Milly sertifikat darslari.
496 subscribers
301 photos
5 videos
80 files
10 links
Kanal yaratilgan sana: 22.01.2025.

Bizda:
1. MS doir savollar va testlar.
2. Badiiy asarlar savol - javobi.
3. Badiiy san'atlar bo'yicha numunalar.
4. Esse haqida ko'nikmalar.


☎️ Murojaat uchun: @Umidaxon0904

❗️ Biz bilan rivojlanasiz.
Download Telegram
+70 esse yozmoqchi bo'lsangiz, mana shu strategiyadan foydalaning👇

Kirish qism uchun
1.Hozirgi kunda,
2.So’nggi yillarda
3.Ko’pchilikka ma’lumki
4.Jamiyatimizda keng muhokama qilinayotgan masalalardan bir bu…

Asosiy qism
(1-band) uchun
Birinchi qarash tarafdorlarining fikriga ko’ra,
Birinchidan,
Ikkinchidan,
Aslida,
Darhaqiqat,
Shubhasiz,

Asosiy qism


(2-band) uchun
1.Har narsaning bahosi uning ziddi bilan o’lchanganidek,
2.Bu masalaga boshqa tomondan qarasak,
3.Tarozining ikki pallasi bo’lgani kabi,
4.Avvalo,
5.Jumladan,
6.Shuningdek,
7.Har narsaning aksi bo’lganidek

Shaxsiy qarash uchun
1.Mening shaxsiy nuqtayi nazarimdan kelib chiqadigan bo’lsak,
2.Mening fikrimcha
3.Bu borada shaxsiy qarashim quyidagicha
4.Hayotiy tajribalarimga tayanib aytadigan bo’lsam,
5.Shaxsiy kuzatuvlarimga ko’ra

Xulosa qism uchun
1.Muxtasar qilib aytganda, 2.So’ngso’z o’rnida shuni aytish lozimki,
3.Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib shuni aytish kerakki, 4.O’ylashimcha,
5.Shunday qilib

Dalil keltirish uchun
1.Statistik ma’lumotlarga tayanib, 2.Tarixiy manbalarga ko’ra, 3.Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, 4.Mutaxassislarning fikricha
5.Bunga isbot sifatida…. ni keltirish mumkin.
1-smenada tushgan qit'a va uning tahlili

Quloqda asra garonmoya so‘zni-yu fikr et
Ki, dursiz o‘lsa, ne bo‘lg‘usidur sadaf holi.

So‘zungni dag‘i ko‘ngul ichra asrag‘ilkim, hayf
Kim, uyla durjni guhardin etkasen xoliy.

Nasriy bayoni:

  Qimmatbaho so‘zni quloqda asra, fikr et. Sababki, dursiz sadaf qay holga tushadi, sen sadafsan - so‘z dur. So‘zingni ko‘nglingda saqla, uni hayf etmagin. Uydan qimmatbaho toshlar saqlanadigan sandiqni olib chiqsa nima bo‘ladi? Bu sandiq va ikki sadafni dur bilan to‘ldirish qanday yaxshi, voh, oliydan-da oliy gavharlar-ku bu!

  Bir gapga quloq solmaslik insonning fitratida bor narsa. Oqillargina suhbatdoshini suhbatin oxirigacha eshitadi. Navoiy fikricha, sening foydangga aytilayotgan oltindan qimmatli so‘zlarga quloq sol, fikr et. Qalbingga jo ayla. Qulog‘ing ham tafakkuring ham sadafdir. Uni durlar bilan to‘ldir. Qalbing esa shu sadaflar turadigan sandiq. Uni ochiob qiymatini tushirma.

@esse_darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milly sertifikat darslari.
19-aprel esse mavzusi: (2-smena)

Oʻzbekistonda taʼlim samaradorligini oshirish boʻyicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda: Jamiyatning ayrim vakillari taʼlimga boʻlgan eʼtibor ruhiy bosim va tahlikalarga sabab boʻlishini taʼkidlaydilar, ayrim vakillar esa taʼlimni hayotiy zarurat hisoblab, yangi takliflarni taqdim etmoqda.

