eMaktab.uz
13K subscribers
1.47K photos
1.79K videos
694 files
3.66K links
Ta’lim yangiliklari
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️
#attestatsiya
#malaka_toifasi

2024-yildan amaliyotga joriy etilayotgan maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi pedagoglarga malaka toifalarini berish jarayonlaridagi asosiy o‘zgarishlar nimalardan iborat?

Malaka toifalarini berishning asosiy 3 ta yo‘nalishlari qaysilar?

Kimlar imtiyozli tarzda
malaka toifasi seritifikatlarini olishlari mumkin?

👉 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifasini berish va sertifikatlash bo‘limi bosh mutaxassisi Safarali Hamroyev “Mening yurtim” telekanali muxbirining shu kabi savollariga batafsil javob berib o'tdi.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#attestatsiya
#malaka_toifasi

pedkadr.uzedu.uz platformasiga bir kunda 5 785 ta ariza kelib tushdi

👉Xabaringiz bor, 2024-yil 15-yanvardan boshlab maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiya jarayonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari boshlandi.

O‘tgan bir kunning o‘zida attestatsiyadan o‘tish va malaka toifalarini olishni istagan 5 785 nafar, jumladan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi — 305;
Andijon viloyatidagi — 399;
Buxoro viloyatidagi — 491;
Jizzax viloyatidagi — 329;
Qashqadaryo viloyatidagi — 495;
Navoiy viloyati dagi — 409;
Namangan viloyatidagi — 445;
Samarqand viloyatidagi — 573;
Surxondaryo viloyatidagi — 546;
Sirdaryo viloyatidagi — 270;
Toshkent viloyatidagi — 475;
Farg‘ona viloyatidagi — 428;
Xorazm viloyatidagi — 268;
Toshkent shahridagi — 352 nafar pedagoglarning arizalari pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali qabul qilindi.

❗️Eslatib o‘tamiz, pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish jarayonlari joriy yil 1-martga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

O‘qituvchilik faoliyatimni boshlaganimga 24 yil bo‘ldi, 10 yildan beri oliy toifaga egaman. Savolim shuki, men kabi uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi haqida eshitdim, shu to‘g‘rimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar toifasi keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan yoki pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi qayd etilgan.

👉Shuningdek, mazkur Nizomga asosan, quyidagi pedagoglar ham navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod etiladi.

eMaktabuz
📙
https://t.me/kundalikbuxoro
📗
https://t.me/emaktabuz
#attestatsiya
#malaka_toifasi

📣 Joriy yilgi
malaka sinovlari uchun zarur adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori asosida joriy yilning mart-may oylarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkazilishidan xabaringiz bor.

✍️ Shu munosabat bilan vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/announces/1470

eMaktabuz
📙
https://t.me/kundalikbuxoro
📗
https://t.me/emaktabuz
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Men С1 darajadagi milliy sertifikatga ega ingliz tili fani oʻqituvchisiman. Navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtyapman. Belgilangan tartibga koʻra, sertifikatga ega oʻqituvchilarga 80 ball qoʻshib berilar ekan, shu toʻgʻrimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra:

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining kamida С1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.

❗️MUHIM!

🔹 Bu oʻrinda eʼtibor berish kerakki, bu imtiyoz faqat navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etayotgan chet tili fani oʻqituvchilariga tegishli.

👉 Oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashayotgan chet tili fani oʻqituvchilari umumiy talablar asosida, barcha test sinovlarini topshiradi.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz