Esse namunalari✍️
11 subscribers
9 links
Kanalda eng sara esse namunalari bilan tanishib borasiz💯
Download Telegram
Channel created
Bugungi kunda ko'plab rivojlangan mamlakatlarda tibbiyot xodimlari grafik asosida faoliyat olib bormoqda. Yurtimizda ham  meditsina vakillari ish kunini kamaytirish masalasida jamiyat vakillari orasida turli fikrlar kelib chiqmoqda. Ayrimlar bu ishchilarning ish unumdorligi va samaradorligini oshiradi desa, boshqalar bemorlarga xizmat ko'rsatishga salbiy ta'sir etishini aytishmoqda.
Aslini olganda, tibbiyot xodimlari ish kunini qisqartirishning jamiyat hayotidagi ahamiyati qay darajada?
     Dastavval, birinchi tomonning fikrlariga e'tibor qaratsak, shifokorlar ish kunining qisqartirilishi natijasida oila va ish o'rtasidagi muvozanat tiklanadi. Ularda bo'sh vaqt ko'payishi hisobiga xodimlar o'z ustida ko'proq ishlashga imkon bo'ladi. Qolaversa, har xil ruhiy kasallar davolanadigan dispanserlarda ishlovchi xodimlarga to'liq grafik asosida ishlash aqliy va ruhiy tomondan og'irlik qiladi. Shu asnoda, ular uchun ish kuni qisqarishi kuchli charchoqni oldini oladi. Undan tashqari, tibbiyot muassasalarida ish grafigi qisqargani bilan dam olish kunlari butunlay faoliyat to'xtab qolmaydi, albatta. Smenadan tashqari kunlarda muassasada xodimlar navbatchilik asosida ish faoliyatida bo'ladilar. Xususan, "Kun.uz" rasmiy saytining ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yil 1-apreldan respublikamizdagi davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish grafigiga o'tdi. Bunda shifo maskanlari faoliyatining uzluksizligini ta'minlash uchun bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash yo'lga qo'yilishi ko'zda tutilgan.
     "Tanganing ikki tomoni bor", - deganlaridek, ish kunining qisqarishi tibbiy xizmat ko'rsatish tezligini kamaytiradi deyuvchilarning fikrida ham jon bor. Avvalo, shifokorlarning birdan ortiq tashkilotda faoliyat yuritishi ularda aqliy zo'riqish keltirib chiqaradi. Buning natijasida esa o'zi sezmagan holda ishiga ma'suliyatsiz yondashishi mumkin. Qolaversa, dam olish kunlari tibbiyot muassasasiga o'ta og'ir bemor kelib qolgan taqdirda, uning sog'ligi uchun zarur bo'lgan shifokor ish o'rnida topilmay qolishi mumkin. Bu paytda bemorning hayoti xavf ostida qolishi hech gap emas. Undan tashqari, kasalxonada davolanish kursini olayotgan bemorlar uchun har kunlik shifokor nazorati ularning sog'lig'i uchun juda zarur. Bu o'z navbatida, shifoxona reytingini ko'tarish uchun yaxshigina foyda keltiradi. Jumladan, tumanimizdagi "Mingbuloq Med Center" klinikasi reytingi baland shifoxonalardan biri hisoblanadi. Bunga sabab, muassasa xodimlari 24/7 ish grafigi asosida faoliyat olib borishadi.
     Shaxsiy fikrimga ko'ra, tibbiyot muassasalarida ish kunini qisqarishi shifokorlar uchun moddiy hamda ruhiy tomondan foydali. Zararli yoki xavfli sharoitda ishlovchi xodimlar uchun ish kuni kamaytirilgani ma'qul. Shu bilan bir qatorda, shifoxolarga qo'shimcha xodimlar ishga olinishi kerak. Buning natijasida malakali kadrlar soni ortadi va bemorlarga xizmat ko'rsatish tezligi pasayishining oldi olinadi. Natijada muassasada  har kuni bemorlar qabuli davom etaveradi. Bu aholi qatlami uchun ham qulaylik yaratadi.
     Xulosa qilib aytganda, tibbiyot muassasalarida ish kunini qisqartirish xodimlar uchun ish unumdorligini oshiradi, deyuvchilarning tarafdoriman. Yuqori aqliy va hissiy zo'riqishga duch keladigan shaxslar uchun qisqartirilgan ish vaqti qulaydir. Negaki bunday joylarda ishlash birmuncha mushkul ishdir. Nima bo'lgan taqdirda ham shifokorlar hayotimiz posbonlaridir. Ularning mehnati doim qadrlanishga loyiqdir. Zero, mashhur shaxslardan biri Deyl Karnegi aytganidek: "Har bir bemor sog'ayishi ortida shifokorlarning bilim va fidokorligi yotadi. Shifokor hayot va o'lim o'rtasidagi ko'prikdir".

Dilshoda Mamadaliyeva

@esse_namunalariN1
Ayni paytda ommaviy axborot vositalarida namoyish etilayotgan xorijiy seriallar jamoatchilik vakillari orasida turli xil qarashlarni keltirib chiqarmoqda. Ayrimlar ushbu kinolarning milliy mentalitetimizga salbiy ta'sir etayotgani haqida fikrlasa, boshqalar bu seriallarning kino sohamiz rivojiga yaxshigina hissa qo'shayotgani haqida aytishmoqda. Aslini olganda, xorijiy seriallarning jamiyat hayotimizdagi ahamiyati qay darajada?
     Dastavval, birinchi tomonning fikrlariga diqqat qaratsak, xorijiy seriallarni mukkasidan ketib tomosha qilish o'zimiz sezmagan  holda oltinga teng vaqtimizni olib qo'yadi. Vaholanki, buni natijasida hech qanday qimmatli narsaga ega bo'lmaymiz,faqat vaqt yo'qotamiz. Qolaversa, u seriallardagi xatti-harakatlar, kiyinish uslubi, undagi voqealar bizning hayotimizga ko'cha boshlaydi. Natijada, yoshlar o'rtasida ziddiyatlar, har xil oilaviy nizolar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Undan tashqari, milliy tafakkur, milliy dunyoqarash degan tushunchalar ham bor. Xorijiy seriallarning juda ko'pchiligini oila davrasida umuman tomosha qilib bo'lmaydi. Ayniqsa, ulardagi g'ayriaxloqiy g'oyalar, turli xil jinoyatchiliklar, mentalitetimizga to'g'ri kelmaydigan munosabatlar ongimizni zaharlamay qo'ymaydi. Xususan, "Kun.uz" telegram kanali sahifasining bergan ma'lumotiga ko'ra, 2025-yilda efirga berilgan chet el serillarining 62 foizida urf-odatlarimizga to'g'ri kelmaydigan g'oyalar namoyish etilgan.
     "Oyni etak bilan yopib bo'lmaydi", - deganlaridek ikkinchi  tomonning ham bu fikrga kelishlariga sabablar mavjud. Avvalo, chet el kinolarini qoralagan bilan milliy seriallarimizni sifati oshib qolmaydi. O'zimizning kinolarimizdagi sifat masalasi bugungi kunda ham og'riqli nuqtalarimizdan biri hisoblanadi. Xorijiy seriallardan kino sohasi vakillari rivojlanish uchun mayoq sifatida foydalanishlari mumkin. Qolaversa, xorijiy seriallardagi g'oyalar milliy seriallarimiz ssenariylaridan anchayin saviyaliligi bilan ajralib turadi.Milliy seriallarimizga nazar tashlasak, hammasida doimgidek bizga tanish mavzular, ya'ni qaynona va kelin, oilaga xiyonat kabi mavzulardan chetga chiqilmaydi. Undan tashqari,chet el serillarining orasida milliyligimizga, tarbiyamizga jiddiy ta'sir o'tkazish kayfiyatidan yiroq bo'lganlari ham bor, albatta. Ayniqsa, odob-axloqi, yashash tarzi, kattalarga hurmatini bizning an'analarimizga mengzash mumkin bo'lgan ana shunday ko'p qismli seriallarni xalqimiz yaxshi kutib olgan. Masalan,Janubiy Koreyaning millionlab muxlislariga ega "Saroy javohiri" teleserialini olaylik. Ijtimoiy ahamiyati yuqori darajada bo'lgan bu tarixiy serial tomoshabinga har qanday vaziyatda ham sabr-qanoatni,jasoratni, izlanuvchan va kuchli bo'lishni o'rgatib boradi. Ma'lumotlarga ko'ra,suratga olish yakuniga yetmay serial Koreyada namoyish etila boshlangan. 1milliondan ortiq muxlislar internet orqali serial rejissyoriga bosh qahramonlardan biri beka Xanning serialda o'lmasligini iltimos qilib murojaaat qilishgan.15dan ziyod mamlakatda serial namoyish qilingani ham "Saroy javohiri"ning ustida ko'p ter to'kilganligini anglatadi.
     Shaxsiy fikrimcha,har ikkala tomon qarashlarida ham ma'lum darajada haqiqatlar bor.Chet el seriallarini nima maqsad bilan  tomosha qilish, qanday ibrat olish har bir insonning o'z onggi va dunyoqarashiga bog'liq. Umuman,bu serillarning oynayi jahonlarimizda namoyish etib turilgani ma'qul. Faqatgina efirga berishdan oldin,yaxshilab muhokama qilinib,sifat jihatidan eng yuqori bo'lganlarini namoyish etgan ma'qul degan fikrdaman.
     Xulosa qilib aytganda, xorijiy seriallar kino sohamiz rivojiga hissa qo'shmoqda deyuvchilarning tarafdoriman. Negaki,bu seriallar ortidagi minglab muxlislar,kinodagi sifat,saviya,ma'no-mazmun bizning kino ijodkorlarimizni ham o'z ustida ko'proq ishlashga undaydi.Mavzu doirasi tor bo'lgan ssenariylar o'rniga yaxshigina g'oyalar tug'uladi.Zero,mashhur shaxslardan biri Bill Geyts aytganidek:" Raqobat - bu raqobatchini ortidan quvlash emas,balki uni kuzatish va xulosa chiqarishdir. Raqobat bor joydagina yuksalish bo'ladi".

✍️ Dilshoda Mamadaliyeva

@esse_namunalariN1
Hozir aksariyat rivojlangan davlatlarda ta'lim hududi to'laqonli kamera nazoratiga olinmoqda. Shu jumladan, O'zbekistonda ham dars jarayonini nazorat kamerasi orqali kuzatish jamoatchilik vakillari orasida turli xil qarashlar paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Ayrimlar kuzatuv kameralari dars jarayonining yuksalishiga xizmat qilishini ta'kidlasa, qolganlar bu pedagogning o'zini namoyish etishiga monelik qilishini aytishmoqda. Aslini olganda, kameraning dars sifatini oshirishdagi ahamiyati qay darajada?
       Avvalo, birinchi tomonning fikrlariga e'tibor qaratsak, ilm dargohlarida dars jarayonini kamera orqali nazorat qilish ustozlar va yoshlarning darsga bo'lgan mas'uliyatini oshiradi. Darsga har doimgidan ko'ra jiddiy va puxtaroq tayyorgarlik bo'ladi. Qolaversa, ta'lim muassasalariga nazorat kamerasini o'rnatish hudud xavfsizligini oshirishda katta rol o'ynaydi. Har xil huquqbuzarliklar va zo'ravonliklarning oldi olinishiga yordam beradi. Undan tashqari, kuzatuv kameralari ota-onalarga ham dars jarayonidan boxabar bo'lib turishlari uchun yaxshigina imkoniyatdir. Farzandlari va o'qituvchilarni kuzatib turishlari mumkin bo'ladi. Misol uchun, "Xalq Ta'lim Info" manbasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, ota-onalarning 83 foizi muassasalarda kuzatuv kameralari bo'lishi tarafdori ekanini bildirishgan.
     "Oyni etak bilan yopib bo'lmaydi", - deganlaridek, ikkinchi tomonning ham bu fikrga kelishlariga yetarlicha asos bor. Dastavval, ilm maskanlardagi nazorat kameralari pedagoglarning muassasadagi har bir qadami, harakatlari va nima ish bilan shug'ullanayotganini yozib oladi, bu esa ularda ruhiy bosim va o'zini noqulay his qilishga olib keladi. Qolaversa, kuzatuv kameralari o'qituvchilarning dars jarayonida o'zini to'laqonli namoyish etishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Kuzatuv orqali ba'zi ustozlar erkinlikni yo'qotib qo'yadi. Undan tashqari, ota-onalar tomonidan kamera o'rnatilib dars jarayonini kuzatib borish ham darsga to'g'ridan to'g'ri aralashish hisoblanadi. Pedagog xodimlarning xohishiga zid ravishda ular tomonidan o'tilayotgan dars jarayonini video tasvirga yozib olinishi ham to'g'ri emas, aslida. Xususan, o'zim faoliyat yuritayotgan Mingbuloq tumanidagi 12-maktabda sentabr oyida o'tkazilgan yig'ilishda pedagoglarning 58 foizi kuzatuv kameralari o'rnatilishiga qarshilik bildirgan.
     Shaxsiy fikrimcha, ta'lim dargohlarida kuzatuv kameralarining bo'lgani ma'qul. Chunki nazorat pedagoglarni ham, yoshlarni ham o'z ustida ko'proq ishlashga majbur qiladi. Haqiqiy ustozga ilm berish yo'lida kamera to'siq bo'la olmaydi. O'qituvchi o'quvchi bilan hamkorlik tamoyili asosida muloqot qilsa, o'zi ham ichki bosimdan xalos bo'ladi va erkinlikni qo'lga oladi.
   Xulosa qilib aytganda, o'quv yurtlarida kamera nazorati bo'lishi dars sifatini oshiradi deyuvchilarning tarafdoriman. Negaki kamera kuzatuvi ustoz va shogirdlarni xushyorlikka da'vat etadi. Har ikkala tomonning ham shaxsiy dahlsizligi ta'minlanadi. Shundagina maskanda har  bir narsada ma'lum me'yor bo'ladi. Ibn Sino aytganidek:"Har narsaning me'yordan ortig'i zaharga aylanadi".
✍️ Dilshoda Mamadaliyeva

