Milly sertifikat darslari.
519 subscribers
285 photos
3 videos
78 files
10 links
Kanal yaratilgan sana: 22.01.2025.

Bizda:
1. MS doir savollar va testlar.
2. Badiiy asarlar savol - javobi.
3. Badiiy san'atlar bo'yicha numunalar.
4. Esse haqida ko'nikmalar.


☎️ Murojaat uchun: @Umidaxon0904

❗️ Biz bilan rivojlanasiz.
Download Telegram
Milly sertifikat darslari.
Esse mavzusi: Baxtsiz hodisalarning oqibatlarini yengillashtirish maqsadida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada ayrimlar sug'urta kompaniyalari orqali mol-mulkni sug'urtalash lozimligini ta'kidlaydi, ayrimlar esa sug'urta tizimiga ishonchsizlik…
Sug‘urta tizimi.❗️

Har bir inson hayoti davomida turli xavf-xatarlarga duch keladi. Tabiiy ofatlar, yong‘inlar, avtomobil halokatlari, mulk talofotlari yoki sog‘liq bilan bog‘liq kutilmagan muammolar hayot sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holatlarda zararlarni qoplash, hayotni tiklash va yo‘qotishlarni yengillashtirish uchun kuchli mexanizm – bu sug‘urta tizimidir. Bugungi kunda ko‘plab davlatlar ushbu tizimni rivojlantirish orqali fuqarolarning moliyaviy barqarorligini ta’minlab kelmoqda. Ammo jamiyatimizda sug‘urtaga nisbatan turli qarashlar mavjud: ayrimlar uning zarurligini tan olsa, boshqalar ishonchsizlik bilan qaraydi.

Sug‘urta tizimi aslida xavfni taqsimlash, yo‘qotishlarni yengillashtirish va moliyaviy barqarorlikni saqlab qolishning eng samarali vositalaridan biridir. Masalan, agar fuqaroning uyi yong‘inda zarar ko‘rsa yoki avtomobili halokatga uchrasa, u mustaqil ravishda yo‘qotilgan mol-mulkni tiklashi juda qiyin bo‘ladi. Ammo agar u avvaldan sug‘urtalangan bo‘lsa, bu holatdagi zararlarning asosiy qismini sug‘urta kompaniyasi qoplaydi. Natijada fuqaro hayotini qisqa fursatda qayta tiklashi mumkin. Bu – sug‘urtaning asosiy foydasi.

Shu bilan birga, ba’zi odamlar sug‘urta tizimiga ishonchsizlik bilan qaraydi. Buning sabablari turlicha: ayrimlar sug‘urta kompaniyalarining va’dalariga amal qilmasligini, ba’zilar esa to‘lovlar paytida yuzaga keladigan byurokratik muammolarni tanqid qiladi. Afsuski, ba’zi yirik holatlarda sug‘urta kompaniyalari o‘z majburiyatlarini bajarmaslikka urinadi yoki mijozdan ortiqcha hujjatlarni talab qilib, jarayonni murakkablashtiradi. Bu holatlar esa tizimga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi.

Biroq bu muammolarni sug‘urta tizimidan butunlay voz kechish orqali emas, balki uni isloh qilish, shaffoflikni ta’minlash va aholining sug‘urta madaniyatini oshirish orqali hal etish mumkin. Birinchidan, sug‘urta kompaniyalari o‘z faoliyatini aniq va tushunarli asosda yuritishi, mijozlarga sug‘urta shartlarini batafsil tushuntirishi kerak. Ikkinchidan, davlat tomonidan bu sohadagi nazorat kuchaytirilishi, nohalol kompaniyalarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi lozim. Uchinchidan, aholi o‘z huquq va majburiyatlarini yaxshi bilishi, sug‘urta shartnomasini puxta o‘qib chiqib, ongli qaror qabul qilishi zarur.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari, ta’lim muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlari orqali aholiga sug‘urta tizimining afzalliklari, uning qanday ishlashi haqida muntazam tushuntirish ishlari olib borilishi kerak. Chunki bilimli fuqaro o‘zini moliyaviy xavflardan himoya qilishni biladi. Bu esa nafaqat shaxsiy, balki jamiyat miqyosida barqarorlikni mustahkamlovchi omildir.

Xulosa qilib aytganda, sug‘urta tizimi – bu nafaqat moliyaviy himoya, balki kelajakdagi kutilmagan sinovlarga tayyorgarlik vositasidir. Undan to‘g‘ri va ongli foydalanish orqali insonlar o‘zlarini va yaqinlarini og‘ir yo‘qotishlardan asrab qolishlari mumkin. Tizimdagi muammolarni islohotlar orqali bartaraf etish va jamiyatda sug‘urta madaniyatini shakllantirish esa ushbu vositadan maksimal darajada foydalanishga imkon beradi.

@esse_darslari
Esse mavzusi:

Kadrlar masalasi davlat siyosatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrimlar yuqori lavozimlarga yosh kadrlarni tayinlash soha rivoji uchun muhim ekanini ta'kidlasa, ayrimlar uzoq yillik tajribaga ega bo'lgan kishilarni mas'uliyatli ishlarga tayinlash kerakligini ma'qullashadi.

Bu mavzuni ham ko'rib qo'yish zarar qilmaydi.

@esse_darslari
6-savol uchun maxsus qarab qo'yishingiz tavsiya etiladi.
II smena imtihoniga kiruvchi qadrdonlar uchun ba'zi so'zlar izohi:

TAHRIR - ozod qilish; tuzatish, muharrirlik qilish; yozish, asar yozish;  Yozma ishni, asarni tuzatishlar kiritib yaxshilash, tuzatish.

TA'SIROT - Ta'sir; ta'sirlar.

TANQID - baho berish maqsadida o'rganish, tahlil qilish va shu asosdagi xulosa; Ish-harakat, faoliyat, asar, ta'limot va sh.k. ning yutuqlarini qayd etish, kamchilik va nuqsonlarini belgilash va bartaraf etish maqsadidagi muhokama, tahlil.

TAASSUROT - ta'sirchanlik, hassoslik; g'am-anduh, xafagarchilik; Ko'rilgan, his etilgan hodisa, kishi yoki narsa to'g'risida ko'ngilda, xotirada qolgan iz, tug'ilgan fikr va his-tuyg'ular majmui.

Manfaatli bo'lsin!
+70 esse yozmoqchi bo'lsangiz, mana shu strategiyadan foydalaning👇

Kirish qism uchun
1.Hozirgi kunda,
2.So’nggi yillarda
3.Ko’pchilikka ma’lumki
4.Jamiyatimizda keng muhokama qilinayotgan masalalardan bir bu…

Asosiy qism
(1-band) uchun
Birinchi qarash tarafdorlarining fikriga ko’ra,
Birinchidan,
Ikkinchidan,
Aslida,
Darhaqiqat,
Shubhasiz,

Asosiy qism


(2-band) uchun
1.Har narsaning bahosi uning ziddi bilan o’lchanganidek,
2.Bu masalaga boshqa tomondan qarasak,
3.Tarozining ikki pallasi bo’lgani kabi,
4.Avvalo,
5.Jumladan,
6.Shuningdek,
7.Har narsaning aksi bo’lganidek

Shaxsiy qarash uchun
1.Mening shaxsiy nuqtayi nazarimdan kelib chiqadigan bo’lsak,
2.Mening fikrimcha
3.Bu borada shaxsiy qarashim quyidagicha
4.Hayotiy tajribalarimga tayanib aytadigan bo’lsam,
5.Shaxsiy kuzatuvlarimga ko’ra

Xulosa qism uchun
1.Muxtasar qilib aytganda, 2.So’ngso’z o’rnida shuni aytish lozimki,
3.Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib shuni aytish kerakki, 4.O’ylashimcha,
5.Shunday qilib

Dalil keltirish uchun
1.Statistik ma’lumotlarga tayanib, 2.Tarixiy manbalarga ko’ra, 3.Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, 4.Mutaxassislarning fikricha
5.Bunga isbot sifatida…. ni keltirish mumkin.
1-smenada tushgan qit'a va uning tahlili

Quloqda asra garonmoya so‘zni-yu fikr et
Ki, dursiz o‘lsa, ne bo‘lg‘usidur sadaf holi.

So‘zungni dag‘i ko‘ngul ichra asrag‘ilkim, hayf
Kim, uyla durjni guhardin etkasen xoliy.

Nasriy bayoni:

  Qimmatbaho so‘zni quloqda asra, fikr et. Sababki, dursiz sadaf qay holga tushadi, sen sadafsan - so‘z dur. So‘zingni ko‘nglingda saqla, uni hayf etmagin. Uydan qimmatbaho toshlar saqlanadigan sandiqni olib chiqsa nima bo‘ladi? Bu sandiq va ikki sadafni dur bilan to‘ldirish qanday yaxshi, voh, oliydan-da oliy gavharlar-ku bu!

  Bir gapga quloq solmaslik insonning fitratida bor narsa. Oqillargina suhbatdoshini suhbatin oxirigacha eshitadi. Navoiy fikricha, sening foydangga aytilayotgan oltindan qimmatli so‘zlarga quloq sol, fikr et. Qalbingga jo ayla. Qulog‘ing ham tafakkuring ham sadafdir. Uni durlar bilan to‘ldir. Qalbing esa shu sadaflar turadigan sandiq. Uni ochiob qiymatini tushirma.

@esse_darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milly sertifikat darslari.
19-aprel esse mavzusi: (2-smena)

Oʻzbekistonda taʼlim samaradorligini oshirish boʻyicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda: Jamiyatning ayrim vakillari taʼlimga boʻlgan eʼtibor ruhiy bosim va tahlikalarga sabab boʻlishini taʼkidlaydilar, ayrim vakillar esa taʼlimni hayotiy zarurat hisoblab, yangi takliflarni taqdim etmoqda.

▪️Bugungi kunda O‘zbekistonda ta’lim tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayon davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodni raqobatbardosh va bilimli etib tarbiyalash jamiyat taraqqiyotining kafolatidir. Biroq bu boradagi sa’y-harakatlar jamiyatda turli munosabatlarga sabab bo‘lmoqda — ayrimlar bu bosqichdagi jarayonlarni ruhiy bosim sifatida baholasa, boshqalar esa bu islohotlarni ijobiy qabul qilib, o‘z takliflarini ilgari surmoqda.

▪️So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatlari kengaytirildi, zamonaviy maktablar barpo qilindi, o‘qituvchilarning mehnat haqlari oshirildi. Shuningdek, “Maktab ta’limini rivojlantirish” agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ta’lim sifatiga oid muammolarga tizimli yondashuv kuchaytirildi. Bu o‘zgarishlar orqali davlat ta’limga e’tibor qaratayotganini ko‘rish mumkin.

▪️Shu bilan birga, ba’zi ota-onalar, o‘quvchilar va hatto pedagoglar bu jarayonlarni stress, bosim va haddan tashqari yuklama deb hisoblaydi. Uzoq davom etadigan darslar, ko‘plab uyga vazifalar, test sinovlari yoshlar salomatligi va psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bolalarning dam olishga, ijod qilishga va oilaviy vaqtga ega emasligi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

▪️Boshqa bir tomondan, ijtimoiy faol shaxslar, mutaxassislar va ota-onalarning bir guruhi esa bu islohotlarni hayotiy zarurat deb bilmoqda. Ularning fikricha, bugungi raqobatbardosh dunyoda o‘z o‘rnini topish uchun har bir inson chuqur bilimga, keng dunyoqarashga ega bo‘lishi lozim. Masalan, IT, chet tillari, muhandislik yo‘nalishlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bu esa ta’limga sarmoya qilishni hayotiy ehtiyojga aylantirmoqda.

▪️Shaxsan men bu ikki fikr orasida muvozanat bo‘lishi tarafdoriman. Ta’lim – jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil, biroq bu yo‘lda bolalar va yoshlarning ruhiy salomatligi e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Ta’lim jarayonlari interaktiv, qiziqarli, ijodiy yondashuvlarga boy bo‘lsa, ham o‘quvchilar, ham ota-onalar bu tizimni ijobiy qabul qiladilar. Ta’limdagi yuklama me’yorida bo‘lishi, farzandlarning shaxs sifatida shakllanishiga to‘siq bo‘lmasligi lozim.

▪️Xulosa qilib aytganda, ta’lim sohasidagi islohotlar – mamlakat kelajagiga qilingan sarmoyadir. Biroq bu jarayonda o‘quvchilarning ruhiy va jismoniy holati e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Maktab dasturlarini optimallashtirish, o‘qitish usullarini zamonaviylashtirish, dam olish va ijodga vaqt ajratish kabi chora-tadbirlar bilan bu muvozanatga erishish mumkin. Shundagina ta’lim islohotlari chinakam samaradorlikka erishadi va jamiyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi.

@esse_darslari
36-savol ishlanishi bilan, to‘liq:

1. Xursand, shod, yaxshi = ? (sinonimini topamiz)
2. Vaqt, davr, kez = ? (sinonimini topamiz)

Shu sinonimlar o'zaro shakldosh bo'lsin.

Javob: chogʻ


@esse_darslari
6-TEST. So zlar ma nolari.pdf
2 MB
💟💟💟

Milliy sertifikat imtihonida neologizmlar va tarixiy so'zlarning ma'nolari asosida  test tushayotganidan xabaringiz bor. Ushbu jadvaldagi faqat tarixiy so'zlar va neologizmlar degan joyini o'qing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM