Эндокринолог Хусан Илхомович
14.4K subscribers
7 photos
33 links
Kanal xalqni endokrinologiya, nutritsiologiya va dietologiya sohalaridagi eng so'ngi va ishonchli ma'lumotlar bilan ta'minlash maqsadida tashkil etilgan

Endokrinolog Husan Ilxomovich
Qabulga yozilish @endo_assistent

Chat: https://t.me/+GgMANa-BFFswMzcy
Download Telegram
Ozishda kaloriya hisoblash - eng aqlli va bezarar metod [davomidan] (by Xusan Ilxomovich)

Oldingi maqolada kunlik energiya ehtiyojini hisoblash va kaloriya defitsiti haqida to'liq tushuncha bergandim, bugun jarayonning yuragi bo'lgan kaloriya hisoblashni o'rgatmoqchiman. Oldin bir savolga javob berib olaylik, kaloriya hisoblash bizga nima uchun kerak o'zi? Ozishda ovqat kaloriyasini hisoblashdan asosiy maqsad istemol qilinayotgan ovqat va sarflanayotgan energiya muvozanatini nazorat qilish orqali cheklovlarsiz xohlagan narsangizni yeb ozishdir.

"Duxtr shunda cheklov yomonmi?" Yo'q yomon emas, ozish uchun yaxshi instrument, ammo doimiy natijani saqlab qolishda bu metod qo'llanilmaydi, juda semiz va metabolik kasalliklarga ega bemorlarda cheklovlar bilan malum muddat yetarlicha ozib olgandan keyin kaloriya hisoblash mantiqiy ketma-ketlik bo'lishi mumkin. Sizga cheklovni yomonlaydigan doktor katta ehtimol cheklovsiz ozish kursini sotmoqchi xolos :)

"Duxtr dorilar bilan ozish yomonmi?" Yo'q yomon emas, xatto ayrim tibbiy holatlarda yoki ma'lum kasalliklarda shart bo'lgan yechim, ammo dorilar ham doimiy natijani saqlab qolish metodi emas, balki bemorga vaqtinchalik yordam berish maqsadida qo'llaniladi, dori bilan ozganlarda ham kaloriya hisoblashga o'tish yo'qotilgan vaznni qayta tiklab olmaslik uchun mantiqiy harakat hisoblanadi. Sizga dorilarni yomonlaydigan kimsa (dietologlar yoki fitness trenerlar) sizni manipulyatsiya qilish orqali shunchaki o'z xizmatini sotmoqchi xolos

"Duxtr bariatrik xirurgiya - oshqozonni kestirish yomonmi?" Yo'q yomon emas, tana massa indeksi juda yuqori va bir vaqtning o'zida metabolik kasalliklar (masalan qandli diabet, og‘ir osteoartrit, obstruktiv tungi apnoe) ga ega bemorlarda qo'llash mumkin bo'lgan davolashning bir turi, bunga oddiy isbot sifatida DIRECT tatdiqotida remissiya bo'lgan (tuzalgan) diabet II tip bemorlarni misol keltirish mumkin, sizga bariatrik xirurgiya yomon deydiganlar yoki ko'rsatmalar bo'lmaganda ham oshqozoningizni kesmoqchi bo'lgan jarrohlar faqat nafsni (soqqani) o'ylayotgan johillar yoki bilimsiz bechoralar xolos

Xulosa qiladigan bo'lsam, ijtimoiy tarmoqlarda radikalizm urug' otib ketgan bu tibbiy maydonda kimga ishonishni bilmay qolishingiz tabiiy, maqola yozishdan asosiy maqsadim ham sizlarga asl haqiqatnigina yetkazishdan iborat

"Duxtr nimalar dedingiz, umuman tushunmadim, ozish uchun nima qilay aniq gapiring" deydiganlarga mavzuga qaytamiz: (ET)

Oldingi postda bergan formulam yordamida kunlik energiya ehtiyojingizni hisoblab, undan 500-1000 kkal ayirish orqali kaloriya defitsitini hosil qilgandingiz, endigi asosiy ish ozuqa kaloriyasini hisoblashdan iborat bo'ladi. Ovqatdagi 3 xil makromolekula energiya berishi mumkin: 1gr oqsil 4 kkal, 1 gr yog' 9 kkal va 1 gr uglevod 4 kkal. Ammo hamma ovqat tarkibida ham qancha makromolekula borligini bilish qiyin, bunda bizga fatsecret ilovasi (ko'k yozuvga bosing) yordam beradi. Ilovani o'rganish uchun ozgina vaqt, sabr va tafakkur talab etiladi (afsuski)

Ilovada deyarli barcha ozuqa mahsulotlarini (asosan rus tilida), ular kaloriyasini va tarkibidagi makromolekulalar miqdorini bilish mumkin, kundalik (дневник) qismidagi ➕ belgisini bosish orqali esa kuniga nimalar yeyayotganingizni kiritib borsangiz, kun oxirida umumiy kaloriya qancha bo'lganligini hisoblab analiz qilib beradi, ilovadan foydalanish bepul!

Duch kelishingiz mumkin bo'lgan yana bir muammo, yegan ozuqangiz og'irligini hisoblash bo'ladi, bu uchun oshxona elektron tarozisi (ko'k yozuvga bosing) ishlatishni tavsiya etaman. Bir necha hafta ishlatganingizdan keyin ko'z bilan chamalay oladigan darajaga kelasiz, shunda tarozi ham shart bo'lmay qoladi

Hurmat bilan endokrinolog Xusan Ilxomovich

Qabulga yozilish: @endo_assistent

Ma'lumotlardan foydalanganda mualliflik huquqiga ko'ra manbani olib tashlamaslikni iltimos va talab qilib qolaman, shunga o'xshash oson tilda tushuntirilgan va dunyo standartlariga muvofiq keladigan tibbiy ma'lumotlarni kuzatib borish uchun kanalga a'zo bo'lib qo'ying, salomat bo'ling!

Manba: https://t.me/endotalim
👍172👏25🏆12
Эндокринолог Хусан Илхомович
Ozishda kaloriya hisoblash - eng aqlli va bezarar metod [davomidan] (by Xusan Ilxomovich) Oldingi maqolada kunlik energiya ehtiyojini hisoblash va kaloriya defitsiti haqida to'liq tushuncha bergandim, bugun jarayonning yuragi bo'lgan kaloriya hisoblashni…
Yuzlab endokrinologlar yozadigan postlarimni pul to'lab o'qishadi, kanaldagi postlarni saqlab olishni yoki guruhlarga yuborib qo'yishni tavsiya qilaman, yaqinda telegramni yangi funksiyasi e'lon qilinsa postlar bloklanishi mumkin, keyin siz ularni faqat pul to'lab (telegram yulduzlari bilan) o'qiy olasiz, shunday ekan tekin paytida qadriga yeting...!
👏73👍51
Ishxonam va qabul kunlari

🏥 Manzil: Toshkent shahri, Levelmed klinikasi

📆 Konsultatsiya kunlari: Seshanba va payshanba

💷 Konsultatsiya narxi: 200 ming
Bir hafta ichida qayta qabul bepul!

👨‍💻 Qabulga yozilish: @endo_assistent

🚏 Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/Jt66CsmpUHzyTS8S9

01.05.26
HOZIRDA JIZZAX SHAHRIDA BEMOR QABUL QILYAPMAN ❗️
👍17🏆4
Yaqinda online konsultatsiya qilgan bir bemorimdan otziv kelib qoldi...

Foydali bo'lish hissi naqadar zavqli ekanligini tushungan inson yaxshilik qilishdan to'xtamasa kerak nazarimda

Inson baxtli bo'lishi yani o'zini baxtli his qila olishi uchun eng muhum faktor - o'zining jamiyatdagi boshqa insonlarga foydali bo'layotganini bilish va his etish deb hisoblayman, shuning uchun bir shiorga doim amal qilaman: "Foyda olishdan ko'ra foydali bo'lishni o'yla, shunda ko'proq foyda olasan"

Bemorlarni davolashdan asosiy maqsad moddiy emas manaviy bo'shliqni to'ldirish ekanligini tushunganimizda kasbimizdan rohatlanish o'z o'zidan kela boshlaydi (albatta moddiyat ham kerak)

Xulosa: Qaysi kasbda ishlashingizdan qat'iy nazar foydali bo'lishga harakat qiling, shunda kasbingizni sevishingiz osonlashadi, sevgan kasbingizda esa rivojlanishdan hechqachon to'xtamaysiz