@esse_namunalariN1
ESSE MAVZUSI
Tibbiyot xodimlari ish kunlarini qisqartirish masalasi muhokamada:
- Ba’zilar bu qaror xodimlarning ish unumdorligini oshiradi, deb hisoblaydi;
- Ayrimlar esa bu bemorlarga xizmat ko‘rsatish tezligini pasaytirishi mumkin, deb biladi.
Hozirgi davrda sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning mehnat yuklamasi tobora ortib borayotgani dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Shu bois, ularning ish vaqtini qisqartirish tashabbusi keng jamoatchilik orasida turlicha munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ayrim mutaxassislar bunday o‘zgarish xodimlarning ishlash samaradorligi va diqqat-e’tiborini oshirishiga xizmat qiladi, degan fikrni ilgari sursa, boshqalar bu holat tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonining tezligi hamda uzluksizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Aslini olganda tibbiyot xodimlarining ish kunlarining qisqartirilishi qay darajada oʻrinli?

Ish kunlarini qisqartirish tarafdorlari bu o‘zgarish bir qator muhim ijobiy omillarga olib kelishini ta’kidlaydi. Birinchidan, qisqaroq ish kuni xodimlarning ruhiy holatini barqarorlashtiradi. Ruhiy bosim kamayganda inson o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadi va bemorlar bilan muomala qilish madaniyati ham yaxshilanadi. Ikkinchidan, ish vaqtining qisqartirilishi xodimlarga o‘z ustida ishlash va malakasini oshirish uchun ko‘proq vaqt yaratadi. Negak itibbiyot sohasi doimiy yangilanib boradigan yo‘nalish bo‘lgani sababli tibbiyot soxasi mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirib borishi muhimdir. Uchinchidan, vaqtining qisqartirilishi kadrlar almashinuvini kamaytiradi va tizimni iqtisodiy jihatdan barqaror qiladi.Tibbiyot sohasida ortiqcha yuklama tufayli ko‘plab xodimlar ishini tark etadi yoki boshqa sohalarga o‘tadi. Masalan, World Health Organization ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim davlatlarda ya'ni tibbiyot xodimlarining 20–30% gacha qismi yuqori stress va ish bosimi sabab kasbini tark etish holatlari kuzatilgan.

"Haqiqat bahs va munozaralarda aks etadi",- deganlaridek, bu qarashlarga tanqidiy yondashuvchilarning ham qarashlari yetarli. Avvalo, qisqaroq ish kuni bemorlarga xizmat ko‘rsatish tezligini pasaytirishi mumkin. Xodimlar soni yetarli bo‘lmagan shifoxonalarda, ish vaqti qisqarganda, har bir shifokor yoki hamshira bir vaqtning o‘zida kamroq bemorga xizmat ko‘rsata oladi va bemorning kutib qolishi uzoqqa choʻziladi. Qolaversa, ish vaqtining qisqartirilishi sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini oshirishi ehtimoli bor. Bo‘sh vaqtni qoplash uchun yangi xodimlarni ishga jalb qilish zarur bo‘ladi, bu esa davlat yoki xususiy shifoxonalar uchun qo‘shimcha moliyaviy yuk bo‘ladi. Shuningdek, ish vaqtining kamaytirilishi tibbiyot muassasalarida xodimlar yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab millionlab shifokor va hamshiralar yetishmaydi, ayniqsa qishloq va chekka hududlarda bu muammo yanada jiddiy. Masalan, The Guardian ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi rivojlanayotgan davlatlarda tibbiyot xodimlari yetishmasligi tufayli har bir shifokorga 1 200 dan ortiq bemor to‘g‘ri keladi.

Mening fikrimcha tibbiyot xodimlarining ish vaqtini qisqartirish to‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkin, lekin bu jarayon puxta reja asosida amalga oshirilishi kerak. Ya’ni xodimlar sonini ko‘paytirish, smenali ish tizimini to‘g‘ri tashkil qilish orqali ham samaradorlikni oshirish, ham bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini saqlab qolish mumkin. Ish vaqti qisqartirilishi natijasida, tizimda barqarorlik va malakali kadrlar soni ortadi.

Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, men ish kunlarini qisqartirish zarur deb fikr bildirayotganlarning tarafdoriman. Chunki qisqa smenalar xodimlarga diqqatni saqlash, sifatli xizmat koʻrsatish va shaxsiy ishlariga ham be'malol vaqt topishiga kafolat yaratadi. Bejiz mashhur shifokor va pedogog Patch Adams: “Ishingizni seving ammo, oʻzingizni unutmang, zero sogʻlom ruhiy holat eng yaxshi ishning poydevoridir",-deb ta'kidlamagan.

Absattorova Sarvinoz

@esse_namunalariN1
Bugungi rivojlanib borayotgan hayotimizda muzeylar rivoji bilan bog'liq turli xil qarashlar omma orasida ko'plab munozaralarga sabab bo'lmoqda.Ayrimlarning fikricha,muzeylarni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarni kiritish muhim ahamiyat kasb etadi, ammo boshqa toifadagi shaxslar an'analarga asoslangan muhitni asrab qolish asosiy ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashmoqda. Xo'sh, aslini olganda,bunday madaniyat markazini takomillashtirishda texnologik yangiliklar kiritish kerakmi?

Bir tomondan olib qaraganda,bu borada dastlabki fikr tarafdorlarining yetarlicha asosli dalillari bor.Avvalo,muzeylarni ilgo'r vositalar bilan to'ldirish, chetdan keladigan tomoshabinlarning qiziqishi oshishiga sabab bo'ladi.Bundan tashqari,zamonaviy texnologiyalar orqali murakkab voqealar oddiy tushuntiriladi. Masalan, tarixiy voqealar yoki qadimiy hayotni oddiy matndan ko'ra video yoki virtual sur'atlar bilan ko'rsatish odamni o'ziga jalb qiladi. Bu o'quvchiga mavzuni chuqurroq tushunishga yordam beradi.Qolaversa, eksponatlarni o'z holicha saqlash osonlashadi. Chunki raqamli qurilmalar bilan nodir asarlar nusxalari yaratiladi. Bu ularni yo'qolish yoki zarar ko'rishdan himoya qiladi. Jumladan, AQSHning taniqli gazetalaridan biri "The Hollywood"da yozilishicha, 2024-yil Los-Anjeles shahridagi "The Getty Center "muzeyidagi dunyodagi eng mashhur asar --"Mona Liza" ning nusxasi bir necha marotaba o'girlangan.

"Haqiqat bahs-munozaralarda aks etadi", -deganlaridek, qarshi taraf vakillarining ham pozitsiyasini chetda qoldirib bo'lmaydi.Birinchidan,zamonaviy texnologiyalarga asoslangan muzeylarda elektron qurilmalar ishlamay qolsa, ekskursiya to'xtab qoladi. An'anaviy muhit esa har tomonlama qulaydir. Ikkinchidan, odatiy muhitni saqlash tarixiy va madaniy qadriyatlarni himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, eksponatlar va ularning asl muhitini o'zgartirmaslik orqali kelajak avlod tarixiy merosni asl holatda ko'rishi mumkin. Uchinchidan, chet el aholisi uchun qiziq bo'lgan qadimiy va tarixiy muhit yo'qolsa,muzeylarga bo'lgan tashrif kamayadi. Xususan, "Daryo.uz" saytidagi xabarlarga ko'ra, Yaponiyaning interaktiv va raqamli texnologiyalar joriy etilgan muzeylaridan biri "Kyoto National Museum" ga tashrif buyurivchilar soni 2023-yilga nisbatan 2026-yilda 20-30%ga pasaygani aytilmoqda.

Shaxsiy fikrimga to'xtaladigan bo'lsam, turli san'at asarlari saqlanadigan maskanni rivojlantirishda an'anaviyligini saqlab qolish muhimroq, chunki tarixiy atmosfera va eksponatlarning asl ko‘rinishi tomoshabinlarga kuchli hissiy taassurot beradi. Haddan tashqari texnologiya esa bu tabiiy muhitni buzishi mumkin. Shuningdek, an’anaviy usul muzeylarni texnik nosozliklardan himoya qiladi va milliy madaniyatni kelajak avlodga asl holatda yetkazadi.

Xulosa qilib aytganda,muzeylarni o'stirishda an'anaviy muhitni saqlash katta ahamiyatga ega deydiganlarning fikrini qo'llab-quvvatlayman.Chunki muzeylarda an’anaviy muhitni asrash tomoshabinlar uchun haqiqiy tajriba va tarixiy qadriyatlarni anglash imkonini beradi.Zero, ingliz yozuvchisi John F. Kennedy aytganidek, "Tarixni bilmagan kelajakni tushinolmaydi".

✍️ Qurbonova Gulnoza

@esse_namunalariN1
Bugungi rivojlanib borayotgan jamiyatimizda muzeylar nafaqat tarixiy merosni saqlovchi maskan, balki ta’lim va madaniyat markazi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois ayrim shaxslar muzeylarda elektron texnologiyalarni joriy etishni zarur deb bilishsa, ba'zilar oldindan shakllanib kelayotgan an'anaviy muhitni saqlab qolish kerak deb bahs-munozaralar olib bormoqda. Aslini olganda zamonaviy fan-texnikani muzeylar va tarixiy maskanlarga tatbiq etish qay darajada oʻrinli?

Avvalo birinchi tomon vakillaridan bildirilayotgan fikrlarni asosli deb hisoblash mumkin. Birinchidan, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash tashrif buyuruvchilar sonini keskin darajada oshiradi. Interaktiv ekranlar, virtual ekskursiyalar va audio gidlar orqali muzeylar ayniqsa, yoshlar uchun qiziqarliroq bo‘ladi. Natijada yoshlar orasida tarixiy maskanlarga bo‘lgan qiziqish ortib, ular bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga intiladilar. Ikkinchidan, elektron texnikalar ma’lumotlarni oson va tushunarli yetkazish imkoniyatidir. Texnologiyalar yordamida murakkab tarixiy voqealar ham sodda va sun'iy intellekt orqali jonli tarzda namoyish etiladi, bu esa keng auditoriyaning bilim darajasini oshiradi. Uchinchidan esa, raqamli tizimlar eksponatlarni saqlash va nazorat qilishni ancha yengillashtiradi. Buning natijasida madaniy merosni asrash samaradorligi oshib, kelajak avlod uchun yanada ishonchli tarzda saqlanadi. Bunga dalil sifatida, Xushnudbek.uz telegram sahifasining ta'kidlashicha, Toshkent shahridagi Islom svilizatsiyasi markazi muzeyida markaz fondidagi eksponatlarning taxminan 70% ga yaqini raqamlashtirish jarayonidan o‘tkazilmoqda va elektron bazaga kiritilgan.

"Tanganing ikkinchi tomoni ham bor",- deganlaridek, an’anaviy muhitni saqlash tarafdorlari ham o‘z fikrlariga ega. Avvalo ularning ta’kidlashicha, muzeylarning asl qadriyati tarixiy muhit va tabiiylikda namoyon bo‘ladi, agar ortiqcha texnologiyalar joriy etilsa, bu ruh yo‘qolishi mumkin va natijada tashrif buyuruvchilar o‘tmish bilan to‘liq bog‘lana olmaydi. Qolaversa, an’anaviy ko‘rinish eksponatlarning asl ahamiyatini saqlab qoladi, bu esa tarixni yanada chuqurroq his etishga imkon beradi. Shuningdek, texnologiyalarga ortiqcha bog‘lanish texnik nosozliklar yoki e’tiborning chalg‘ishi kabi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, natijada tashrif buyuruvchilar diqqatini asosiy mazmundan yo‘qotishi ehtimoli ortadi. Misol uchun Kun.uz saytining xabar berishicha Oʻzbekiston Tarixi Davlat Muzeyida texnik nosozliklar yuzaga kelgan holatlarda sayyohlarning 15% ga yaqini muzeylarning yangi tajribasidan qoniqmasligini bildirgan.

Mening fikrimcha, muzeylarda zamonaviy texnologiyalar va an’anaviy muhit o‘rtasida muvozanat bo‘lishi eng to‘g‘ri yo‘ldir. Chunki bu yondashuv orqali ham tarixiy ruh saqlanadi, ham zamonaviy avlodni jalb etish imkoniyati yaratiladi. Buning natijasida yosh avlodlar tarix bilan hamnafas boʻlgan holda kelajakni yanada keng dunyoqarash bilan koʻradi va zamonaviylik ufurib turgan texnologiyalar orqali tariximizni chuqurroq anglaydi.

Xulosa sifatida aytadigan boʻlsam , men muzeylarda texnologiyalarni qoʻllash eng muqobil yoʻl deb biluvchilarning tarafdoriman. Chunki zamonaviy texnologiyalar orqali muzeylar dunyo miqyosida ham ochiq bo‘lib, virtual sayohatlar yordamida boshqa davlatlardagi insonlar ham ularni bemalol ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mashhur tadqiqotchi Marshall McLuhan : “Texnologiya insonning imkoniyatlarini kengaytiradi,” — deb bejiz aytmagan.

Absattorova Sarvinoz

@esse_namunalariN1
"Ba'zi" lar sizlarga esse o'rgatayotganda notog'ri streotiplarni ham aytib o'tishgan va singdirgan. Keling, shularni ko'rib chiqamiz.

1. Esseda xo'sh so'zining ishlatilishi.

Sizga ustoz biror ma'lumotni aytdimi uni izohlab, isbotlab berishi lozim. Gazeta va jurnallarda publitsistika uslubni eng aniq ko'rishingiz mumkin bo'lgan OAV. Ana shu gazetalarda xo'sh so'zi bir necha marotaba ishlatilga. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, biz hech qanday isbotsiz uni so'zlashuv deyolmaymiz. Butun nashriyot xato qilishi mumkin emas. Qolaversa, izohli lug'atga ham bir nazar tashlang. Xo'shning nechta ma'nosi bor ekanini ko'rasiz (!)

2. Zamon rivojlanishi, bugungi kun rivojlanishi haqidagi so'zlarni ishlatish xato deyilishi.

Bu ham xato emas. Bunday jumlalar esse amalga kiritilishidan avval ham yozma matnlarda, akademik qo'llanmalarda ishlatib kelingan. Gazetalarda ham. Zamonning rivojlanishi bu oltin kuz deyishimiz bilan barobar. Kuz ham oltin bo'lmaydi, lekin biz uni qo'llama deyishga haqqimiz yo'q. Zero tilning imkoniyatlari katta. Biz uni cheklab qo'yolmaymiz.

3. Xulosada yon bosmaslik, tarafdorligini aniq bayon qilmaslik.

Bu ma'lumotlar, Bilim va malakalarni baholash agentligi llmiy-metodik
kengashining 2024-yil "21 " - noyabrdagi 10 - son
bayoni bilan ma'qullangan nizomining 27-bandida aks etgan.

@esse_namunalariN1
Jadallik bilan rivojlanayotgan davlatimizda yangiliklar va o'zgarishlarning kundan kunga ortib borayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa , yurtimizda har bir ehtiyoj uchun zarur bo'lgan naqd shaklidagi mablag'lardan elektron tolovlarga o'tish haqida jamoatchilik oldida keng muhokamalar yuzaga kelmoqda. Ayrim qarashdagilar naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan ijtimoiy tizimda ochiq hamda halollikka erishishni aytishsa, boshqa fikr bildirayotganlar qog'oz ko'rinishidagi pullar hamma insonlar uchun foydali ekanligini aytishadi. Xo'sh , naqd pullardan karta shaklidagi mablag'larga o'tish nechog'lik to'g'ri?

Zamon bilan hamnafas bo'luvchi sinf vakillarining elektron tolovlarga o'tish masalasini ijobiy deyishlariga ma'lum sabablari mavjud. Avvalo, ijtimoiy turmush - tarzimizda hisob-kitoblarni onlayn tizimda amalga oshirish davlatimiz iqtisodiyoti hamda hukumatimiz moliya sohasi uchun talaygina foyda bermoqda. Shuningdek, vaqt hamda masofaning tejalish masalasi, ya'ni dunyoning istalgan nuqtasidan turib raqamli hisob-kitoblarda amalga oshirish aholing hamma sinf vakillari uchun qulay va afzaldir. Qolaversa, odamlar har bir ishlatgan mablag'laridan ma'lum miqdorda keshbek va bonuslarge ega bo'lishadi. Bu esa shaxsiy budjetni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, "Jamiyat" gazetasi xabarlariga qarasak, O'zbekiston aholisining har 10tasidan 8tasida karta shaklidagi pullardan to'liq foydalanishlari hamda har to'langan mablag'dan so'ng chegirmalar berilishi to'grisida aytib o'tishdi.

Elektron shakldagi qog'oz pullardan foydalanishga qarshi fikr egalarining ham ma'lum asoslari mavjud. Birinchidan, ko'p asrlardan beri ishlatilib kelinayotgan naqd shaklidagi valyutalar qulayligi bilan hamma joyda va har doim tayyor bo'ladi, ya'ni internet tarmog'i-yu elektr tizimi bo'lmagan vaqtlarda ham to'liq foydalanish imkoniyatini beradi. Ikkinchidan, qog'oz kupyuralardan foydalanishda, kartadan kartaga amalga oshirgan vaqtimizda bizning pullarimizdan ma'lum miqdorda foiz olinib qoladi va naqd mablag'larda bunday xarajatlar bo'lmaydi. Undan tashqari, hozirgi paytda onlayn to'lovlardan ko'ra naqd pul shaklidagi pullardan foydalanish birmuncha xavfsiz desak xato bolmaydi. Jumladan, "Qalampir.uz" rasmiy sahifasi xabariga ko'ra, 2026-yil hisobi bo'yicha elektron ko'rinishidagi mablag'larni amalga oshiradigan insonlarning 3000tasi kartasidagi pullarni firibgarlar tomonidan o'g'irlanganini va 2200 tasi yo'qolgan pullarini qaytarib ololmaganidan aziyat chekayotganligini aytib otishdi.

Mening o'ylashimcha, naqd pul shaklidagi pullardan foydalanish birmuncha qulay hamda xavsizroqdir. Lekin Elektron tolovlarni amalga oshirishda ba'zi bir kamchilik hamda noqulayliklar xususan, internet hamda elektr ta'minoti bartaraf etilsa , bunday turdagi mablag'lar oqibatida jinoyatlarga yo'l ochimasa xalqimiz uchun anchagina foydali bo'lar edi.

Muxtasar qilib shuni aytish joizki, ehtiyojlarimiz uchun zarur naqd pullarni butunlay yo'q bo'lib ketishini oldini olish kerak deb, ikkinchi fikr egalarining munosabatlariga qo'shilaman. Chunki har bir inson xalqaro sistemada foydalinayotgan amaliyotdan foydalanishi lozim. Zero, dono xalqimiz aytganidek:" Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq".
🖇Shuxratova Xolisxon

@esse_namunalariN1
ESSE MAVZUSI
Ommaviy axborot vositalarida korrupsion holatlarni e’lon qilish masalasi muhokamada:
- Ba’zilar bunday oshkoralik korrupsiyaga qarshi kurashda samarali vosita, deb hisoblaydi;
- Ayrimlar esa oshkoralik chegarasi buzilsa, shaxsiy huquqlar poymol bo‘lishi mumkin, deb biladi.

Bugungi kunda innovatsion gʻoyalar va raqamli texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir davrda, korrupsiyaga boʻlgan qarshi kurashlar va munosabatlar jamiyatimiz oʻrtasida keng mushohada qilinmoqda. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalarida poraxoʻrlikka oid holatlarni yoritish masalasi turli qarash va fikrlarni yuzaga keltirmoqda. Ayrim shaxslar bunday ochiqlikni noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi samarali chora qatoriga kiritib, uning profilaktik ahamiyatini yuqori baholasa, boshqa taraf vakillari ochiqlikning meyordan oshib ketishi inson huquqlari daxlsizligiga putur yetkazadi deb hisoblashadi. Aslini olganda, korrupsiya holatlarini oshkoralikda namoyon etish insonlar faoliyatiga qay darajada ta'sir koʻrsatadi?

