𝐄𝐬𝐤𝐢 𝐒𝐚𝐯𝐨𝐥𝐥𝐚𝐫
3.56K subscribers
781 photos
39 videos
5.44K links
@Eski_Savollar_Bazasi

Admin: @TurnirlarZkBot

Nasib 10000ta savol joylanadi bazaga
Download Telegram
Bugun o'qib qolgan go'zal satrim

Natijasi senga erishish bo'lsa,
Kutishdan charchamayman
Bu yil maktabni qaysi muchaldagilar bitiradi?
Demak maktab to'ng'izlarga qolarkanda😂👨‍🦯
Endi Bayer 04 deb yozmoqchi edim👨‍🦯
7667.

Rivoyatda aytilishicha M.Ulug‘bek, bobosi – Amir Temur taqdirini yulduzlar orqali bashorat qilib, o‘limdan saqlab qolgan. M.Ulug‘bek bobosining tole’nomasini aniqlab, o‘lim bilan bog‘liq xavf-xatar borligini ko‘radi, lekin aynan qanday turdagi xavf ekanligini bilmay turganida: «… minora koshini ko‘chib, tole’noma darajasi harfi ustiga tushib, uni ezib tashlaydi». Ushbu belgini ma’nosini to‘g‘ri tushungan M.Ulug‘bek bobosini aynan qanday xavfdan saqlash kerakligini tushunadi. Bu qanday xavf ekanligini siz ham ayting?

Javob: Zilzila
Izoh: «Bobom hayotiga bo‘lgan xavf zilziladandur va u bir soat ichida bo‘lajak».
Manba: X.Davron «Sohibqiron nabirasi» kitobidan.
7668.

Arximedning “Menga dunyoni tayanch markazini topib bering va men uni ostun ustun qilib tashlayman” degan jumlasini eshitgansiz. Rene Dekartda ham shunga o‘xshash tarzda “Menga materiya va harakatni bering men koinotni yarataman” degan jumlalar bor. Shunga o‘xshagan yana bir gapni Diyego Xose Fransisko de Paula Xuan Nepomuseno Mariya de los Remedios Sipriano de la Santisima Trinidat Martir Patrisio Ruis ham ayta turib o‘z gapini “va men uni to‘ldirib tashlayman” so‘zlari bilan tugatgan.
Savol: ushbu inson aytgan jumla boshidagi uchta so‘zni yozib bering?

Javob: “Menga muzeyni ko‘rsating”
Izoh: Bu inson Pablo Pikasso
7669.

Chingiz Aytmatovning "Oq bulut" asarida mug'ul istilochisi Chingizxon jangga kirganida yonida egarlangan,- jangovar holatda suvoriysiz ot olib yurganligi haqida
yozib qo'yilgan. Nimaga u suvoriysiz otni yonida olib yurgan?

Javob: Chingizxondan buni sababini so'raganda, u bizni g'alabaga yetaklaydi. Chunki u ot urush xudosi uchun tayyorlangan deb javob qilgan.
7670.

Karfagen shahri hozirgi qaysi davlat xududida joylashgan? Tunis davlatida.
Karfagenlik hunarmandlar yasagan idishlarga Yevropa boy-zodagonlari juda xaridor bo'lishgan. Eng boy kishilarga o'sha idishlarda musallaslar quyilgan. Xatto qirollar
Ham Karfagen ustalari yasagan qadahlarda may ichishgan. U idishlar vazni yengil va
nihoyatda nozikligi bilan ajralib turgan. Aytingchi, u idishlarni narxi ko'tarilishiga
va xaridorgir bo'lishiga nimadan yasalganligi sabab bo'lgan?

Javob: Chunki ular tuyaqush tuxumidan yasalgan. Tuyaqush tuxumining og'irligi 1,5 kg atrofida bo'ladi.
7671.