▪️Bugungi kunda O‘zbekistonda ta’lim tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayon davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodni raqobatbardosh va bilimli etib tarbiyalash jamiyat taraqqiyotining kafolatidir. Biroq bu boradagi sa’y-harakatlar jamiyatda turli munosabatlarga sabab bo‘lmoqda — ayrimlar bu bosqichdagi jarayonlarni ruhiy bosim sifatida baholasa, boshqalar esa bu islohotlarni ijobiy qabul qilib, o‘z takliflarini ilgari surmoqda.

▪️So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatlari kengaytirildi, zamonaviy maktablar barpo qilindi, o‘qituvchilarning mehnat haqlari oshirildi. Shuningdek, “Maktab ta’limini rivojlantirish” agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ta’lim sifatiga oid muammolarga tizimli yondashuv kuchaytirildi. Bu o‘zgarishlar orqali davlat ta’limga e’tibor qaratayotganini ko‘rish mumkin.

▪️Shu bilan birga, ba’zi ota-onalar, o‘quvchilar va hatto pedagoglar bu jarayonlarni stress, bosim va haddan tashqari yuklama deb hisoblaydi. Uzoq davom etadigan darslar, ko‘plab uyga vazifalar, test sinovlari yoshlar salomatligi va psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bolalarning dam olishga, ijod qilishga va oilaviy vaqtga ega emasligi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

▪️Boshqa bir tomondan, ijtimoiy faol shaxslar, mutaxassislar va ota-onalarning bir guruhi esa bu islohotlarni hayotiy zarurat deb bilmoqda. Ularning fikricha, bugungi raqobatbardosh dunyoda o‘z o‘rnini topish uchun har bir inson chuqur bilimga, keng dunyoqarashga ega bo‘lishi lozim. Masalan, IT, chet tillari, muhandislik yo‘nalishlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bu esa ta’limga sarmoya qilishni hayotiy ehtiyojga aylantirmoqda.

▪️Shaxsan men bu ikki fikr orasida muvozanat bo‘lishi tarafdoriman. Ta’lim – jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil, biroq bu yo‘lda bolalar va yoshlarning ruhiy salomatligi e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Ta’lim jarayonlari interaktiv, qiziqarli, ijodiy yondashuvlarga boy bo‘lsa, ham o‘quvchilar, ham ota-onalar bu tizimni ijobiy qabul qiladilar. Ta’limdagi yuklama me’yorida bo‘lishi, farzandlarning shaxs sifatida shakllanishiga to‘siq bo‘lmasligi lozim.

▪️Xulosa qilib aytganda, ta’lim sohasidagi islohotlar – mamlakat kelajagiga qilingan sarmoyadir. Biroq bu jarayonda o‘quvchilarning ruhiy va jismoniy holati e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Maktab dasturlarini optimallashtirish, o‘qitish usullarini zamonaviylashtirish, dam olish va ijodga vaqt ajratish kabi chora-tadbirlar bilan bu muvozanatga erishish mumkin. Shundagina ta’lim islohotlari chinakam samaradorlikka erishadi va jamiyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi.

@esse_darslari
36-savol ishlanishi bilan, to‘liq:

1. Xursand, shod, yaxshi = ? (sinonimini topamiz)
2. Vaqt, davr, kez = ? (sinonimini topamiz)

Shu sinonimlar o'zaro shakldosh bo'lsin.

