarni bosqichma-bosqich tuzadigan tizimli AI yordamchi bo‘l. Natijaga erishish uchun eng muhim 20% harakatni ajratib ber.
2. Men reja tuzaman, lekin unga amal qilmayman. Mening odatlarim, vaqtim va intizomimni tahlil qil va menga o‘zimni “reja bajaruvchi” holatga olib kiradigan mental trening dasturi yoz.
3. Meni hayotimdagi asosiy yo‘nalishlarni (o‘qish, ish, sog‘liq, rivojlanish) asos qilib olib, ChatGPT orqali avtomatik balanslangan haftalik reja tuz. Har bir kunni “rivojlanishga xizmat qiladigan” qilib loyihala.


🎯 Nima uchun kerak bu?

Reja bo‘lmasa — rivojlanish tasodifga aylanadi. Amaliyot ofisida esa tasodif emas, tizim bilan natija.

📌 Saqlab qoʻy va albatta sinab koʻr.
Ноқобил шогирднинг тарихий хатоси ёки “Оливье” қандай пайдо бўлган?

У оиламизнинг норасмий аъзосидек, “оливье” деса ҳамма танийди, ҳамма севади. Энди у бизни ҳеч қачон тарк этмаса керак. Айниқса, Янги йил байрамида.

1860 йили ошпаз Люсьен Оливье олиймақом ресторан учун хос таом ўйлаб топади: ўрдак, сўфитўрғай гўштлари, қайнатилган омар ва бузоқ тили, муракккаб соус... Картошка, бодринг ва тухум каби оддий маҳсулотлар эса шунчаки тақсимчанинг четига безак сифатида терилган.Рецептнинг мураккаблигидан кўзланган мақсад – ҳамма ўзича тайёрлай олмасин, егани фақат шу ресторанга келсин.

Таом жуда машҳур бўлади, чиндан ҳам ҳамма уни татиб кўргани Москвадаги “Эрмитаж” ресторанига навбатга туришади.

Бир куни усто Оливьенинг бетоқат шогирди салат масаллиқларини устози ўргатганидек тақсимчага чиройли қилиб тахлаш ўрнига пала-партиш уйиб қўяди. Бундан жаҳли чиққан устоз эса “биратўла аралаштириб ташлайқол, мана бундай, мана... мана” деб жаҳл билан ҳаммасини аралаштиради ва устидан кўўўп майонез қуйиб юборади.
Кейин “ноқобил шогирд”ни бу аралашмани ейишга мажбур қилади. Қараса, шогирд паққос туширяпти. Оливье ўзи ҳам еб кўради – ммммм, шоҳ асар-ку!

Шундан кейин аввалги мураккаб рецептли “бобо-оливье” унут бўлади. Ўрнига ҳозир биз севиб ейдиган жайдари ва ҳамиша навқирон қадрдонимиз дунёга келади.

Биз аёллар осон ва мазали салатнинг яратилишига сабаб бўлган ўша исми номаълум “шогирди ноқобил”дан миннатдор бўлишимиз керак.

Айтганча, Янги йилга оз қолди. Сизлар “оливье”ни қандай рецепт билан тайёрлайсизлар, шарҳда ёзинг. Биламан, рецепт стандарт бўлса ҳам, ҳар бир беканинг ўз “”сири” бор. Ўртоқлашайлик, Янги йил дастурхонимиз тўкис бўлсин!

Янги йил яқин...

https://t.me/ethno_uzbek
🔥3👍1💯1
Audio
M Turdiyev
🔴 #IJODKOR_USTOZ

🟤Alfraganus unversiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor Madiyor Turdiyev ijrosida "Jon bolam" she'ri
________________________

☎️ +99878 122 75 57
🌐 @Alfraganus_callcenter

📌 Lokatsiya

😁 AFU | Telegram
👍3🔥2🥰1
🇺🇿Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etadi.

Murojaatnomaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasini soat 11:00 dan boshlab:

“O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston” (surdotarjima bilan), “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “O‘zbekiston tarixi”, “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Milliy”, “Zo‘r TV”, “Renessans TV”;

“Toshkent” va “Dunyo bo‘ylab” (ruscha tarjimasi bilan);

“Yoshlar” va “Uzreport TV” (inglizcha tarjimasi bilan) telekanallarida;

Prezident matbuot xizmatining Telegram, Facebookdagi sahifalari hamda YouTubedagi rasmiy kanalida tomosha qiling.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook

https://t.me/ethno_uzbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍2
Forwarded from ALFRAGANUS UNIVERSITY
#QIZLARGA_MASLAHAT

🟤O‘zingizga bo‘lgan ishonch — eng katta kuchingizdir. Ilm o‘rganing, maqsadli bo‘ling va har bir qaroringizni mas’uliyat bilan qabul qiling. Bilimli ayol — jamiyat taraqqiyotining poydevoridir.
________________________

☎️ +99878 122 75 57
🌐 @Alfraganus_callcenter

📌 Lokatsiya

😁 AFU | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Новогоднее поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥1