Ergashev's blog (IQ 100+)
655 subscribers
348 photos
70 videos
3 files
811 links
Shaxsiy blog.

Men to'g'ri fikrlayman, muammo sizning noto'g'ri fikrlashingizda.
Download Telegram
#hayotiy

Internet-klub tashkil qilib yaxshi ish qilibsizlar, ichida hojatxonasi borligi ayni muddao, 12-14 soatlab undan chiqmay o'yin o'ynash mumkin. Faqat bitta kamchilik, ichida oshxona ham tashkil qilsangiz yaxshi bo'lardi, birortasi 2022-yillarda kelib, 2024-yillarda chiqib ketaveradi...

https://t.me/ergashevs_blog
#janob_Ergashev

Ilmsiz ayol seni tushunmaydi. Sendan ilmliroq ayol ham seni tushunmaydi. Ilmda senga teng boʻlgan ayoldan faqat erkakliging bilan ortiq boʻlasan. U esa gʻururi bilan sendan ortiq boʻladi. Erkaklik boshqaruvni taqozo qiladi. Gʻurur esa gʻalayonni taqozo qiladi. Boshqaruv bilan gʻalayondan oilaning baxtsizligi kelib chiqadi. Yaxshisi gʻurur gʻalayonini ilm bilan bostirish uchun xotiningdan koʻra ilmliroq boʻl!

©Ayman Yogʻiy

https://t.me/ergashevs_blog
#hayotiy

Dunyoning qayerida qancha axmoq bo'lsa, hammasi baxtli.

https://t.me/ergashevs_blog
Yomg'ir yog'yapti va sen sevgiling yo'qligi uchun kimdir bilan sayrga chiqmading yoki unga yomg'ir haqida romantik biror balo yubormading.
Jin ursin, sen omadlisan, hamda sen bilan bo'ladigan qiz ham omadli. Chunki, senda hozir romantika qilish o'rniga bolalaring, sevgiling va o'zing uchun yaxshiroq kelajak tayyorlash uchun vaqting bor, borib mehnat qilishda yoki o'qishda davom et, omad.

https://t.me/ergashevs_blog
#for_medics

Bioximiya o'qigan mediklar hayoti haqida qisqacha...

Manashu la'nati siklni 2 marta qunt bilan yodlaganman, bir marta fiziologiyani yaxshi berilib o'qisam yodimdan ko'tariladi yana. (Oxiri esimda, faqat boshi esdan chiqadi)

Qani kim kitobga qaramay oxirigacha kommentda ayta oladi: 👇😂

https://t.me/ergashevs_blog
#come_back #bazm_davom_etadi

Uzoqroq (boshqalar uchun qisqaroq) ta'tildan qaytdim. Kasallik tufayli dars qilish imkoniyatim bo'lmagandi. Kommentda hol-ahvol so'rab, fokusni darsdan chalg'itish shartmas, hozir yaxshiman va so'ramoqchi bo'lganlarning hammasiga rahmat. Endi darsni bemalol davom ettirsak bo'ladi. Bu gal o'zgacha motivatsiya bilan.

Soat 10.00-13.00 da 3 ta pomidor + 14.00-19.00 da 5 ta pomidor + 20.00-22.00 da 2 ta pomidor uyushyiramiz. Safimizga qo'shilmoqchi bo'lganlar kanal gruppasiga qo'shilsin. Gruppa ssilkasini shu post kommentida keltiraman.

Aytgancha, Yura davridan beri kanalda pomidor uyushtirsakda, uni hali ham nima ekanligini bilmaydiganlar buni ko'rishsin:

https://youtu.be/KmUZ4LNnZQE
Agar men “Starbucks" da ishlaganimda, kofe idishiga odamlarning ismini yozish oʻrniga boshqa narsa yozgan boʻlardim. Masalan:

”Bir kuni siz ham, yaqinlaringiz ham bu dunyodan o'tadi. Baʼzi birovlarnikini hisobga olmaganda, hammalaringizning gaplaringiz-u qilgan ishlaringiz barcha-barchasi unutiladi. Hayotning achchiq haqiqati bu. Va bu narsa siz o'ylagan yoki qilgan ishlaringizdan qochishning ajoyib usuli hamdir. Biz koinotda shunchaki bir zarramiz, xolos. Ammo oʻzimizni juda muhim tasavvur qilamiz. Oldimizga maqsadlar qo'yamiz, ammo biz hechmiz !

Shuning uchun bu laʼnati kofeni iching".

