Bir studentga hech bo'lmasa iftorlikka 2ta non olar deb donat qilmoqchi bo'lganlar, bugungi bayram bilan navro'zlik yoki qutlug' oy uchun ataganingiz bo'lsa: https://tirikchilik.uz/enigma_uz manzilida kutib qolamiz. Sevimli kanalingizni qo'llab-quvvatlang! Qani pochinni kim ochib berarkin)
https://tirikchilik.uz/enigma_uz
Aytgancha, Navro'z muborak!)
https://tirikchilik.uz/enigma_uz
Aytgancha, Navro'z muborak!)
Enigma Uz
Bir studentga hech bo'lmasa iftorlikka 2ta non olar deb donat qilmoqchi bo'lganlar, bugungi bayram bilan navro'zlik yoki qutlug' oy uchun ataganingiz bo'lsa: https://tirikchilik.uz/enigma_uz manzilida kutib qolamiz. Sevimli kanalingizni qo'llab-quvvatlang!…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hammaga rahmat! Oʻylaymanki, men haqimda kanalimiz haqida ancha maʼlumotga ega boʻldingiz:)
Yangiliklarga tayyor turing!
Yangiliklarga tayyor turing!
Forwarded from Катта Оға 🎬
Тан олинмаган, параноидальный шедевр. 🎛
Фрэнсис Форд Копполанинг мутлақ муаллифлик фильми бўлиб, у ушбу фильмни суратга олиш учун 6 йилдан кўпрок кутган. "Чўқинтирган Ота" муваффақиятли чиққандан сўнг эса, унда ваниҳоят фильмни суратга олиш учун имконият туғилган.
"Суҳбат" 1974 г.
Фильм Гарри Коул исмли кузатувчилик билан шуғулланадиган шахс ҳақида ҳикоя қилади. Буюртмачининг ишига бурун суқмаслик қоидаси бўйича иш кўрувчи қахрамон, кунлардан бир кун ўз қоидасини бузади ва қўлидаги материаллар кимнингдир ҳаётига хавф солиши мумкин деган хаёлга боради.
1975 йил 47-"Оскар" маросимида "Суҳбат" энг яхши фильм сифатида "Оскар"га номзоди қўйилган. Аммо, Коппола, худди шу йили чиққан ўзининг бошқа, "Чўқинтирган Ота 2" фильмига ғалабани "қўлдан бой берган". Бунга қарамай фильм, Канн кинофестивалида "Олтин Палма Япроғи"ни қўлга киритган.
Гарчи фильм сценарийси олдинроқ ёзилган бўлса-да, у айнан АҚШ тарихидаги энг йирик можаролардан бири, Уотергейт можароси авж олган йил премьера қилинган. Ушбу можаро Ричард Никсон даврида давлат томонидан одамларни кузатилгани тўғрисида бўлиб, АҚШ тарихида илк бор президент ўз хоҳиши орқали истеъфога чиқиши билан якунланган.
Фильма биринчи навбатда, маҳоратли режиссура ва сценарий билан олдинги поғоналарни банд қилувчи фильм ўта қизиқарли ва мазмунли қилиб суратга олинган. Гарчи фильм темпи бироз секин бўлса-да, ундаги саспенс ва таранглик томошабиндан узоқлашмайди. Бу айниқса бош қаҳрамонга ўхшаган перфексионистларга жуда ёқиши турган гап.
2024-йил апрель ойида ушбу фильм премьерасига 50 йил бўлади. Бундан ташқари, бу йил Фрэнсис Форд Коппола ўзининг "Мегалополис" филми билан шунча йиллик танаффусдан сўнг кино саноатига қайтиши хам синефиллар қалбига ғулғула солгани йўқ гап эмас. Шундай бир пайтда, унинг кинодурдоналаридан бирини эслаш айни муддао.
Фильмни премьераси бугун ва уни "Enigma Uz" ва "Катта Оға" каналларида томоша қилишингиз мумкин.