Avvalo, birinchi tomon vakillaridan bildirilayotgan fikrlarni ma'lum darajada asosli deb bilishimiz mumkin. Birinchidan, ommaviy axborot vositalarida korrupsion holatlarning keng yoritilishi bunday noqonuniy harakatlarning tezroq fosh etilishiga sabab boʻladi, natijada, adolat qaror topib, qonun ustuvorligi mustahkamlanadi. Ikkinchidan, poraxoʻrlikka oid voqealarning ommaga keng qamrovda yetkazilishi mansabdor shaxslar uchun jiddiy ogohlantiruvchi omilga aylanadi. Uchinchidan, tamagirlik holatlarning keng yoritilishi insonlarning huquqiy ongini oshiradi va ular korrupsiyaning qanday koʻrinishlari borligini va uning oqibatlarini chuqurroq anglay boshlaydi.Masalan, The Guardian sahifasining ma'lumot berishicha, poraxoʻrlikka oid mavzular muntazam yoritib boriladigan hududlarda fuqarolarning taxminan 68 foizi oʻz huquqlari haqida yanada keng salohiyatga ega boʻlganlar.

"Tanganing ikkinchi tomoni ham bor",- deganlaridek, ochiq-oydinlikka qarshi tanqidiy fikr yurituvchilarning ham qarashlari yetarli. Oynayi jahon orqali yoritilayotgan suiiste'mollik holatlari salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Avvalo, oshkoralik chegarasining buzilishi insonlarning shaxsiy hayotiga tahdidlarning kuchayishiga sabab boʻladi va natijada ularning sha'ni va obroʻsiga putur yetkazadi. Qolaversa, ochiqlikning me'yoridan oshishi davlat organlarining ish faoliyatiga ortiqcha bosim yaratadi va tezda qabul qilingan qarorlar natijasida samaradorlikning pasayishiga olib keladi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida ayblanuvchining aynan keltirilishi ularning oila a'zolariga, ayniqsa, farzadlarining kelajagiga tamgʻa boʻlib qoladi. Bunga dalil sifatida, Kun.uz saytining xabar berishicha Xonobod tumanida yashovchi fuqaroga ayblov berilgani omma ostida keng tarqalgani natijasida, farzandi oʻqiyotgan maktabda unga nisbatan zulmlar va mensimaslik holatlari keltirilganini aytishimiz mumkin.

Mening fikrimcha, ommaviy axborot vositalarida korrupsiyaga oid ma’lumotlarni yoritishga faqatgina bir tomonlama yondashish kerak deb hisoblamayman. Chunki suveren va konstitutsiyasi bor, oʻz haq huquqiga ega boʻlgan yurtimizda omma oldida fosh etilgan asosli yoki asossiz dalillar insonlar hayotining har jabhasi uchun ziyon keltirishi mumkin. Shunday ekan OAV korrupsiyaga oid ma’lumotlarni yoritishda muvozanatni saqlash, faktlarga tayangan holda va shaxsiy huquqlarga hurmat bilan ishlashi lozim.

Xulosa sifatida aytadigan boʻlsam, men ochiqlik bilan ish yuritish insonlarning huquqlari buzilishiga sabab boʻladi deb fikr yurutuvchilarning tarafdoriman. Chunki axborot vositalari ochiqlikni ta'minlab, jamiyatga foyda keltirsa ham, shaxsiy daxlsizlik va obroʻni saqlash birinchi oʻrinda turishi muhimdir. Taniqli siyosat va adolat himoyachisi Nelson Mandela ta'kidlaganidek:"Inson huquqlarini kishilardan musodara qilish insoniyligiga qarshi chiqishdir"- deb bejiz aytmagan.

Absattorova Sarvinoz

@esse_namunalariN1
Bugungo globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o'z milliy manfaatlarini ta'minlash, madaniyati,qadriyatlari va ona tilini asrab-avaylash, rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Shu asnoda, tilimizga boshqa tillardan kirib kelayotgan xorijiy atamalarni o'zbekchalashtirish masalasida shu soha vakillari orasida turlicha qarashlar yuzaga kelmoqda. Ba'zilar chetdan kirib kelgan so'zlarni o'zbekchalashtirish milliy tilni asrash yo'lidagi muhim bosqich deya takidlasa, boshqalar buni zamonaviy dunyodan uzoqlashish tomon tashlangan qadam deb qabul qilishmoqda. Aslini olganda, o'zlashma birliklarni milliylashtirishning ahamiyati tomoni qay darajada?
     Avvalo, birinchi tomonning fikrlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, xorijiy atamalarni milliylashtirish natijasida yagona milliy tilimiz sofligi saqlanib qoladi. Chetdan kirib kelayotgan, tilimiz sofligiga putur yetkazayotgan  xorijiy so'zlarni o'zimizga moslashtirish  aholining keng qatlamlari uchun tushunarlilikni oshiradi. Qolaversa, keng yoyilib borayotgan o'zlashma birliklardan holi bo'lish orqali tariximiz, madaniyatimiz saqlanib, kelgusi avlodlarga bus-butunligicha yetib borishiga imkon bo'ladi. Chunki til - xalqning o'tmishi, madaniyati va ruhiyatini aks ettiruvchi beqiyos xazinadir. Til orqali ota-bobolarimizning turmush tarzi, dunyoqarashi, tarixiy voqealar avloddan-avlodga o'tadi. Undan tashqari, til nafaqat milliy barhayotlik ramzi,balki jamiyatimizda muloqot vositasi hamdir. Xorijiy so'zlar chet tilidan bexabar shaxslar uchun qiyinchilik tug'diradi. ularni tilimizga moslashtirish axborotni tezroq anglashga yordam beradi. Jumladan, "Kun.uz"  saytining rasmiy  ma'lumotlariga ko'ra, chetdan kirib kelgan atamalar tilimizdagi so'zlarning taxminan 33 foizini tashkil etadi. Oddiy aholining 69 foizi esa bugungi kunda chet tillaridan bexabarligi qayd etilgan.
     "Har gulning hidi boshqa, har kimning didi boshqa", - deganlaridek, xorijiy atamalarni o'zbekchalashtirish zamonaviy dunyodan uzilish sari qadam deyuvchilarning ham yetarli asoslari bor. Avvalo,o'zlashma so'zlar o'zbek tilining lug'at tarkibini boyitish,yangi tushuncha,texnologiya va madaniy aloqalarni ifodalashda muhim ahamiyatga ega. Ular til imkoniyatlarini kengaytirib, xalqaro muloqot va fan-texnika taraqqiyoti bilan hamnafas bo'lishga,shuningdek, boshqa xalqlar madaniyati bilan tanishishga xizmat qiladi. Undan tashqari,chetdan kirib kelgan so'zlar ko'p hollarda murakkab tushunchalarni birgina so'z bilan aniq va ixcham tarzda ifodalashga yordam beradi.Qolaversa, tilning imkoniyatlari bilan ifodalab bo'lmaydigan yangi ilmiy tushuncha va atamalarni o'zlashtirish orqali til leksikasi boyiydi.Uning ustiga, xorijiy atamalar to'liq tilimizga moslashtirilsa, xalqaro aloqa pasayadi va axborot almashinuvi sustlashadi.  Xususan, "Amazon.uz" xalqaro saytining bergan ma'lumotlariga ko'ra,hozirgi kunda ingliz tili davlatlararo axborot almashishda dastlabki o'rinda turuvchi til sifatida qayd etilgan.
     Mening fikrimcha,o'zlashma so'zlarni tilimizdagi muqobil variantini bilan almashtirish ona tilimiz sofligini saqlab qoluchi yo'l hisoblanadi. Tilning tozaligi aholining barcha qatlamlari uchun ma'lumotni bir xil darajada anglashga yordam beradi, jamiyatda bilim olish jarayonini soddalashtiradi. Lekin chet tilini o'rganishning  yangicha metod va texnologiyalarini kuchaytirish ham ziyon qilmaydi. Zero, til bilgan insongina dunyoni anglashi mumkindir.
     Xulosa qilib aytganda, xorijiy birliklarni milliylashtirish tilimiz sofligini ta'minlovchi yo'l deyuvchilarning tarafdoriman. Chunki o'zbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biridir. Xalqimizning o'z tiliga bo'lgan cheksiz muhabbati til masalariga milliylik nuqtayi nazari bilan yondashishda namoyon bo'ladi. Hazrati Navoiyning "Tilga ixtiyorsiz - elga e'tiborsiz" degan hikmati necha asr o'tsa ham o'zining mazmun-mohiyatini yo'qotgani yo'q.