Hazrati Umar shunday deydilar
:
"Hayotimdagi bir voqeani eslasam kulaman yana birini eslasam yig'layman" deydilar
Kulganim, biz yoshligimizda hovla yasardik va unga sig'inardik, qornimiz och qolganimizda o'sha holvalarni yeb ham qo'yardik
Lekin ..... eslasam yig'layman ...
Diqqat savol nima uchun Umar hazratlarini bir voqeani eslab yig'laydilar?

Javob: "Johiliyat davrini o'zimni qizimni o'z qo'lim yerga tirik ko'mganman"
7672.

“Обител зла - 4: “O‘limdan keyingi hayot” filmida bosh qaxramon Elis Alyaskadan qaytarkan o‘zining kichik samalyoti bilan zombilarga to‘lib ketgan Los-Anjeles shahridagi bir muassasa binosini tomiga qo‘nadi. Binoda besh oltita kishi jon saqlayotgan edi. Ushbu bino atrofi zombilar bilan o‘rab olingan bo‘lib u yerdan chiqib ketishning iloji yo‘q bo‘lgan. Filmda bir personaj Elis va boshqalarga ushbu binodan chiqib ketish yo‘li borligini aytadi. Savol: Agar siz Elis qanday muassasa tomiga qo‘nganini bilgan bo‘lsangiz, ushbu binodan chiqib ketish yo‘lini aytgan personaj qaysi roli bilan mashhurlikka erishganini toping?

Javob: Maykl Skolfild
Izoh: Elis qamoqxonani tomiga qo‘ngan. Uentuort Miller esa “Побег из тюрми” teleserialida qamoqxonalardan qochishni rejalashtiradigan Maykl Skolfild roli bilan mashhur. Buni qarangki, “Oбител зла -4”da ham u bu ish bilan shug‘ullanishga urinib ko‘rgan.
7673.

Markiz de Sadning hikoyalaridan birida bir personaj shunday deydi: “Agar xonada pashsha bo‘lmasligini xohlasang, unda xonadan shakarni chiqarib tashla”. Hikoya qahramoni bu bilan jamiyatdagi qanday salbiy holatni yo‘qotish yo‘lini tushuntirmoqchi bo‘lganligini maksimal aniqlikda yozib bering?

Javob: Mamlakatda gadoylikka qarshi kurash (Fransiyada gadoylarni yo‘qotish)
Izoh: Personaj o‘z fikrini quyidagicha tushuntiradi. Gadoylarga qanchalik ko‘p sadaqa bersang, ularning soni ko‘payib boradi. Ularni yo‘qotishning eng samarali usuli ularga sadaqa bermaslikdir.
7674.

Mutaxassislar fikricha ularni qarindoshlaridan farq qilishiga sabab ayrim pigmentlarni yetishmasligi ekan. Bundan tashqari ko‘zlarining moviyligi bilan ham farqlanadi. Savol: Uni ikkita so‘z bilan ifodalang?

Javob: Oq yo'lbars
7675.

Pugachyov qo‘zg‘oloni Rossiyaning yarmigacha tarqalgan. Volga bo‘yi butunlay qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o‘tganini xukumat chet ellik diplomatlardan yashirib kelardi. Ammo Germaniyaning elchisi bozor aylanib yurib aynan bir narsaning sotuvda yo‘qligidan Volga Pugachyov qo‘lida deb xulosa chiqaradi. Savol: U bozordan topa olmagan narsa nima edi?

Javob: Bozorda qora ikra yo‘q edi. Moskvaga qizil ikra Kasiydan, Volgadan esa qora ikra keltirilgan
7676.

Onoriy Bustos Domekning Argentinada chop etgan kitobi tez orada o‘z muxlislari hamda tanqidchilarini topadi. Xose Luis Borxes uning asarini Adolfo Kaserosning asarlari bilan soltishtirib, yozuvchi haqida shunday deydi: “Uning asarlari na Adolfo Kaserosning yozgan asarlariga, na mening yozgan asarlarimga o‘xshaydi”.
Savol: Onoriy Bustos Domek kimning taxallusi?

Javob: Xose Luis Borxes va Adolfo Kaserosning birgalikdagi taxallusi
Izoh: Uning yozgan asarlari na Adolfo Kaserosning mensiz yozgan asarlariga, na mening usiz yozgan asarlarimga o‘xshaydi.
7677.

Regbichi Djonni Uilkinson har bir o‘yinda o‘rtacha 2 tadan drop gol urishi odatga aylanib qolgan. Mazkur statistikadan xabardor mutaxassislar Angliya terma jamoasi har o‘yinni shunday hisob bilan boshlaydi deb hazillashardilar. Bir necha yilgi o‘yinlarning birida o‘yin davomida jamoasi yutqazayotganiga qaramay jamoasiga mazkur hisobdagi g‘alabani olib kelgan inson 2008 yilgi qaysi terma jamoa a’zosi bo‘lgan?

Javob: “Zakovat” bilimdonlar terma jamoasi
Izoh: Har bir drop gol uchun regbida 3 ochko beriladi (2 tasi 6 ochko). Savolning 2-yarmi “Zakovat” o‘yinlari haqida edi. O‘z jamoasiga 6-0 hisobidagi g‘alaba olib kelgan inson bu Nizomiddinxo‘ja Nig‘monov va u 2008 yilning final o‘yinida “Zakovat” terma jamoasi tarkibida o‘ynagan.
7678.

Ko‘plab notijorat va nodavlat tashkilotlar mavjud. Bir jamoatchilar guruhi oziq-ovqat do‘konlarida faqat yangi, sog‘lom, zararsiz bo‘lgan mahsulotlarni sotishga chorlaydi. Ular oldindan bir supermarketni tanlab, u yerga oddiy xaridorlar ko‘rinishida borishar va berkitilgan videokamera orqali sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni tasvirga tushirar edi. Ma’lum vaqt o‘tgach, huddi shu do‘konga kelib o‘z e’tirozlarini ochiq tarzda bildirishadi. Qo‘llaridagi video esa do‘kon ma’lum qoidalarni buzayotganining isboti bo‘ladi. Diqqat savol: Jamoatchilar birinchi marta do‘konga tashrif buyurishganda yana o‘zlari bilan mahsus nima olib kelishgan? Faqat aniq javob qabul qilinadi?

Javob: O‘sha kuni chop etilgan gazeta.
Izoh: Jamoatchilarning asosiy maqsadi do‘kon rastalarida faqat sifatli tovar qo‘yilishi bo‘lgan. Ayrim hollarda rastalarda muddati o‘tib ketgan tovarlar ham sotilishi kuzatiladi. Shu tovarlarni aniqlash vaqti kameraga birinchi Tovar o‘ramidagi ishlab chiqarilgan sana va amal qilish muddati tushiriladi. So‘ng esa aynan o‘sha kuni chop etilgan gazeta sanasi tushiriladi.
7679.

Birinchisini tayyorlashda, eziladigan hom-ashyo, yupqa terisini ajratib olish uchun filtrdan o‘tkaziladi. Ikkinchisini tayyorlashda esa hom-ashyoning yupqa terisi qoldiriladi. Birinchi va ikkinchini to‘g‘ri ketma-ketlikda ayting?

Javob: Oq vino, Qizil vino
7680.

Xato qilmaslikka harakat qilib ushbu savolga javob bering. Djordj Oruelning mashhur romanidagi voqealarning boshlangan sanasini, ya’ni kun oy va yilini aniq yozib bering

Javob: 4 aprel 1984 yil.
Ya'ni "1984" asari haqida edi
7681.

⚠️Kunning oxirgi savoli:

She’riy topishmoq.

Sham yorug‘ida pushti, shamol tebratgan gullar,
Kunduz, sham o‘chganida qanday rangda ko‘rinar?

Javob: Topishmoqda aytilganidek «sham»ni o‘chiramiz. Shamol so‘zidagi «sham» o‘chirilsa, «ol» - ya’ni qizil so‘zi qoladi. To‘g‘ri javob – qizil rang.