YER SHARI ARGUMENT.pdf
316.2 KB
Har safar imtihon mavsumida EKOLOGIYA va unga oid mavzularni taxmin qilaman, chunki dolzarb va hali biror marta yoritilmagan! Qarab qo'ying, zarar qilmaydi....
Zamonaviy kitobxonlar audio kitoblarning afzalliklarini taʼkidlashmoqda, ammo baʼzilar bu fikrga qarshi.
Bugungi tezkorlik davrida odamzod har onini qadrlashni o‘rganib bormoqda. Ilgari faqat sahifalar orqali anglangan bilimlar, endilikda raqamli texnologiyalar yordamida eshitib olinmoqda. Ayniqsa, kitobxonlik olamida audio kitoblar degan tushuncha ko‘pchilikning hayotiga kirib kelmoqda. Bu holat esa jamiyatda turli fikrlar va bahs-munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Ba’zilar bu yangilikni taraqqiyot mevasi, bilim olishning innovatsion yo‘li deb hisoblashsa, boshqalar buni an’anaviy mutolaa madaniyatiga tahdid sifatida baholashmoqda. Aslida esa masalaning ildiziga chuqurroq nazar solmoq zarur.
Audio kitob tarafdorlari bu shaklning bir qator afzalliklarini ilgari surishadi. Birinchidan, vaqt tejaladi – inson yo‘lda, sport zalida yoki oddiygina uy yumushlari bilan shug‘ullanayotgan paytda ham kitob “o‘qish” imkoniga ega bo‘ladi. Ikkinchidan, audio kitoblar ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun teng imkoniyat yaratadi. Yana bir muhim jihat – ba’zida kitobning muallifi yoki professional aktyorlar tomonidan o‘qilishi asarga yanada chuqurroq ruh baxsh etadi. AQShda o‘tkazilgan izlanishlarga ko‘ra, 2023-yilda kitobxonlarning 47 foizi hech bo‘lmaganda bir marta audio kitob eshitgan. Bu esa dunyo miqyosida audio formatga bo‘lgan talab kundan kunga ortib borayotganidan darak beradi.
Ammo bu fikrga tayanmaydiganlar ham bor. Ular uchun kitob faqat o‘qib, harflarni ko‘z orqali qalbga tushirib anglash vositasidir. "Audio format inson tafakkurini chalg‘itadi, diqqatni jamlash imkonini kamaytiradi", - deydi ular. Yana bir muhim jihat – yozma kitoblar savodxonlikni oshiradi, til boyligini kengaytiradi, mustaqil fikr yuritish ko‘nikmasini shakllantiradi. Yosh avlodni mutolaaga o‘rgatishda esa aynan an’anaviy kitoblar asqatadi. “Ko‘z bilan ko‘rgan ko‘ngilga o‘rnashar”, deb bejiz aytilmagan. Matnni ko‘z bilan kuzatish, satrma-satr o‘qib mulohaza yuritish insonga boshqacha ruhiy boylik bag‘ishlaydi.
Shaxsiy tajribamga tayansam, audio kitoblar haqiqatan ham kunning ba’zi daqiqalarida eng yaxshi hamroh bo‘la oladi. Masalan, ertalabki yugurish vaqtida badiiy asar tinglash, yurakni ilitadigan hikoyalar eshitish kunni yaxshi kayfiyatda boshlashga sabab bo‘ladi. Biroq chuqur badiiy tahlil, obrazlar ustida fikr yuritish, yozuvchi uslubini anglash kabi vazifalar uchun qog‘ozli kitobning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Ayniqsa, o‘zbek va jahon adabiyotidagi badiiy san’at vositalari, obrazli ifodalar ustida ishlash uchun audio shakl yetarli emas, deb hisoblayman.
Xulosa qilib aytganda, audio kitoblar zamonaviy hayot tarziga moslashishning samarali shaklidir. Ammo bu imkoniyatdan foydalanar ekanmiz, an’anaviy mutolaaning qadriga yetish, uni saqlash va yosh avlodga yetkazish ham muhim. Har bir formatning o‘z o‘rni bor. Eng to‘g‘ri yondashuv – bu ikkisini muvozanatda olib borish, vaziyatga qarab mos shaklni tanlay olishdir. Zero, aytilganidek: “O‘qigan – biladi, eshitgan – eslaydi, ko‘rgan – anglaydi”.

Ayrimlar ko'pfarzandlilik davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun foyda keltiradi, deb biladi. Biroq ayrimlar oilada farzand tarbiyasiga e'tibor yetarli bolmaydi, deb hisoblaydi
Yurtimizda oilaning mustahkamligi, farzandning kamoloti va jamiyatning ertangi kuni haqida fikr yuritilganda, ko‘p farzandli oilalarning mavqei alohida e’tiborga loyiq bo‘ladi. Shunga ko'ra, bugungi kunda esa ko‘p farzandlilik masalasi atrofida turli qarashlar shakllanmoqda. Ayrimlar buni davlat va jamiyat rivoji uchun ijobiy holat deb baholashsa, boshqalar farzand tarbiyasida e’tibor yetishmovchiligiga sabab bo‘lishi mumkinligini aytishadi. Demak, masala dolzarb va har tomonlama tahlilni talab qiladi.
Ko‘p farzandli oilalarni qo‘llab-quvvatlaydiganlar bu jarayonni nafaqat milliy, balki global taraqqiyot mezonlari bilan izohlashadi. Aholi sonining o‘sishi – davlat salohiyatining o‘sishi, iqtisodiy rivojlanish, mehnat resurslari zaxirasi, armiyaning salohiyati, yosh avlodning yangicha fikrlashga tayyorlanishi kabi ko‘plab ijobiy omillarning garovi sifatida ko‘riladi. Masalan, Xitoyda uzoq yillar davomida tug‘ilish darajasini cheklovchi siyosat yuritilgan bo‘lsa-da, bugun aksincha, hukumat ko‘p farzandlikni rag‘batlantirishga kirishdi. Zero, kelajakda ishchi kuchi va pensiya tizimining muvozanatini saqlab qolish uchun bu zarur bo‘lib qoldi. O‘zbekistonda ham qishloq joylarda ko‘p farzandli oilalar mehnat taqsimotida, oilaviy xo‘jaliklarni yuritishda, an’anaviy qadriyatlarni saqlab qolishda muhim o‘rin tutadi. “Ko‘p bolali uy – barakali uy”, deya xalqimiz bejiz aytmaydi.
Ammo ushbu qarashga qarama-qarshi turuvchi fikrlar ham mavjud. Unga ko‘ra, zamonaviy hayot sur’ati, iqtisodiy sharoitlar, ota-onalarning bandligi va tarbiyaviy imkoniyatlari inobatga olinsa, har bir farzandga individual yondashuv zarur bo‘ladi. Bu esa son ko‘pligi emas, balki tarbiyaning sifatiga urg‘u berishni talab etadi. Pedagoglar, psixologlar va ijtimoiy tadqiqotchilar tomonidan o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, farzandlar sonining ko‘pligi ularning ma’naviy-axloqiy, psixologik va ijtimoiy kamolotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Moddiy resurslarning yetishmasligi, ota-onalarning e’tiborini birdek taqsimlay olmasligi, mehr-muhabbat va nazoratning sustligi yosh avlod tarbiyasida jiddiy muammolar keltirib chiqaradi.
Shaxsiy kuzatishlarimdan kelib chiqib aytishim mumkinki, ko‘p farzandli oilalarda ham mehrga to‘la, tarbiyasi namunali farzandlar yetishib chiqishi mumkin. Biroq bu ko‘p jihatdan ota-onaning mas’uliyatiga, ongiga va vaqt boshqaruviga bog‘liq. Men o‘z faoliyatim davomida farzandlariga e’tiborli, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratishga intiladigan, o‘z ustida muntazam ishlaydigan ko‘p farzandli ota-onalarni ham, aksincha, to‘rt-besh farzandining hech biriga yetarli e’tibor bera olmayotgan oilalarni ham ko‘rganman. Shu bois muammo farzandlar sonida emas, balki ularni kamolga yetkazish borasidagi mas’uliyatda, deb hisoblayman.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ko‘p farzandlilik masalasi murakkab va ko‘p qirrali. Uni nafaqat demografik, balki pedagogik, iqtisodiy va ijtimoiy nuqtaнi nazardan tahlil etish zarur. Har bir oila imkoniyatidan kelib chiqqan holda qaror qabul qilishi, farzand tarbiyasiga yondashuvda mas’uliyatli bo‘lishi lozim. Farzandlar kam bo‘lsa-da, agar ularning har biri yurtga kerakli, elga foydali, yuksak axloqli shaxs bo‘lib voyaga yetsa – aynan shu holat jamiyat uchun eng katta foydadir. “Bitta bolaga yetti mahalla ota-ona” bo‘lishi kerak degan dono xalqimiz hikmatini unutmasligimiz kerak.
Barchaga xayrli bo`lsin.

Esseni oson o‘rganamiz! Umida Botirovna😊
#Mavzu uchun manba 📚 Kommunal toʻlovlar – bu har bir uy xoʻjaligining ajralmas qismi boʻlib, ularning salbiy va ijobiy tomonlari mavjud. Quyida ushbu mavzuga bagʻishlangan esse uchun tuzilma va asosiy fikrlar keltirilgan: Mavzu: Kommunal toʻlovlarning salbiy…
Yetib kelgan maʼlumotlarga ko‘ra shu mavzu tushganmish😏
Esseni oson o‘rganamiz! Umida Botirovna😊
❗️❗️🔥🔥💥💥📌📌 TUSHISH EHTIMOLI JUDA YUQORI ESSE MAVZULARI: https://t.me/msozbektilivaadabiyoti 1. ✅Ba'zilar inson faoliyati tufayli yer shari zararlanib borayotganini ta'kidlashmoqda, ayrimlar esa inson faoliyati sayyoramizni yashash uchun yaxshiroq joyga…
Бундаги 14-мавзуга яқин мавзу тушган‼️
Бизга маълумки ҳар қандай касб инсонни камолот сари етаклайди. Бу борада турлича қарашлар мавжуд. Шунга кўра, айрим битирувчилар олийгоҳда ўқишни талаб этмайдиган, ҳозирги замонга хос мутахассис бўлишни қўллаб-қувватлашса, бошқалар бундай касблар инсон ҳаётида муҳим аҳамиятга эга эмаслигини таъкидлашади. Хўш, касб танлашда замонавийлик керакми ёки йўқ?
Замон сенга боқмаса, сен замонга боқ қабилида иш тутувчилар замонавий касбларнинг соҳиби бўлишга уринадилар. Уларнинг фикрича, бунинг бир қатор ижобий томонлари бор. Биринчидан, бу-бизнес бошлаш ва мустақил равишда иш топиш имконини яратади. Иккинчидан, ишсиз қолиш хавфини камайтиришга ёрдам беради. Бу эса мамлакатда камабағалликни бартараф этади. Учинчидан, инсон ўз меҳнати ва қобилиятига мос равишда даромад топиши мумкин. Масалан, Телеграм мессенжери ва В Контакте ижтимоий тармоғининг асосчиси, рус тадбиркори-Павел Дуров ўзининг технологик инновациялари билан қисқа фурсатларда машҳурликка эришди ва етарлича даромад эгасига айланди. Натижада у дунёдаги миллиардерлар қаторидан ўрин эгаллади
Фикрлар турлича бўлганидек, замонавийликка йўғрилган касб-ҳунарлар башариятга умрбод иш-фаолият бўлиб қолмаслигига ишонч билдирмаётганлар ҳам талайгина. Бундай фикр эгалари қуйидагича сабабларни келтириб ўтадилар. Аввало,бунда иш ҳажмининг кўплиги ва бўш вақтнинг камлигидир. Бундай ҳолларда чарчоқ ва руҳий тушкунлик кузатилиши мумкин. Шунингдек замонавий касбларнинг аксарият қисми турли гаджетлар олдида ўтириб ишлашни талаб қилади. Бу эса тана ҳаракати етишмаслигига, вазн ортишига олиб келади. Бундан ташқари, компютерларга узоқ тикилиб ўтириш, кўриш қобилиятининг пасайишига олиб келиш эҳтимоли ҳам йўқ эмас. Мисол учун, "Кафтан текстил" бренди асосчиси Санобар Танабаева "ақлли машина" қаршисида дизайн яратиш учун меъёридан ортиқ қолиб кетиши натижасида оғир жарроҳлик амалиётини бошидан кечирганлиги ва эндиликда соғлиғи тикланмаётганлиги юқоридаги мулоҳазаларга асосдир. Шунга айтишса керакда" асалнинг ҳам ози ширин",-деб
Менинг фикримча, олий таълимни талаб этмайдиган ҳозирда эҳтиёж юқори бўлган касбларни эгаллаш самаралидир. Чунки бу-янги ғояларни амалга ошириш ва молиявий барқарорликка эришишга кенг йўл очади. Хусусан,IT соҳасисини қисқа муддатли курсларда ўқиб,эндиликда junior дастурчиликда фаолият юритаётган ҳамюртимиз Диёрбек Мухаммедов 7000 доллордан 10000 доллоргача маош олаётгани фикрларимга яққол далил бўла олади.
Хулоса қилиб айтганда, керакли тошнинг оғирлиги йўқ,-деганларидек, касбларни танлашда етти ўлчаб бир кес қабилида иш тутилиши мақсадга мувофиқдир. Бундай қарорга келиш учун эса иқтисодий жиҳатдан фойда келтирадиган жиҳатларга ҳам эътибор қаратилса нур устига нур олиб келади.
Эссе муаллифи: Умида Ботировна‼️‼️https://t.me/esse_sirlari