✍️ Dilshoda Mamadaliyeva

@esse_namunalariN1
Bugungi globallashuv sharoitida til masalasi jamiyat hayotida tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda va bu xorijiy o‘zlashma atamalarni o‘zbekchalashtirish muammosini ham dolzarb mavzuga aylantirdi. Ba’zi insonlar bu jarayonni milliy o‘zlikni asrash, ona tilining mavqei va nufuzini oshirishda muhim vosita deb hisoblashadi. Biroq boshqalar bunday yondashuv haddan oshsa, xalqaro maydondan uzoqlashish va global muloqotda qiyinchiliklar yuzaga kelishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashadi. Shu bois xorijiy atamalarni o‘zbekchalashtirish zaruratmi yoki xavf, degan savol jamiyatda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Avvalo, xorijiy o‘zlashma atamalarni o‘zbekchalashtirishni qo‘llab-quvvatlovchilarning fikrlari yetarlicha asosli hisoblanadi. Birinchidan, o‘zbekcha muqobillarning yaratilishi ona tilining boyishiga va mustaqil rivojlanishiga xizmat qiladi. Natijada, jamiyatda milliy tilga bo‘lgan hurmat va qiziqish yanada ortadi. Qolaversa, davlat idoralari, ta’lim muassasalari va OAVda o‘zbekcha atamalarning qo‘llanilishi axborotni keng omma uchun tushunarliroq qiladi. Shuningdek, bu jarayon yosh avlodning chet so‘zlarga haddan tashqari qaram bo‘lib qolishining oldini olib, ularning til madaniyatini shakllantirishga yordam beradi.Masalan,"
Kun.uz" saytida aytilganidek,1989 yilo‘zbek tili nafaqat muloqot vositasi, balki milliy o‘zlik ramzi sifatida yanada mustahkamlanadi.

“Tarozining ikkinchi pallasi bor”, deganlaridek, ayrimlar xorijiy o‘zlashma atamalarni o‘zbekchalashtirishdan ko‘ra, ularni asl holicha saqlash muhimroq, deb hisoblaydi va bu fikrni asoslash uchun yetarli dalillar mavjud. Avvalo, zamonaviy fan, texnologiya va iqtisodiyot sohalari asosan xalqaro atamalar orqali rivojlanadi. Shu sababli bu so‘zlarni sun’iy tarzda almashtirish mutaxassislar va keng jamoatchilik o‘rtasida tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Qolaversa, haddan tashqari o‘zbekchalashtirish global axborot almashinuvini sekinlashtirib, mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli bor. Jumladan,"
Daryo.uz" saytini maʼlumot berishicha 2022 yildan boshlab,ilmiy maqolalar va texnik hujjatlarda xalqaro terminlarning saqlanishi bilim almashuvini osonlashtirib, mutaxassislar uchun qulaylik yaratdi.

Mening fikrimcha, xorijiy o‘zlashma atamalarni o‘zbekchalashtirish masalasiga bir tomonlama yondashish to‘g‘ri emas. O‘zbekcha muqobillarning yaratilishi ona tilining nufuzini oshirib, uning boyishiga va mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Biroq bu jarayon haddan tashqari kuchaytirilsa, xalqaro muloqotda tushunmovchiliklar yuzaga kelishi va ilm-fan hamda texnologiya sohalarida qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababli, xorijiy atamalardan me’yorida foydalanib, zarur joylarda ularning o‘zbekcha muqobillarini qo‘llash eng maqbul yechim, deb hisoblayman.

Xulosa qilib aytganda, men xorijiy o‘zlashma atamalarni o‘zbekchalashtirish masalasi toʻgʻri deb oʻylayman. Chunki bunday yondashuv ona tilining nufuzini oshirish, uning boyligini saqlash va milliy o‘zlikni mustahkamlash imkonini beradi. . Zero, til rivoji bu an’ana va zamonaviylik o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashdir.


@esse_namunalariN1
Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o'z milliy manfaatlarini ta'minlash, madaniyati,qadriyatlari va ona tilini asrab-avaylash, rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Shu asnoda, tilimizga boshqa tillardan kirib kelayotgan xorijiy atamalarni o'zbekchalashtirish masalasida shu soha vakillari orasida turlicha qarashlar yuzaga kelmoqda. Ba'zilar chetdan kirib kelgan so'zlarni o'zbekchalashtirish milliy tilni asrash yo'lidagi muhim bosqich deya takidlasa, boshqalar buni zamonaviy dunyodan uzoqlashish tomon tashlangan qadam deb qabul qilishmoqda. Aslini olganda, o'zlashma birliklarni milliylashtirishning ahamiyati tomoni qay darajada?
Avvalo, birinchi tomonning fikrlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, xorijiy atamalarni milliylashtirish natijasida yagona milliy tilimiz sofligi saqlanib qoladi. Chetdan kirib kelayotgan, tilimiz sofligiga putur yetkazayotgan  xorijiy so'zlarni o'zimizga moslashtirish  aholining keng qatlamlari uchun tushunarlilikni oshiradi. Qolaversa, keng yoyilib borayotgan o'zlashma birliklardan holi bo'lish orqali tariximiz, madaniyatimiz saqlanib, kelgusi avlodlarga bus-butunligicha yetib borishiga imkon bo'ladi. Chunki til - xalqning o'tmishi, madaniyati va ruhiyatini aks ettiruvchi beqiyos xazinadir. Til orqali ota-bobolarimizning turmush tarzi, dunyoqarashi, tarixiy voqealar avloddan-avlodga o'tadi. Undan tashqari, til nafaqat milliy barhayotlik ramzi,balki jamiyatimizda muloqot vositasi hamdir. Xorijiy so'zlar chet tilidan bexabar shaxslar uchun qiyinchilik tug'diradi. ularni tilimizga moslashtirish axborotni tezroq anglashga yordam beradi. Jumladan, "Kun.uz"  saytining rasmiy  ma'lumotlariga ko'ra, chetdan kirib kelgan atamalar tilimizdagi so'zlarning taxminan 33 foizini tashkil etadi. Oddiy aholining 69 foizi esa bugungi kunda chet tillaridan bexabarligi qayd etilgan.
"Har gulning hidi boshqa, har kimning didi boshqa", - deganlaridek, xorijiy atamalarni o'zbekchalashtirish zamonaviy dunyodan uzilish sari qadam deyuvchilarning ham yetarli asoslari bor. Avvalo,o'zlashma so'zlar o'zbek tilining lug'at tarkibini boyitish,yangi tushuncha,texnologiya va madaniy aloqalarni ifodalashda muhim ahamiyatga ega. Ular til imkoniyatlarini kengaytirib, xalqaro muloqot va fan-texnika taraqqiyoti bilan hamnafas bo'lishga,shuningdek, boshqa xalqlar madaniyati bilan tanishishga xizmat qiladi. Undan tashqari,chetdan kirib kelgan so'zlar ko'p hollarda murakkab tushunchalarni birgina so'z bilan aniq va ixcham tarzda ifodalashga yordam beradi.Qolaversa, tilning imkoniyatlari bilan ifodalab bo'lmaydigan yangi ilmiy tushuncha va atamalarni o'zlashtirish orqali til leksikasi boyiydi.Uning ustiga, xorijiy atamalar to'liq tilimizga moslashtirilsa, xalqaro aloqa pasayadi va axborot almashinuvi sustlashadi.  Xususan, "Amazon.uz" xalqaro saytining bergan ma'lumotlariga ko'ra,hozirgi kunda ingliz tili davlatlararo axborot almashishda dastlabki o'rinda turuvchi til sifatida qayd etilgan.
Mening fikrimcha,o'zlashma so'zlarni tilimizdagi muqobil variantini bilan almashtirish ona tilimiz sofligini saqlab qoluchi yo'l hisoblanadi. Tilning tozaligi aholining barcha qatlamlari uchun ma'lumotni bir xil darajada anglashga yordam beradi, jamiyatda bilim olish jarayonini soddalashtiradi. Lekin chet tilini o'rganishning  yangicha metod va texnologiyalarini kuchaytirish ham ziyon qilmaydi. Zero, til bilgan insongina dunyoni anglashi mumkindir.
Xulosa qilib aytganda, xorijiy birliklarni milliylashtirish tilimiz sofligini ta'minlovchi yo'l deyuvchilarning tarafdoriman. Chunki o'zbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biridir. Xalqimizning o'z tiliga bo'lgan cheksiz muhabbati til masalariga milliylik nuqtayi nazari bilan yondashishda namoyon bo'ladi. Hazrati Navoiyning "Tilga ixtiyorsiz - elga e'tiborsiz" degan hikmati necha asr o'tsa ham o'zining mazmun-mohiyatini yo'qotgani yo'q.

✍️ Dilshoda Mamadaliyeva

@esse_namunalariN1
🔝She'riy san'atlar va ularni yuzaga keltiruvchi birliklar:

1️⃣ Tajohil ul-orif badiiy san'atini yuzaga chiqargan sintaktik birlik ➡️ritorik so'roq gap
2️⃣ Nido san'atini yuzaga keltiradigan sintaktik birlik ➡️undalma
3️⃣ Ta'did san'atini yuzaga keltiradigan sintaktik birlik ➡️ uyushiq bo'laklar
4️⃣ Sifatlash san'atini yuzaga keltiradigan sintaktik birlik ➡️sifatlovchi aniqlovchi
5️⃣ Tarse san'atini yuzaga keltiradigan sintaktik birlik ➡️ritmik-sintaktik parallelizm
6️⃣ Tazod san'atini yuzaga keltiradigan leksik birlik ➡️antonim so'zlar
7️⃣ Tanosib san'atini yuzaga keltiradigan leksik birlik ➡️uyadosh so'zlar
8️⃣ Istiorani yuzaga keltiradigan leksik birlik ➡️metafora
9️⃣ Iyhom san'atini yuzaga keltiradigan leksik birlik ➡️ ko'p ma'noli yoki shakldosh so'z
1️⃣0️⃣ Tajnis san'atini yuzaga keltiradigan leksik birlik ➡️omonim so'zlar
1️⃣1️⃣ Kalomi jome san'atini yuzaga keltiradigan leksik birlik ➡️ hikmatli so'z
1️⃣2️⃣ Irsoli masal san'atini yuzaga keltiradigan leksik birlik ➡️ maqol
1️⃣3️⃣ Tashxis san'atini yuzaga keltiradigan leksik birlik ➡️ metafora
1️⃣4️⃣ Ishtiqoq san'atini yuzaga keltiradigan morfemik birlik ➡️asosdosh so'zlar

Manba: O. Yoqubov

@esse_namunalariN1
Esse tuzilishi:

1. Kirish - mavzu qayta nomlanadi, oʻqirman mavzuga olib kiriladi. Kirish qismda berilgan mavzu matni aynan koʻchirilsa, kirish yozilmagan hisoblanadi. Va mavzuga mos qilib bitta tezis qo'yiladi.

@esse_namunalariN1
📌 Birinchi tomon qarashlari- buni yoritayotganda talabgor shu tomon vakili sifatida fikr yuritadi, argumentlar asosida fikrlarini dalillaydi, hayotiy misollar keltiradi.

📌 Ikkinchi tomon qarashlari - buni yoritayotganda talabgor ayni shu tomon vakili sifatida fikr yuritadi, argumentlar asosida fikrlarni dalillaydi, hayotiy misollar keltiradi. Birinchi tomon qarashlariga zid fikr bildirmaydi.

@esse_namunalariN1
📌Shaxsiy fikr(pozitsiya) - tomonlar qarashlari asosida talabgor essening bu qismida oʻz pozitsiyasidan kelib chiqqan holatda ma’lum bir tomonni yoqlaydi. Yoqlayotganda ham yaqqol bir tomonda turganini ochiq emas, balki misollar orqali ifoda etadi.

@esse_namunalariN1
Xulosa - essening bu qismida talabgor shaxsiy fikrda ifoda etgan qarash asosida yana bir bor qaysi tomonni yoqlayotganini ta’kidlab oʻtadi. Fikrni xulosalaydi.

@esse_namunalariN1