ESSELAR KOINOTI Ro'ziboyeva bilan A+
#ehtimoliyesse4 Ehtimoliy esse mavzusi: Oilada farzandning kasb tanlashiga ota-ona aralashuvi masalasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. ● Ayrimlar ota-ona tajribasi bilan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, deb ta’kidlaydi. ● Ayrimlar esa bu farzandning qiziqishi va…
Kasb tanlash masalasi har bir inson hayotida muhim burilish nuqtasi sanaladi. Ushbu jarayonda ota-onaning ishtiroki borasida turli qarashlar mavjud: ayrimlar katta avlodning tajribasi farzand uchun to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishini aytishsa, boshqalar esa bunday aralashuv yoshlarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil qaror qabul qilishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligidan xavotirda.
Avvalo, ota-onaning kasb tanlashdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlovchilar fikriga to‘xtalsak, bu holat bir qator ijobiy jihatlarga ega.Birinchidan, ota-onalar hayotiy tajribasi va kuzatuvlari asosida farzandini xatolardan asrashga harakat qiladi. Sababi, ular mehnat bozori talablari, kasblarning istiqboli va barqarorligi haqida yetarli tasavvurga ega. Xalqimizda “Ko‘rgan — biladi, bilgan — yo‘l ko‘rsatadi” degan maqol bejiz aytilmagan.
Ikkinchidan, ota-ona ko‘magida tanlangan kasb farzand uchun moddiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashi mumkin. Masalan, ayrim oilalarda ota-onaning maslahatlari tufayli yoshlar talab yuqori bo‘lgan sohalarga yo‘naltiriladi va kelajakda ish bilan ta’minlanish muammosiga duch kelmaydi.
Tanganing ikkinchi tomoni ham e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
Birinchidan, kasb tanlashda majburlash farzandning ichki qiziqishini so‘ndirishi mumkin. Sababi, inson o‘zi qiziqmagan sohada muvaffaqiyatga erishishi qiyin. “Ko‘ngil tortmagan ish — ko‘ngilni to‘ldirmaydi” degan naql bunga yaqqol dalildir.
Ikkinchidan, mustaqil tanlov huquqining cheklanishi yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi. Natijada, ular qaror qabul qilishda ikkilanishga moyil bo‘lib qoladi. Psixologlar fikriga ko‘ra, aynan mustaqil tanlov qilgan shaxslar kasbiy hayotda mas’uliyatli va qat’iyatli bo‘ladi.
Mening fikrimcha, farzandning kasb tanlashida asosiy qaror aynan uning o‘ziga tegishli bo‘lishi kerak. Ota-onaning vazifasi majburlash emas, balki yo‘l ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Chunki inson faqat qiziqqan va o‘zini topgan sohada chinakam muvaffaqiyatga erisha oladi. Mustaqil tanlov esa mas’uliyat hissini shakllantirib, shaxsning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.
Xulosa qilib aytganda, ota-onaning tajribasi inkor etib bo‘lmas qadriyat bo‘lsa-da, kasb tanlashda hal qiluvchi omil farzandning qiziqishi va intilishi bo‘lishi lozim. To‘g‘ri maslahat va erkin tanlov uyg‘unlashgan taqdirdagina jamiyatda o‘z kasbidan mamnun, bilimli va yetuk mutaxassislar yetishib chiqadi.

❤55👍7💋5🕊3💯2
Assalomu alaykum yaxshimisizlar ustozlar
❤1
📚 Imtihon yaqin…
🗓 31-yanvar va 1-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan imtihonlarda qatnashadigan barcha ishtirokchilarga ulkan omad va zafarlar tilayman! 🍀✨
📌 Shu post ostida hozirgi kunda trendda bo‘lgan, imtihonda tushish ehtimoli yuqori bo‘lgan 3 ta esse mavzusini yozib qoldirsangiz, juda yaxshi bo‘lardi.
✍️ Imkonim boricha aynan o‘sha mavzular bo‘yicha tayyor, sifatli esse namunalarini tashlab boraman.
Birga tayyorlanamiz — birga muvaffaqiyatga erishamiz! 💪📖.

❤30🔥15
#ehtimoliyesse1
Bugungi kunda yurtimizda ko‘plab fuqarolar axborotni internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali olmoqda.
• ayrimlar bu jarayon axborotga tezkor kirish va ochiqlikni ta’minlaydi, deb hisoblaydi;
• boshqalar esa ishonchsizligini ta'kidlab, jamiyat fikriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytishadi.

❤13🔥9🖕1
#ehtimoliyesse2
Ehtimoliy esse mavzusi:
Oilada farzandlarning moddiy mustaqilligini erta ta’minlash masalasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda:
● Ba’zilar bu mas’uliyat hissini oshiradi, deb hisoblaydi.
● Ba’zilar esa ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi.
Mazkur mavzu oila va iqtisod munosabatlari asosida tanlangan bo‘lib, fevral imtihon uchun ehtimoliy xarakterga ega.

