Esse namunalari
1.96K subscribers
45 photos
3 videos
27 files
50 links
Ushbu kanalda shaxsan o'zim va o'quvchilar tomonidan yozilgan yuqori balli esselar namunalari mavjud.

Asosiy kanalimiz: @onatili_vaadabiyot
Murojaat uchun: @Ad_minMs
Download Telegram
Forwarded from 𝕄𝕦𝕓𝕚𝕟𝕒
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from _
Esse namunalari
Photo
Blogerlik faoliyati haqida esse
Ko'pchilik esse tekshirish uchun murojaat qilyapti.
Bitta esse tekshirish 10 ming so'm.
Murojaat uchun:
@Abdumominova_Tursunoy
Forwarded from 𝑴𝒖𝒃𝒊𝒏𝒂
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 𝒩𝓊𝓇𝒾𝒹𝒹𝒾𝓃𝓸𝓋𝒶_𝓜_♡
Har bir soha òz rivojini topayotgan bir davrda yashar ekanmiz kundan-kunga yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda . Aksariyat kishilar zamonaviy yònalishlardan biri bòlgan blogerlik faoliyatini ijobiy baholaydi , ayrimlar esa bu fikrga mutlaqo qarshilik bildiradi . Aslini olganda, tobora ommalashib borayotgan blogerlik bilan shug'ullanish qay darajada òrinli ?

Hammaga birdek ma'lumki , blogerlikni òziga kasb qilib olgan yoshlar har joyda topiladi. Bu turdagi ishlarni targ'ib qilish jamiyat uchun foydali deb hisoblovchi qatlam vakillari buning bir talay sabablarini keltirishadi. Birinchidan, ular òz faoliyati orqali kòplab kuzatuvchilarga ega bòlib kelmoqda . Bu esa ommani yaxshi tomonga yònaltirishning bir usuli hisoblanadi . Ya'niki ular òz videoroliklari orqali insonlarni yaxshilikka , halollikka undashi va har xil illatlarni qoralab ijobiy taassurot qoldirishi mumkin . Ikkinchidan, jamiyatda bòlayotgan qabih ishlardan butun xalqni boxabar qilish ham ularning vazifalaridan biridir. Qaysidir hududda bòlayotgan adolatsizlik yoki jinoyat kabi ishlarni roliklar orqali ommaga taqdim etish ruxsati ham ularda mavjud . Jumladan, Andijon viloyatida 3 yildan buyon faoliyat yuritayotgan insta-bloger Elbek Nurmatov òzi istiqomat qiladigan hududdagi supermarketlarda mahsulotning amal qilish muddatiga doir har xil vinelar olib uni xalqqa yetkazib berish uchun xizmat qilmoqda . Uning bu sa'y- harakatlari dòkondorlarga ma'qul bòlmasada , aholi yetarlicha manfaat topmoqda .

Oqni qora , qorani oq deb bòlmaganidek, bunday kasblar zarardan boshqa narsa emas deyuvchilarning ham fikrini inkor eta olmaymiz . Bir tomondan olib qaraganda, yoshlar orasida besamar kasblarga qiziqish uyg'otmoqda. Ular oxiri yòq yòllarni tanlab , ideal hayot kechirishni istab qolishyapti . Ikkinchi tomondan olib qaralsa, notòg'ri axborotni targ'ib qilish orqali chalkash yòllarga kirib qolayotgani hech kimga sir emas. Bundan tashqari, xonadonlarga va har xil rasmiy binolarga hech kimning ruxsatisiz kirib kelib , syomka qilishlari aholi orasida turli e'tirozlarga sabab bòlib kelyapti . Jumladan, " insta-blok . uz " sayti ma'lumotlariga kóra kuni kecha poytaxt kòchalarida sayr qilib yurgan oddiy aholiga halal bergan holatda turli xil videolar olish va ularni jarayonga jalb qilishi oqibatida , noroziliklar kelib chiqqani va ma'lum bir qoidalarga binoan 5 sutkalik qamoq jazosiga hukm etilganliklari tòg'risida xabar berildi .

Bu borada shaxsiy fikrimga tòxtalsam, har bir ishda me'yor muhim ahamiyat kasb etgani kabi bu sohada ham chegara bòlishi zarur deb hisoblayman . Bu turdagi kontentlar , albatta , xalqning foydasini kòzlashi va tòg'ri maqsadlarga xizmat qilishi shart . Shu yòl orqali kelib chiqqan munozaralarga yechim topsa bòladi deb òylayman.

Xulosa órnida aytish joizki , blogerlik faoliyatiga ijobiy qaraydiganlarning fikrini yoqlayman . Negaki , zamon bilan hamnafas bòlib yashayotgan insonlar orasida bu soha ommalashib ulgurgan. Zero , inson òzi istagan ish bilan mashg'ul bòlishi va qiziqqan sohasida faoliyat yuritishi muvaffaqiyat kalitidir .
Forwarded from M)
Zamonaviylashish asriga aylanib ulgurgan XXI asrda insonlar avvallari tasavvur qilib bo'lmaydigan ishlar bilan mashg'ul bo'lmoqda. Shunday sohalardan biri hisoblanadigan blogerlik bilan shug'ullanish bir guruh insonlar orasida muhokamalarga sabab bo'ldi. Ayrimlar bu faoliyatning foydali jihatlariga e'tibor qaratishsa, qolganlar bunga norozilik bildirmoqda. Aslida-chi, blog yuritish insonlarga naf keltiradigan mashg'ulotmi yoki yo'q?

Blogerlik faoliyatiga qarshilik bildirayotgan insonlar sabab sifatida bir qancha jihatlarni keltirib o'tgan. Birinchidan, yetarlicha bilimga ega bo'lmagan insonlarning blog yuritishi orqali jamiyatda noto'g'ri qadriyatlar targ'iboti shakllanishi kuzatiladi. Mol-davlatga berilish, hasadgo'ylik kabi hislatlar yoshlarga ana shunday blog egalari tomonidan singdiriladi. Ikkinchidan, ko'plab ijtimoiy tarmoq kontentlarida blogerlarning axloqiy qoidalarni buzishi, noto'g'ri usulda gapirishlari hamda madaniyatimizga zid ravishda kiyinishlari aks etadi. Bu esa nafaqat o'sib borayotgan avlodga salbiy ta'sir qiladi, balki boshqa chet elliklarning davlatimiz haqida noto'g'ri tushunchaga ega bo'lishlariga sabab bo'ladi. Qolaversa, so'nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlar insonlarni aldash uchun eng qulay vositaga aylandi. Ba'zi qo'shtirnoq ichidagi blogerlar tufayli insonlar asosli bo'lmagan xabarlarga ishonib moddiy zarar ko'rmoqda. "Kun.uz" nashrining xabar berishicha, O'zbekistonda 2024-yilda 7000 nafardan ortiq insonlar soxta blogerlar tufayli zarar ko'rganligi ochiqlangan.

"Tanganing ikki tarafi bor",-deganlaridek, qonun doirasida, vijdon bilan faoliyat olib borayotgan blogerlarni ham ko'plab uchratish mumkin. Bir tomondan olib qaraganda, ular jamiyatimizdagi insonlarning har tomonlama yuksalishiga yordam bermoqda. Ta'lim, salomatlik, san'at va ko'plab shunga o'xshash sohalar haqida ma'lumot beradigan, yangiliklar bilan keng jamoatchilikni xabardor qiladigan blog yurituvchilarining mehnatlari tahsinga sazovordir. Ikkinchi tarafdan esa, blog yurituvchilari yoshlar uchun ilhom manbayi sifatida xizmat qiladi. Ularning qanday qiyinchiliklarni bosib o'tgani hamda hozirgi yutuqlari yosh avlodning motivatsiyasini oshiradi. Hozirda kitoblardan ko'ra ijtimoiy tarmoqlardan ko'proq foydalanilayotganligini hisobga olsak bu jarayon judayam foydali sanaladi. Shuningdek, blog yurituvchilari ijtimoiy faollikni oshirishga o'z hissalarini qo'shadi. Jamiyatda bo'layotgan o'zgarishlarga, muammolarga ommaviy e'tiborni qaratishda ular katta rol o'ynaydi. Misol o'rnida, yurtimizda mashhurlikka erishgan "Activist.uz" sahifasini keltirishim mumkin. Bu blog orqali jamiyatimizdagi e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan kamchiliklar yoritib boriladi.

Mening fikrimcha, blog yuritish insonlarga foydali bo'lgan bir qancha ahamiyatlarni o'z ichiga oladi. Shunday sabablar hisobga olinib blogerlarning faoliyati qo'llab-quvvatlanishi lozim. Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kamchiliklarning oldini olish uchun esa bir qancha mas'ullarning biriktirishi yetarlidir.

Xulosa o'rnida shuni aytmoqchimanki, jamiyatimizda egallagan o'rni, insonlarning e'tiborini jalb eta olishi hamda yuqorida keltirilgan sabablar tufayli blog yurituvchilarining ijobiy ta'sirga ega ekanliklari tarafdoriman. Zeroki, bizni rivojlantirishga hissa qo'shayotgan har bir omil jamiyatimiz uchun qadrlidir.
📍DAVLAT TEST MARKAZI imtihonlari uchun majburiy va asosiy ona tili va adabiyotidan tayyorlov guruhiga qabul boshlandi.

🎤Darslar masofaviy shaklda bo'lib o'tadi.

Dars tartibi
Haftada 4 kun boʻlib oʻtadi:
Dushanba: ona tili
Chorshanba:ona tili
Juma: ona tili
Yakshanba: dtmda tushadigan asarlardan savol-javob.

Narxi: imtihongacha bir martalik toʻlov
➡️450 ming
Oylik narx
➡️200 ming so'm.

Murojaat uchun:
@Abdumominova_Tursunoy
Telefon raqam:
+998947257907
Darslar 15-maydan boshlanadi
📌
Qabul ham shu kungacha davom etadi
📱

Otziv va natijalar: https://t.me/onatili_otzivlar

Kursda perevodchilar ham qatnashsa bo'ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, kuzda bo'lib o'tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun qabul❗️



Darslar davomida:
Grammatika bilan ishlash;
Matn bilan ishlash;
Adabiy unsurlar bilan ishlash;
Badiiy adabiyotlar bilan ishlash;
G'azal bilan ishlash;
Esse yozish ko'nikmalari batafsil o'rgatiladi.

✈️Hamma narsa 0 dan o'rgatilinadi

Dars haftada 3 kun bo'lib o'tadi va bu dars o'tuvchi tomonidan belgilanadi❗️

Har bir o'quvchi bilan individual ishlanadi❗️

Kurs narxi oyiga 200 000 so'm.
(Talabgor to'lov amalga oshirilgandan so'ng yopiq guruhga qabul qilinadi)

Darslar ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat sohibasi (A+) Abdumo'minova Tursunoy (shaxsan o'zim) tomonidan olib boriladi.

Murojaat uchun:
@Abdumominova_Tursunoy
Yoki
+998906257907 ga bog'lanishingiz mumkin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Esse namunalari
Xalqaro tanlovlarga tayyorlanayotganlar uchun
Diqqat, kuzda bo'lib o'tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun qabul❗️



Darslar davomida:
Grammatika bilan ishlash;
Matn bilan ishlash;
Adabiy unsurlar bilan ishlash;
Badiiy adabiyotlar bilan ishlash;
G'azal bilan ishlash;
Esse yozish ko'nikmalari batafsil o'rgatiladi.

✈️Hamma narsa 0 dan o'rgatilinadi

Dars haftada 4 kun bo'lib o'tadi va bu dars o'tuvchi tomonidan belgilanadi❗️

Har bir o'quvchi bilan individual ishlanadi❗️

Kurs narxi oyiga 180 000 so'm.
(Talabgor to'lov amalga oshirilgandan so'ng yopiq guruhga qabul qilinadi)

Darslar ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat sohibasi (A+) Abdumo'minova Tursunoy (shaxsan o'zim) tomonidan olib boriladi.

Murojaat uchun:
@Abdumominova_Tursunoy
Yoki
+998906257907 ga bog'lanishingiz mumkin.
Natijalar va kurs haqida fikrlar: https://t.me/onatili_otzivlar
Kuzgi milliy sertifikatga bepul tayyorlanmoqchi bo'lganlar bormi?
O'tgan safargi konkurs qatnashchilari ham yuqori natijani qo'lga kiritishdi, siz ham shu kabi natijaga bepul erishishni xohlaysizmi?
Hop, sizlarni ko'p kuttirmay shartni e'lon qilaman. Shart oddiy. @ad_minms ga link deb yozasiz va sizga berilgan maxsus link orqali kanalga faqat ona tili va adabiyot o'qiydigan tanishlaringizni taklif qilasiz.

Unutmang, faqat ona tili o'qiydigan tanishingiz bo'lsin. Chunki siz qo'shgan odamlar ana shundagina chiqib ketmaydi va yutishingiz osonlashadi.

Ko'pchilikda savol tug'iladi, yana odam qo'shishmi? Unutmang, siz 3‐4 oylik mukammal o'qitish kursini bepul qo'lga kirityapsiz! Buning uchun ozgina mehnat qilish kerak, sizdan ugina, bizdan bugina!

Natijalar qandayligiga esa o'zingiz guvoh bo'ldingiz, kursning sifatini esa bizda o'qiganlar juda yaxshi biladi.

Shuning uchun ikkilanmay konkursda qatnashing. Yopiq guruhga faqat 3 ta eng ko'p a'zo qo'shgan talabgor qabul qilinadi.

Konkurs 5-iyun18:00 gacha davom etadi!
DTM ga tayyorlanmoqchi bo'lganlar uchun online kurs. Oyiga 180 ming so'm. Darslar haftada 4 kun. Imtihonda tushadigan barcha mavzular o'rgatilinadi.

Murojaat uchun:
@Abdumominova_Tursunoy
Bu safargi suhbatda essedan yuqori natijalarga erishgan
1. Bozorboyeva Dilshoda
2. Sobirjonova Habibaxon
3. Olimjonova Xadichaxon
4. Xalimjonova Mubinaxon
5. Xidirova Zaynaboy
6. Salaydinova Madina
7. Hamroyeva Shoira
8. Abdullayeva Dildora
9. Primova Gavhar
10. Jo'raqulova Oltinoy
11. Abdulxamidova Manzura
12. Rustamova Zebo
13. Sulaymonova Noila
14. Toshmatova Barno
15. Sobirova Havasxon
16. Muxammadiyeva Mohichehra
17. Ro'ziboyev Odilbek
18. Shomurodova Jasmina
20. Maxammadxo'jayeva Feruza

Mana shular bilan bog'lanib suhbat tashkil qilishga harakat qilamiz. Esseda yo'q qo'ygan xato va kamchiliklaringizni bilib olishingiz mumkin bo'ladi. Keyingi imtihonlarda ishtirok etuvchilar uchun ham bu suhbat qo'llanma bo'lishi mumkin.

Milliy sertifikatdan pastroq ball olgan tanishlaringizga ham jo'natib qo'ying
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM