Eldor Ilxomovich
180 subscribers
686 photos
348 videos
4 files
378 links
🇺🇿 "Yoshlar akademiyasi" Poytaxt lideri Eldor Ilhomovich Mustafoyevning telegram kanali!!

- Toshkent davlat transport universiteti magistranti 👨🏻‍🎓

✍️ Ilmdan bir shuʼla dilga tushgan on,
Shunda bilursankim ilm bepoyon!!

Murojaat uchun: @EldorIlhomovich
Download Telegram
Universitetimiz magistranti Eldor Mustafoyevning yoshlar siyosatidagi faolligi e’tirof etildi

Toshkent davlat transport universiteti magistranti Eldor Mustafoyev yoshlar siyosati yo‘nalishidagi faol ishtiroki hamda 2025-yil davomida erishilgan natijalari uchun bir qator nufuzli tashkilotlar tomonidan e’tirof etildi.

Xususan, uning faoliyati Toshkent shahar hokimligi, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi raisi, shuningdek, Toshkent shahridagi bir nechta oliy ta’lim muassasalari rektorlari va ta’lim tashkilotlari rahbarlari tomonidan yuqori baholandi.

Shu bilan birga, Toshkent shahridagi Yoshlar akademiyasi faoliyati hamda o‘quv yili davomida erishilgan yutuqlar munosabati bilan Eldor Mustafoyev Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Renessans ta’lim universiteti hamda “Ziyo Forum” fondi rahbarlari tomonidan munosib e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur e’tirof yoshlarning ta’lim, ilm-fan va ijtimoiy faollik sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini rag‘batlantirish yo‘lidagi amaliy natijalardan biri hisoblanadi.


Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
4🔥2🎉2🕊2❤‍🔥1🥰1😍1
Forwarded from Edu.uz
#tayinlov

Prezident Qarori bilan Salomov Oʻktam Rahimovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Oʻktam Salomov 1977-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Fizika fanlar doktori (DSc).

Fizik-olim Andijon mashinasozlik instituti va Turin politexnika universitetlarida rektor, hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari kabi lavozimlarda samarali mehnat qilgan.

U tayinlovga qadar Fargʻona davlat texnika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤‍🔥1😍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi raisi Rustamxon ustoz Kolonov tomonidan Toshkent shahardagi faoliyatimiz e’tirof etildi!
🔥2
Aziz ustoz va murabbiylar, qadrli talabalar, hurmatli hamkasblar!

Sizlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. O‘tayotgan yil Toshkent davlat transport universiteti jamoasi uchun mas’uliyatli vazifalar, muhim islohotlar va amaliy natijalar bilan yodda qoldi.

Professor-o‘qituvchilarimizning bilim va tajribasi, xodimlarimizning fidokorona mehnati hamda talaba-yoshlarimizning intilishi tufayli ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash va transport sohasiga zamonaviy fikrlaydigan, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash yo‘lida sezilarli yutuqlarga erishildi. Universitetimizda ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, ilm-fan, innovatsiya va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi ishlar izchil amalga oshirildi.

Yangi yilda ham inson kapitalini rivojlantirish, bilim va malakaga tayangan barqaror taraqqiyot yo‘lidan borish asosiy ustuvor yo‘nalishlarimiz bo‘lib qoladi. Ta’lim dasturlarini zamon talablariga moslashtirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlar va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratamiz. Talabalarimizning bilim olishi, izlanishi va o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun qulay va ochiq akademik muhitni yanada mustahkamlaymiz. Ustoz va murabbiylarimiz mehnatini munosib qadrlash, yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini rag‘batlantirish universitet faoliyatining muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Shuningdek, jamoamizda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, ijtimoiy himoya va qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, sport va madaniy hayotni rivojlantirish orqali har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashga intilamiz. Transport sohasida milliy va xalqaro miqyosdagi muhim vazifalarni bajarishga munosib hissa qo‘shadigan mutaxassislarni tayyorlash, universitetimiz nufuzini yanada oshirish yo‘lida birgalikda izchil harakat qilamiz.

Aziz va muhtaram yurtdoshlar, yangi yil har biringizga mustahkam sog‘lik, tinchlik va barqarorlik olib kelsin. Har bir oilada fayz va baraka, universitetimiz jamoasida esa yangi marralar, yuksak natijalar va katta muvaffaqiyatlar bo‘lishini tilayman. Barcha ezgu reja va maqsadlarimiz amalga oshsin. Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin.


Hurmat bilan,
Abdulaziz Gulamov,
Toshkent davlat transport universiteti rektori.


Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
31.12.2024 soat 09:28

Bu rejalar tuzilganiga bir yil bo’libdi.
Alhamdulillah, rejamga kiritmagan ko’p yutuqlar ham amalga oshdi.

Pastdagi 2 ta maqsadni amalga oshgan yokida oshmaganligini siz azizlar bir yillik faoliyatimizmi kuzatgan holatda o’zlaringiz baho bering!

Bugun o’zimning an’anamga ko’ra yangi ustuvor rejalarni, 2026-yilda yuksalish uchun bajaradigan ishlarni, erishiladigan yutuqlarni, oldimga qo’ygan maqsadlar ro’yxatini tuzib chiqdim. Kun davomida ishlarni qilayotganda, magazinga borganda, yo’l-yo’lakay juda ko’p maqsadlarni oldimga qo’yib rejaga kiritdim. Inshaalloh, 2026-yilda buni natijasi uchun mustahkam qadamlar bilan olg’a boramiz!

Bugun barcha sayr qilish, dasturxon bezash, bayram kayfiyatida!! Biz esa ulkan rejalar tuzish bilan bandmiz!

✍️ Eldor Mustafoyev
🔥7💯5🎉42
🇺🇿 Assalomu alaykum!
Kirib kelayotgan 2026-yil muborak bo‘lsin!!!!!
Faoliyatimizdan kelib chiqib innovatsion tabrik qildim, sizga yoqadi degan umiddaman

Yangi yil sizga kvant sakrashlaridek kutilmagan yutuqlar, neyron tarmoqlardek chuqur va tez o‘sish, blokcheyndek mustahkam ishonch va metaversedek cheksiz imkoniyatlar olib kelsin!
📱 Qalbingizda singulyarlik nuqtasi paydo bo‘lsin – u yerda barcha orzular birlashib, yangi koinotni yaratadi.
Salomatligingiz nanobotlardek mukammal ishlasin, energiyangiz yadro reaktoridek cheksiz bo‘lsin.
Sevgingiz fraktal naqshdek murakkab va abadiy chuqurlashsin, muvaffaqiyatingiz esa eksponensial o‘sish egri chizig‘idek osmonga sapchisin!

🌀 2026-yilda sizga faqat high-impact eventlar – hayotni tubdan o‘zgartiradigan voqealar nasib etsin. Eskirgan yo‘llarni tashlab, disruptive innovationlar bilan yangi trayektoriya chizing.
Va eng muhimi – har bir kuningiz glitchsiz, ammo biroz easter eggli (kutilmagan yoqimli syurprizlar bilan) o‘tsin!
Yangi yil – bu yangi kod, yangi versiya. Siz esa – eng zo‘r update! 🚀

2026 – sizning eng epik yilingiz bo‘lsin!

Hurmat ila, Eldor Ilxom o’g’li Mustafoyev!!

✍️ Eldor Mustafoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🕊3👍2😍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Қулоғимга кўп гаплар келяпти” — Шавкат Мирзиёев
👍3🔥3🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👌 Yoshlar akademiyasi ilm-fan, texnologiya va tadbirkorlikda yoshlarni birlashtirmoqda

2024-2025 oʻquv yili davomida ilm-fan va innovatsion faoliyatda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 1 000 dan ortiq universitet yoshlari Yoshlar akademiyasi tanlovlari bilan qamrab olindi.

🌀 Bu vaqt davomida iqtidorli, tashabbuskor va yangilikka intilayotgan 224 nafar universitet yoshlari Yoshlar akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi. Bu a’zolar universitet talabasi sifatida 6 ta xorijiy davlatlardagi tashkil etilgan forumlarda, Prezidentimizning chet elga tashriflarida Yoshlar bilan boʻlgan muloqotlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi safida ishtirok etdi. Bundan tashqari Davlatimiz rahbari ishtirokidagi yurtimizda boʻlayotgan yoshlar bilan ochiq muloqotlarda, yuqori darajali forumlarda, Oliy Majlis Senati, Qonunchilik Palatasi, xorijiy investorlar bilan boʻlgan 70 dan ortiq uchrashuvlarda ishtirok etdi. Buning natijasida 10 dan ortiq talabamiz xorijiy forumlar va xalqaro festivaldagi faol ishtiroki va Yoshlar akademiyasidagi faoliyati yuzasidan Vazir K.Sharipov tomonidan taqdirlandi. 50 ga yaqin talabamiz universitet rektori tomonidan taqdirlandi.

Universitetimiz rahbariyatining yuqori siyosati hamda qoʻllab-quvvatlashlari natijasida tashkil topganiga 2 yil boʻlgan Yoshlar akademiyasi faoliyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov tomonidan yuqori baholandi. Shuningdek, buning natijasida universitet lideri E.Mustafoyev TOP-5 liderlar qatorida e’tirof etildi hamda Toshkent shahar hudud lideri etib ta’yinlandi. Bundan tashqari magistrantimiz faoliyati va ilmiy ishlari yuzasidan “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

⭐️ Universitetimiz talabalari Toshkent shahar jamoasining 4 oylik natijalari yuzasidan Toshkent shahar hokimligi, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi raisi, 10 dan ortiq Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, ta’lim tashkilotlari hamda bir nechta siyosiy partiyalar rahbarlari tomonidan yuksak e’tirof etilib estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

🇺🇿 Toshkent davlat transport universiteti bir yilda kamida 2 marotaba Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ishtirokida oʻtkaziladigan “Yoshlar akademiyasi assambleyasi”da talabalari eng ko’p ishtirok etadigan universitet deb e’tirof etildi.

Yurtimiz tarixida ilk bor oʻtkazilgan YUNESKO forumida universitet yoshlari munosib ishtirok etdi.

🔂“Eng yaxshi gʻoya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” tanlovlarining respublika bosqichida 4 nafar talabamiz ishtirok etdi.

⚡️ Yoshlarimizning xalqaro musobaqalar va forumlarda ishtiroki ortdi. Yoshlar akademiyasi birlashib “Muhandislik missiyasi”ni “Ginneslar Rekordi”ga aylantirdi. Bu Oʻzbekiston yoshlari dunyoga bergan kuchli signal.


Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5🥰43
Forwarded from Xushnudbek.uz
🚘 O’zbekistonda sun’iy intellekt bo’yicha tanlov o’tkazilib, g’olib maktablarga elektromobil beriladi

Bu bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

👨‍💻 Unga ko‘ra, “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi amalga oshiriladi.

Har yili mazkur loyiha doirasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazib boriladi.

🎁 Bunda tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

🔹 100 nafar o‘qituvchiga 1 ming AQSh dollari ekvivalentida pul mukofoti;
🔹 10 nafar o‘qituvchiga xorijiy sayohatga yo‘llanma;
🔹 500 nafar yoshlarga noutbuk;
🔹 500 nafar yoshlarga qimmatbaho sovg‘alar;
🔹 3 ta OTMga pul mukofoti;
🔹 2 ta umumta’lim maktabiga “Prezident sovg‘asi” – elektromobil.

📝 Shuningdek, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida yoshlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

🔸 raqamlashtirish sohasida zamonaviy kasblarga, jumladan, IT-loyiha boshqaruvchisi, startap loyihasi boshqaruvchisi hamda xorijiy tillarga bepul o‘qish;

🔸 xalqaro professional darajadagi IT-sertifikatlarni olish bo‘yicha o‘quv kurslarida bepul ta’lim olish.


👉 @xushnudbek 👈
🔥2
📌 Prezident va nomli davlat stipendiyalarini olish mezonlari hamda tartibi yangilandi.

👌 Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o‘z hissangni qo‘sh!

🔵Bizni kuzatib boring!

😎  Telegram|😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM