๐„๐ฌ๐ค๐ข ๐’๐š๐ฏ๐จ๐ฅ๐ฅ๐š๐ซ
4.81K subscribers
959 photos
47 videos
6.58K links
@Eski_Savollar_Bazasi

Admin: @TurnirlarZkBot

Nasib 10000ta savol joylanadi bazaga
Download Telegram
๐Ÿ“Š Yakuniy natijalar

๐Ÿฅ‡ Askar: 30 ball
๐Ÿฅˆ
@bibliofil1: 10 ball
๐Ÿฅˆ
@anvar_nematov_2703: 10 ball
4.
@temporarly_7: 5 ball
4. ๐•Š๐•™๐•’๐•ฉ๐•๐• ๐•’๐•ซ๐•š๐•ž๐• ๐•ง๐•’: 5 ball
4.
@BekzodArs85: 5 ball
4.
@rhshn_a: 5 ball

๐Ÿ†Gสปoliblarni gสปalaba bilan tabriklaymiz!

Oสปyinimizda faol ishtirok etgan barchaga rahmat, ilmingiz bundanda ziyoda boสปlsin!
Bugun:

๐Ÿ’ Jami 15 ta savol o'ynaldi
โœ… 14 ta savol topildi

โ›”๏ธGrob savollar 7677

๐Ÿ†Bugungi g'oliblarimiz:

Askar. 30 ball

๐Ÿ“ฉSavol yuborgan bilimdonlar.

Buguncha yo'q๐Ÿคทโ€โ™‚

๐Ÿ’ฏ ancha ishtirokchi qatnashdi

๐Ÿ‘โ€๐Ÿ—จEng ko'p ko'rilgan savol 7676 savol
590 ta obunachi ko'rgan

๐Ÿ’ŒEng yaxshi savol qaysi bo'ldi sizningchi?
7667 dan boshlab 7681 gacha

๐Ÿ’ŒAgar sizda ham savollar bo'lsa:

Manzil:
@TurnirlarZkBot yoki @Killer_Crazy007
3-4ta zakovat kanalda admin(ka) kerak deb e'lon qilishibdi๐Ÿ˜
Men indamay qo'yaqolay a?
7682.

Savol yuborgan bilimdon: ะ˜ะบั€ะพะผ ะ ัƒัั‚ะฐะผะพะฒ


Payg'ambarimiz SAV aytdilar. Jannatga bir kishi kirib keladi. Jannatda biror hovli egasiz qolmagan bo'ladi. Va ular marxabo marxabo biz tomonga deydilar.
Jannatga kirgan kishi kim edi?

Javob: Abu Bakr r.a
7683.

Savol yuborgan bilimdon: ะ˜ะบั€ะพะผ ะ ัƒัั‚ะฐะผะพะฒ.


Uhud jangi kuni ikki qabila vaโ€™dasiga vafo qilmay jangga kirmay Rasulullox SAV ga xiyonat qilishdi. Bu qabilalar Uzal va Kora nomli qabilalar edi.
Uhud jangidan so'ng ularga qanday xukm qildilar

Javob: Afv etadilar
7684.

Savol yuborgan bilimdon: ะ˜ะบั€ะพะผ ะ ัƒัั‚ะฐะผะพะฒ


Rasulullox SAV bular menga Arsh ostidagi xazinadan berilgan deb
Qaysi suradagi qaysi oyatlarni aytdilar?

Javob: Baqara surasining oxirgi 2 oyati
7685.

Savol yuborgan bilimdon: ะ˜ะบั€ะพะผ ะ ัƒัั‚ะฐะผะพะฒ


Bu sahobani kunyalari Abu Muhammad. Ansorlardan , barcha g'azotlarda qatnashganlar. Rasulullox SAV dan 47 hadis rivoyat qilganlar. Bu sahobani ismlarini ayting?

Javob: Ka'b ibn Ujra r.a
7686.

Savol yuborgan bilimdon: ะ˜ะบั€ะพะผ ะ ัƒัั‚ะฐะผะพะฒ


Dunyo g'oyat o'zgaruvchan....... ko'p mudom sizni aldaydi.
Nuqtalar o'rnidagi so'zni topamiz?

Javob: Makrlari
7687.

Savol yuborgan bilimdon: ะ˜ะบั€ะพะผ ะ ัƒัั‚ะฐะผะพะฒ

Bu hayvon -Yevropa, old Osiyo va markaziy Osiyoda yashaydigan ajoyib hayvon. Bu juda ham yuvosh va dovyurak jonzot, u inson va qolgan hayvonlar uchun xavfli emas. U doim odamlardan yashirinib yuradi, ortiqcha muamolardan qochib. Bu hayvon uzunligi maksimum 90 sm ga teng, dumi esa 20-24 smga. Ogโ€˜irligi esa 24 25 kg oโ€˜rtacha. Ular asosan togโ€˜ oโ€˜rmonlarida yashaydiganlari bor va dashtda yashaydiganlari bor. Bu hayvonlar tungi hayvon hisoblanadilar, ular asosan kechqurun ovga chiqadilar. Ularning ozuqasi qurbaqa, qushlar, kaltakesaklar, sichqonlar, qush tuxumlari va toshbaqa tuxumlari
Bu qaysi hayvon?

Javob: Bo'rsiq
7688.

Savol yuborgan bilimdon: ะ˜ะบั€ะพะผ ะ ัƒัั‚ะฐะผะพะฒ


,,U hech qachon Sezar yoki Rim papasidek emasdi.Uning ortida ularnikidek armiya yo'q edi. Hech qanday maxsus qo'riqchilar haqida gap ham yo'q edi. U hech qachon saroylarda yashamadi, hech qanday boyliklarni ko'zlamadi. Agarda kimda kim diniy qonunlar bilan insonlarni ortidan ergashtirgan bo'lsa ham ,u aynan Muhammad s.a.v edi. U hech qachon qo'llab quvvatlanishga muxtoj emasdi, hech qachon maxsus kiyimda yurmas edi. U hech qachon o'zini ilohiy deb maqtanmadi, Payg'ambar nomi aynan shu inson uchun edi. Kimda kim hozirgi kunda shu insonni o'rganayotgan bo'lsa ,uning buyukligiga guvoh bo'ladi.
Men bu inson haqida juda ko'p gapirishim mumkin, shu inson aytgan gaplar menga havas va iymon baxsh etadi. Men bir umr shu insonning mexri va buyukligi asirasiga aylanaman,,
Bu so'zlar muallifi kim?

Javob: Anni Bezant
7689.

Savol yuborgan bilimdon: Jamshid Sunnatilloyev


Savol matnida BU ISH boshqa so'zlar bilan almashgan.
BU ISHning asosi 1745 yilda gvardiyaning elita qo'riqchilari bo'linmasi Coldstream polkida shakllangan deb ishoniladi. 1762 yilda Shotlandiya nizomlaridan birida shunday deyilgan: "Hech narsa bosh kiyimni buzmasligi va shlyapani yechish kabi bog'ichni iflos qilmasligi sababli, o'tish paytida faqat kaftni ko'tarish yetarli".
Savol. BU ISH nima ekanligini  aniq yozib bering?

Javob. Harbiycha salomlashish.
Qa'bul. Harbiy so'zi asosidagi shu mazmundagi javoblar.
Izoh: Shotlandiya harbiy nizomida yuqoridagi jumlalar keltirilgan. Chest berib salomlashish 1745-yilda Coldstream polkida vujudga kelgan. Biz ham an'anaga ko'ra bugungi navbatchilikni salomlashishga oid savol bilan ochib oldik.
Manba: ะŸั€ะธ ะบะพะฟะธั€ะพะฒะฐะฝะธะธ ะผะฐั‚ะตั€ะธะฐะปะฐ, ััั‹ะปะบะฐ ะฝะฐ ะธัั‚ะพั‡ะฝะธะบ ะพะฑัะทะฐั‚ะตะปัŒะฝะฐ: https://apriori-nauka.ru/uz/discourse/kto-dolzhen-pervym-otdavat-voinskoe-privetstvie-voinskoe.html
Forwarded from Saidbek [SS] via @PostBot
๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟTelegramda manfaat olish mumkin boสปlgan Siyosat , Tarix , Geografiya va boshqa turli sohalarga 30 dan ortiq kanallar jamlanmasini sizlarga taqdim etamiz.

Siz ushbu "Ilmiy" jildimiz orqali koสปplab bilimlarga ega boสปlishingiz mumkin.

Kanallarga a'zo boสปlish uchun ushbu yozuv ustiga bosing.
7690

Savol yuborgan bilimdon: Jamshid Sunnatilloyev

Savolni Toru beradi
.
Ushbu insonning sof boyligi 80 million dollarga baholangan. Shunday ekan Bu insonni KAMBAGโ€™AL deyish notoโ€™gโ€™ri boโ€™ladi. Livejournal.com sayti maโ€™lumotiga koโ€™ra Bu inson 2006-yilda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan birgalikda โ€œNega biz sizni BOY boโ€™lishingizni xohlaymizโ€ kitobini yozgan ekan.
Savol. 1947-yilda Hiloda tugโ€™ilgan bu inson kim?

