Insonlar
bir-biridan hafsalasi pir
bo‘lib
sekin-sekin
chiqib ketmoqda.
Avval ishonch.
Keyin mehr.
So‘ng bir kuni
qalbning eshigiga
ichkaridan qulf osiladi.
Hech kim bilmaydi.
Hech kim eshitmaydi.
Faqat yurakning ichida
bir eshik
endi hech qachon ochilmaydi.
Kimningdir qalbida
birinchi bo‘lishni istash
naqadar go‘zal
va naqadar dahshatli.
Oxirgi bo‘lishni istash esa
o‘limdan ham og‘irroq:
chunki o‘limda
hamma narsa tugaydi,
kutishda esa
hech narsa tugamaydi.
Sen kutasan.
Sen yana kutasan.
Yana.
Yana.
Va bir kuni
umidning o‘zi
sening oldingga kelib,
charchagan ko‘zlari bilan:
“Men endi kutolmayman.”
deydi.
******
Shunda sen
dunyodan nafratlanishni boshlaysan.
Aslida dunyodan emas
dunyoda yo‘q narsangdan.
Birgina yo‘q narsa
bor narsalaringning hammasini
qoraga bo‘yaydi.
Qo‘lingdagi nonning ta’mi yo‘qoladi.
Tongning nuri so‘nadi.
Yaqiningdagi odamlarning ovozi
uzoq galaktikalardan kelayotgandek bo‘ladi.
Sen ularga qaraysan
ular bor.
Lekin sening ichingda
ular uchun joy yo’q.
Chunki qalbing
bitta yo‘qlik bilan band.
*****
Noshukurlik
balki shudir:
osmon to‘la yulduz bo‘lsa-da,
insonning ko‘zi
faqat o‘chgan birini izlaydi.
Bir istak amalga oshmaydi.
Va inson
mingta ne’matni
o‘sha bitta istakning
qabriga ko‘madi.
Keyin: “Nega?”
deydi.
Osmon jim.
Yer jim.
Balki bu dunyo
bizning istaklarimiz uchun qurilmagandir.
Balki dunyo
istak bilan haqiqat orasidagi
ulkan jarohatdir.
Biz esa
o‘sha jarohat ichida
umr bo‘yi
“nega?”
degan so‘zni
qayta-qayta tug‘dirib yashaymiz.
Nega insonga tanlov berildi?
Nega unga berildi aql?
Nega?
Agar u har tanlovidan keyin
o‘zini yana ayblasa,
agar har yo‘lning oxirida
boshqa yo‘lni sog‘insa?
Tafakkur
qanday g‘alati ne’mat.
U ko‘zingni ochadi,
keyin
ko‘rganlaring bilan
yashashga majbur qiladi.
Fikrsiz odam
devorning soyasida uxlaydi.
Tafakkur sohibi esa
devorning narigi tomonida
abadiyat borligini biladi
lekin eshikning kaliti yo‘q.
Shuning uchun ba’zan
nodonlik
baxtga o‘xshaydi.
Ba’zan esa
ilm
la’natning eng chiroyli nomi.
Inson
o‘z nafsini ko‘ksida
yovvoyi hayvon kabi olib yuradi.
Uni o‘ldirmoqchi bo‘ladi
o‘lmaydi.
Uni boqadi
kattalashadi.
Undan qochadi
soyasida yuguradi.
Oxir-oqibat
inson tushunadi:
eng uzoq urush
o‘zidan qochib bo‘lmasligi ekanini.
Shuning uchun inson
isyon qiladi.
Keyin qo‘rqadi.
Keyin yana isyon qiladi.
Keyin charchaydi.
Keyin tiz cho‘kadi.
Va shu tiz cho‘kishni
mag‘lubiyat deb o‘ylaydi.
Holbuki,
balki taslim bo‘lish
insonning o‘zidan kattaroq narsani
birinchi marta tan olishdir.
Men bilmayman.
Balki hayotning ma’nosi
biz istagan narsalarni olishda emasdir.
Balki hayot
istaklarimizning qabristonidan
tirik holda o’tishdir.
Har bir qabr boshida
bir orzu yotadi.
Biri sevgi.
Biri sadoqat.
Biri qaytish.
Biri kechirim.
Biri esa
hech qachon kelmagan
bir insonning ismi.
Biz ularning hammasini
ichimizga ko‘mib,
yana ertalab turamiz.
Yuzimizni yuvamiz.
Odamlar orasiga chiqamiz.
Kulamiz.
Gaplashamiz.
Va hech kim bilmaydi
ko‘ksimizning qa’rida
butun bir qabriston borligini.
Shu sabab
dunyo doim bir kam.
Bir odam kam.
Bir javob kam.
Bir “ha” kam.
Bir qaytish kam.
Bir mo‘jiza kam.
Va inson
butun borliqni
o‘sha bitta yetishmagan narsaga
almashtirib qo‘yadi.
Balki uning fojiasi ham shu.
Balki uning buyukligi ham.
Chunki inson
bor narsasi bilan emas,
yetishmagan narsasi bilan ham yashayveradi.
Va umrining oxirigacha
bir qo‘lida isyonni,
bir qo‘lida taslimni,
ko‘ksida esa
bir kam dunyoni
ko‘tarib yashaydi.

❤1
Sokinlik
Insonlar bir-biridan hafsalasi pir bo‘lib sekin-sekin chiqib ketmoqda. Avval ishonch. Keyin mehr. So‘ng bir kuni qalbning eshigiga ichkaridan qulf osiladi. Hech kim bilmaydi. Hech kim eshitmaydi. Faqat yurakning ichida bir eshik endi hech qachon ochilmaydi.…
Men shu vaqtgacha hayotning har qanday achchiq va og‘ir zarbalariga kurashib keldim..
Bugun esa kuchli bo'lishdan charchadim..
Va men endi hayot qoidalari oldida taslimman..
Bugun esa kuchli bo'lishdan charchadim..
Va men endi hayot qoidalari oldida taslimman..
❤1
Sokinlik
Men shu vaqtgacha hayotning har qanday achchiq va og‘ir zarbalariga kurashib keldim.. Bugun esa kuchli bo'lishdan charchadim.. Va men endi hayot qoidalari oldida taslimman..
Sen hali necha yoshga kirding, nima ko‘rding deydigan faylasuflarning gapini eshitishga ham toqatim yo‘q...
Sizlar haqsizlar 🙌Men sizlar oldingizda ham taslimman😆
Sizlar haqsizlar 🙌Men sizlar oldingizda ham taslimman😆
Bugun ilk bora qo‘llarimdan tutib menga ilm , ziyo o'rgatgan shu yoshgacha nimaiki muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsam menga tayanch bo‘lgan boshlang'ich sinf rahbarimni qishlog'imiz do‘konchasida uchratib qoldim..
Rosti juda uyaldim...
Chunki na ust boshimga qaragandim, na sochimga😄
Lablarim oqargan achingannamo bir holda edimmm..
Ustozim ham ko‘rib "voy nega sen buncha ozib ketgansan" dedi alik olishdan ham oldin...
Hech ham Oliy ma'lumotli o'qituvchiga , kimlarningdir tilidagi " shaharlik olifta" ga o‘xshamasdim...
Issiqda beiloj borguncha terlagan umman olganda xunik holdaydim
Keldimu oynaga qarabman
O‘zimga o‘zim savol berdim
"Qachondan beri o‘zimga qarashni unutdim?"
" Qachondan beri yuzlarim bu qadar so‘lg‘in?"
" Qachondan beri cho‘pday ozib ketganimga e'tibor bermadim"
Faqat miyamda " Qachondan beri? " savoli aylandi...
Eh o‘g‘limni ham olib bormapmanda, hamma chiroylimni shunga berdim degan bo‘lardim deb kulib qo‘ydim...
Lekin bu savollarimni javobi bitta " o‘zimni sevmagandan beri, sevilmagandan beri shu holga tushib qoldim, yana bilmadim..

❤🔥3🕊3🌚1💔1
#Tafakkur
Bolalarga yomon tarbiya berib, yoshligidayoq uvol qilmaylik. Oilaviy janjallarga to'la muhitda, yolg'on, hurmatsizlikni ko'rib o'sgan boladan keksayganimizda yaxshilik kutmaylik!
Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning huzuriga bir kishi farzandining itoatsizligidan shikoyat qilib keldi. Hazrat Umar o'g'lini chaqirtirib so'radi:
– Otangning senda haqlari borligini bilmaysanmi?
Bola dedi:
– Bilaman, ey mo'minlar amiri. Ammo mening ham u kishining ustida haqlarim bormi?
Umar roziyallohu anhu dedi:
– Albatta, bor. U senga odamlar ayblamaydigan ona tanlashi kerak. Senga yaxshi ism qo'yishi lozim. Senga odob va tarbiya berishi kerak!
Bola dedi:
– Otam menga cho'ridan ona tanlagan. Boshqa aka-ukalarimning onalari hur ayollar. Ular meni "cho'rining o'g'li" deb chaqirishadi. Menga "Jual" (qo'ng'iz) deb ism qo‘ygan. Menga faqatgina mol boqtiradi. Men hadis ham, Qur'on ham bilmayman!
Hazrati Umar shunda otaga dedi:
– U senga emas, sen unga oq bo'libsan!
©️ "Nabaviy tarbiya" kitobidan

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Nazim Hikmat aytganidek:
“Ey mening optimistik holatlarim…
Tez aldanishlarim,
Hammaga ishonishlarim,
Oson ta’sirlanib qolishlarim,
Xatoni doim o‘zimdan izlashlarim,
Arzimaydigan insonlarni boshimga ortiqcha muammo qilishlarim,
Bekorga oqizib yuborgan ko‘z yoshlarim,
Hamma odamni inson o‘rnida ko‘rishlarim…
Barchangiz bilan xayr.
Men endi hech kimning hech narsasi bo‘lmayman.
Shunday ekan…

❤2
Bugun ham har doimgi kunlardan biri.
Hamma allaqachon uyquga ketgan,
men esa hali ham
o‘zimga tegishli bo‘lmagan bir umrni
soatbay sotib yuribman.
Men ham siz kabi,
sizdan hech qanday farqim yo‘q
vaqtimni sotaman,
Qanchalik noma’lum bir umrni
shunchalik ishonch bilan
“kecha”ga aylantirib boraman.
Har zamonda
o‘zim uchun bir oz dard topaman,
siqilishga bir sabab,
sukutga bir bahona.
Axir insoniyat ming yillar yurdi,
minglab daholarning soyalaridan o‘tdi,
olovni jilovlab,
temirni itoatga o‘rgatdi,
masofalarni qisqartirib,
og‘ir toshlarni ko‘tarishdan
fikrlarni ko‘tarishga o‘tdi.
Bugun biz
minglab o‘lik daholarning
tirik soyasida
komfort ichida
yashaymiz.
Biz uchun og‘ir ishlar yengillashdi,
ammo yengillikning o‘zi
bizga og‘irlashdi.
Tirik qolish o‘zgardi,
kurash o‘zgardi,
ochlikning nomi o‘zgardi.
Endi bo‘rilar o‘rmonda emas
ba’zilari oynalar ortida yashaydi,
ba’zilari ekranlarda,
ba’zilari esa
odamning o‘z yuragida.
Biz endi non uchun emas,
ma’no uchun ochmiz.
Va men har zamon
insonlarga bir qadr berdim.
Ular esa
qo‘limdan olgan qadrimni
cho‘ntagidagi mayda tangadek sanab,
qaytarishni unutishdi.
Men nima kutdim ulardan?
Bir oz e’tibor
arzimaydigan narsamidi?
Bir oz vaqt
ularning umridan ortib qolgan
o‘n besh daqiqamidi?
Bir oz mehr
qalbning ortiqcha yukimi edi?
Men ularga
vaqtimdan berdim,
mehrimdan berdim,
sukutlarimdan berdim,
hatto aytilmagan so‘zlarimni ham
ularning nomiga yozib qo‘ydim.
Evaziga esa
ko‘pincha beqadrlik oldim.
Shunda tushundim:
inson ba’zan
boshqalardan ranjib emas,
o‘zining ularga bergan qiymatidan
uyalib qolarkan.
Men bu hayotda
tushunilmaslik vajidan
asta-sekin boshqa bir mavjudotga aylandim.
Avval odam edim.
Keyin kuzatuvchiga aylandim.
Keyin savolga.
Keyin sukutga.
Endi odamlarni tushunishdan ko‘ra
ularning nega tushunilmayotganini o‘ylayman.
Endi hayotdan javob kutmayman
savollarimni ko‘paytiraman.
Chunki ehtimol
falsafa -
hayotning javobi emas,
tushunilmagan yurakning
o‘ziga o‘zi qurgan so‘nggi uyi.
Men esa
hali ham o‘sha uyda yashayman.
Derazalarim ochiq,
lekin hech kim kirmaydi.
Eshigim ochiq,
lekin hech kim kelmaydi.
Soatim yurar,
umrim esa
qaylardadir ortda qolardek.
Bugun ham har doimgi kunlardan biri.
Faqat men
bugun ham kechagidan
bir oz kamroq odamman,
bir oz ko‘proq
savolman.
Men shu kunlarda juda boshqachaman

❤🔥2💔2
Sokinlik
Bugun ham har doimgi kunlardan biri. Hamma allaqachon uyquga ketgan, men esa hali ham o‘zimga tegishli bo‘lmagan bir umrni soatbay sotib yuribman. Men ham siz kabi, sizdan hech qanday farqim yo‘q vaqtimni sotaman, Qanchalik noma’lum bir umrni shunchalik…
Biroz g‘alati va biroz ma'nisiz gaplarimga hayron boqmang
Men ko'ngilga kelganni yozishni yaxshi ko'raman
Men ko'ngilga kelganni yozishni yaxshi ko'raman
🕊3❤1
Otamning oldilarida bo'lganimda hech kimga muhtojlikni his qilmayman...
Olloh rozi bo'lsin dadajon sizdan...
Olloh rozi bo'lsin dadajon sizdan...
❤6🔥1💯1🆒1💘1
Pul bilan hamma narsaga erishish mumkin, deyishadi. Ammo bu gapni bir tahlil qilib ko‘ring.
Masalan:
Pulga dasturxon to‘ldirish mumkin, ammo ishtahani sotib olib bo‘lmaydi.
Dori sotib olish mumkin, ammo sog‘liqni sotib olib bo‘lmaydi.
Kitoblar va ta’limni sotib olish mumkin, ammo ilm va donolikni sotib olib bo‘lmaydi.
Qimmat kiyim va zeb-ziynat bilan o‘zingizni bezashingiz mumkin, ammo haqiqiy go‘zallikni sotib olib bo‘lmaydi.
Ko‘ngilochar mashg‘ulotlar va sayohatlarga pul bilan erishish mumkin, ammo haqiqiy quvonchni sotib olib bo‘lmaydi.
Atrofingizni oshna-og‘aynilar bilan to‘ldirish mumkin, ammo chin do‘stlikni sotib olib bo‘lmaydi.
Xizmatingizga odamlar yollash mumkin, ammo sadoqatni sotib olib bo‘lmaydi.
Bo‘sh vaqtga ega bo‘lish mumkin, ammo xotirjamlikni sotib olib bo‘lmaydi.
Pul narsalarning tashqi ko‘rinishiga egalik qilish imkonini beradi, ammo ularning asl mohiyatiga emas.
Chunki hayotda shunday ne’matlar borki, ularning narxi bo‘lmaydi — faqat qadri bo‘ladi.

💯3✍1❤1❤🔥1💘1
Forwarded from Bektosh Khatamov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Адолат.
Ўқишга киришда имтиёзлар масаласини бир ўйлаб кўриш керак деб ўйлайман. Тушунаман, хотин-қизларга имтиёз бериш, ҳарбийлар ва ички ишлар ходимларининг фарзандларига имтиёз бериш, ҳарбий қисмда тавсиянома олиб келганларга хуллас яна кимларгадир имтиёз бериш керакдир…
Лекин аҳволга қаранг, 57 балл билан бири давлат бюджетига кирмоқда, 168,7 билан ҳеч қайси бирига кира олмаяпти… Қандайдир ижтимоий адолат тизими бузилиб қолмаяптими?
Ўзи таълимда кимгадир имтиёз бериш нимага керак? Ҳеч тушунмайман, бу олий таълим бўлса, мажбурий бўлмаса… Ўзи маъно нима ростан ҳам?
@bektoshkhatamov

❤🔥2❤2💯1