❤13🔥10
ESSELAR KOINOTI Ro'ziboyeva bilan A+
#ehtimoliyesse1 Bugungi kunda yurtimizda ko‘plab fuqarolar axborotni internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali olmoqda. • ayrimlar bu jarayon axborotga tezkor kirish va ochiqlikni ta’minlaydi, deb hisoblaydi; • boshqalar esa ishonchsizligini ta'kidlab, jamiyat…
Bugungi kunda axborot manbalari haqida gapirilsa, internet va ijtimoiy platformalarning o‘rni alohida tilga olinadi. Ayrimlar ushbu vositalar orqali ma’lumot olish tezkorlik va ochiqlikni ta’minlayotganini aytishsa, boshqalar esa bu manbalarning ishonchliligi past bo‘lib, jamoatchilik fikriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganidan xavotirda.Xo‘sh, axborotni internet orqali olish jamiyat uchun foydalimi yoki xavflimi?
Dastlabki qarash tarafdorlari fikricha, internet va ijtimoiy tarmoqlar axborotga erkin va tez yetib borish imkonini yaratadi. Avvalo, dunyoning istalgan nuqtasida sodir bo‘layotgan voqealar qisqa vaqt ichida keng ommaga yetkaziladi. Bu esa fuqarolarning xabardorlik darajasini oshiradi. Bundan tashqari, ochiq platformalar orqali turli nuqtayi nazarlar bildirilishi jamiyatda tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Bejizga “Axborot — bilim manbayi” deyilmaydi, zero bilimli jamiyat har qanday vaziyatga ongli munosabat bildiradi.
"Kimgadir yoqar lola kim atirgul shaydosi"deganlaridek, masalaning ikkinchi tomonini ham oqlovchilar yoq emas.. Ayrim mutaxassislar internet makonida tekshirilmagan, asossiz va yolg‘on xabarlar keng tarqalayotganini ta’kidlashadi. Avvalo, bunday noto‘g‘ri ma’lumotlar odamlar orasida vahima va noto‘g‘ri xulosalarning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda hissiyotga asoslangan axborotlar jamiyat fikrini noto‘g‘ri yo‘nalishga burib yuborishi mumkin. Psixologlar oʻtkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, yolg‘on xabarlar haqiqatga nisbatan bir necha barobar tezroq tarqaladi. Shu bois “Yolg‘onning oyog‘i kalta” degan maqol internet makonida ham o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Mening fikrimcha, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot olish ijobiy imkoniyatlar yaratadi, ammo undan ongli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki zamonaviy hayotni bu manbalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. To‘g‘ri tanlangan va ishonchli axborot manbalari insonning dunyoqarashini kengaytiradi hamda jamiyatdagi faol ishtirokini kuchaytiradi. Eng asosiysi, har bir foydalanuvchi ko‘rgan ma’lumotini tahlil qilish mas’uliyatini his etishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, internet va ijtimoiy tarmoqlar axborot olishda qulay va tezkor vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Biroq ushbu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish, manbalarni saralash va tanqidiy yondashuvni unutmaslik jamiyat fikrining sog‘lom shakllanishini ta’minlaydi. Shundagina axborot taraqqiyotga xizmat qiladi, aks holda esa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