- Mark Menson "Hammasi Rasvo"

https://t.me/ergashevs_blog
Tavsiya ==>> Natija

Men fikr bildirmayman, sizlar bildiringlar. Tushunmaganlar 2 ta ko'k yozuv ustiga bosib, ikkala videoni ham ko'rishsin.

https://t.me/ergashevs_blog
It's You
Ali Gatie
#rest_for_lesson

It’s you, it’s always you
Met a lot of people but nobody feels like you 🤩

https://t.me/ergashevs_blog
Yana?

Qizlarni orqasidan yugurma. Ularni oʻrashga harakat qilma. Bu bilan faqat oʻzingni botqoqqa tortasan xolos. Bu qiz seni uyingda dam olishing uchun komfort yaratib bermaydi.
Qiz bolani talashib yigitlar bilan urushma. Bu sen va raqibing qiladigan eng katta axmoqliklardan biri. Bu bilan faqat qizni samootsenkasini koʻtarib berasilar xolos. Tanishuv saytlarida ham tanishishga harakat qilma. U yerda qiz oʻziga yoziladigan xabarlar koʻpligidan hayotdagi real bahosidan 100500 marta balandroq baho qoʻyib olgan boʻladi. Senga kerakmi bu?

Qizlarni oʻzi senga gap otsin. Ularni oʻzi seni oʻrashga harakat qilsin. Topgan qizing haqida oʻzingga savol berishdan choʻchima. “Bu qiz menga nima beradi? Men bu qizdan nima olaman?” Kim nima desa desin, lekin er va xotin - isteʼmolchi. Har biri bir-biriga. Isteʼmolchini nima qiziqtiradi doim? Narx va sifat. Sifatli maxsulot qimmat boʻladi. Men qizlarni maxsulot demoqchi emasman, lekin nimagadir erishib qoʻygan, aqlli qiz ham oʻzini narxini juda yaxshi biladi va oʻz narxiga mos yigit kutadi. Sen esa undan ham qimmatroq mahsulot boʻlishing kerak. Ana shunda u senga boʻysunadi. Oʻz hayotini ishonib topshiradi. Agar unaqasi uchramagan boʻlsa, agar qizlar senga oʻzlari gap otib, seni oʻrashga urinmayotgan boʻlsa, demak, sen hech kimsan. Harakatingni qil, oʻgʻlim.

Bu uchun sen nima qilishing kerak? 
Oʻzingni miyang bilan oʻylashni oʻrganishing kerak. Togʻri maslaxat olish yaxshi, boshqalarni malakasi haqida oʻqish ham. Lekin bu sensan va sen tushadigan individual xolat. Va u individual yechim talab qiladi. Tushunding-a? Oʻzingni miyang bilan qaror qabul qil. Hech kimni eshitma. Chunki bu seni hayoting. Seni hayoting bu sen uchun - ilm.

Ilmda tajribalar va xatolar metodi bor. Xato qilib kerakli natija olinadi. Sen oʻz hayotingni olimi boʻl. Ilmga yana qaytamiz. Oʻziga ishongan pozyor boʻlma. Rostanam krutoy boʻl oʻz sohangda. Ishonch avtomatik keladi.

Yana nima qilishing kerak? Bomjga oʻxshab kiyinsang ham kiyiming, oyoq kiyiming toza boʻlishi kerak. Dadang institutda oʻqib yurganida ataydan bomjga oʻxshab yurardi, ataydan gʻijim kiyim kiyardi va uchrashuvga ham shunday chiqardi. Uchrashuvda faqat oʻziga toʻlardi yoki qizni oʻzi ikkalamizga toʻlardi. Ha, dadang boshqalar koʻzida qurumsoq boʻlgan. Lekin dadangga pofig edi boshqalarni fikri. Dadang oʻzini bunday tutishidan maqsadi bor edi. Dadangni moddiy ahvoliga, tashqi koʻrinishiga qaramasdan undagi potensialga ishonadigan qizni qidirgan dadang. Bu degani har doim shunday boʻlgan degani emas. A qizlarga pul toʻlab, podarka olib ularni orqasidan tilini osiltirib yurganlar esa qizlar, ayollar uchun „sigir“ xolos. Sovgʻani inson qachonki oʻzidan orttirsa beradi. Ular qizlar koʻzida oʻzi mustaqil oʻylaydigan erkakmas, ayollar tarbiya qilgan „haqiqiy mujik“.

Seni potensialingga va senga oʻz hayotini ishonadigan qizni topishing bu seni baxting. Topgan kuning “dada topdim, uylanaman!” de. Uylab qoʻymagan nomard !

©️ Sarvar G'aniyev

IMHO:

Chuqurroq fikrlashni, ko'proq o'ylashni talab qiladigan masalalar haqida asosan yolg'iz tanishlaringizdan so'rang. U tiniq fikrlaydi, sababi - zombidek "sevaman" deb yozib, qarshi jinsini ko'ngliga yo'l qidirib, urushib qolganda o'zini oqlash uchun status qidirib yoki uxlaganida ham "bu manga xiyonat qilmayaptimikin?" deb, siqilib kunlarini o'tkazmaydi. U yolg'iz qolganida, atrofdagi voqealar, o'zining hayoti, qilyotgan ishlarining to'g'ri yoki noto'g'riligi haqida uzoq o'ylaydi. O'z ustida ishlash uchun anchayin vaqti bo'ladi.
Karljon, sen ham biroz muddat yolg'iz qolishing kerak, tiniq fikrlay boshlaysan, xohishlaring o'zgaradi, nasl qoldirishga olib boradigan instinktlaringni energiyasini biroz kuchsizlantirib, ko'proq energiyani inson bo'lish uchun sarflaysan. Ichingda hayvoniy hislarning o'ldirib, insoniylikni uyg'otganing sari, juft topish istagi biroz pasayadi. Yoningda jufting bo'lganida, unga nisbatan intilishing seni tiniq fikrlashga qo'ymaydi. Aslida nima xohlayotganingni aniq tushuna olmaysan. Buni aniq sinab ko'r, 2 haftaga bo'lsada yolg'iz qol.

https://t.me/ergashevs_blog
Mashhur vrach Sergey Botkin Peterburg harbiy-tibbiyot akademiyasida dars berardi. Kunlardan bir kun u tanbal talabani uchinchi marta imtihondan “yiqitadi”.
Tanbalning doʻstlari professorga uchrashib, talabaning ahvoli ogʻirligini, boyoqish omadsizlikdan iztirob chekib, alam ustida oʻzini oʻldirmoqchi ekanini aytishadi. "Ortiqcha tashvishlanmanglar!" – deydi professor, "U talaba odam anatomiyasini yaxshi bilmaydi, shu bois pichoq sanchish uchun yuraginiyam topolmaydi.."

https://t.me/ergashevs_blog
Men pomidor usuli haqida gapirmoqchiman. Qaysidir alloma "Shunchaki bilib qo'yilgan bilim emas, ishlatilgan bilim foydalidir degan ekan". Demak, maslahatim, sen ham bularni hayotingga tadbiq etmoqchi bo'lsang o'qi, bo'lmasa, sekin chiqib, VPN'ni yoqda, TikTok ko'rishda davom et.

Kanalga yangi qo'shilganlar va oldin ham yuzaki kuzatganlar uchun eslatma:

Men blogini kuzatadigan ba'zi shifokorlar, YouTube kanalida livestream qilib (примой ефир) obunachilari bilan birga dars qiladi. Bu juda-juda yaxshi g'oya, bu g'oyani ulardan so'ramay uxlatdim. Dars qilishda 1980-yilda Franchesko Cherillo tomonidan o'ylab topilgan, dangasalikni yengishda, vaqtni bloklab qo'yish, vaqtni his qilishda eng samarali deb bilingan usul "pomidor usulidan" foydalanilinadi. Menda YouTube kanal yo'q, ochsamda unda kontent qilishga yetarli bilim hali o'zimda mavjud emas. Shuning uchun shu Telegram kanalimda birga obunachilar bilan dars qilmoqchiman. Pomidor usuli bu juda ham oddiy sxema. Shunchaki "Timer"ga 25 daqiqani belgilaysiz va butun 25 daqiqa davomida aqliy mehnat bilan shug'ullanasiz. 25 daqiqa tugaganidan keyin esa "Timer"ni 5 daqiqaga qo'yasiz. 5 daqiqa dam olasiz, dam olish Instagram yoki Telegram lentani kovlashtirish, odamlar bilan suhbatga kirishib ketish emas, shunchaki divanda yotib dam olish, uzoqlarga termulish, miyyaga haqiqatda dam berish. Bu usulni quyidagi dastur bilan sinab ko'ring, ishingiz juda osonlashadi. Siz 25 minut dars qilib, 5 minut dam olish protsessini (qisqa qilsa pomidorni) qayta qayta takrorlar ekansiz miyyangizda shartli refleks hosil bo'ladi. Shunaqa darajaga yetasizki, "Timer"ni 25 daqiqaga qo'yib, start'ni bosishingi bilan o'z-o'zidan darsga kirishib ketasiz. Eng muhimi 25 daqiqa boshlanishi bilan darrov darsga kirishib ketish va umuman umuman zinhor chalg'imaslik. Pomidorni kim qanaqa usulini tanlaydi bilmadim-u, men (25+5) usulidan ko'ra, (50+10) usulini afzal ko'raman. Hammada xohishiy, ikkala o'quvchi ham bir xil vaqt dars qiladi, hech biri boshqasidan ustun bo'lmaydi.
Usulni batafsil tushunish uchun manabu videoni ko'ring, to'lliq tushunasiz.