Javob: chogʻ


@esse_darslari
6-TEST. So zlar ma nolari.pdf
2 MB
💟💟💟

Milliy sertifikat imtihonida neologizmlar va tarixiy so'zlarning ma'nolari asosida  test tushayotganidan xabaringiz bor. Ushbu jadvaldagi faqat tarixiy so'zlar va neologizmlar degan joyini o'qing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19-aprel 2-smenaga tushgan savollar
1.Memuar, memorial, meʼmoriy
2.Bosh harf va Chiziqcha ( xato hukmni soʻragan)
3.Hunar, qiliq, odat
4.Xato izohlangan ( taqriz)
5.Yakdilchilik
6.Alisher Navoiy bilan boshlanadigan gap( shaʼn- sharaf)
7.Otlar haqida tub narsa, shaxs va faoliyat -jarayon oti
8.Feʼl - oʻtimli va xabar maylidagi qoʻshma feʼl
9.Vositasiz toʻldiruvchiga bogʻlangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan
10.Bogʻlanish( Azaldan shakllanib keladi, yangi yil misolida)
11.Qoʻshimchalar haqida edi
12.Tinish belgilar haqida xato  hukm( 1 va2)
13.Sanʼatkor( traktorist)
14."Tushda kechgan umrlar"- Rustam
15."Ming bir jon"  toʻgʻri hukm-- irodaliligi
16."Asrga tatigulik kun " toʻgʻri hukm-- Abutolib bilan javob
17."Asrga tatigulik kun "  toʻgʻri hukm-- yana Abutolib bilan javob
Fotosintez matn
Badiiy matn( ayollarning oʻzini yoqishi haqida)
28.Xato hukm( yorning ogʻzi shakar)
29.Tashxis qaysi baytda- 3 bayt
30.Toʻgʻri hukm-- yorning yuzi yulduzga oʻxshatilgan
31.Notoʻgʻri hukm-- yorning yuzi tonga
32.Sheʼriy san'at: litota va sifatlash
33.Shaxs maʼlum gap
34.Ajratilgan boʻlak
35.Atov gap
36.Chogʻ
37 Tire
38.-dan
39.Vositasiz toʻldiruvchi va ega
40.tarjimalari
Imkon beradi
41.Yuz poraligi
Oddiy xalq
42.Chunki
Sabab
43.T
Mutlaq
44.Nosiq doʻst
Aybini tuzatadigan insonlar
20-aprel 1-smena

1. Temperament, tarmoq, tennis
2. Zilzila, zim-ziyo, zil-zambil
3. Taqir, yaydoq, qurg‘oq
4. Taftish
5. Toshloqli
6. Xorazimiy klassik musiqasi zalvarli
7. To‘g‘ri: 4 tasi to‘g‘ri
8. Feʼl: ko‘makchi feʼl, o‘timli feʼl, xabar mayli. 1,2,3
9. 
10. Muxtasar qilib aytganda,
Javob: kirish gap va kirish so‘z, holning bir maʼno turi
11.
12. Tinish belgi: 2, 3
13. Molxona: choyshab bilan bog‘liq:
Javob: hukumat qonunlarni o‘ziga moslashtirgan
14. Qiyomat: ikki kilogramm jun mulohazasi.
Javob: cho‘ponning ichki isyoni
15. Qiyomat romani: To‘g‘ri hukm. Kolxozlashtirish siyosati.
16. Sanʼatkor: Rejissyor gapi:
Javob: traktorchi so‘zning farqiga boradi.
17. Oltin zanglamas: Mirsalim vatanni sotishi.
18. Fan texnika rivojlanishi bilan
19. Kolumbiya nomi
20. Ekologiyaga taʼsiri bo‘ladi
21. Platina xar xil rangda bo‘ladi.
22.
23. Otamdan qolgan dalalardan parcha
28.
33. Nomozshom-Atov gap
34. Tog‘-dashtlar sendan-undalma
35. Hikmat kimdna o‘rgandin?-to‘liqsiz gap
36. Kez
37. Tire
38. Dan
39. Payt holi
40. A) tarjima qilingan B) tarjima qilingan
41. A) Esa B) zidlash
42. A) qizil rang. B) laʼling
43. O-mutloq
44. A) rizq B)?
2-semenaga tushgan savollar 📌
1.Memuar, memorial, meʼmoriy
2.Bosh harf va Chiziqcha ( xato hukmni soʻragan)
3.Hunar, qiliq, odat
4.Xato izohlangan ( taqriz)
5.Yakdilchilik
6.Alisher Navoiy bilan boshlanadigan gap( shaʼn- sharaf)
7.Otlar haqida tub narsa, shaxs va faoliyat -jarayon oti
8.Feʼl - oʻtimli va xabar maylidagi qoʻshma feʼl
9.Vositasiz toʻldiruvchiga bogʻlangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan
10.Bogʻlanish( Azaldan shakllanib keladi, yangi yil misolida)
11.Qoʻshimchalar haqida edi
12.Tinish belgilar haqida xato  hukm( 1 va2)
13.Sanʼatkor( traktorist)
14."Tushda kechgan umrlar"- Rustam
15."Ming bir jon"  toʻgʻri hukm-- irodaliligi
16."Asrga tatigulik kun " toʻgʻri hukm-- Abutolib bilan javob
17."Asrga tatigulik kun "  toʻgʻri hukm-- yana Abutolib bilan javob
Fotosintez matn
Badiiy matn( ayollarning oʻzini yoqishi haqida)
28.Xato hukm( yorning ogʻzi shakar)
29.Tashxis qaysi baytda- 3 bayt
30.Toʻgʻri hukm-- yorning yuzi yulduzga oʻxshatilgan
31.Notoʻgʻri hukm-- yorning yuzi tonga
32.Sheʼriy san'at: litota va sifatlash
33.Shaxs maʼlum gap
34.Ajratilgan boʻlak
35.Atov gap
36.Chogʻ
37 Tire
38.-dan
39.Vositasiz toʻldiruvchi va ega
40.tarjimalari
Imkon beradi
41.Yuz poraligi
Oddiy xalq
42.Chunki
Sabab
43.T
Mutlaq
44.Nosiq doʻst
Aybini tuzatadigan insonlar
____
Imlo

Qaysi qatordagi so‘zlar qo’shib yoziladi.

A) subhi//dam, nuqtayi//nazar, olam//shumul  
B) jahd//jadal, xarsang//tosh, qo‘llab//quvvatlamoq
C) go‘r//so‘xta, xayrli//kun, yov//voyi  
D) alal//xusus, bir//pas, xona//vayron
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yordamchi fe'llar haqida

Aprel oyidagi milliy sertifikat imtihonlarida ko'pchilik talabgorlarni o'ylashga majbur qilgan, yechimi qiyindek tuyilgan, aslida juda oddiy narsa haqida fikr yuritamiz:

Yordamchi fe'llar - o'zida mavjud bo'lgan mustaqil atash ma'nosini yo'qotib, biror mustaqil (aksariyat hollarda ot) va oraliqdagi so'z turkumlariga oid bo'lgan so'z bilan birga qo'llanilib, kompozitsiya usulida yangi so'z yasashga xizmat qiluvchi fe'llardir.

Masalan :

a) Ot + qil, et, ayla, ber, sol, ko'r, ol, top, bo'l : hikoya qilmoq, himoya qilmoq, qayd etmoq, duo olmoq, ayyuhannos solmoq, javob bermoq, qo'nim topmoq, judo bo'lmoq, tush ko'rmoq, xalal bermoq... ;

b) Sifat + qil, bo'l, ayla, ko'r : abgor qilmoq, tayyor qilmoq, ado bo'lmoq, ogoh aylamoq, yaxshi ko'rmoq... ;

c) Undov so'z + ur, de, sol: oh urmoq, dod solmoq, dod demoq, oh demoq... ;

d) Taqlid so'z + qil, et, de : taq- taq qilmoq, qilt etmoq, qars etmoq, lip etmoq, vov - vov demoq

Bu so'zlar qo'shma fe'l hisoblanadi va yasama so'zlarga olinadi.
Modal ma'no - o'z atash ma'nosini batamom yo'qotib, shunchaki, so'zga qo'shimcha boshqa ma'nolarni yuklashdir va bu holat fe'l so'z turkumiga oid so'zlarda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasida aynan ko'makchi fe'l bo'lib kelgan so'zda aniq aks etadi.

Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi - fe'l + fe'l tipida shakllangan birlik hisoblanib, u tarkibiy jihatdan yetakchi va ko'makchi fe'lga ajraladi. Yetakchi fe'ldagi harakat va holat aniq amalga oshib, ko'makchi fe'ldagi lug'aviy (atash) ma'no o'z xususiyatini yo'qatib, faqat qo'shimcha ma'no yuklash uchungina ishtirok etadi. Bu holatda biz ko'makchi fe'lni tushirib qoldirsak ham, mazmunga umuman ta'sir ko'rsatmaydi. Shunchaki, ma'no kuchayishi yo'qoladi, xolos.

M: Jiyanim bir yoshga yetar-yetmas gapirib ketdi - bola 'gapirgan' (yetakchi fe'l) , ammo 'ketmagan' (ko'makchi fe'l). ' Ketdi' fe'li gapda modal ma'no ifodalagan, xolos.