Javob. Roberto Kiosaki
Qaโ€™bul. Kiosaki familiyasi boโ€™yicha.
Izoh: Savol matnidagi boy va kambagโ€™al soโ€™zlariga urgโ€™u berilishi sizni Kiosakining โ€œBoy ota, kambagโ€™al otaโ€ asariga olib borgan boโ€™lsa ajab emas. Robert Kiosakining toโ€™liq ism familiyasi Robert Toru Kiosaki ekanligini bilsangiz kerak.
Manba. https://en.wikipedia.org/wiki/Robert_Kiyosaki
https://bookclubby.livejournal.com/614993.html
https://uz.wikipedia.org/wiki/Boy_ota_kambag%27al_ota
7691.

Savol yuborgan bilimdon: ะะฝะฒะฐั€ ะะตัŠะผะฐั‚ะพะฒ


Uning birinchi qismi โ€œSherikโ€, ikkinchi qismi โ€œShayton vasvasasiโ€ deb nomlanadi. Savol: uchinchi qismining qanday nomlanganini bir harfi bir soโ€˜zda ayting?

Javob: ะซ operatsiyasi
Manba: https://daryo.uz/2020/08/28/i-operatsiyasi-va-shurikning-boshqa-sarguzashtlari-filmi-haqidagi-qiziqarli-faktlar/
7692

Savol yuborgan bilimdon: ะะฝะฒะฐั€ ะะตัŠะผะฐั‚ะพะฒ


โ€œSavdogarlar ustoziโ€ kitobida yozilishicha qoziga kuyov boโ€˜lgan Muborak toโ€˜ydan besh hafta oโ€˜tsa ham kelinni hatto yuziga ham qaramabdi. Buning sababini soโ€˜ragan qozi Muborakning javobidan biroz uyalib ketibdi. Diqqat savol: Muborak nima sababdan 5 hafta oโ€˜tib ham kelinning yuziga qaramagan va umuman yaqinlashmagan?

Javob: Qozi xonadonida mabodo harom luqma yeb qoโ€˜ygan boโ€˜lsa oradan 40 kun oโ€˜tishini kutgan.
7693.

โš ๏ธKunning oxirgi savoli

Savol yuborgan bilimdon: ะะฝะฒะฐั€ ะะตัŠะผะฐั‚ะพะฒ


Ushbu insonning xizmatiga barchangizning ehtiyojingiz bor. Shu bois ushbu kasbning tojik tilida nomlanishi โ€œalohida, xos, maxsus, oโ€˜ta muhim ish bilan shugโ€˜ullanuvchi kishiโ€ maโ€™nosini bildiradi. Oโ€˜zbek tilida esa bu soโ€˜z โ€œxabar beruvchi, notiqโ€ maโ€™nolarini ifodalaydi. Haqiqatdan ham ushbu insonlar xabar yetkazish barobarida, yaxshigina notiq, diplomat ham boโ€˜lishlari kerak. Yoโ€˜qsa oโ€˜zlariga yuklatilgan missiya bajarilmaydi. Savol: agar siz gap qaysi soโ€˜z haqida borayotganligini topgan boโ€˜lsangiz, oโ€˜zbek adabiyotida ushbu soโ€˜z qatnashtirib yozilgan roman nomini yoki ushbu roman muallifini yozib bering?

Javob: โ€œOโ€˜zi uylanmagan sovchiโ€ romani yoki muallifi Ahmad Aโ€™zam.
Izoh: Gap sovchi soโ€˜zi haqida borayotganligini anglagan boโ€˜lsangiz kerak. tojik tilida xos - alohida, maxsus, oโ€˜ta muhim maโ€™nolarini bildiradi. Xoskor esa maxsus ish bilan shugโ€˜ullanuvchi deganidir. Oโ€˜zbek tilida esa sovchi soโ€˜zining oโ€˜zagi qadimgi turkiycha sav โ€“ yaโ€™ni xabar, nutq soโ€˜zlaridan olingan.
Manba: https://uz.wiktionary.org/wiki/sovchi
https://n.ziyouz.com/books/uzbek_nasri/Ahmad%20A'zam.%20O'zi%20uylanmagan%20sovchi%20(roman).pdf