Biz kanalda birga qanday qilib dars qilamiz?

Start beradigan aniq vaqtni kelishib olamiz, shu soatda start beramiz, hamma vaqt boshlanishi bilan kimdir xohlaganidek (25+5) usulida, yana kimdir o'zi xohlaganidek boshqa (50+10) usulida darsga kirishadi. Tanaffus paytida shu post kommentida dars taasurotlarini bir-birimiz bilan bo'lishamiz.
Demak meni fikrimga ko'ra soat 10.00-12.00 oralig'ida 2 ta (kichik pomidorchilar uchun 4 ta) va 1 soat dam olib (4 ta kichik pomidordan keyin 30 daqiqa yoki 1 soatgacha dam olish mumkin, biz shu vaqt ichida ovqatlanib olamiz) 13.00-18.00 oralig'ida 5 ta (kichik pomidorchilar uchun 10 ta), 19.00-22.00 oralig'ida yana 3 ta (kichik pomidorchilar uchun 6 ta) qilmoqchiman. Jami 11 ta katta, 22 ta kichik pomidor.

Yuragida o'ti borlar bormi? Bo'lsa 10.00 da start, shu post kommentida kutaman, pomidor bilan shug'ullanmoqchilar kanal gruppasiga qo'shilsin, guruh ssilkasini post kommentida qoldiraman.

https://t.me/ergashevs_blog
“Odamlarni, xuddi avvalgidek, hozir ham ozod va qullarga ajratish mumkin. Vaqtining uchdan ikki qismini oʻzi uchun sarflay olmaydigan inson, xoh u davlat amaldori boʻlsin, xoh savdogar yoki olim, quldir!”

©️ Fridrix Nisshe

https://t.me/ergashevs_blog
#salimov_blogi

Xudo yaxshi insonlarni nonko'rlar bilan imtihon qilar,
Lekin ularga yor qilmas...

©️ Hikmet Anıl Öztekin

https://t.me/ergashevs_blog
"Qizlarni o'qitish befoyda" yoki '"Qiz bola birovni mulki, erga bervorasan baribir" degan odamlarni tushunib yashashni istamayman. Meni qizim birovni mulki emas. U shaxs. Tanlov huquqiga ega inson. O'zi istagan joyda o'qiydi, o'zi tanlagan insonga turmushga chiqadi.

©️ Furqat Usmonov

https://t.me/ergashevs_blog
“Dangasalik shunchalik sekin harakatlanadiki, qashshoqchilik unga tezda yetib oladi.”

© B. Franklin
_____________________

"Sen hech qachon shamol yoʻnalishini oʻzgartira olmaysan, ammo doim oʻz maqsadingga erishish uchun yelkanlarni koʻtarish imkoniyati mavjud."

©️ Oskar Uayld

https://t.me/ergashevs_blog
Eski, ammo ko'rvorishlik kino, kelajakda hamma qismlarini bizni avlod vakillari o'zini farzandlari bilan ham birga o'tirib ko'radigan film. Hammaga tavsiya !

https://ok.ru/video/2251087940114
Umuman olganda bunga loyiqmiz, ortig'i bilan. Xohlaganimizda istalgan ishimizni qila olardik, UzAvto'ni yo'qotishni o'zimiz istamaymiz, xolos. Eng katta kuch - bu xalq. Battar bo'laylik, qimmat bo'lsa ham olaveramiz. Men bularga umuman achinmayman.

https://t.me/ergashevs_blog
Doktor 19 yoshli bemorni hayotini saqlab qololmagani uchun shifoxona ortida o'ksib yig'lamoqda.

©️ Twitterdan

https://t.me/ergashevs_blog
O'zingni yoqib, birovlarni isitma. Yonib tugab bo'lsang, hech kimga kerak bo'lmay qolasan.

©️ Francis Bacon

https://t.me/ergashevs_blog