Enigma Uz
2.6K subscribers
341 photos
56 videos
7 files
258 links
Oʻzbekcha subtitrdagi eng TOP film va seriallar.

Yangiliklar: t.me/tortinchi_devor

Donat uchun: t.me/choychaqauz

Quiz arxivi : t.me/Enigma_Quiz

Admin: t.me/TashpulatoffJamshid
Download Telegram
Qaysi savol eng koʻp yoqqanini yozib keting. Tomoshabinlar pozitsiyasida eng yaxshi savolni aniqlaymiz.

Ha aytgancha, rasmlarni jiyanim chizmagan, shunchaki sarkazm. Barchasi internetdan olingan.
​​PORLASH (1980)


P.S: Texnik xatolik tufayli postga biriktirilgan fayl oʻchib ketdi va shuning uchun qayta joylandi. Noqulaylik uchun uzr soʻraymiz.
​​PORLASH (1980)

Audio: En
Subtitr: Uz, En
Online: MX Player, VLC

@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!
Forwarded from Клуб Лестата
The Hangover(Karaxtlik)

Qadrdon doʻstlarining uylanishidan oldin 4 ta "kal" bachelor party oʻtkazmoqchi. Ular toʻgʻri Las-Vegasga borishadi, oʻsha yerda qandaydir qilib, kayp bilan tunni oʻtkazishadi. Ertalab boʻlsa hammasi xonalarida karaxt uygʻonadi. Lekin choʻta neto. Ertaga uylanishi kerak boʻlgan oʻrtoqlari yoʻqolib qolgan, xonada yoʻlbars qamalib qolgan, vannada 1 yashar goʻdak bor, oʻzlari boʻlsa oʻchib qolganlaridan hech nimani eslay olishgani yoʻq. Endi nima qilishadi?


Todd Filips oʻzining podrostkoviy komediyalari bilan juda mashhur, bu kino esa uning shoh asari. Chisto mujskoy yoki jenskiy kompaniyada, kallani off qilib, har bitta sekundidagi dialoglar, holatlardan kayf qilib kulinadigan kino. Juda tonkiy, oʻtkir yumorli. Va bu bunaqa stilda tarjima qilinayotgan ilk kino. 18+ ekanligini aytmasam ham tushundinglar, juda koʻp soʻkinish, jargon, slenglar bor. Va men qanday boʻlsa, xuddi shunday tarjima qilaman. Menimcha arziydi. Bunday kino koʻrmaganlarga yangilik boʻladi, Todd Filipsni tanib olishga. Bredli Kuper va Zak Galifianakis ismlari ham kinoni koʻrish uchun sabab boʻla oladi.


Film sizning qo'llab-quvvatlashingiz bilan, ya'ni donat evaziga tarjima qilinadi. U 1000 so'm, 5000 yoki 10000 bo'lishi mumkin. Muhimi, film bunga arziydi.

Karta:
8600572911788326
Qodirov Jamshidbek

Belgilangan mablag': 150.000 so'm


https://youtube.com/watch?v=tcdUhdOlz9M&si=Ad_f4wu6geYwDv4t

Treyler
Enigma Uz
The Hangover(Karaxtlik) Qadrdon doʻstlarining uylanishidan oldin 4 ta "kal" bachelor party oʻtkazmoqchi. Ular toʻgʻri Las-Vegasga borishadi, oʻsha yerda qandaydir qilib, kayp bilan tunni oʻtkazishadi. Ertalab boʻlsa hammasi xonalarida karaxt uygʻonadi. Lekin…
Bratim bitta yaxshi ishga qoʻl uribdi. Ikkita non, bitta tarvuz qoʻltiqlab hasharlik qilib kelinglarchi. Kartangizda avtobusga qolgan ohirgi pulniyam donat qivorishlik kino, aytippo'ye. Go, azizlarim.
Tez kunda...
Qaysi filmlarga tan bergansiz, lekin qayta koʻrishni umuman xohlamagan boʻlardingiz?
Forwarded from ScripterUz
​​Neft (There will be blood, 2007)

Audio: En
Sub: Uz, En, Ru

#toliqmetrajli

📝@Scripter_uz
Forwarded from Enigma Uz
"YONG'INLAR" (2010) R

#premyera #tezkunda #drama #mystery

Janri "drama" deyilganida meni birinchi hayolimga keladigan filmlaridan biri "Yong'inlar"dir. 2011-yil Kanada nomidan "Eng Yaxshi Xorijiy Film" nominatsiyasida nomzod bo'lgan film nohaq ravishda Oskardan mahrum bo'ladi. Lekin, o'zi qatnashgan qolgan tanlov va festivallardan 41 ta sovrin bilan qaytib sifatli film ekanligini ko'p marta isbotlaydi. Ssenariy aslida Livanda tug'ilgan Kanadalik Vajdi Muavadning teatr o'yinidan adaptatsiya qilingan bo'lsa-da, mahoratli rejissyor Deni Vilnyov buni tomoshabinlarga his qildirmaydi. Qolaversa, Deni Vilnyov o'zining naqadar muvaffaqiyatli rejissyor ekanligini keyinchalik suratga olgan "Asiralar", "Tashrif", "Tig' ustida yuguruvchi 2049" va "Dyuna" filmlari bilan isbotlagan.

140 daqiqalik deyarli inson psixologiyasini buzadigan bu hayratlanarli va ta'sirli filmning hikoyasi qisqacha shunday: Kanadada olamdan o'tgan Naval Marvan advokatiga farzandlari Janna va Simonga berish uchun ikkita maktub qoldiradi. Jannaga berilgan maktubni otasiga, Simonga berilgan maktubni esa akasiga berilishini xohlaydi. Ishning qiziq tomoni esa, ularning otalari yillar oldin vafot etgan, akasi esa yo'q. Bu masalaga oydinlik kiritish uchun egizaklar onalarini o'tmishi izidan Yaqin Sharqqa sayohatga chiqishadi.

Ayniqsa dahshatli finali, syurpriz hikoyasi va ta'sirli sahnalari bilan, boshida aytganimizdek, "Yong'inlar" eng yaxshi dramalardan bittasi
.

IMDb: 8,3
KinoPoisk: 7.9
Enigma Uz: 9.0


Filmning oʻzbekcha treyleri YouTube kanalimizga joylanadi: https://youtu.be/bk69hQwYa2U

@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!
​​YONGʻINLAR (2010)

Audio: Fr
Subtitr: Uz, En
Online: MX Player, VLC

@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!
DUSHMAN
(Enemy, 2013) R

#premyera #tezkunda #drama #mystery #thriller

Universitetda tarix fanidan dars beradigan Adam Bell, o'qish va uy orasida o'tadigan monoton hayotiga kamida bitta qiz do'sti Marini sig'dirishni uddalagan. Bir kuni do'stining tavsiyasi bilan bir filmni tomosha qiladi va o'sha filmda o'ziga juda o'xshash odamni ko'rib, o'sha aktyorni izidan tushadi. Shunday qilib, o'sha aktyor Entoni bilan ikkalasi o'rtasida g'ayrioddiy rishta paydo bo'ladi va bir-birini hayotiga dohil bo'ladilar.

Rejissyorlik kursisida Deni Vilnyov o'tirgan bu triller Nobel mukofoti laureati portugal yozuvchisi Xose Saramagoning "The Double" romani asosida suratga olingan. Rollarda Jeyk Jillenhol, Melani Loran va Sara Gadon.

IMDb: 6,9/10
KinoPoisk: 6,6/10
Enigma Uz: 8,0/10

Filmning o'zbekcha treyleri YouTube kanalimizga joylandi: https://youtu.be/LU_aPRBnYK8

@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!
ZODIAK
(Zodiac, 2007) R

#crime #drama #mystery #thriller #detective

10 yillar davomida butun San Fransiskoni qoʻrquvda ushlab turgan Zodiak taxallusli seriyali qotil politsiyaga boshqotirma-shifrni yechishi kerakligini, agarda shifr yechilmasa qotilliklar davom etaverishini muhbirlar orqali hukumatga bildiradi. Uning shifri tonggi gazetalar ustki sahifasida bosib chiqarilib kodni yecha olgan odamga mukofot tayinlanadi. Shifr yechildi lekin tom ma'noda boshqotirmaga aylangan bu ish esa yopiqligicha qolaverdi. Yillar o'tdi, bu shov-shuvlar unutildi. Hech kim qiziqmay ham qo'ygandi, ammo bir karikaturist boladan tashqari, yolgʻiz u 10 yillar davomida boshqotirma bilan shugʻullanib natijaga erishadi.

Bir tomondan olib qaralsa, dokumental deb atashimiz ham mumkin bo'lgan ushbu film real voqealar, aniq faktlarga tayangan holda, hikoyaning bevosita ishtirokchisi Robert Greysmit tomonidan yozilgan kitob asosida,"Se7en", "Yo'qolgan Qiz" filmlari ijodkori Devid Fincher tomonidan ishlagan. 2007-yilda film premyera qilingandan soʻng Zodiak ishi qayta ochilib tergovlar davom ettiriladi.

IMDb: 7.7/10
KinoPoisk: 7.3/10
Enigma Uz: 9.5/10

Film treyleri Youtube kanalimizga joylandi: https://youtu.be/UskrWhA_qHg

Kanalimizda eng uzoq kutilgan premyera va navbatdagi donat film. Ushbu film subtitrlari odatiy filmlardan 2 karra ko'p bo'lgani va film tarjimasi uchun katta mehnat talab etilgani sababli donat summasi oshirildi.

Belgilangan mablag': 200.000 SO'M

Karta raqami quyda keltirildi, @choychaqauz kanalidan o'zingizga qulay usulda(Click, Payme) donat uchun ma'lumotlar topishingiz mumkin;

9860 0401 0248 2839 J/T

@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!
Enigma Uz pinned «ZODIAK (Zodiac, 2007) R #crime #drama #mystery #thriller #detective 10 yillar davomida butun San Fransiskoni qoʻrquvda ushlab turgan Zodiak taxallusli seriyali qotil politsiyaga boshqotirma-shifrni yechishi kerakligini, agarda shifr yechilmasa qotilliklar…»
Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin!
​​DUSHMAN (2013)

Audio: En
Subtitr: Uz, En
Online: MX Player, VLC

@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!
SEVGI HAQIDA QISQA FILM
(Krótki film o milosci, 1988) 16+

#drama #romance

U maktabni bitirganiga koʻp vaqt boʻlmagan. U pochtada oddiy ishchi boʻlib ishlaydi. Uni kelajakdan katta maqsad va orzulari yoʻq. U hozir shunchaki bir hobbiga asir boʻlib qolgan.

19 yoshli Tomek kechasi derazasidan qoʻshni domdagi, doʻsti "zoʻr narsa" deb taʼriflab ketgan, erkaklarni "paypoqday" almashtiradigan bir ayolni durbin orqali kuzatib oʻtiradi. Avval boshdan shunchaki qiziqish sifatida boshlangan mashgʻulot Tomek oʻylamagan ishlarni boshiga olib keladi.

Sezganingizdek, kanalimizda qoʻyilgan "Qotillik Haqida Qisqa Film" rejissyori Kshishtof Keslyovskiyning ikkinchi televizion novellasi moslashtiruvi. Film Venetsiya Kinofestivali sovrinlaridan birini qoʻlga kiritgan. 61-Oskar mukofoti "Eng yaxshi xorijiy film" nominantlari sifatida koʻrib chiqish uchun yuborilgan ammo qandaydir sabablar bilan rad etilgan. Uning birinchi filmini koʻrgan obunachilarimiz tushunganlaridek, rejissyor kinomatografiyada oʻz yoʻliga ega, oddiy hikoyani ham tomoshabin koʻziga gʻayrioddiy sa'nat asaridek koʻrsata biladigan inson. Shunday ekan, oʻz zamonasining dahosidan yana bir durdonani eʼtiboringizga havola etamiz.


IMDb: 8.1
KinoPoisk: 8
Enigma Uz: 10


Film treyleri: http://www.youtube.com/watch?v=lNJild87twQ

@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!
​​SEVGI HAQIDA QISQA FILM (1988)

Audio: Pol, Ru
Subtitr: Uz, En, Ru
Onlayn: MX Player, VLC

@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!