Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
880 subscribers
9.49K photos
793 videos
15 files
4.26K links
Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi rasmiy kanali:

www.ecokash.uz
instagram.com/ekoqash
facebook.com/ekoqash
youtube.com/c/ecogovuz
twitter.com/ecogovuz

Telefon: +99875 221-09-59
Download Telegram
💵 Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi!

🌱Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitini muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashda barcha mas’uldir” mavzusida targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
   
🌱Yakkabog' tuman bo'limi xodimlari o'rtasida o'tkazilgan tadbirda hozirgi kunda korrupsiyaga yo'l qo'yish holatlari tez-tez uchrab turganligi, bunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun har bir rahbar yoki xodim o'z xizmat vazifasi doirasida ish tutib, unga berilgan vazifani suiste'mol qilmaslik lozimligi va oxir oqibat bu holat jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo'lishi mumkinligi aytib o'tildi.
   
🌱Shuningdek,  “Korrupsiya”ga - qarshi kurashishda barcha birdek mas'ulligi tushuntirildi.

🌱Bundan tashqari, hukumatimiz   tomonidan  Korrupsiyaga  qarshi kurashishga qaratilgan qonun, qarorlar, farmonlarning mazmun – mohiyati yuzasidan qo‘shimcha tushunchalar berilib, Korrupsiya oqibatlarini aks ettiruvchi video-roliklar, ko‘rgazmali materiallar taqdim etildi.  
  
🌱Tadbir jarayoni  xodimlarning qiziqtirgan savollar hamda ular tomonidan   bildirilgan  fikrlar  asosida  qizg‘in  va oshkora tarzda o‘tdi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🐏QURBON HAYITI MUBORAK AZIZ YURTDOSHLAR!

Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!.Avvalo, sizlarni, qolaversa siz orqali barcha oila a'zolaringizni xalqimiz azal-azaldan nishonlab kelayotgan Qurbon hayit bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ushbu saodatli kunda barchamiz bu ulug‘ ayyomning ruhi va shukuhini chuqur his etib, shunday yorug‘ kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

Borliqni tong shuʼlasi ila yoritganidek, hayotimizni ham  poklik nuri ila munavvar qilsin.

Sizlarni muqaddas Qurbon hayiti bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilab qolamiz.

Ulug‘ ayyom barchangizga muborak bo‘lsin!

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar
Gʻallani nes-nobud qilmasdan yigʻishtirib olish dolzarb vazifa


🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦌BEXAVOTIR YURGAN SIBIR TOGʻ ECHKILARI

🌱Shahrisabz tumanida joylashgan "Hisor" qo'riqxonasining tog' yon bag'rlarida beixtiyor bexavotir yurgan "Sibir tog' echkilari"ga ko'zingiz tushadi. Ular toshdan toshga sakrab tik qoya toshlar va o‘pirilmalar ko‘p bo‘ladigan juda past-baland joylarda yuradi.

🌱Tarqalishi:
Pomir Oloy va Hisor togʻ tizmalariga.
Yashash joylari: Togʻ va togʻ oldi hududlar.


🌱Yashash tarzi: Poda boʻlib koʻproq togʻ va togʻ oldi hududlar yashaydi. Faqat arealning janubiy-sharqiy va shimoliy-sharq qismlarida gurux gurux boʻlib doimiy yashaydi. Oʻtsimon oʻsimliklar bilan oziqlanadi.

🌱Ushbu tasvir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Hisor” davlat qoʻriqxonasi Miraki boʻlimi qoʻriqlash xodimlari tomonidan olingan.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🌿 Fuqarolardan tushgan murojaatlar soha mutaxassislari tomonidan joyiga borib o‘rganilmoqda

🌱Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Qarshi tuman bo'limi xodimlari tomonidan fuqarolardan tushgan murojaatlar joyiga borib o'rganilib, murojaat yuzasidan tegishli choralar qo'llanilmoqda.

🌱 O'rganishlar davomida haqiqatdan ham Qarshi tumani  "Mustaqillik" MFY da yashovchi fuqaro (N.L)  belgilanmagan joyga maishiy chiqindilar tashlab, atrof muhitni ifloslanishiga yo'l qo'yganlik holati aniqlandi.

👮‍♀️Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatdan O'zbekiston Respublikasi MJtKsi ning 91-moddasi pr-1 qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 340 ming so'm  miqdorida jarima qollanildi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoning Kitob tumanida moratoriy talablariga zid ravishda koʻp yillik Chinor daraxtlari kesib tashlanmoqda” sarlavhasi ostida chiqqan murojaat Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi hamda Qashqadaryo viloyat prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻrganildi.

Oʻrganish davomida Kitob tumani “Mustaqillik” MFY Istiqlol koʻchasi hududidan 5 dona qimmatbaho navli Chinor daraxtlari kesilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda, oʻrganish yakunlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gʻallani nobud qilmasdan yigʻishtirib olish dolzarb vazifa

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🌳DARAXTGA MEHR BERING!

🌱Siz daraxtlarning qanday o'sayotganini va rivojlanishini ko'rmoqchi bo'lsangiz daraxtlarga mehr berib, parvarishlang. Ular sizga "Menga mehr bering, ozgina xolos, Qaytarib beraman sizga ko'p qilib.Biroz e'tiborliroq bo'ling ILTIMOS" deb nola qilayitgandek go'yo.

🌱Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi bohqarmasi Kasbi tuman bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan reyd tadbirida "Yashil makon" loyihasi asosida ekilgan daraxlar nazorat qilindi.

🌱Nazorat davomida Kasbi tuman "Tinchlik" MFY  hududi o'rganilganda Kasbi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ma'sul xodimlari tomonidan loyiha doirasida ekilgan daraxtlar qarovsiz qoldirib quritganlik holati aniqlandi.

👮‍♀️Holat yuzasidan huquqzbuzarlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 400 ming so'm jarima qollanildi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muloqot
Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi mutaxassislari bilan cho'llanish va qurg'ochilikka qarshi amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida suhbat


🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoning Kitob tumanida moratoriy talablariga zid ravishda koʻp yillik chinor daraxtlari kesib tashlanmoqda” mazmunida chiqqan murojaat yuzasidan viloyat ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Kitob tumani hokimining 2019-yil 30-maydagi X-3590/05-sonli qaroriga asosan tuman hududidagi 4r23l avtomobil yoʻlining 0-5 kilometr qismida toʻla taʼmirlash ishlari olib borish jarayonida yoʻl qurilishi mintaqasiga tushgan koʻp yillik daraxtlarni kesishga ruxsat berilgan.

Mazkur tadbirlar hudud aholisining koʻp yillik murojaatlarini eʼtiborga holda, aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilganini alohida qayd etish zarur.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yullarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi davlat unitar korxonasi va viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi oʻrtasida 2019-yil 27-sentyabrda rasmiylashtirilgan 09/40-1/19-sonli hisob-fakturaga asosan kesilgan daraxtlar uchun tegishli mablagʻ toʻlab berilgan.

Buyurtmachi - “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yullarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK bilan pudratchi - “Kitob yul qurish-taʼmirlash” MCHJ oʻrtasida 2018-yil 28-oktyabrda tuzilgan shartnomaga asosan Kitob tumani hududidagi 4r23l avtomobil yulining 0-5 kilometr qismida kengaytirish ishlari olib borilayotgan edi. Dastlabki bosqichda 0-2,5 kilometr qismi taʼmirlangan, hozirda 2,5-4 kilometr qismida taʼmirlash ishlari bajarilmoqda.

Kitob tumani hokimining 2019-yil 30-maydagi X-3590/05-sonli qarori bilan daraxtlarni kesishga ruxsat berilganligi sababli “Kitob yul qurilish-taʼmirlash" MCHJ xodimlari tomonidan tuman hududidagi 4r23l avtomobil yulining 0-5 kmda joylashgan 6 ta chinor daraxti 2024-yil 19-iyun kuni kesib olingan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🚯 Chiqindiga bo'lgan munosabatlarni o'zgartirish vaqti keldi

♻️Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Kasbi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan doimiy ravishda nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda.

♻️O'tkazilgan nazorat reyd tadbiri davomida "Mustaqilobod" MFY hududida yashovchi fuqaro (A.R) tomonidan chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlanganlik holati aniqlandi.

👮‍♀️Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKsining 91-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirib, 340 ming so'm miqdorida jarima qo‘llanildi.

♻️Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslikni va ularni yoqmaslikni fuqarolardan soʼrab qolamiz. Zero, bunday xatti-harakatlar uchun qonun doirasida tegishli choralar koʼrilishini eslatib oʼtamiz.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🌳DARAXTLARNI SUG'ORISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🌱O'zingizga ma'lumki, bahor oyida viloyatimizda koʻkalamzorlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida "Yashil makon" umummilly loyihasi doirasida joylarda mevali hamda manzarali daraxt ko'chatlarilar ekildi. Daraxtlarni parvarishlash masalasida aholining ekologik bilimlarini oshirib, mamlakatimizning tabiiy fondiga gʻamxoʻrlik qilish va uni koʻpaytirish maqsadida yoshu-qari barcha bu xayrli ishga birdek jalb qilindi.

🌱Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi G'uzor tuman bo'limi xodimlari rejaga muvofiq bahorgi mavsumda ekilgan daraxt ko'chatlarining holatini nazoratga olib, sug'orish ishlarida o'z tashabbuslarini ko'rsatib kelmoqdalar.

🌱Jumladan, G'uzor tumanidagi "O'zbekiston" ko'chasi yo'l yoqasidagi bahor mavsumida ekilgan daraxt ko‘chatlari ko'zdan kechirilib, tuman Obodonlashtirish bo'limi bilan hamkorlikda sug'orish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, daraxtlar oqlanib, taglari yumshatildi.

🌱Bunday hayrli ishlarni nafaqat tegishli tashkilot mas'ullari, balki har kim har kuni qilish kerak, zero bu Vatan barchamizniki!

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🌳NOQOQNUNIY DARAXT KESGAN HUQUQBUZAR 8 MLN 500 MING SO'M MIQDORIDA JARIMA TO'LAYDIGAN BO'LDI

🌱Viloyatimizda daraxtlar va butalarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada jismoniy va yuridik shaxslarning mas’uliyatini oshirish va ularni nazorat qilish maqsadida joylarda soha mutaxasislari tomonidan kunduzgi va tungi reydlar tashkil qilinmoqda.

🌱Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Chiroqchi tuman bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan navbatdagi reyd tadbiri davomida tumanning "Qizilchovra" MFY hududida yashovchi fuqaro (R.K) tomonidan yo'l chetidagi bir dona 17 sm bo'lgan "Yong'oq" daraxtini ruzsatsiz noqonuniy ravishda kesganligi aniqlandi.

👮‍♀️Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtK ning 79 moddasi 1 qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirirlib, 8 mln 500 ming so'm ma'muriy jarima qo'llanildi hamda 12 mln 240 ming so'm miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar xisoblandi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🌱Oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzgan fuqaro jarimaga tortildi

🎋Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Nishon tuman boʻlimi Milly gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tumanda reja asosida reyd tadbirlarini o'tkazib kelmoqdalar.

🎋Hamkorlikda o'tkazilgan tadbir davomida oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanish tartibini buzgan fuqaro aniqlandi. Nishon tumani “Istiqbol” MFY hududidan fuqaro (M.X) qamish oʻsimligini noqonuniy yoʻl bilan olib ketayotgan vaqtida to'xtatib qolindi.

👮‍♀️Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK sining 79 modda 1 qismi bilan 8 mln 500 ming soʻm jarima hamda 51 ming 680 soʻm miqdorida zarar qoʻllanildi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz