Ertaklar.uz
14.7K subscribers
397 photos
113 videos
39 files
159 links
Ertaklar.uz saytining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz!

ENG QIZIQARLI

📓 ERTAKLAR
🎼 AUDIOERTAKLAR
📺 MULTFILMLAR
🎶 BOLALAR UCHUN QO`SHIQLAR
🖼 TURFA XIL RASMLAR
🎥 KICHKINTOYLARNING VIDEOLARI
faqat bizning kanalda.
Download Telegram
“Disneyland” bog’i haqidagi qiziqarli ma’lumotlar
Har bir odam yoshligidan ajoyib dam olish maskani hisoblanmish “Disneyland” bog’ida hech bo’lmaganda bir marta bo’lishni xohlaydi. Bu bog’ – haqiqiy ertak va orzudir. Disney ko’pgina qiziqarli multfilmlarni suratga oldi. Ularning barchasi shu bog’da aks etgan. Disneyland bog’ida juda ko’plab atraktsionlar qurilgan bo’lib, ularni boshqa hech qayerda uchratish mumkin emas. Bu bog’ haqida siz hayolingizga ham kelmagan ma’lumotlar bor.
Disneyland endi ochilganda unda bor yo’g’i 18 atraktsion bo’lgan. Ulardan 14 tasi hozirda ham ishlaydi va tashrif buyuruvchilarni xursand qilishga xizmat qiladi. King Arthur Carousel bog’dagi ilk karusellaridan biridir. Karuselning yoshi hattoki bog’ning o’zidan ham naq 80 yoshga katta!

@ertaklar_uzz
Multqahramonlarga aynan o`xshash kishilar.
Elza, “Muz yurak” multfilmi
@ertaklar_uzz
📱: Audioertaklar.4-qism

💾: Hajmi: 39 MB

🌐: Internet:

📌: Bolajonlarning sevimli audioertaklari endi offline ko`rinishda.

📲: Yuklab olish:👇👇👇
Bo'ri va qo'zichoq ertagi

Barra o'tlarni chimdib yurgan qo'zichoq kunlarning birida otardan adashib qolganini sezmabdi. U tog' irmog'iga kelib qolibdi. Irmoqdagi suv toza va tiniq edi. Qo'zichoq endi suv ichmoqchi bo'lgan ekan, ro'parasida bo'ri paydo boiibdi. Bo‘ri shu qadar och ekanki, qo'zichoqni ko'rgan zahoti janjal chiqarishga va uni yeyishga qaror qilibdi. Uning ko'zlari yonib ketibdi va g'azab bilan bo'kiribdi:

-Ey, sen! Nega men ichmoqchi bo'lgan suvni loyqalatasan?!- debdi.

-Men uni hech ham loyqalatganim yo'q, - e'tiroz bildiribdi qo'zichoq.

- U axir yuqoridan pastga qarab oqayotir. Sen yuqorida, men esa pastdaman. Mening gunohim nimada?

Qo'zichoq bo'ridan qo'rqmabdi. Buni ko'rgan bo'ri qo'zichoqni boshqa numadadir ayblamoqqa qaror qilibdi va debdi:

-Yaxshi, balkim sen aybdor emasdirsan. Men eshitdim, o'tgan yili sen men haqimda yomon so'zlar aytgan ekansan. Men seni ko'p izladim. Mana endi qolga tushding!

-Tingla, bo'ri, men seni o'tgan yili qanday qilib haqorat qila olishim mumkin edi? Men axir, yaqindagina tug'ildim-ku!

Bo'ri shu qadar och ekanki, qo'zichoqni yeyishni istaganidan og'zidan so'lagi oqib ketibdi. U g'azab bilan hayqiribdi:

-Sen o'shanda tug'ilganmisan yoki yo'qmi, bu bilan ishim yo'q! Balki sening otang meni haqorat qilgandir, lekin baribir sen gunohkor- san! Men esa seni yeyman!

Bo'ri qo'zichoqqa tashlanibdi va uni yerga yiqitibdi. Bo'rining changalidan qutulishga kuchi yetmagan qo'zichoq yalinibdi:

-Otam senga nima yomonlik qilganini bilmayman. Menga rahm qil!

-Men ham bilmayman, sening otang va sen nima yomonlik qilding. Lekin shuni bilamanki, sening go'shting juda mazali va yumshoq. Se­ning aybing shunda! Shuning uchun seni yeyishim kerak! - deb bo'kiribdi bo'ri.

