Enigma Uz
2.62K subscribers
362 photos
64 videos
7 files
285 links
Oʻzbekcha subtitrdagi eng TOP film va seriallar.

Yangiliklar: t.me/tortinchi_devor

Donat uchun: t.me/choychaqauz

Quiz arxivi : t.me/Enigma_Quiz

Admin: t.me/TashpulatoffJamshid
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👮Filmda Toni Lyongning qahramoni - politsiyachi formasida yurish sahnalarini suratga olish uchun hukumatdan ruhsatnoma olinishi kerak boʻlgan, ammo sharoit toʻgʻri kelmagan. Tasvirga olish vaqti jamoat joylarida boshqa politsiyachilar paydo boʻlib qolsa, aktyorning kiyimini plash bilan yopib, yashirib turishgan ekan.

🫀Bugun "Chungking Ekspress" filmining afsonaviy rejissyori Vong Kar-vay 67 yoshni qarshilabdi. Yozning issiq kunlarida qayta tomosha qilishning ayni vaqti boʻlsa ajab emas hozir.

@Enigma_Uz 🛫 Qayerga uchamiz?
12❤‍🔥7👍1
"Normal People" seriali muhlislari diqqatiga muhim soʻrovnoma!

Serialning qolgan qismlari tarjimasi deyarli oxiriga yetay deb qoldi. Ijtimoiy sabablarga koʻra, serial epizodlari maʼlum bir summa evaziga tarjima qilinyapti.

Oldingizda ikki variant bor.
1-variant.
Qolgan qismlar kanalga chiqariladi. Har bir epizod uchun maʼlum summa donat evaziga. Masalan, tahminan 70ming soʻm summa belgilanadi va har safar donat yigʻilganda, bitta qism kanalga joylanadi. Va shu yoʻsinda qolgan qismlar ham.

2-variant.
Yopiq(premium) kanal ochilib, serial epizodlari oʻsha joyga joylanadi. Kanalga chiqarilmaydi. Obuna uchun maʼlum summa belgilanadi. Oʻrtacha 40-50ming soʻm atrofida.

Va yana bir iltimos. Agar iloji boʻlsa, ikkala variantlar haqida, oʻrtacha belgilangan summalar haqida fikr va mulohazalarni izohlarda kutib qolamiz.

Pastdagi soʻrovnomada muhlislarni aktiv qatnashishini soʻrab qolardik.
10
Enigma Uz
"Normal People" seriali muhlislari diqqatiga muhim soʻrovnoma! Serialning qolgan qismlari tarjimasi deyarli oxiriga yetay deb qoldi. Ijtimoiy sabablarga koʻra, serial epizodlari maʼlum bir summa evaziga tarjima qilinyapti. Oldingizda ikki variant bor. 1…
1-variant(umumiy donat) qulayliklari:
+ bir paytda kamroq pul sarflaysiz.
+ kanalda sharoiti toʻgʻri kelmaydiganlar ham tomosha qila oladi.
Noqulayliklari:
- bitta qism uchun summa yigʻilmasa ancha vaqt kutishga toʻgʻri keladi.
- summa yigʻilgan taqdirda ham umumiy 9ta qismning hammasi kanalda chiqquncha vaqt ketadi.
- har safar donat qilish ovoragarchiligi. Bizga ham noqulay bu.

2-variant(premium kanal) qulayliklari:
+ bittada barcha qismlarni koʻrish imkoniga ega boʻlasiz.
+ vaqtdan yutasiz.
+ har safar donat qilish muammosi boʻlmaydi.
+ ortiqcha ovoragarchiliksiz.
Noqulayliklari:
- obuna sotib olmagan boshqalarda tomosha qilish imkoniyati boʻlmaydi.
- bir vaqtda nisbatan koʻp pul toʻlashingiz mumkin(lekin umumiy donat qilganingizda ham bundan koʻp pul sarflashingiz ehtimoli bor).
13
Forwarded from Катта Оға 🎬
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥53❤‍🔥1
Forwarded from Катта Оға 🎬
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥72👍2
Enigma Uz kanali aksariyat holatda tushunishga nisbatan qiyin va/yoki moral jihatdan ogʻir savollar, fikrlar tugʻdiradigan filmlarni eʼtiboringizga havola etadi.

Obunachilarimizning ruhiy sogʻligʻi biz uchun muhim va bu hazillashib boʻlmaydigan mavzu hisoblanadi. Filmlar tomoshasidan soʻng paydo boʻladigan fikr va tuygʻular har kunlik tanlovlaringizga taʼsir etishi ehtimoldan xoli emas.

Shu sabab, agar sizni qiynayotgan shaxsiyat, kelajak, oilaviy va ijtimoiy muammolar mavjud boʻlsa malakali mutaxassislar bilan bogʻlanishni maslahat beramiz.

Quyida sizga maʼqul kelishi mumkin boʻlgan kanal va akkaunt nomini qoldiyapman.

