ERONSHUNOSLIK VA AFGʻONSHUNOSLIK OLIY MAKTABI
584 subscribers
6.03K photos
902 videos
71 files
2.16K links
Kafedraning talaba, magistrant va ustozlariga kafedraga oid tezkor xabar va yangiliklarni etkazish uchun ushbu kanal ochilgan.
Download Telegram
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Эрон ташқи ишлар вазири Муҳаммад Жавад Зарифни қабул қилди.
Учрашувда иқтисодий ҳамкорлик масалаларига, савдо алоқаларини ривожлантириш ва янги кооперация лойиҳаларини илгари суришга алоҳида эътибор қаратилди.
Шунингдек, халқаро ва минтақавий сиёсатнинг долзарб жиҳатлари, шу жумладан минтақавий хавфсизликни таъминлаш ва Афғонистонда тинчлик жараёнини илгари суриш масалалари юзасидан фикр алмашилди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев принял министра иностранных дел Ирана Мухаммада Джавада Зарифа.
В ходе встречи особое внимание было уделено вопросам экономического сотрудничества, развития торговых связей
и продвижения новых проектов кооперации.
Состоялся также обмен мнениями по актуальным аспектам международной и региональной повестки, включая вопросы обеспечения региональной безопасности и продвижения мирного процесса в Афганистане.

#Mirziyoyev #qabul #Eron #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#eron_matbuotida

Shavkat Mirziyoyev launched a unique world-scale plant "Uzbekistan GTL" - Iran News Daily | Iran News Daily
https://irannewsdaily.com/2021/12/shavkat-mirziyoyev-launched-a-unique-world-scale-plant-uzbekistan-gtl/

Eron matbuotidan munosabat: «Uzbekistan GTL» zavodining mahsulotlari, ayniqsa, mamlakatning yoqilg‘i-energetika mustaqilligini ta’minlash va oshirish nuqtai nazaridan strategik ahamiyatga ega bo‘ladi

Batafsil
Батафсил
📰 Hozirgacha yuz bergan baʼzi dunyo #yangiliklari:

🇮🇷🇺🇸 Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanani AQSh maʼmuriyatini Islom Respublikasida davom etayotgan koʻcha namoyishlari tufayli Tehronga qarshi qoʻshimcha sanksiyalar qoʻygani uchun tanqid qildi.

🇧🇷🌎 Braziliyaning boʻlajak hukumati mamlakatning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (OECD) qoʻshilish istiqbollarini koʻrib chiqadi. Bu haqda Braziliyaning yangi saylangan prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva de Sao Paulo gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Braziliya va OECD 1990-yillarning boshidan beri hamkorlik qilib kelmoqda.

🇧🇷🇻🇪 Sotsialist Luiz Inasio Lula da Silva boshchiligidagi Braziliyaning boʻlajak hukumati Venesuela hukumati va muxolifati oʻrtasidagi muzokaralarga qoʻshilishga tayyor. Diplomat Mauro Vieraga ko‘ra, Vashingtonning Venesuela muxolifatining sobiq yetakchilaridan biri Xuan Guaydoni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishi va Lima guruhi faoliyatini tugatishi bunday muloqotga yordam beradi. Braziliyaning boʻlajak hukumati ham Venesuelaning Janubiy Amerika umumiy bozoriga (Mercosur) aʼzoligini qoʻllab-quvvatlaydi.

🇪🇬 2022-yilda Misrdagi Suvaysh kanali 7,932 milliard dollarlik rekord daromad oldi, dedi Suvaysh kanali maʼmuriyati rahbari Usama Rabi. Unga ko‘ra, 2022-yilda Suvaysh kanali orqali 1,4 milliard tonna yuk bo‘lgan 23 mingdan ortiq kema oʻtgan. Oʻtgan yili esa bu koʻrsatkich 21,7 mingtani tashkil etgan edi. ASC raisining sobiq oʻrinbosari Vael Kaddur rekord daromadni neftga boʻlgan talabning yuqoriligi bilan izohladi, chunki energiya tashuvchilarning dengiz transporti asosan Suvaysh kanali orqali oʻtadi. U kelgusi yillarda daromadlar oʻsishda davom etishiga umid bildirdi.

🇮🇱Likud” rahbari Benyamin Netanyaxu diniy va oʻta oʻng koalitsiya hamkorlari bilan bir necha hafta davom etgan muzokaralardan soʻng yangi Isroil hukumatini tuzish boʻyicha kelishuvga erishdi. Kutilganidek, Likud kelajakdagi vazirlar mahkamasida 17 ta vazirlik portfelini oladi.

🇯🇵🇺🇸 Yaponiya parlamenti yuqori palatasi muxolifatdagi “Yaponiya tiklanish jamiyati” aʼzosi Muneo Suzuki AQSh prezidenti Jo Baydenni 1945-yilda Amerika tomonidan Xirosima va Nagasaki portlashlarini xato deb tan olishga va ular uchun kechirim soʻrashga chaqirdi. Muneo Suzuki “AQSh har doim boshqa davlatlarning harakatlariga javoban demokratiya, inson huquqlari va erkinliklari haqida baland ovozda gapirganini” taʼkidlab oʻtdi.

🇨🇱🇵🇸 Chili prezidenti Gabriel Borik oʻz vakolati tugashidan oldin Falastinda Chili elchixonasini ochishini maʼlum qildi. Prezident Borik Falastin diasporasi vakillari oldida qilgan chiqishida ham “Falastin xaritalarda yo‘q” deya afsus bildirdi.

🇺🇸🇺🇦 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Jo Baydenning taklifiga binoan Vashingtonga tashrif buyurdi va u bilan muzokaralar oʻtkazdi, soʻng Kongress rahbariyati bilan uchrashdi, keyin esa qonun chiqaruvchi organda nutq soʻzladi.

#sharqshunos_tahlilchilar #news #Eron #Misr #Venesuela #Braziliya

@sharqshunos_tahlilchilar✅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eron

Eron Islom Respublikasi uzoq muddatli turgʻunlik va 40 yildan ortiq vaqt davomida sanksiyalarni boshidan kechirayotgan bo'lishiga qaramay, iqtisodiyotini bir muncha mustahkamlab, Yaqin Sharq mintaqasidagi yetakchi kuch markaziga aylandi.

Videoda sanksiyalar ostida qolgan Eronning rivojlanish yoʻli, potensial imkoniyatlari, mintaqadagi raqobatchi qoʻshnilari, istiqboldagi hamkorlari bilan batafsil tanishish mumkin. Qisqacha qilib aytganda, sanksiyalar ostida yashash eronliklarning hayot tarziga aylanib ulgurdi.

@sharqshunos_tahlilchilar
🇮🇷Eron ekspertlar kengashi aʼzosining oʻldirilishi haqida

Eron Ekspertlar kengashi aʼzosi Oyatulloh Abbos Ali Sulaymoniy kecha Mozandaron viloyatining Babolsar shahrida oʻldirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qotil Milliy bank binosida qo‘riqchidan qurol olib, uzoq masofadan bir necha marta o‘q uzgan.

Biroq, keyinroq voqea joyidan olingan video e’lon qilinganidan so‘ng, yuqori martabali ulamoning qotili ushbu bankning qo‘riqchisi ekanligi va u 11 marta o‘q uzgani ma’lum bo‘ldi. Otishma sodir etgan shaxsning o‘zi xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olingan, uning harakatlari sabablari haligacha noaniq. Uning Sulaymoniyni oʻldirgan sovuqqonligi voqea tasodifiy emasligini koʻrsatadi.

Marhum Oyatulloh Xomanaiyning ishonchli kishilaridan edi. Maxsus davlat organiga tayinlanishidan oldin u Siston va Balujiston viloyatlaridagi ishonchli vakil, shuningdek, Koshondagi juma namozining imomi bo‘lgan.

🔻Oxirgi oylarda Eronda qandaydir xotirjamlik hukm surdi. Ha, vaziyat beqaror edi, norozilik namoyishlari va ish tashlashlar davom etdi, vaziyat keskin edi, lekin nazorat ostida edi.

Ushbu voqea yaqin kunlardagi voqealarga mos kelmaydi. Ekspertlar kengashi aʼzosining oʻldirilishi Eronda muxolifat kuchlari erishmoqchi boʻlgan beqarorlik toʻlqinini qaytadan boshlashi mumkin.

Ushbu hodisaga kimning aloqadorligi hozircha aniq emas. Bular radikal guruhlar vakillari ham, sanksiyalar tufayli yuzaga kelgan og‘ir iqtisodiy vaziyatdan norozi oddiy fuqarolar ham bo‘lishi mumkin.

Din arboblariga qarshi hujumlar avval ham bo‘lgan va bunday holatlar yagona emas. Ayni damda oliy rahnamoga yaqin odamni oʻldirishdi. Va bu mamlakatdagi yangi tartibsizliklar uchun boshlangʻich nuqta boʻlishi mumkin.

Eronning targ‘ibot-tashviqotga to‘lgan oddiy aholisi o‘z muammolari uchun javobgarlarni qidirmoqda va ularning ba’zilari buni ruhoniylar asosiy rol o‘ynaydigan davlat tuzumining o‘zida ko‘radi.

#Eron

@sharqshunos_tahlilchilar
pdf_20230618_111458_0000.pdf
2.7 MB
📊 #infografika #Eron

Soha mutaxassislari uchun maxsus!

🇮🇷 ⚓️ Eronning eng yirik 6 ta porti

1. Bandar-Abbos
2. Amirobod
3. Anzaliy
4. Noushahr
5. Chobahar
6. Imom Humayniy

👉@Sharqshunos_tahlilchilar
🇮🇷🏳️ Eron Tolibon bilan Afgʻonistondagi Kajaki toʻgʻonidagi suv darajasini baholash boʻyicha kelishuv imzoladi.

Oldinroq Eron va Afgʻoniston oʻrtasida kelib chiqqan mojaro yuzasidan bir qancha tahlillarni havola etgan edik. Chegaradagi to‘qnashuv sabablaridan biri Helmand daryosining suv muammosi ekanligini ham aytib oʻtganmiz. Shu nuqtai nazardan ikki davlat vakillari muzokaralar olib borishdi.

Eronning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Hasan Kazemi-Komi juma kuni “Tolibon” yetakchiligidagi muvaqqat Afgʻoniston hukumati eronlik mutaxassislarga Hilmand daryosidagi afgʻon Kajaki toʻgʻonidagi suv darajasini baholashga ruxsat berishga rozi boʻlganini eʼlon qildi. Qaror Eronning daryodan suv olish huquqi bo‘yicha keskinlik kuchaygan bir paytda qabul qilindi.

Eronning qurg‘oqchilikdan aziyat chekkan Siston va Balujiston viloyatlariga oqib o‘tadigan Hilmand daryosi 1973-yilda imzolangan shartnomaga asoslanib, uzoq yillik kelishuv mavzusi bo‘lgan. Bu kelishuv Eronning daryodan yiliga 820 million kub metr suv olish huquqini nazarda tutadi.

Oxirgi haftalarda Eron rasmiylari, jumladan, prezident Ibrohim Raisi va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir-Abdullaxon Tolibonga Eronning suv huquqlarini hurmat qilishni talab qilgan. Eron kosmik agentligi sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlarga koʻra, avvalroq Tolibon daryo oqimini oʻzgartirganlikda ayblangan.

Eronning tez-tez soʻrovlari va izohlarini "zararli" deb ataganiga qaramay, Tolibon 1973-yilgi shartnomaga sodiqligini eʼlon qiladi. Tolibon tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy may oyi boshida Tolibon Eronning suv resurslaridagi ulushini tan olganini tasdiqladi.

Biroq, Eron-Afgʻoniston chegarasidagi soʻnggi keskinliklar Tolibon hokimiyatining kuchsiz qurilganiga yana bir bor ishora qilmoqda. Yuqori darajali amaldorlar suv resurslari bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan bir paytda, jangarilar provokatsiya qilib, butun mamlakat bo‘ylab jihod e’lon qilmoqda.

#Eron #Afgʻoniston

@sharqshunos_tahlilchilar
Shavkat Mirziyoyev va Said Ali Xomanaiyning uchrashuvi fonida O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov va uning eronlik hamkasbi Mehrdod Bazrpash o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Transport vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Toshkent va Tehron Oʻzbekiston-Turkmaniston-Eron uch tomonlama transport koridorini rivojlantirish niyatida.

Tomonlar, shuningdek, logistika markazini tashkil etish, shuningdek, Eronning Chobahor va Bandar Abbos portlarida o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirokida yuk terminallarini qurish bo‘yicha ham kelishib oldilar.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston va Eron yoʻl qurilishi boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etishni va temir yoʻl transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida vazirliklar oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Chobahor-Zohedon” temir yoʻli (Afgʻoniston hududi orqali Chobahor portini Oʻzbekiston bilan bogʻlaydi) va Zohedon-Mashhad (Chobahor portini Turkmaniston bilan bogʻlaydi) uchastkalarining qurilishi, shubhasiz, Eron va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

#Oʻzbekiston #Eron

@sharqshunos_tahlilchilar
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Эрон Ислом Республикасининг элчихонасига ташриф буюриб, мамлакат шимолида вертолёт қулаши оқибатида Президент Иброҳим Раисий ва унга ҳамроҳлик қилган шахслар фожиали ҳалок бўлгани муносабати билан дўст Эрон халқига чуқур ҳамдардлик билдирди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев посетил посольство Исламской Республики Иран и выразил глубокие соболезнования дружественному иранскому народу в связи с трагической гибелью Президента Ибрахима Раиси и сопровождавших его лиц в результате крушения вертолета на севере страны.

#Mirziyoyev #hamdardlik #Eron #elchixona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X