❤52❤🔥5👍2🔥2
ESSELAR KOINOTI Ro'ziboyeva bilan A+
#ehtimoliyesse2 Ehtimoliy esse mavzusi: Oilada farzandlarning moddiy mustaqilligini erta ta’minlash masalasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda: ● Ba’zilar bu mas’uliyat hissini oshiradi, deb hisoblaydi. ● Ba’zilar esa ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishini…
Tobora rivojlanib borayotgan zamonda oilada farzandlarning moddiy jihatdan oʻzini erta ta’minlash masalasi jamiyatda muhokamalarga sabab bo‘lishi kuzatilmoqda. Ayrimlar yoshligidan pul bilan muomala qilish mas’uliyat va hayotiy tajribani oshirishini aytishsa, boshqalar esa bu holat farzandning ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotirda. Xo‘sh, farzandni moddiy jihatdan erta mustaqil qilish tarbiya uchun foydalimi yoki zararli?
Dastlabki qarash tarafdorlari fikricha, farzandning moddiy mustaqilligi erta shakllansa, unda mas’uliyat hissi kuchayadi. Avvalo, o‘z mehnati evaziga topilgan mablag‘ bolaning pulni qadrlashini o‘rgatadi. Chunki “Mehnat- mehnatning tagi rohat” degan maqol bejiz aytilmagan. Masalan, kichik yoshidan cho‘ntak puli yoki yengil mehnat orqali daromad topgan bolalar xarajatni rejalashtirishni tezroq o‘zlashtiradi. Shuningdek, moddiy mustaqillik hayotiy qarorlarni ongli qabul qilishga zamin yaratadi. Iqtisodchilarning kuzatuvlariga ko‘ra, erta moliyaviy tarbiya olgan yoshlarda kelajakda iqtisodiy muammolarga bardoshlilik yuqoriroq bo‘ladi.
Biroq masalaning ikkinchi tomoni ham e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Ayrim mutaxassislar farzandning erta daromad orttirishi ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlashadi. Avvalo, pul topishga berilib ketgan bola o‘qishga yetarli e’tibor qaratmasligi mumkin. Bundan tashqari, erta moddiy erkinlik intizom va bilimdan ko‘ra daromadni ustun qo‘yish kabi noto‘g‘ri qarashlarni shakllantiradi. Pedagoglar olib borgan tadqiqotlarda darsdan tashqari ishlarga haddan tashqari jalb qilingan o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi pasaygani qayd etilgan. Shu bois “Ilm bilan boy bo‘lgan — elga foyda” degan hikmat bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Mening fikrimcha, farzandlarning moddiy mustaqilligini erta ta’minlashdan ko‘ra, ta’limni ustuvor yo‘nalish sifatida saqlab qolish muhimroq. Chunki bilimli yoshgina kelajakda barqaror va ongli moddiy mustaqillikka erisha oladi. Moddiy tarbiya zarur, biroq u o‘qish va shaxsiy rivojlanishga xalal bermaydigan me’yor doirasida bo‘lishi lozim. Aks holda, qisqa muddatli daromad uzoq muddatli imkoniyatlarni cheklab qo‘yishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, oilada farzandlarning moddiy mustaqilligini shakllantirish muhim tarbiyaviy omil sanaladi. Biroq bu jarayon ta’limdan ustun qo‘yilmasligi zarur. Asosiy e’tibor bilim, intellekt va shaxsiy kamolotga qaratilgan taqdirdagina moddiy mustaqillik jamiyat uchun foydali natija beradi. Aks holda, moddiy manfaat ortidan quvish farzand kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

❤58⚡9🔥6😇3❤🔥1👍1
Assalomu alaykum ustozlar
Esse mavzulariga namunalar yuborizlar
Qoʻldan kelgancha yozib joʻnataman.
Esse mavzulariga namunalar yuborizlar
Qoʻldan kelgancha yozib joʻnataman.
👏9❤4👍4🔥2
ESSELAR KOINOTI Ro'ziboyeva bilan A+
1 https://t.me/Esselar_koinoti/224 2 https://t.me/Esselar_koinoti/237 3 https://t.me/Esselar_koinoti/240 4 https://t.me/Esselar_koinoti/256 5 https://t.me/Esselar_koinoti/259 6 https://t.me/Esselar_koinoti/263 7 https://t.me/Esselar_koinoti/265 8 https:…
Assalomu alaykum ustozlar
Mana bu esselarni ham o'qib chiqizlar
Mana bu esselarni ham o'qib chiqizlar
❤7👍3
Assalomu alaykum.
Natijalar e’lon qilinibdi. Barchangizni erishgan natijalaringiz bilan tabriklayman. 🌷

❤18🔥8
Endi aprel imtixoniga topshiruvchilar ham aniq boʻlsa kerak
❤11👌10
Aprelchilar uchun ham namunaviy esselar tayyorlansinmi yoki yuqoridagilar yetadimi?
🙏77❤22🔥6👍3⚡2
Assalomu alaykum yaxshimiszlar ustozlar
Esselar tashlanadi.
Faqat hozircha yuqoridagilarni oʻqib turinglar.
Dushanbadan boshlab tashlayman.

👍25❤9👏7🆒5
#ehtimoliyesse1
Hozirda ta'lim sifati jamiyatimizning aktual masalalaridan biriga aylangan:
●Ayrimlar ta'limdagi sust natijalarni, avvalo, o'qituvchining ilmiy saviyasi yetishmasligidan deya ta'kidlaydi;
●Ba'zilar esa muammo bilimning o'zida emas, balki uni saviyali yetkazish usullarida, zamonaviy metodlardan foydalanmaslikda deb hisoblaydi.

❤12🥰2❤🔥1👎1
#ehtimoliyesse2
Ehtimoliy esse mavzusi:
Dorixonalardan dori vositalarini xarid qilishda “elektron retsept” joriy etilishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda:
‒ ayrimlar bu tibbiy shaffoflikni va masʼuliyatni oshiradi, deb taʼkidlaydi;
‒ ayrimlar esa dori vositalarini sotib olishda toʻsiq va qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi.

