Assalomu alaykum bu gurpa esse yozishni ôrganmoqchi bôlganlar uchun ochilgan
❤2
🌀Barcha esse turida ishlatsa boʻladigan eng kerakli maqol va iboralar
☘️Har toʼkisda - bir ayb
⚡️Har gulning oʼz isi bor,
Har elning oʼz tusi bor
💦Dardingning vaqti oʼtsa, Tabibdan oʼpkalama
🍂Ikki qoʼchqor kallasi bir qozonda qaynamas
🔥Boyning xoʼrozi ham tuxum qilar
🌱Boyning koʼzi nonda, Kambagʼalniki - imonda
☘Har supraning noni boshqa
🍁Adolat qilichi kesgan qo‘l og‘rimas
🪴Qars ikki qo‘ldan chiqadi
🌹O‘g‘rini o‘g‘ri desang, o‘lgisi kelar, To‘g‘rini o‘g‘ri desang, kulgisi kelar
💧Oyda ham dog‘ bor
💦It qarisa, tozi bo‘lar,
Qiz qarisa, qozi bo‘lar
⌛️Daryoga ot solmasdan avval, kechuvini top.
🧷Magizni bolib yesa, qirq kishiga yetar.
🔗Dunyo yorug' bo'lsin desang, Uyingga chiroq yoq.
🔎Qildan qiyiq qidirma.
🖇Ochiq qolgan qozonni it yalaydi.
🖌Nafsim mening balodir,
Yongan o'tga soladir
📐Hovliqqanga sichqon teshigi ming tanga.
✏️Ikki tarvuz bir qo'ltiqqa sig'mas.
📝Qorni to'qning qayg'usi yo'q.
📖Quruq qo'lga qush qo'nmas.
🔯Adolat qilichi kesgan qo'l og'rimas.
☪Bir sinalgan tajriba Yetti kitobdan afzal.
♋️Tirishgan toshga mix qoqar.
☣Taqlid bilan tong otmas.
🌐O'zolmagan otga uzangi bahona.
Ⓜ️Gap bilan osh pishmas.
🌀Zоyе kеtdi – bеfоyda sarflandi
💤Aravani quruq olib qochmoq
🔺Kasalni tabib emas, habib tuzatar
🔹Osmonga otgan toshing,
Qaytib tushib yorar boshing.
🔶Ko‘pga kesak otma, ko‘muvsiz
qolasan.
▫️Qora bulutdan tiniq
suv tomar
🔷To‘kilgan to‘lmas, yiqilgan to‘ymas.
©Rejasiz ish,
qolipsiz g‘isht.
🟣Qulochingga qarab, ketmon chop.
✔️Maslahatsiz ish — o‘rinsiz
tashvish.
🔔 Toshqin suvning kechigi ham
bo‘lar.
♦️Gapning hissasi yaxshi,
Yo‘lning — qisqasi.
💭Tubsiz quduq bo‘lmas.
💬Tuyani cho‘mich bilan sug‘orib bo‘lmas
➰Oyni etak bilan yopib bo‘lmas.
🔘Tirik bandada tinim yo‘q.
✔️Yurardan avval yo‘l axtar

❤1👍1
Yozilayotgan esseyimizda eng kerakli narsalardan biri bu iboralar va maqollar.
Ibora va maqollar esseyimizda ta'sirchanlik,kuchaytirish yanada mazmunli chiqishini ta'minlab beradi.Ya'ni oddiy quriq sôzlar,faktlar yozilmasdan iboralarni qôllash-(bôrttirish)ni yuzaga chiqaradi

Insoniyat yaralibdiki, turli tanlovlar qurshovida hayot kechiradi. Kishilarning yashash muhiti, o‘z oldiga qo'ygan maqsadlari va dunyoqarashi borasida uzviy ziddiyatlar bor ekan, jamiyatdagi u yoki bu masala yuzasidan bahs-munozaralar yuzaga kelishi tabiiy. Ana shunday muhokamali mavzulardan biri o'smirlarning tarbiyasi borasida bo‘lib, ayrimlar yoshlar qilayotgan jinoyatlarni kamaytirishda hukumatning mas'uliyati katta deb bilishsa, ba'zilar "Tarbiya oiladan boshlanadi", - deya hisoblashadi. Xo‘sh, kelajak avlodning xulqida kimning o‘rni katta?
Mutafakkir bobomiz Abdulla Avloniy: "Tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir". Hech kimga sir emaski, bugungi kunda mamlakatimizda o'smirlar jinoyatini oldini olish borasida islohotlar o'zining yuqori pog'onasiga ko'tarilib bormoqda va bu borada davlat mas'ul ekanligi bir qancha afzalliklarni keltirib chiqaradi. Avvalo, har bir davlat o'zining qonun- qoidalariga ega. Bu jamiyatdagi o'smirlar jinoyatiga hukumat javobgar bo‘lsa, ham davlat, ham xalq tinch- totuv hayot kechiradi. Qonunbuzarlik va o'g'rilik, qotillik kabi jinoiy voqealar kamayadi. Undan tashqari, "Tartib va ma'suliyat bor joyda o‘sish bo‘ladi" , - degan edi Frensin Bekon. Darhaqiqat, davlat tartib o'rnatsa, qattiqqo'llik va ma'suliyat bilan chora- tadbirlar ko‘rsa, jinoyatlar ham kamayadi va o‘smirlarni yomon yo'llardan saqlab qoladi. Shuningdek, davlatning yoshlarga yaratib berayotgan shart- sharoit va imkoniyatlari ham o‘smirlarni yomon ishlardan saqlab qolyapti. Qonun chiqaruvchi organlarning ma'lumot berishicha, hech qanday ish, o‘qish yoki hunar bilan shug‘ullanmaydigan 77 foiz yoshlarning bandligini ta'minlamoqda.
Zamonaviy jamiyatning har bir a'zosi istalgan masalada o‘z subyektiv fikrlariga ega ekanligini hisobga olsak, yoshlar hayotiga eng katta ma'sul ota-ona deb biluvchilarning ham fikrlariga qarshi chiqa olmaymiz. Birinchidan, bolani kichikligidan boshlab, an'anaviy urf-odatlar va oilaviy qadriyatlarni qulog'iga singdirib tarbiyalash ularni bunday jinoyatlardan anchayin xoli qiladi. Ikkinchidan, har bir ota-ona o‘z jigarbandi bilan ochiq muloqotda bo‘lishi, uning muammolarini qalb ko'zlari orqali ko'rishi va ularning dardlariga shifo topishda hamda qiyin vaziyatdan olib chiqishga yordam beradi. Chunki bu dunyoda farzandni ota-onasichalik biladigan inson bo'lmasa kerak. Uchinchidan, "Qush uyasida ko'rganini qiladi" , - deganlaridek, oilaviy muhit, albatta, tarbiyada muhim o‘rin tutadi. Agar farzandiga ma'sul bo‘lsa, jinoyat ham ancha kamayadi. Xususan, Masaru Ibukaning " Uch yoshdan keyin kech" kitobida ham aynan farzand tarbiyasida onaning o‘rni beqiyos ekanligi aytib o'tilgan.
Mening fikrimcha, farzandning hayotiga ota-ona ko'proq ma'sul. Negaki farzand- ota-ona ko'zgusi. Ko'zguga qaraganda inson, avvalo, o‘zini ko‘radi. Xalqimiz bekorga: "Katta karvon qayerdan yursa, kichigi ham shu yo'ldan yuradi" , - deb aytmagan.
"Chin so‘z mo‘tabar, yaxshi so‘z muxtasar" , - deganlaridek, o‘smirlar hayotiga har ikki tomon birdek ma'suldir. Zero yoshlar misoli qush, ota-ona va davlat ularning qanotlari. Qanotlar qanchalik mustahkam bo‘lsa, qush ham shunchalik tez va baland, hech qanday to'siqlarga uchramasdan parvoz etadi

👍1🔥1😱1
Mana masalan shu esseyimizda ham iboralar qôllandi .Ôqib ôganib chiqilsa bilinariki esseda ibora ôrni juda ham chiroyli qôllangan
🥰1👏1💯1
Bugun esseni ilk darsi bôladi
Soat 19:00 da boshlanadi xoxlovchilar kiringlar

👍1🌚1
🔥Esse mavzusi:
Bugungi kunda ko'pchilik insonlar zamonaviy kasblarni o'zlari uchun ma'qul ko'rishmoqda, ayrimlar esa an'anaviy kasblarni ustun hisoblashmoqda.
Jamiyatimizda kasb tanlash masalasi turli munozaralarga sabab boʻlmoqda. Bir guruh insonlar yangi sohalarni tanlashsa, boshqalar azaldan mavjud boʻlgan jabhalarni ustun koʻrishadi. Xoʻsh, aslida, bu ikki qarashdan qaysi biri manfaatli?
Bir tomondan qaraganda, "Har bir ishning fasli bor, har yumushning asli bor",- deganlaridek , taraqqiy etib borayotgan zamonaviy kasblarning bir qancha afzalliklari mavjud. Birinchidan, ommalashib ulgurgan marketing, SMM, dizaynerlik kabi sohalarda faoliyat yuritib, yuqori maoshga ega bo'lish va bu orqali moliyaviy erkinlikka erishish mumkin. Qolaversa, bu turdagi kasblar masofadan turib ishlash imkonini beradi, natijada shaxsiy hayot va ish orasida muvozanatni saqlash, vaqt va mablagʻ tejash kabi qulayliklar paydo bo'ladi. Oʻzbekistonlik mashhur treyder Feruzbek Aliyev o'z intervyusida uydan chiqmagan holda oyiga uch ming dollargacha daromad qilishni aytgan.
Ikkinchi tomondan qaraganda, "Bir sinalgan tajriba yetti kitoblar afzal" naqliga ko'ra, anʼanaviy kasblarning ham ijobiy tomonlar bor. Avvalo, shifokorlik, o'qituvchilik , tadbirkorlik singari jabhalar muntazam daromad manbaini ta'minlaydi. Keksayganda davlat tomonidan beriladigan nafaqa ham shular jumlasidan. Yana shuni ta'kidlash joizki, anʼanaviy sohalar jamoa bilan ishlashni taqozo qilgani bois insonlar orasidagi aloqalarni rivojlantiradi. Ommaviy axborot vositalaridagi faktlarga binoan, aholining 60 foizga yaqin qismi odatiy kasblar orqali tirikchilik qilar ekan.
Mening fikrimcha, taraqqiyot davrida zamon bilan hamnafas bo`lish lozim. Zero, yangi kasblar, g'oyalar va texnologiyalar joriy etish imkonini yaratish nafaqat shaxsning, balki butun millatning rivoji uchun xizmat qiladi. Men ijtimoiy tarmoqda kuzatadigan mashhur bloger Aziz Rahimov ham o'z blogida shaxsiy rivojlanish uchun ko'pgina postlar joylagan va yaxshi mablag' topish bilan birga katta mavqega ham erishgan. Shuningdek, "Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq",- deb bejiz aytilmagan.
Xulosa shuki, xoh zamonaviy sohalarni tanlash boʼlsin, xoh anʼanaviy kasblarni ma'qul ko'rish - barchasi yoshlarning manfaati va elning foydasi uchun xizmat qilishi lozim. Qaysi birini tanlash esa siz-u bizga havola. Zero, milliarder Steve Jobs aytganidek:" Oʻz kasbini sevgan inson unda ishlamaydi, balki yashaydi".
Muallif: Hayitova Sevinch
RASH modelida 72+ esselarimizdan biri😊❤️
Foydali boʻlsa, xursandmiz❤️🔥

❤2👏2🎅1
Bu esse ma'vzusi saylov haqida ekan
Bunda ikkala tomon ham yetarli darajada yoritilib berilgan.
Punktatsion xatolar kôp
(Berayotganliklarini )sôzi uslubiy ğarizlikni yuzaga chiqarmoqda,lik qôshimchasini qôllamasa ham notoğri bolmidi.
1-tomonni yoritib berayotganda oxirgi gaplarida
"UNUTMANG,KELAJAK BIZ QABUL QILGAN QARORLAR NATIJASIDIR "degan gap yozilgan.Buni xulosada qôllansa yanada ball oshishiga yordam beradi
(REJALASHTIRISHLARI) shu sôz ham uslubiy ğarizlikni yuzaga chiqargan,bunda rejalari deb yozilsa ham xato bôlmaydi
Ôz fikri va xulosada (shaffof tashkil)sôzi qayta-qayta bôlib qolgan.
Esseda juda kôp bir sôz takrori qôllangan bilamizki,asosan sinonimlardan foydalanish nutqimiz ravonligini va esseyimizni jilovador bôlishini ta'minlaydi
Ball:58

❤1👏1😱1
Sun'iy intellekt haqida ekan.
Bunda kirish juda ham kôp berilgan .Kirish qisqa va lônda bôlishi zarur.
Bunda ham punktatsion xatolar mavjud.
(Aytishadiku)sôzini qôllash xato.
Ôz fikrida sun'iy intellekt yaxshi deb ketilgan.Bu ballni tushiradi ,chunki bunda judayam sodda fikr kôrsatilgan.Ya'ni sun'iy intelektning biz uchun ijobiy jihatlari talaygina ,ular deb boshlanganida fikr yanada mazmunli bôlar edi.
Xulosa qismida,taqdirda emas❌
Tartibda,xolda deb yozilsa toğri bôladi✅
Ikkala tomon ham yaxshi yoritib berilgan.
Ball:60

👍1👏1🤩1