BECHORALAR
Poor Things, 2023 R
#premyera #comedy #drama #romance
Gʻalati bir olim tomonidan hayotga qaytarilgan yosh ayol kasbi huquqshunos boʻlgan odam bilan dunyo boʻylab aqlni shoshirib qoʻyuvchi sayohatga otlanadi, toʻgʻrirogʻi, qochib ketadi. O'z borligʻining andishasidan yiroq boʻlgan qahramonimiz, tenglik va ozodlik tarafdori bo'lish niyatida rivojlanib borishining ajoyib sayohatiga guvoh boʻlamiz.
Tarmoqlarda treyleri paydo boʻlgandan tortib to Oskarda Oppenhaymerdan eng oliy nominatsiyadagi sovrinni tortib olishiga sal qolguncha odamlar ogʻzidan tushmagan 2023-yil xitidan endi oʻzbek tilida bahramand boʻlishingiz mumkin. Boshqa haypli filmlardan farq qilib, tushunish judayam oson boʻlmagan gʻalati filmning bu darajada mashxur boʻlishi koʻngilni quvontiradi aslida. Bu insonlar haqiqiy sanʼat asarini qadrlashni boshlaganliklaridan dalolat.
Xullas, koʻp gapirmaymiz film haqida. Oyda-yilda bir film koʻradigan odamlarni ham "qani, bir koʻraylikchi nima ekan bu" deya oʻziga jalb qila olgan film tarjimasi shu kunlarda boshlanadi.
Tarjima murakkabligi sabab sizlardan tarjimonni qoʻllab quvvatlashingizni iltimos qilamiz. Donat summasini 200 ming soʻm qilib belgiladik. Bundoq olib qaralganda, 2000+ obunachilar uchun hech boʻlmasa 5ming soʻmdan tashlaganda ham yigʻib qoʻyiladigan mablagʻ oʻylashimcha sizlar uchun qiyinlik qilmaydi.
Donat uchun:
Filmning oʻzbekcha treyleri quyida keltirildi.
@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!

9860040102482839
J/TFilmning oʻzbekcha treyleri quyida keltirildi.
@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!
Telegram
Enigma Uz
Forwarded from Катта Оға 🎬
Кино кўриш ва китоб ўқишни яхши кўрадиганлар учун ноодатий рўйхат.
Telegraph
Мавзулари ўхшаш режиссёр ва ёзувчилар
Бугун мен сизлар билан турли даврлар ва санъат соҳаларидаги таниқли ижодкорлар ўртасидаги ажойиб ўхшашликларни баҳам кўрмоқчиман. Хусусан, булар режиссёрлар фильмлари ва ёзувчилар асарлари ўртасидаги ўхшашликлар. Турли муаллифларнинг асарларини кўздан кечирар…
Enigma Uz
BECHORALAR Poor Things, 2023 R #premyera #comedy #drama #romance Gʻalati bir olim tomonidan hayotga qaytarilgan yosh ayol kasbi huquqshunos boʻlgan odam bilan dunyo boʻylab aqlni shoshirib qoʻyuvchi sayohatga otlanadi, toʻgʻrirogʻi, qochib ketadi. O'z…
19:00 holatiga;
Yigʻilgan mablagʻ: 121.000
Qolgan mablagʻ: 79.000
Donat haqida batafsil: t.me/choychaqauz
Qolgan mablagʻ: 79.000
Donat haqida batafsil: t.me/choychaqauz
Tasavvur qiling, bugun oʻlib qolib, soʻnggi koʻrgan filmingiz ichida yashashga majbur boʻlib qoldingiz.
(Qaysi)Film ichida oʻzingizni qanday tasavvur qilasiz? 👁👁

Salom, Salli!
Har bir murakkab kadrlar so'ngida, aktyorlar ekranga yuzlanib, "Salom, Salli" deya, film redaktori(montajchi)si Salli Menkega o'z salomlarini yetkazishardi. Bu an'ana Tarantinoning bir necha filmlari, jumladan, "Billni O'ldirish(Kill Bill)" 1&2, "Qotillik Dalili(Death Proof)", "Manfur Kimsalar(Inglourious Basterds)"da kuzatish mumkin bo'lgan.
Salli Menke Kventin Tarantinoning uzoq-umrli do'sti va filmlarining muharriri bo'lib, Tarantinoning ilk filmi "Quturgan Itlar"dan boshlab to o'zining ayanchli o'limiga qadar umumiy hisobda 8 ta filmini montaj ishlarida bosh-qosh bo'lgan. "Jinoiy Cho'pchak(Pulp Fiction)" va so'nggi ishi "Manfur Kimsalar" uchun Oskar nomzodligiga erishgan. 30 yillik karierasi davomida 20 dan ortiq film va television seriallarning tahrir ishlari bilan shug'ullanib, sohasida o'chmas iz qoldirib keta olgan.
Tarantino Sallini juda qadrlagan, uni "bir gap boshlasam, uni ega-kesimini to'g'rilab, gapimni ohiriga yetkazib qo'yadigan manashu ayol bo'ladi" deya ta'riflagan. Bir so'z bilan aytganda, ko'zingizni quvnatgan o'sha mashhur slow-cut dialoglar-u, fast-cut ekshn-sahnalarning barchasi Sallining qo'li ostidan o'tgan.
2010-yil 27-sentyabr kuni do'sti va sodiq iti bilan atrof aylanish uchun sayohatga chiqib, uyoqdan qaytmagan. Do'sti o'zini yaxshi his qilmagani sabab orqasiga qaytgan, ammo Salli iti bilan haykingda davom etgan. O'sha kungi Los Anjelesdagi 45 °C havo harorat Sallining umriga zomin bo'lgan.
@Enigma_Uz ✦ Biz bilan yaqinroq!