Hurmat bilan endokrinolog Husan Ilxomovich

@endotalim
👍92👏18🏆10
Kanalda fitness bilan shug'ullanuvchi yoshlar soni ortib borayotgani uchun shu sohaga oid bir dolzarb mavzuda maqola yozmoqchiman, sizga qiziqmi?
Anonymous Poll
84%
Ha qiziq
8%
Yo'q qiziq emas
8%
Boshqa mavzuda yozing
👍45👏7
Эндокринолог Хусан Илхомович
Kanalda fitness bilan shug'ullanuvchi yoshlar soni ortib borayotgani uchun shu sohaga oid bir dolzarb mavzuda maqola yozmoqchiman, sizga qiziqmi?
Saqlab olishga tayyor turing, 10 daqiqa ichida fitness bo'yicha AKTUAL mavzuga oid maqolamni joylashtiraman

⚠️ Postlar kanaldan o'chirib yuborilish ehtimoli mavjud, shunday ekan saqlab qo'yish esdan chiqmasin
👍58👏12🏆8
Sog'likdagi muammolarning siz ahamiyat bermaydigan eng keng tarqalgan sababi (by Xusan Ilxomovich)

Statistika malumotlariga qaraganda dunyo aholisining taxminan 25% qismida anemiya yani kamqonlik kasalligi mavjud bo'lib, temir mikroelementi yetishmovchiligi anemiyaga sabab bo'luvchi barcha holatlarning 50% qismini tashkil etadi.

Ha tushunganingizdek bugun sizlar bilan eng ko‘p uchraydigan, ammo ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan holat - temir tanqisligi va temir tanqis anemiya haqida gaplashamiz. Oldin sizlarga temir o'zi qanday modda ekanligi va organizmda nima karomat ko'rsatishi haqida qisqacha aytib o'tsam: (ET)

1) Temir kislorodni o‘pkadan olib, butun tana bo‘ylab tarqatadigan oqsil - gemoglobinning asosiy strukturasi hisoblanadi, agar temir kam bo'lsa to'qimalar kislorodsiz qolishi muqarrar. Bu jarayon gipoksiya deb nomlanib, miya va yurak hujayralari kislorod tanqisligiga eng sezgir azolar bo'lganligi uchun gipoksiya avvalo bosh aylanishi va yurak tez urishi bilan namoyon bo'ladi.

2) Tanamizda mitoxondriyalar deb nomlanadigan energiya (ATF) ishlab chiqaruvchi dvigatellar bo'lib, ularning normal ishlashi uchun temir moddasi mavjudligi talab etiladi. Shuning uchun temir tanqisligida odam qancha dam olsa ham o'zini charchagan va energiyasiz his qiladi

3) Temir organizmni hujayralarga zarar yetkazuvchi erkin radikallar to'planishidan himoya qiladigan antioksidant modda hisoblanadi. Bundan tashqari bakteriyalarni nobud qilinishida qatnashuvchi prooksidant bo'lib, bu uning immun tizimi mustahkamligida muhum ahamiyat kasb etishini anglatadi

4) Miyamizdagi nerv hujayralarida signal uzatilish tezligi ularni o'rab turuvchi miyelin qobiq qalinligiga bog'liq. Temir oligodendrotsit deb ataluvchi maxsus nerv hujayralarimizda miyelin ishlab chiqarilishini kuchaytirish orqali kognitiv qobilatimizni yaxshilaydi. Shuning uchun temir tanqisligida fikrlash, xotira va diqqa qilish funksiyalari izdan chiqishi mumkin

Xullas temirni ahamiyati haqida hali ko'p gapirish mumkin, yuqorida esa eng muhumlarigagina to'xtalib o'tdim...

"Duxtr bizda temir tanqisligi bor yo'qligini qayerdan bilamiz?" deydiganlarga temir tanqisligi belgilarini aytib o'tmoqchiman: (ET)
-Charchoq
-Letargiya - energiya kamligi, xolsizlik, erinchoqlik
-Taxikardiya va yurak urib ketish hissi
-Ish samaradorligi pasayishi
-Hansirash
-Nafas qisishi
-Teri rangparligi
-Soch to'kilishi
-Bosh aylanishi
-Bosh og'rishi
-Tinnitus - quloqlardagi shovqin
-Diqqat tarqoqligi
-Termoregulyatsiya buzilishi - qo'l-oyoq muzlashi
-Immunitet pasayishi va infeksion kasalliklarga moyillik ortishi
-Teri va sochlar quruqligi
-Koilonixiya - tirnoqlardagi qoshiqsimon o'zgarishlar
-Glossit - til toʻqimalarining yalligʻlanishi
-Angulyar xeylit - og'iz burchagi yallig'lanishi
-Bezovta oyoqlar sindromi - oyoqdagi noqulaylik va majburiy harakatlar (ayniqsa tunda)

Bolalarda:
-Past bo'ylilik va IQ (intellekt) darajasi pastligi
-O'rganish qobilyatinining ortga qaytmas pasayishi
-Diqqat yetishmasligi
-Pika

*Pika - istemol qilib bo'lmaydigan loy, bo'r, qog'oz, bo'yoqlar, soch kabi mahsulotlarni istemol qilish xohishi bilan harakterlanadigan holat

Oldingi postlarimda aytib o'tganimdek temir tanqisligini faqat gemoglobin darajasiga qarab baholash to'g'ri emas, umumiy qon tahlilini chuqurroq analiz qilish va qo'shimcha tekshiruvlar talab etilishi mumkin. Agar siz ham o'zingizda yuqoridagi belgilarni payqagan bo'lsangiz albatta shifokorga murojaat qiling!

⚠️ Maqolani oddiy xalq tushunishi mumkin bo'lgan maksimal sodda va shu bilan birga ilmiy tilda yozishga harakat qildim. Hurmat bilan endokrinolog Xusan Ilxomovich

Qabulga yozilish: @endo_assistent

Ma'lumotlardan foydalanganda mualliflik huquqiga ko'ra manbani olib tashlamaslikni iltimos va talab qilib qolaman, shunga o'xshash oson tilda tushuntirilgan va dunyo standartlariga muvofiq keladigan tibbiy ma'lumotlarni kuzatib borish uchun kanalga a'zo bo'lib qo'ying, salomat bo'ling!

Manba: https://t.me/endotalim
21👍313👏22🏆19
Keyingi yoziladigan maqola qaysi mavzuda bo'lishini xohlaysiz?
Anonymous Poll
12%
Osteoporoz
52%
Ideal tana vazni
11%
Qandli diabet asoratlari
14%
Interval ochlik
12%
Endokrin qon bosimi
👍27🏆6👏2
Эндокринолог Хусан Илхомович
Keyingi yoziladigan maqola qaysi mavzuda bo'lishini xohlaysiz?
Demak eng ko'p ovozni ideal tana vazni to'pladi, kommentda + qoldirganlar soni 100 tadan oshsa maqolamni kanalga joylashtiraman!
👍130👏16
Ideal tana vaznini hisoblash uchun ideal formula (by Xusan Ilxomovich)

Bugun sizlarga ideal tana vaznini hisoblash uchun eng mashxur va ishonchli bo'lgan Devayn formulasini o'rgatmoqchiman.

Ideal tana vazni (ITV) - malum bir balandlik, yosh va jins uchun o'lim xavfi eng past bo'lgan tana vaznidir

Devayn formulasi: (ET)
Erkaklar uchun: ITV = 50 + 0.9 * (bo'y (sm) - 152)
Ayollar uchun: ITV = 45.5 + 0.9 * (bo'y (sm) - 152)


* 0.9, 50, 45.5 va 152 sonlari nimani anglatadi degan savol paydo bo'lishi mumkin, olimlar shuni aniqlashganki 152 sm bo'yli erkak uchun 50 kg va 152 sm bo'yli ayol uchun 45.5 kg tana vazni ideal hisoblanadi, 152 sm dan keyingi qo'shiladigan har 1 sm bo'y uchun 0.9 kg vazn eng optimal hisoblanadi.

Endi esa maqolalarim qahramoni #Abdurayim misolida ideal tana vaznini hisoblab ko'ramiz:
Bo'yi - 182 sm

ITV = 50 + 0.9 * (182 - 152) = 77 kg

Demak oshnamiz Abdurayim uchun ideal tana vazni 77 kg ni tashkil etadi.

Ayollar uchun ideal tana vaznini latofatli kurash ustasi Laylo Sobirova misolida hisoblab ko'ramiz:
Bo'yi - 165 sm

ITV = 45.5 + 0.9 * (165 - 152) = 57 kg

Qiziqarli jihati shundaki sport malikasi aynan 57 kg tana vaznida kurash olib boradi. Yuqoridagi rasmni ko'rib keltirayotgan formulam qanchalik aniq ekanligiga guvoh bo'lishingiz mumkin :)

⚠️ Formula yordamida siz ham ideal tana vazningizni hisoblab ko'ring, kommentda hisob-kitobni yozib qoldirsangiz to'g'ri yoki xato ekanligini aytaman, hurmat bilan endokrinolog Xusan Ilxomovich

Qabulga yozilish: @endo_assistent

Ma'lumotlardan foydalanganda mualliflik huquqiga ko'ra manbani olib tashlamaslikni iltimos va talab qilib qolaman, shunga o'xshash oson tilda tushuntirilgan va dunyo standartlariga muvofiq keladigan tibbiy ma'lumotlarni kuzatib borish uchun kanalga a'zo bo'lib qo'ying, salomat bo'ling!

Manba: https://t.me/endotalim
7👏222👍111🏆14
Endokrinolog qanday kasalliklarni davolaydi? (ET)

Ko'pchilik (xatto ayrim doktorlar ham) endokrinolog deganda faqat diabet, buqoq yoki semizlik bilan shug'ullanadigan doktorlarni tushunishadi, aslida esa endokrinologiya juda katta va deyarli barcha organ sistemasiga tasir ko'rsatuvchi murakkab soha hisoblanadi. Bugun sizlarga endokrinolog kim va qanday kasalliklarni davolashi haqida tushuncha bermoqchiman

Endokrinolog - organizmdagi barcha gormonal o'zgarishlar va endokrin kasalliklar bilan shug'ullanuvchi shifokor bo'lib, quyidagi kasalliklar bilan ishlaydi (faqat asosiylarini yozaman):

Qonda qand miqdori oshishi bilan kechuvchi kasalliklar:
- I va II tip qandli diabet hamda ularning asoratlari
- Prediabet (diabet oldi holati)
- Gestatsion diabet (homiladorlikdagi diabet)
- LADA (I tip diabetning kattalarda kech boshlanuvchi yashirin turi)
- Va boshqa ko'plab diabet turlari (Ketozga moyil diabet, MODY diabet, spetsifik diabet turlari)

Qalqonsimon bez kasalliklari (xalq tilida buqoq):
- Yod tanqisligi kasalligi
- Autoimmun tireoidit (surunkali yallig'lanishi)
- Diffuz toksik buqoq (greyvs kasalligi)
- O’tkir tireoidit (yiringli yallig'lanishi)
- O’tkirosti tireoidit (og'riqli yallig'lanishi)
- Tugunli buqoq (kolloid tugun, toksik tugun, qalqonsimon bez raki, kista)
- Gipertireoz holatlari (ko'p gormon ishlab chiqarilishi)
- Gipotireoz holatlari (kam gormon ishlab chiqarilishi)

Semizlik bilan kechuvchi kasalliklar:
- Ekzogen-konstitutsional semizlik (noto'g'ri turmush tarzi hisobiga)
- Gormonal semizliklar (gormonal kasalliklar hisobiga)
- Irsiy semizlik (mutatsion kasalliklar hisobiga)
- Yatrogen semizlik (dorilar hisobiga)

Ayollar reproduktiv kasalliklari:
- Bepushtlik
- Tuxumdonlar polikistozi sindromi (СПКЯ)
- Predmenstrual sindrom
- Hayz sikli buzilishlari
- Giperprolaktinemiya (prolaktin gormoni balandligi)
- Endometrioz
- Barvaqt tuxumdon yetishmovchiligi
- Menopauza va klimakterik sindrom

Erkaklar reproduktiv kasalliklari: (ET)
- Bepushtlik
- Erektil disfunksiya (impotensiya)
- Ginekomastiya (erkaklarda ko'kraklar kattalashishi)
- Anabolik steroidlarni qo’llash bilan bog'liq muammolar
- Gipogonadizm (testosteron yetishmovchiligi)
- Yoshga bog'liq (возрастной) gipogonadizm

Kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlari:
- Giperparatireoz (qalqonoldi bezi gormonlari haddan ortiqligi)
- Gipoparatireoz (qalqonoldi bezi gormonlari yetishmovchiligi)
- Osteoporoz, osteopeniya va osteomalyatsiya
- Vitamin D yetishmovchiligi
- Giperkalsiyemiya (qonda kalsiy balandligi)
- Gipokalsiyemiya (kalsiy yetishmasligi)

Gipofiz bezi kasalliklari:
- Prolaktinomalar (prolaktin ishlab chiqaruvchi o'smalar)
- Kushing kasalligi (adrenakortikotrop gormon ishlab chiqaruvchi o'smalar)
- Akromegaliya (organlar kattalashib ketishi)
- Gipopituitarizm (gipofiz bezi gormonlari yetishmovchiligi)
- Shixan sindromi (tug'ruqdan keyingi gipofiz yetishmovchiligi)
- Gigantizm va pakanalik

Endokrin qon bosimi:
- Feoxromositoma (adrenalin, noradrenalin ishlab chiqaruvchi o'sma)
- Giperaldosteronizm (aldosteron haddan ortiqligi)
- Kushing sindromi (kortizol haddan ortiqligi)

Ko'p uchrovchi boshqa endokrin kasalliklar:
Buyrak usti bezi yetishmovchiligi (aldosteron va kortizol yetishmasligi)
Tug'ma buyrak usti bezi giperplaziyasi (ВДКН)
Qandsiz diabet (antidiuretik gormon yetishmovchiligi)
Noadekvat antidiurez sindromi (antidiuretik gormoni haddan ortiqligi)

Yuqorida eng keng tarqalgan endokrin muammolarnigina yozdim, aslida har bir punktga yana ko'plab kasalliklarni kiritish mumkin edi, ularni endokrinolog bo'lmagan odam (xatto ko'pchilik boshqa soha doktorlari ham) tushunishga qiynalishi tabiiy

Gormon buzilishlari odatda butun tana azolaridagi o'zgarishlarga sabab bo'la oladi, ming afsuski endokrinologiya qanchalik katta va keng spektrli soha ekanligini sizning tasavvuringizga joylab qo'ya olmayman...

Kommentda sizni qiziqtirgan kasallik nomini yozib qoldirsangiz, shu haqida maqola yozishga harakat qilaman, hurmat bilan endokrinolog Xusan Ilxomovich

Qabulga yozilish: @endo_assistent

Manba: https://t.me/endotalim
👍80🏆9👏1
Yangi "elektron retsept" tizimi yohud tibbiyotimizdagi inqilobiy o'zgarishlar (by ET)

Siyosatga aralashishni yoqtirmasamda doktor sifatida tibbiyot sohasidagi oxirgi bo'layotgan voqealarga munosabat bildirish va xalqimizga to'g'ri tushuncha berishni burchim deb topdim

Xabaringiz bor 12-dekabrdan boshlab Dmed elektron retsept tizimi ishga tushurildi. Bunga ko'ra shifokorlar endilikda dori vositalarini elektron retsept tizimiga kiritadi va dorini qabul qilib olish uchun bemorga ID yoki QR kodli retseptni taqdim etadi. Tizimga kiritilgan malumotlar avtomatik ravishda barcha dorixonalarga uzatiladi.

"Duxtr bu tizim ham xalqni qiynash uchun ishlab chiqarilgandirda, bizga nima foyda bundan?" deyishingiz mumkin, quyida tizimning ustunliklari va ayrim kamchiliklari haqida shaxsiy fikrlarimni aytib o'tmoqchiman: (ET)

1) Dmed yagona tibbiy axborot tizimi bo'lganligi sababli, tizimga kiritilgan ma'lumotlarga ham shifokor ham bemorlar osonlik bilan kirish imkoniyatiga ega bo'ladilar, tibbiy ma'lumotlaringiz (anamnez, kasallik tarixi, analiz va tekshiruvlar, diagnozlar, dorilar va hk) tizimda doimiy saqlanadi va ularni tushunish anchagina yengillashadi (oyoqda yozilgan retseptlardan farqli o'laroq).

2) Doktorlar retsept yozayotganda sotuvdagi dori nomini emas, uning asosiy tarkibiy qismini yozishadi, buni xalqimiz uchun qanday foydasi bor deyishingiz mumkin, oxirgi yillarda afsuski dori kompaniyalari bilan doktorlar o'rtasida moddiy va boshqa manfaatlar evaziga kelishuv ko'paygandi, yangi tizimda esa bunga mutlaqo chek qo'yildi, chunki retseptda dorining sotuvdagi nomi emas tarkibigina ko'rsatiladi (shu yerda etiborga olinishi kerak bo'lgan va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan novbatdagi muammo dori kompaniyalarining dorixona hodimlari bilan manfaatlar evaziga til biriktirishi bo'lishi mumkin)

3) O'z boshimchalik bilan (qo'shni Qumri hola tavsiyasiga ko'ra) dori qabul qilinishini va uning yuzaga keltiradigan salbiy oqibatlarini oldini olishi mumkin, xalqimiz dorilarni ovqatdek istemol qilinadigan hozirgi paytda bu ideal yechim deb hisoblayman!