❤8❤🔥4
Ustozlar bu kanalga faqat esse namunalarini yozib tashlayman.
Dars boʻlmaydi va esse tekshirilmaydi.
Dars boʻlmaydi va esse tekshirilmaydi.
⚡10❤4👏1👌1
ESSELAR KOINOTI Ro'ziboyeva bilan A+
#ehtimoliyesse1 Hozirda ta'lim sifati jamiyatimizning aktual masalalaridan biriga aylangan: ●Ayrimlar ta'limdagi sust natijalarni, avvalo, o'qituvchining ilmiy saviyasi yetishmasligidan deya ta'kidlaydi; ●Ba'zilar esa muammo bilimning o'zida emas, balki…
#ehtimoliyesse1
Bugungi kunda ta’lim tizimining samaradorligi va natijadorligini oshirish masalasi jamiyat rivojida muhim o‘rin tutmoqda. Ta’lim sifatidagi kamchiliklar haqida so‘z yuritilsa, ayrimlar buning sababini o‘qituvchilarning yetarli ilmiy tayyorgarlikka ega emasligi bilan izohlashsa, boshqalar esa muammo bilimda emas, balki uni zamonaviy va samarali usullarda yetkazilmayotganida deb ta’kidlaydi. Xo‘sh, ta’limdagi sust natijalar ta'lim beruvchining bilimiga yoki zamonaviy vositalar yetishmovchiligiga bogʻliqmi?
Avvalo ,ta’lim sifatining asosiy omili — bu pedagogning ilmiy saviyasidir. Birinchidan, chuqur bilimga ega bo‘lmagan o‘qituvchi mavzuni to‘laqonli tushuntira olmaydi. Sababi, bilim yetishmasa, uni boshqalarga aniq va ravon yetkazish mushkullashadi. “Bilim — insonning eng katta boyligi” degan hikmat ham bejiz emas. Masalan, o‘z fanini mukammal egallagan ustoz murakkab tushunchalarni ham sodda va tushunarli tarzda izohlab bera oladi. Bundan tashqari, ilmiy salohiyati yuqori bo‘lgan pedagog o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otib, ularni izlanishga undaydi.
Tanganing ikkinchi tomonini qo‘llab-quvvatlovchilar boshqa jihatni ilgari suradi. Ularning fikricha, muammo bilimning o‘zida emas, balki uni yetkazish usullarining eskirganidadir. Natijada, an’anaviy, biryoqlama dars usullari o‘quvchilarni zeriktiradi va faollikni pasaytiradi. Negaki, bugungi yoshlar interaktiv va innovatsion yondashuvlarga ehtiyoj sezadi. Shuningdek, zamonaviy metodlardan foydalanish o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshiradi va bilimni mustahkam o‘zlashtirishga yordam beradi. BBA oʻtkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, interaktiv metodlar qo‘llanilgan mashg‘ulotlarda o‘zlashtirish darajasi an’anaviy usullarga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.
Mening fikrimcha, ta’lim sifatidagi muammolarning asosiy sababi — o‘qitish metodikasining zamon talablariga to‘liq mos emasligidadir. Chunki hatto bilimli pedagog ham agar o‘z bilimini qiziqarli va samarali usulda yetkaza olmasa, kutilgan natijaga erisha olmaydi. Zamonaviy yondashuvlar esa o‘quvchini faol ishtirokchiga aylantirib, bilimni chuqurroq anglashga imkon yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim sifatini oshirishda bilim ham, metodika ham muhim, biroq bugungi sharoitda aynan samarali o‘qitish usullarini joriy etish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Innovatsion yondashuvlar keng qo‘llanilgan taqdirdagina ta’lim tizimida yuqori natijalarga erishish mumkin.

❤46❤🔥10👏5💯4👎1😁1🍓1
#ehtimoliyesse3
BA’ZILAR TURIZMNING MAMLAKAT IQTISODIYOTIDAGI O’RNI MUHIMLIGINI UQTIRADI, BOSHQALAR UNI EKOTIZIMGA JIDDIY ZARAR KELTIRAYOTGANI HAQIDA AYTISHADI.

Telegram
Ona tili va adabiyot Ozoda Subxonova
Bu kanalda @OZODASUBXONOVAning milliy sertifikat va Attestatsiya imtihoniga tayyorlanuvchilar foydali maʼlumotlar kanali.
Oʻquvchilar natijalari:👇👇👇👇👇
https://t.me/natijalaarrr
Ustoz bilan bogʻlanish:@OZODASUBXONOVA
Oʻquvchilar natijalari:👇👇👇👇👇
https://t.me/natijalaarrr
Ustoz bilan bogʻlanish:@OZODASUBXONOVA
❤3👍1