Agar ulgursangiz, hozir konsultatsiyalar uchun 25% lik chegirma ham majvud ekan.


https://t.me/DrZamiraDavron

❤️‍🩹 Iltimos, ruhiyatingizga befarq boʻlmang.
🤣1512😁4
1. Kunlarim - Jahongir Otajonov
Rej: Sardor Faxriddinov
2. Amerikancha Goʻzallik (1999)
Rej: Sem Mendes

@Enigma_Uz
23👍2
​​KOVBOY BIBOP
Cowboy Bebop, 1998-1999 16+

#premyera #kiberpank #komediya

2071-yil, bu paytga kelib yer deyarli yashab bo'lmaydigan joyga aylangan. Odamlar endi turli sayyora, yo'ldoshlarni kolonizatsiyalashtirib, o'sha yerlarda yashaydi. Jinoyat avj olganidan, Quyosh sistemasi xalqaro politsiyasi ular uchun mukofot puli e'lon qilgan. Bu jinoyatchilarni tutadiganlarni esa "kovboylar" deb atashadi.

Serial o'z davri va hozir uchun ham kult so'zining namoyondasi bo'la oladi. Tomosha uchun anchayin yengil ekani, kayfiyatni yaxshi saqlashini inobatga olsak, uni ko'rishda muammo bo'lmaydi.
Ayniqsa undagi ishlatilgan musiqalar san'at asari. Epik 007 ni eslatib yuboradigan introdan tortib, serialdagi jazzga hamohang sauntreklargacha. Hali bu serialga qay darajada o'rganib qolganingizni sezmay qolasiz.

Tarjima @sebs_channel tomonidan amalga oshirilmoqda.

IMDb: 8.9/10
KinoPoisk: 8.7/10
Letterboxd: 4.6/5
❤‍🔥93
​​KOVBOY BIBOP E01

Epizod: 01
Audio: Jap
Subtitr: En, Uz

#kovboybibop

@Enigma_Uz@Sebs_channel
❤‍🔥159👍1
Kristofer Nolan - davrimizning eng zoʻr va eng muhim rejissyorlaridan biri.


- Deni Vilnyov

Bugun familiyasini hamma(literally) eshitgan odamni tugʻilgan kuni. Shu munosabat bilan, unga sogʻlik-salomatlik tilaymiz. Umri uzoq boʻlsin, koʻzlarimizni quvontirishdan toʻxtamasin.

Tomoshabinlarlarsiz hech qaysi rejissyor - rejissyor emas. Men uchun odamlarni kinoga borishga majburlay olgan rejissyorlar eng yaxshilar hisoblanadi. Bu inson shular ichida eng baland oʻrinlardan birida tursa ajab emas.

Tan olinglar, odamlarni 3soatlik biopik tomosha qilishga majburlay olish, buni ustiga sal kam millard ofis yig'adigan kino olish uchun kamida familiyangiz Nolan boʻlishi kerak.

Kanalimizda tarjima qilingan Memento filmini, oling ana, istalgan Kristofer Nolan filmlaridan birinchi rewatch qilish uchun ajoyib kun!

Ching-ching! 🥂
19🔥4🤩2🎉1
Siz kutgan kun keldi!

Obunachilarga har tomonlama qulaylik yaratish maqsadida "Oddiy Odamlar" seriali haqida avvalroq taklif qilingan 2ta variantning ikkisini ham bir vaqtda joriy qilishga qaror qildik.

Bu degani: Obunachi xohlasa kanalda donat qilib, epizodlarni ketma-ket tomosha qilib boradi, xohlasa bitta toʻlov qilib premium kanalga qoʻshiladi va barcha epizodlarga bittada ega boʻladi.

Epizodlar kanalda ham donat evaziga qoʻyib boriladi. Bundan tashqari pullik kanalga ham joylanadi.

Kanalda donat summasi: 60.000 soʻm/har bitta epizodga
Premium kanal obunasi: 30.000 soʻm

Aksiya!!! Birinchi ulangan 10ta obunachiga yopiq kanal obunasi 25.000 soʻmdan!

Premium kanalga ulanish uchun @alberuniy akkauntiga murojaat qiling.

Kanaldagi donat haqida kechroq maʼlumotlar eʼlon qilinadi.

@Enigma_UzBiz bilan qoling!
4🔥4👍1🤩1
​​ODDIY ODAMLAR S01 E04

Audio: En
Subtitr: Uz
#normalpeople

@Enigma_UzDeshifrlaymiz!
18
​​KOVBOY BIBOP E02

Epizod: Daydi It Viqori
Audio: Jap
Subtitr: En, Uz
#kovboybibop

@Enigma_Uz@Sebs_channel
18
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bir narsani angladim. Men odam emasman, Sara. Bu yerda bo'lmasliging kerak. Men bu yerda emasman. Meni ko'rib turgan bo'lishing mumkin, lekin men bo'm-bo'shman. Boʻm-boʻsh...


🎥 YAKKALANISH (2011)
17❤‍🔥2💔2👍1🕊1
"Oddiy Odamlar" seriali 5-qismi uchun donat summasi: 60.000 soʻm

Istalgan miqdordagi summani ushbu kartaga oʻtkazishingiz mumkin:

9860040102482839 T/J

Mablagʻni oʻtkazib, xuddi shu post izohlar qismiga yoki botga miqdorini yozib qoʻyishingizni iltimos qilamiz.
Masalan: "+5.000 soʻm 5-qism uchun" deb yozishni oʻzi kifoya.

Premium kanalimizda esa aksiya boʻyicha 1 DONA JOY QOLDI. Tezroq harakat qiling!🏃‍♂‍➡️
😁42👍1
Mandat chiqqanmish, normalniy joylarga oʻqishga kirganlar bormi?)