BU QIZIQ
Ayiqlar qishda uxlaydimi?
Ayiqlar qish faslida uyquga ketishi haqida eshitgansiz-a? Lekin nima uchunligini bilasizmi? Ayiqning bir qoidasi bor. U qishki uyquga ketishdan avval to‘yib ovqatlanishi shart. Bo‘lmasam u uxlay olmay, o‘rmonda yemish qidirib yuradi. Qanday yemish deysizmi? Hozir bilib olamiz.
Ayiqlar kedr daraxtining yong‘og‘ini sevib tanavvul qiladi. Erinchoq polvon yong‘oqlarni asosan yerga to‘kilganlarini uyib olib, oyog‘i bilan chaqadi. Endi esa, “baqaloq” jonivor, yerga yotib olib, tili bilan chaqilgan yong‘oqlarni terib oladi. Juda aqlli-a? Lekin o‘rmondagi boshqa “do‘stlari”ning ham nasibasiga ko‘z olaytiradi. Ochofat ayiq yong‘oqlardan tashqari, qushlarning tuxumi va baliqlar bilan ham oziqlanadi. Bir amallab qornini to‘yg‘azib, iniga kirib ketadi va hech nima bezovta qilmasa, bahorgacha uxlashi mumkin. Ammo u juda tiyrak uxlaydi. Mabodo uyg‘ongudek bo‘lsa, uyqusi chala bo‘lgan yosh bola singari injiqlik qiladi. Hatto undan ham battar, ya’ni jahldor “maxluq”qa aylanadi. Chunki qorni ham och bo‘ladi-da. Tuzukroq o‘lja topolmagach, qor tagida qolgan yong‘oqlarni topib yeydi. Qorni to‘ygach, yana o‘z iniga ravona bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, ayiq uyiga qaytayotganda izlarini chalg‘itib tashlaydi. Ovchilar topolmasin, desa kerak-da. Uyasini ham ko‘z ilg‘mas yerga quradi, ya’ni ag‘anagan daraxt ildizlari ularning asosiy maskani. Kamdan-kam holatlarda g‘orga joylashadi. Ayiqlar uyasi issiq bo‘lishi uchun momiq o‘tlardan to‘shak to‘shaydi. Ular asosan yonboshlab yoki chalqancha yotadi. Ba’zi hollarda o‘tirib ham uxlashi mumkin. Aytishlaricha, ayiqlar uxlash chog‘ida qo‘lini so‘rib yotarmish. Yo‘q, bu noto‘g‘ri. Ayiqlarning terisi yangilanayotgan paytda ko‘p qashinadilar, xolos.
https://t.me/ertaklar_uzz

Telegram
Ertaklar.uz
Ertaklar.uz saytining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz!
ENG QIZIQARLI
📓 ERTAKLAR
🎼 AUDIOERTAKLAR
📺 MULTFILMLAR
🎶 BOLALAR UCHUN QO`SHIQLAR
🖼 TURFA XIL RASMLAR
🎥 KICHKINTOYLARNING VIDEOLARI
faqat bizning kanalda.
ENG QIZIQARLI
📓 ERTAKLAR
🎼 AUDIOERTAKLAR
📺 MULTFILMLAR
🎶 BOLALAR UCHUN QO`SHIQLAR
🖼 TURFA XIL RASMLAR
🎥 KICHKINTOYLARNING VIDEOLARI
faqat bizning kanalda.
Mikki Mausni hamma biladi. U ertakchining eng taniqli qahramonlaridan biridir. Bu sichqoncha kiyimini kiygan odam ixtiyorida 290 ta kostyum bor. Uning dugonasi Minni Mausning esa atigi 200 ta libosi bor.
@ertaklar_uzz
@ertaklar_uzz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞: Senimi,shoshmay tur! (Ну, погоди)
10-qism
📝: Rus tilida
📬 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@ertaklar_uzz
10-qism
📝: Rus tilida
📬 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@ertaklar_uzz
Ozodbek Nazarbekov - "Bolajon"
Aytaymi qaydan fayzi har ishimni
Aytaymi ro‘yobini xohishimni
Aytaymi qaydan fayzi har ishimni
Aytaymi ro‘yobini xohoshimni
Sanab o‘tirganda tushgan tishini
Baxtingdan quvonib yuray bolajon
Sher panjasiga musht uray bolajon
Baxtingdan quvonib yuray bolajon
Sher panjasiga musht uray bolajon
Dadajon, dadajonim desang
G‘amim qolmaydi
Deydilar bir kam dunyo kamim qolmaydi
Dadajon, dadajonim desang
G‘amim qolmaydi
Deydilar bir kam dunyo kamim qolmaydi
Tugarmidi bu dunyoning mushkullari
Tashvishlari tosh tishlatib qo‘ydi mani
Tugarmidi bu dunyoning mushkullari
Tashvishlari tosh tishlatib qo‘ydi mani
Xasratlarim unutay bir jilmay qani
Seni ko‘rsam quvonaman bolajon
Qalbimda ochilgan gulim lola jon
Seni ko‘rsam quvonaman bolajon
Qalbimda ochilgan gulim lola jon
Dadajon, dadajonim desang
G‘amim qolmaydi
Deydilar bir kam dunyo kamim qolmaydi
Dadajon, dadajonim desang
G‘amim qolmaydi
Deydilar bir kam dunyo kamim qolmaydi
Bobong Buxoriyga o‘xsha menga emas
Navoiy bo‘lolmaganim tinchlik bermas
Bobong Buxoriyga o‘xsha menga emas
Navoiy bo‘lolmaganim tinchlik bermas
Yozganim yurak hayqirig‘i she'r emas
Parvozni shayla cho‘qqiga bolajon
Bo‘ldi ko‘zing yum uyquga bolajon
Parvozni shayla cho‘qqiga bolajon
Bo‘ldi ko‘zing yum uyquga bolajon
Dadajon, dadajonim desang
G‘amim qolmaydi
Deydilar bir kam dunyo kamim qolmaydi
Dadajon, dadajonim desang
G‘amim qolmaydi
Deydilar bir kam dunyo kamim qolmaydi
@ertaklar_uzz
Aytaymi qaydan fayzi har ishimni
Aytaymi ro‘yobini xohishimni
Aytaymi qaydan fayzi har ishimni
Aytaymi ro‘yobini xohoshimni
Sanab o‘tirganda tushgan tishini
Baxtingdan quvonib yuray bolajon
Sher panjasiga musht uray bolajon
Baxtingdan quvonib yuray bolajon
Sher panjasiga musht uray bolajon
Dadajon, dadajonim desang
G‘amim qolmaydi
Deydilar bir kam dunyo kamim qolmaydi
Dadajon, dadajonim desang
G‘amim qolmaydi
Deydilar bir kam dunyo kamim qolmaydi
Tugarmidi bu dunyoning mushkullari
Tashvishlari tosh tishlatib qo‘ydi mani
Tugarmidi bu dunyoning mushkullari
Tashvishlari tosh tishlatib qo‘ydi mani
Xasratlarim unutay bir jilmay qani
Seni ko‘rsam quvonaman bolajon
Qalbimda ochilgan gulim lola jon
Seni ko‘rsam quvonaman bolajon
Qalbimda ochilgan gulim lola jon
Dadajon, dadajonim desang
G‘amim qolmaydi
Deydilar bir kam dunyo kamim qolmaydi
Dadajon, dadajonim desang
G‘amim qolmaydi
Deydilar bir kam dunyo kamim qolmaydi
Bobong Buxoriyga o‘xsha menga emas
Navoiy bo‘lolmaganim tinchlik bermas
Bobong Buxoriyga o‘xsha menga emas
Navoiy bo‘lolmaganim tinchlik bermas
Yozganim yurak hayqirig‘i she'r emas
Parvozni shayla cho‘qqiga bolajon
Bo‘ldi ko‘zing yum uyquga bolajon
Parvozni shayla cho‘qqiga bolajon
Bo‘ldi ko‘zing yum uyquga bolajon
Dadajon, dadajonim desang
G‘amim qolmaydi
Deydilar bir kam dunyo kamim qolmaydi
Dadajon, dadajonim desang
G‘amim qolmaydi
Deydilar bir kam dunyo kamim qolmaydi
@ertaklar_uzz
Forwarded from Ertaklar.uz
Ulug’bek Rahmatullayev - Go’dak nolasi
Bir bolakay kirdi masjidga,
O`zi edi juda ham xomush.
Masjid ahli undan so`rdilar:
“Bolajonim, kelding ne yumush?”
Shunda bola chuqur xo`rsindi,
Ko`zlariga biroz olib yosh.
Va bolakay javoban dedi:
“Ollohimdan bor edi so`rash.”
Ayting bobo, ayting amaki,
Xudo meni eshitadimi?
Bu yerda kim aylasa tilak,
Shu tilakka yetishadimi?
Dedilar: “ayt ne tilaging bor?”
Hayron bo`lib so`z qotdi ular.
Chin ko`ngildan, sof niyat ila
So`rasang gar, beradi Xudo.
Soraganing beradi Xudo.
Go`dak shunda qarab Qiblaga,
Ko`z yoshlarin to`kdi yashirmay.
Jajji qo`lin ochib duoga,
Bir narsalar der edi tinmay,
Bir nimalar der edi tinmay.
Shunda ular unga so`z qotdi,
Duoyingni eshitsin hamma.
Sen uchun ham duo qilaylik,
O`tinchingni eshitsa zora.
Ovozini baralla ochib,
Dedi: “Xudo, ey Xudojonim,
Duoyimni qabul qil, Egam,
Qaytar mening sen onajonim.”
Onamsiz men qanday yashayman?
Yonimda zor yig`laydi ukam.
Aytgin, Xudo nima qilay man?
Nahotki bu dunyo bir kam?
Murg`ak go`dak zor qaqshab yig`lar,
Duosini davom qilib der:
“Xudojonim, jonginam Xudo,
Hech bo`lmasa, otam qaytib ber,
Otam qaytib ber...”
Masjidga bir tushdi sovuqlik,
Hech kim bir so`z-kalom deyolmas.
Odamlarning vujudi titrar,
Nechun bilmam “omin” deyolmas.
Bir on jimib so`ngra yana u,
Bilmam der ular qaytmaydi.
Duolarim qabul qil, Egam,
Joylarini jannat et mayli.
Lekin erta yana qaytaman,
Javobingni aytasan menga.
Jannatingdan joy bersang agar,
O`yinchog`im beraman senga.
Qo`llarini tortib ominga,
Ko`z yoshlarin artganday bo`ldi.
Qo`llarini qo`yib ko`ksiga,
“Amakijon, duoyim bo`ldi.”
Ayting, Xudo meni ko`rdimi?
Tilagimni eshitgandir-a?
Ertaga ham kelsam maylimi?
Mendan jahli chiqmagandir-a?
Bolajonim, Udir rahmdil,
Duoyingni albat eshitdi.
InshaAlloh ota-onangni
Joylarini jannatda etdi.
InshaAlloh ota-onangni
Joylarini jannatda etdi...
Bolalarning kulgusi har bir burchagidan jaranglab turgan Mustaqil O`zbekistonimizga ko`z tegmasin. Ollohim hech qaysi go`dakni ota-ona mehridan ayro qilmasin.
BIZGA QO`SHILING

Go'dak nolasi
Ulug'bek Rahmatullayev
📬Yaqinlaringizga ham ulashing.
@ertaklar_uzz
@ertaklar_uzz
Qo’y bilan bo’ri ertagi
Bor ekan-da, yo’q ekan, och ekan-da, to’q ekan, o’tgan zamonda bir ona qo’y bilan bir qari bo’ri o’tgan ekan. Qo’yning to’rtta qo’zisi bor ekan. Bo’ri qo’zilarning barra go’shtlarini eyish orzusida doim payt poylab yurar ekan, ammo hech ilojini qilolmas ekan. Oxiri bo’ri o’ylab-o’ylab avval qo’y bilan do’st bo’lishga, keyin paytini topib, qo’zilarni eyishga ahd qilibdi. Qo’ynikiga kelib unga shunday debdi:
— E qo’yjon, eski gina-kuduratlarni tashlaylik, sen bilan bir umrga oshna bo’lgani keldim.
Qo’y bechora bo’rining gaplari chin bo’lsa kerak, deb o’ylabdi-da, u bilan oshna tutinibdi.
Qo’y har kuni o’tlagani keta turib, bolalariga eshikni ichidan zanjirlab olishni tayinlar ekan. Kechgacha o’tlab, elinini sutga to’ldirib, uyiga qaytar, eshikni taqillata turib, past ovoz bilan:
— Sanam gardash, manam gardash, bachcha xez, — der ekan. Bu: «Men keldim, eshikni ochinglar», degani ekan.
Onalarining ovozini eshitgan bolalari chopqillab kelib eshikni ochishar, tanalarini uning tanasiga suykab erkalanishar, keyin to’yib-to’yib sutidan mazza qilib emar ekanlar. Kunlardan bir kuni bo’ri ona qo’yning o’tlovdan qaytishini poylabdi. Katta tolning kallagiga chiqib turgan ekan, ona qo’y uyiga kelib, eshikni taqilatibdi-da, ovozini past kilib, «sanam gardash, manam gardash, bachcha xez», debdi. Bo’ri qulog’ini ding qilib tursa ham ona qo’y aytgan so’zni anglab ololmabdi. Ikkinchi kun tom orqasidagi changalzorda yotib poylabdi. Bu safar ham ona qo’yning so’zini anglab ololmabdi.
Uchinchi kun yaqinroq joyga o’ra kovlabdi-da, unga tushib ustiga sho’ra yopib olibdi. Bir vaqt ona qo’y o’tlovdan qornini to’yg’azib elinini sutga to’ldirib, bir bog’ bedani orqalab kelib qolibdi. Bo’ri qulog’ini ding qilib tursa, ona qo’y: «Bolalarim, men keldim. Sanam gardash, manam gardash, bachcha xez», dermish. Qo’zilar eshikni ochishibdi, ona qo’y ichkariga kiribdi. Kech bo’lib, tong otibdi. Ona qo’y har kungidek bolalariga eshikni ichidan zanjirlab olishni tayinlab, o’tloqqa jo’nabdi. Bo’ri kechki payt kelibdi-da: «Bolalarim, men keldim. Sanam gardash, manam gardash, bachcha xez», — debdi. Qo’zichalar bo’rining do’rilloq ovozidan onalari emasligini payqab qolib: «Bor yo’qol, sen bizning enamiz emassan, enamizning ovozi do’rilloq emas», — deyishibdi.
Bo’ri ishining o’ng kelmaganiga achinib, orqasiga qaytibdi. Ertasi kuni bo’ri ertalabdan boshlab tomoqlarini yog’lab, ovozini xuddi qo’yning ovozi holiga keltiribdi-da, kechroq qornini rosa ochirib, qo’yning uyiga kelibdi.
Eshikni taqillatib, past ovoz bilan: «Bolalarim, men keldim. Sanam gardash, manam gardash, bachcha xez», — debdi.
Bechora qo’zilar, enamiz kelibdi deb, eshikni ochishibdi. O’z murodiga etgan bo’ri qo’zilarni bitta qo’ymay eb, makoniga qaytibdi. Ona qo’y o’tloqdan qornini to’yg’azib, eliniga sutni to’ldirib, bir bog’ bedani orqasiga ortib, uyiga kelsaki, uyining eshiklari ochiq-sochiq yotgan emish. Yuragi hovliqib, uyning ichkarisiga kirsa, bolalari yo’q emish. Birining tuyog’i bir burchakda, ikkinchisining kallasi ikkinchi burchakda dumalab yotgan emish. Buni ko’rib ona qo’y zor-zor yig’labdi, o’zini qaerga qo’yishini bilmay:
— Bu, oshna bo’lay deb kelgan o’sha bo’rining ishi. Xap sanimi, boplab ta’ziringni bermasam toza yurgan ekanman, — debdi.
Keyin uyining ichiga chuqur bir o’ra kovlab, ustini bo’yra bilan yopib qo’yibdi. Ertasiga o’tlovda o’tlab yurib bo’rini ko’rib qolib:
— Ha, oshna hech ko’rinmay ketding, bundoq bir gaplashib o’tirishga ham kelmaysan. Ertaga kel, men uyda bo’laman. O’tgan-ketganlardan gaplashib o’tiramiz, — debdi.
Mug’ombir bo’ri qo’yning bu gapini eshitib, «xayriyat, bolalarini eganimni mendan ko’rmagan ekan, deb ko’nglidan o’tkazibdi.
— Xo’p, borsam boray, oshna, men ham seni, ayniqsa qo’zichoqlarimni juda sog’ingan edim, — debdi.
«Ha, mug’ambir, bora ber, sog’inganligingni bir ko’rsatib qo’yay», debdi ichida qo’y.

Ertasiga kovlagan o’rasiga rosa o’rik o’tindan yoqib cho’g’ qilibdi-da, boyagiday qilib bo’yrani yopib qo’yibdi. Bir payt eshikni taqillatib bo’ri kelib qolibdi, ona qo’y uni izzat-ikrom bilan kutib olib, o’raning ustiga tashlab qo’yilgan bo’yraga taklif qilibdi. Bo’ri bo’yraning ustiga chiqishi bilan, o’raning ichiga tushib ketibdi. Bir nafasda hamma yog’i kuyib, jizg’inagi chiqibdi, nuqul: «Tavba qildim, bir qo’zingni besh qo’zi qilib beraman, jon oshna, chiqarib ol», — deb dod dermish. Bo’ri rosa yalinib-yolvoribdi. Qo’y bo’lsa: «Shirindan shakar bolalarimdan ayirding, endi qilmishingga yarasha jazangni tort», — deb tura beribdi.
Bo’ri hadeb, «Oshna qutqar», deb dod deya bergandan keyin, rahmdil qo’yning rahmi kelib, uni o’radan tortib olibdi.
Bo’ri o’radan chiqqandan keyin sho’r erlarga dumalay-dumalay bir necha daqiqadan keyin o’libdi. Bechora qo’y, berahm bo’rining o’lgani bilan ham baribir bolalarining dardida yongan dardiga malham topolmabdi, og’zida o’t, ko’zida yosh bilan zo’r-bazo’r hayot kechira boshlabdi.