4) Dorilarni doktor tavsiyasiga ko'ra emas, ko'r ko'rona farmasevt tavsiyasiga ko'ra qabul qilinishi oldi olinadi. Bu ham eng katta muammolardan biri edi, chunki birinchidan bemorga doim ham yuqori malakali farmasevt to'g'ri kelmaydi (odatda dorixonalarda tajribasiz med institut talabalari ishlashadi), ikkinchidan bemor holatini to'liq tushunish uchun albatta kasallik tarixini batafsil o'rganib chiqilishi va tekshiruvlar o'tkazish talab etiladi.

Foydali jihatlar juda ko'p, ularni tizim ishlash davomida sekinlik bilan ko'rib boraverasiz...

Tizim albatta kamchiliklardan holi emas. Etiborimni tortgan kamchilik bu surunkali kasalliklarga ega bemorlarda dorilarni dorixonadan sotib olinishi. Masalan doktor bemorga L-tiroksin preparatini doimiy (butun umr) ichib yurishi kerakligini tayinladi va retsept yozib berdi, doimiy ichiladigan doza belgilab olindi, bemor har safar dori sotib olish uchun doktorga borish kerakmi?

Bunday kamchliliklar va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar yetarlicha ko'p, umid qilamanki tez orada bularga yechim topiladi

Xalqimizning yangi tizimga bildiradigan salbiy fikrlarini to'g'ri tushunaman, yangilikni qabul qilish har doim qiyin, kimlar uchundir (ham bemor ham doktor) tizim noqulayliklar keltirib chiqarayotgani tabiiy va buni shaxsan inqilobdagi normal o'tish davri deb hisoblayman. Umuman olganda xalqimiz yangi tizimning aynan ularning foydalari uchun qilinayotganligi va yaqin kelajakda juda katta ijobiy tasir qilishi mumkinligini ongli ravishda tushunishlari, tezroq moslashishlari va mavjud muammolarga birgalikda yechim topishga harakat qilishlari lozim deb o'ylayman

Yuqoridagi barcha fikrlar subyektiv bo'lib, fikri ojizim bo'yicha yozilgan xulosalar xolos!

Hissiyotlarga berilmagan holda tafakkur qilib aytingchi, yangi tizim xalqimiz uchun foydali bo'lishi mumkinmi? Tizimda yana qanday ijobiy va salbiy tomonlarni ko'ryapsiz hamda mavjud muammolarga qanday takliflar bergan bo'lardingiz?

Maqola muallifi: Endokrinolog Xusan Ilxomovich

Manba: @endotalim
👍97🏆10👏7
Эндокринолог Хусан Илхомович
Yangi "elektron retsept" tizimi yohud tibbiyotimizdagi inqilobiy o'zgarishlar (by ET) Siyosatga aralashishni yoqtirmasamda doktor sifatida tibbiyot sohasidagi oxirgi bo'layotgan voqealarga munosabat bildirish va xalqimizga to'g'ri tushuncha berishni burchim…
Malakali endokrinolog xizmati endi JIZZAX viloyatida 📢

Endokrinolog Xusan Ilxomovich endilikda ish faoliyatini Jizzax tibbiyot klasteri (ko'p tarmoqli tibbiyot markazi) da olib bormoqda

Agar sizda:
• doimiy charchoq va holsizlik
• sababsiz vazn ortishi yoki ozish
• semizlik
• soch to‘kilishi
• yurak urib ketishi
• asabiylik, uyqusizlik
• xotira va diqqat pasayishi
• qabziyat yoki ich ketishi
• teri qurishi
• mushaklar zaifligi
• hayz sikli buzilishi
• og‘iz qurishi, kuchli chanqash
• tez-tez peshob ajratish

Kabi endokrinologik muammolar kuzatilsa, endokrinolog konsultatsiyasiga murojaat qilishingiz mumkin

🏥 Manzil: Jizzax tibbiyot klasteri
🚏 Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl
📆 Qabul kunlari: Dushanba–Juma 08:00–15:30

👨‍💻 Qabulga yozilish: @endo_assistent

Kanalni yo'qotib qo'ymaslik uchun hoziroq a'zo bo'lib qo'ying!
1👍240👏27🏆26