⚡Aprel oyidagi milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik ko'rayotgan qadrdonlarga mustaqil o'qish uchun tavsiya etilgan asarlardan " Yulduzlar mangu yonadi" qissasi, " Qorako'z majnun" , " Qoplon", "Sobiq ", "Ot egasi", "O'zbeklar", " Garov" hikoyalari , "Temir xotin" komediyasi, "Otamdan qolgan dalalar", "Oltin zanglamas", "Tushda kechgan umrlar" va " Qiyomat" romanlariga ko'proq e'tibor qaratishingizni maslahat beraman.
Kanalimiz:
@esse_sirlari
Kanalimiz:
@esse_sirlari
⚡ Badiiy asarlardan tavsiya uchun
19-20-aprel kunlari Milliy sertifikat imtihoniga kiruvchi talabgorlarga "Jayhun ustida bulutlar", "Sarvqomat dilbarim", "Kecha va kunduz", "Oltin zanglamas", "Ot egasi", "Ikki eshik orasi", "Garov", "Tushda kechgan umrlar" , "O'zbeklar", "Temir xotin", "Anor" qissasi hikoyalari, "Xo'jand qal'asi" asarlari, shuningdek, oldinroq tavsiya etilgan badiiy asarlar bilan tanishib chiqishni maslahat beraman.
Tavsiya qilinganlar orasiga yangi qo'shilganlaridan boshlayvering ( "Xo'jand qal'asi", "Jayhun ustida bulutlar", "Sarvqomat dilbarim").
P/s: 12-13-aprel kunlarida dastlabki tavsiya qilinganlar orasidan "Qiyomat" romanidan testlar shakllantirildi.

G'azalni tabdil qilishda juda kerak bo'ladigan so'zlar:
So'zlarning lug'aviy ma'nolari :
✅Gulrez - gul to'kuvchi
✅gulbang - yoqimli ovoz
✅Gulpo'sh - gul yopingan, qizil yuzli
✅guloroy - gul bilan bezangan
✅Giryon - yig'lab turgan
✅chobuksuvor - chavandoz
✅taxayyul - xayolot
✅fan - rasm, odat
✅sheva - rasm-rusum
✅mufassal - batafsil
✅xabis - yaramas, nopok
✅muzmar - muzlagan
✅xasm - dushman
✅benavo - kambag'al, faqir
✅istilo - egallash, bosib olish
✅istiloh - yangilik kiritish, o'zgartirish
✅intiboh - ogoh etish
✅ishtiboh - gumon
✅muxtasar - qisqa, lo'nda
✅mumsik - ziqna
✅loppos - to'ladan kelgan, do'mboq
✅besubut - va'daboz
✅diyonat - vijdon
✅manglay - peshona
✅qanshar - ikki qosh o'rtasi
✅buromad - chiqim
✅puchmoq - ovloq joy
✅quralay - ohu bolasi
✅xumpar - mushuk bolasi
✅qulun - ot bolasi
✅bo'taloq - tuya bolasi
✅uloq - echki bolasi
✅sarafroz - yuksak
✅shuur - idrok
✅bedov(bedav) - o'ynoqi
✅tazod - zid
✅tamaddun - madaniyat
✅chapdast - epchil
✅xilqat - yaratilish, bunyodga kelish
✅xil'at - qimmatbaho to'n
✅tuyg'un - sezgir, arixo'r
✅addoyi - duo qiluvchi
✅chingilin - kelishgan
✅komronlig' - shodlik, baxtli
✅afzun - ortiq
✅arjumand - aziz, loyiq
✅bahr - she'r vazni, dengiz
✅chokar - lashkar, askar
✅ne tong - ne ajab
✅ankobut - kabutar
✅diyda - ko'z
✅bilfe'l - o'zicha
✅musallah - qurollangan
✅uchmoh - jannat
✅na'l - tobut
✅qali - agar, basharti
✅xushgo'y - shirinso'z
✅kulliyot - to'plam
✅dandana - zirhli kungura
✅samar - foyda, natija
✅qurultoy - kengash, majlis
✅kom - ichida, shodlik
✅dovot - siyohdon
✅bod - shamol, revmatizm
✅bar - okean
✅barf - qor
✅zarofat - chiroyli gaplar
✅olam hodis - garchi, mabodo, ehtimol
✅andalib - bulbul
✅olud - qorishgan
✅e'timod - ishonch
✅sayyora - daydi, darbadar
✅tomug' - do'zax
✅faromush - xayolchan, o'ychan
✅takallum - so'z, nutq
✅harzago'y - sergap
✅maqbara - qabr
✅suyurg'ol - in'om yeri
✅tanqa - qumg'on
✅muftiy - oliy darajali ruhoniy
✅mistar - chizg'ich

🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🔠🔠🔠🔠
Mavzu: So‘nggi yillarda yurtimizda chet tillarini o‘rganish yanada ommalashmoqda. Ba’zilar buning global tendensiya ekanligini aytsa, ayrimlar yoshlar oldidagi majburiyat deb hisoblamoqda.
So‘nggi yillarda yurtimizda chet tillarini o‘rganish tobora ommalashib bormoqda. Davlat tomonidan turli dasturlar yo‘lga qo‘yilib, maktab va oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish tizimi rivojlantirilmoqda. Ba’zi insonlar bu jarayonni globallashuvning tabiiy natijasi deb bilsa, ayrimlar chet tillarini o‘rganish yoshlar uchun shunchaki imkoniyat emas, balki majburiyat ekanini ta’kidlashadi. Aslida, chet tillarini o‘rganish zaruratmi yoki tanlov?
Chet tillarini o‘rganish global tendensiya ekanini ta’kidlovchilar o'z asoslari bor. Birinchidan, zamonaviy dunyoda axborot almashinuvi va texnologiyalar rivojlanishi sababli xalqaro muloqot zaruriyati oshib bormoqda. Ingliz, xitoy va boshqa tillarni bilish har qanday sohada muvaffaqiyatga erishishda katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, xalqaro ilmiy maqolalar, eng so‘nggi kashfiyotlar va innovatsiyalar asosan chet tillarida taqdim etiladi. Ikkinchidan, xorijiy tillarni bilish yoshlarning kasbiy imkoniyatlarini kengaytiradi. Jumladan, Google, Amazon, Netflix, Meta kabi ko‘plab xalqaro yirik kompaniyalar xorijiy tillarni biladigan mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda. Uchinchidan, til o‘rganish boshqa madaniyatlar bilan tanishish, dunyoqarashni kengaytirish va yangi bilimlarni egallash imkonini beradi.
Biroq chet tillarini o‘rganish yoshlar uchun majburiyat ekanini aytuvchilar ham o‘z fikriga ega. Avvalo, bugungi kunda chet tillarini bilish nafaqat imkoniyat, balki zamonaviy jamiyat talabiga aylanib ulgurdi. Ishga joylashish, xorijda ta’lim olish yoki ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun chet tillarini o‘rganish shart. Shuningdek, mamlakatimizda til bilmagan yoshlarning imkoniyatlari sezilarli darajada cheklanmoqda. Misol uchun, ko‘plab stipendiyalar, grantlar va xorijiy universitetlarga kirish imtihonlari chet tillarida bo‘lgani sababli yoshlar ushbu imkoniyatlardan chetlanib qolishadi. Uchinchidan, til o‘rganish faqat tanlov emas, balki yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish vositasi hamdir. Chunki xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlar dunyo ilmlarini o‘rganib, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilishlari mumkin.
Fikrimcha, chet tillarini o‘rganish yoshlar uchun tanlov emas, balki zaruriyatdir. Bugungi globallashgan dunyoda bilim va texnologiyalar asosan xorijiy tillarda taqdim etiladi. Agar yoshlar zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan boxabar bo‘lishni istasa, xorijiy tillarni puxta o‘rganishi shart. Ayniqsa, xalqaro maydonda raqobat kuchayib borayotgan hozirgi davrda chet tillarini bilmaslik imkoniyatlarni cheklaydi. “Til bilgan el biladi” degan maqol bejizga aytilmagan. Chet tillarini o‘rganish nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki mamlakat taraqqiyoti uchun ham muhim. Chunki xorijiy tillarni biladigan yoshlar xalqaro tajribani o‘rganib, yurtimizning taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha oladi.
Xulosa qilib aytganda, chet tillarini o‘rganish yoshlar uchun shunchaki global tendensiya emas, balki kelajakda muvaffaqiyat qozonishning muhim sharti hamdir. Xorijiy tillarni bilgan yoshlar dunyo bilan hamqadam bo‘lib, ilm-fan, texnologiya va biznes sohalarida ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladi. Shu boisdan har bir yosh avvalo o‘z ona tilini chuqur o‘rganib, shu bilan birga kamida bitta chet tilini egallashi kerak. Zero aynan shu bilim yurtimizning ravnaqi va kelajak avlodning porloq istiqboliga xizmat qiladi.