Odamlar o'rtasida ham shunday bo'ladi: yaxshi kishi hech qachon yomon kishidan muruvvat kutolmaydi.

https://t.me/ertaklar_uzz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺: Tom and Jerry (Том и Джерри)
10-qism
📝: Rus tilida
📬 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@ertaklar_uzz
Multqahramonlarga aynan o`xshash kishilar.
Missis Kartoshka, “O‘yinchoqlar tarixi” multfilmi
@ertaklar_uzz
Disneyland bog’ining o’t o’chirish deposiga tashrif buyursangiz,ikkinchi qavatda Walt Disney xonasini ko’rish mumkin. Shunday vaqtlarbo’lganki, tashrif buyuruvchilar buyuk ertakchining uyda ekanligini xonasidagichiroqning yoqig’ligidan bilishgan. Afsuski, bugungi kunda bu inson oramizdayo’q, shuning uchun xonasidagi chiroq yonmaydi. Millionlab odamlar Walt Disneyni u yaratgan ertaklardan biladilar.
📱: Audioertaklar.5-qism

💾: Hajmi: 38 MB

🌐: Internet:

📌: Bolajonlarning sevimli audioertaklari endi offline ko`rinishda.

📲: Yuklab olish:👇👇👇
Ortiqcha harajatlarsiz uy sharoitida kichkintoyingiz uchun qiziqarli o`yinchoqlarni yasashni xohlaysizmi? Unda bu aynan siz uchun.
@ertaklar_uzz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kichkintoylarning betakror tabassumlari jamlanmasi.😊
5-qism
Yaqinlaringizga ham ulashing:
@ertaklar_uzz
Minyonlar multfilmi
@ertaklar_uzz
Uyqu Malikasi qasri yaqinida kapsula ko’milgan bo’lib, uning ichida xat solingan. Bunomani faqatgina 2035 yilda, bog’ 80 yoshga to’lganda ochib o’qish mumkin.
@ertaklar_uzz
Yig‘layotgan bolani yupatishning eng oson yo‘llari

Yosh bolaning “namunali chiqishlari”dan hatto eng sabrli ota-onalar ham charchaydi. Bizning g‘oyalarimizdan foydalaning — mana ko‘rasiz, vaqt o‘tishi bilan bola sizning vazminligingizni ko‘rib, “tomosha” ko‘rsatishdan to‘xtaydi.

“Ko‘z yoshlarini chiniqtiramiz”
Bola yig‘layaptimi? Unga xalal bermang va to‘xtatishga urinmang, jarayonni qiyinlashtirib yuborasiz. Masalan, undan past ovozda yig‘lashni iltimos qiling (aks holda “qo‘shnilar yugurib keladi”, “mushuk qo‘rqadi”). Go‘dakni chalg‘itish uchun shaxsiy o‘rnak ko‘rsatishingiz mumkin. Va bola vazifani bajarishga harakat qilguncha uning jazavasi ham tamom bo‘ladi.

“Kim bu?”
Uyda ham, ko‘chada ham bir xilda ijobiy samara beruvchi universal usul. Bola yig‘lashni endigina boshlamoqchi bo‘lganda mushuknikidek yoki qushlardek ovoz chiqaring va “Kim bu? Uni izlaymizmi?” deb ayting. Va ularni izlashga kirishing.

“Diqqatni narsalarga qaratish”
Bola yig‘layotganda, ma’lumotlarni qabul qilishning asosiy yo‘llarini qo‘llab uning diqqatini chalg‘itish kerak. Eng oddiysi — nigohni qo‘llash: “qara, anavi uzoqdagi katta yashil narsa nima”, “e, qor ustidagi bu izlar kimniki”, “qara, yulduz uchgandek bo‘ldi” — bu vaziyatda ko‘zingiz nimaga tushsa, o‘sha narsani qo‘llashingiz kerak bo‘ladi.

“Razvedkachilar”
Bolaning eshitish qobiliyatini qo‘llab ko‘rish ham mumkin. Uning diqqatini boshqa tovushlarga qaratishga harakat qiling: “Eshityapsanmi, qushlar gaplashayotganga o‘xshaydi”, “Jim, kimdir taqillatyapti — balki Qorbobodir?” — bu yo‘nalishda cheksiz xayolparastlikka berilish mumkin!

“Kichkinalardek”
Bolalik xarxashasi paytlarida bolaga qiziqtiruvchi ovozda, lekin mehribonlik bilan ayting: “Endi sen chaqaloq bo‘lasan, maylimi?”. Va u bu nimani bildirishini anglaguncha, o‘zingizning “ko‘z yoshlariga qarshi dasturingizni” boshlang . Farzandingizga xuddi chaqaloqdek muomalada bo‘ling: uni yo‘rgaklayotgandek qilib ko‘rsating, “kichkitoyim” deb erkalang, boshini silang — mana ko‘rasiz, ikkalangiz ham xursand bo‘lasizlar.

https://t.me/ertaklar_uzz