Kirish qismi qanday yoziladi?
Essening kirish qismini yozayotganda e’tibor berishimiz lozim bo‘lgan bir nechta jihatlar mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
🫥Mavzuga mos, mavzu matni bilan bog‘liqlikka ega bo‘lgan va o‘zidan keyingi gaplar bilan mantiqan uyg‘unlashadigan jumla bilan kirish qismini boshlash;
🫥Mavzu matnini to‘liq holatda ko‘chirib yozmasdan, uni parafraza qilish (ya’ni gap tuzilmasi, shakli va ko‘rinishini o‘zgartirish);
🫥Tezis qo‘yish. Tezis — bu savol shaklidagi gap bo‘lib, uning to‘liq javobi asosiy qismda ochib berilishi kerak;
🫥Esse uchun reja tuzmaslik va epigraf keltirmaslik lozim.https://t.me/esse_sirlari

Ma’nolar olamiga safar_Komilov_N.pdf
7.7 MB
📚 Qo'llanma: "Ma'nolar olamiga safar"
🔰 Alisher Navoiy g'azallariga sharhlar
👤 Muallif: Najmiddin Komilov
Ko‘rib qo‘yish tavsiya etiladi‼️‼️‼️https://t.me/esse_sirlari

19-20-aprel imtihoni uchun e'tibor qilish kerak bo'lgan badiiy asarlar:
1. "Kecha va kunduz" (roman)
2. "Asrga tatigulik kun" (roman)
3. "Ot egasi" (hikoya)
4. "Hayotga muhabbat" (hikoya)
5. "Abulfayzxon" (drama)
6. "Sarvqomat dilbarim" (qissa)
7. "Jayhun ustida bulutlar" (qissa)
8. "Otamdan qolgan dalalar"
To'g'rirog'i, bugun Mockda ushbu asarlardan tushdi.https://t.me/esse_sirlari

Esse mavzusi:
Turizm O'zbekiston iqtisodining muhim tarmog'iga aylandi. Jamiyat vakillari bu jarayonga ikki xil munosabat bildiradilar:
@milliy_sertificat
• Turizm mamlakat hayotining ko'plab jabhalarida foydali soha sifatida ko'pchilik tomonidan faol qo'llab-quvvatlanadi.
@milliy_sertificat
• Ayrimlar turizm salbiy ta'sir va oqibatlarni keltirib chiqarishi va bu borada cheklovlarga ehtiyoj borligini aytishadi.
Manba saqlansin!

Esse uchun tushmagan mavzular ko'p:
1. Ichki va tashqi turizm
2. Xususiy klinikalar va davlat tibbiyot birlashmalari
3. Tabobat va tibbiyot
4. Ekologiyaning yomonlashishida korxonalardan chiqayotgan zaharlin moddalar va mashinalardan chiqayotgan gazlar
Ushbu mavzularga e'tibor berib dalil topib turinglar.
Bu shunchaki tahmin, ehtimoliy mavzular emashttps://t.me/esse_sirlarihttps://t.me/esse_sirlari

Yangi shakldagi esse vaziyat matnlari!
💥Yillik savdo aylanmasi haqida turli qarashlar bor:
- ayrimlar importni kamaytirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab quvvatlash lozimligini aytmoqda,
- boshqalar raqobat sog'lom bozor muhiti yaratishini ta'kidlaydi.
💥Aholining aksariyat qismi zamonaviy tibbiyot yordamida kasalliklardan xalos bo'lish mumkin desa, boshqalar an'anaviy usul bilan shifo topish arzon va bezarar ekanligini aytadi.
💥Shahar infratuzilmasida zamonaviylikka tayanish lozim deyotganlar va an'anaviylikni saqlab qolish tarafdorlari bilan bir davrda yashamoqdamiz.
💥Jamiyatimiz kishilarining flora va faunani saqlab qolish uchun yaratilgan sun‘iy tizimlar haqidagi turli qarashlariga guvohi bo‘lamiz:
-ayrimlar bu ekologiya muhofazasi uchun ijobiy yechim deb hisoblaydi;
-boshqalar tabiiy sharoitni saqlab qolish eng to‘g‘ri yo‘l ekanini aytadi.
💥Ayrimlar kommunal to‘lovlarning oshirilishini aholini moddiy resurslardan tejab foydalanishga o‘rgatish vositasi deb bilsa, boshqalar iqtisodiy tanglikka olib keluvchi omil sifatida qaraydi.
©️opa_singil_jumayevalar
@esse_Cholliyeva

- Qanaqa mavzuda esse tushadi?
- Yo tibbiyot, yo iqtisodiyot, yo ta'lim, yo ijtimoiy himoya, yo qadriyat va an'analar, yo tarbiya, yo sun'iy intellekt, yo zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, yo migratsiya, yo demografiya, yo sport, yo diniy ta'lim-tarbiya, yo korrupsiya, yo globallashuv, yo ommaviy madaniyat, yo siyosiy qarash, yo huquqiy madaniyat, yo... yo... yo...
Yaqinlarga ham ulashib qo'yamiz. Siqilib yurishgandir: nima tusharkan deb?

Forwarded from Umida Toshtemirova
Assalomu alaykum, rahmat katta sizga,bizga ilm berish bilan birga qoʻllab - quvvatlab turdiz,shu davr ichida siz tufayli menda ancha oʻsish boʻldi.20 yildan ortiq ishlagan boʻlsa ham,baribir nutqimni ifodalashda bugungidek chiroyli gapirolmas ekanman.Sizning gapirish ohanglariz,intonasiya berishlariz menga ham yuqibdi😊😊 Esse sirlarini siz orqali oʻrgandim va buning uchun Allohimga hamdlar aytaman.Mehnatlarizga rozi boʻling.Inshaaloh yuqori ballar olib,sizni ham,oʻzimizni ham yuzlarimiz yorugʻ boʻlsin🤲🤲
Ehtimoliy esse mavzulari
1. Бугунги кунда кўпчилик инсонлар совғаларни инсоний муносабатларни мустаҳлаклайди деб ўйлайди аммо бошқалар бу коррупцияни юзага чиқаради деб ўйлайди.
2. Бугунги кунда опен бюджет лойиҳасини айримлар фойдали деб ҳисоблайди аммо бошқалар бу лойиҳайинг ҳаққоний бўлмаслигини айтмоқда.
3. Бугунги кунда тиббиёт соҳаси ривожланиб борар экан айримлар тиббиёт манфатли деб ҳисобласа, бошқалар инсонларни даволашда табобатни афзал коришади.
4. Ижтимоий тармоқлардаги фаоллик кун сайин муҳим аҳамият касб этиб бормоқда бировлар блогерлик фаолияти бн шугулланишни оқламоқда, бошқалар эса лицензия билан фаолият олиб борувчи журналистларнинг фаолиятини кўпроқ афзал билишмоқда.https://t.me/esse_sirlari