Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
844 subscribers
8.83K photos
760 videos
15 files
4.01K links
Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi rasmiy kanali:

www.ecokash.uz
instagram.com/ekoqash
facebook.com/ekoqash
youtube.com/c/ecogovuz
twitter.com/ecogovuz

Telefon: +99875 221-09-59
Download Telegram
🌳"DARAXTGA NAFAS BERING!" AKSIYASI DAVOM ETADI

🌱Daraxtlar barcha tirik mavjudotlarning omon qolishi uchun muhim manbadir. Shu sababli, hukumatimiz daraxt kesilishining oldini olish va daraxt ekishning afzalliklarini borasida ko'pgina chora-tadbirlarini amalga oshirmoqdalar.

🌱Daraxtlar hayotimizda katta ahamiyatga ega va u atrof-muhitga uzluksiz xizmat ko'rsatadi. Biz ularni qandaydir tarzda himoya qilmaganmiz. Odamlar bu sayyorada omon qolishi uchun daraxtlarga yaxshi munosabatda bo'lishi va ularni parvarish qilishi kerak.

🌱Yangidan ekilgan va ko'p yillik daraxtlarni asrab qolish maqsadida ularning ildiz tizimlarini beton va asfalt qoplamalaridan, turli xil chiroq moslamalaridan, reklama bannerlari va shitlardan bo'shatishga qaratilgan "Daraxtga nafas bering" aksiyasi viloyatimizning batrcha tuman va shaharlarida o'tkazib kelinmoqda.

🌱Jumladan, Qashqadary viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Shahrisabz shahar bo'limi ichki ishlar bo'limi bilan hamkorlikda "Daraxtga nafas bering" aksiyasi doirasida o'tkazgan reyd tadbiri davomida Shahrisabz shahar "Kamolot" mahallasi hududi atroflari nazorat qilindi. Nazorat davomida 3 dona "Yasin" daraxtining taglari beton qoplamasi bilan qoplanganlik holatlari aniqlandi.

🌱Tadbir davomida daraxtlarning taglari beton qoplamalaridan ozod qilinib, taglariga qayta ishlov berilda hamda sug'orish ishlari amalga oshirildi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🌳DARAXTGA KO'RSATILGAN MEHR- KELAJAKDA O'Z SAMARASINI BERADI

🌱 Bugungi kunda Viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida ko‘plab daraxtlarning beton yoki sun’iy qoplamalar bilan o‘ralganligini guvohi bo'lyapmiz. Bu esa o'z navbatida, daraxtlarning ildizlariga havo kirishini kamaytirib, uning unib-o'sib ko'karishiga to'sqinlik qilib, nobud bo‘lish xavfini keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, tungi yorug‘lik moslamalarini o‘rnatish, har-xil turdagi reklama bannerlarini daraxtlarga ilib, ularga zarar yetkazish holatlari ham uchrab turibdi. Bu holat esa ularning tabiiy rivojlanish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

🌱Quyida aytib o'tilgan holatlarni bartaraf etib, ularni oldini olish maqsadida barcha shahar va tumanlarda "Daraxtga nafas bering" ommaviy aksiyasi davom etmoqda.

🌱Jumladan, Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Nishon tuman bo'limi xodimlari tomonidan aksiya doirasida o'tkazilgan reyd tadbiri davomida tumanining markaziy ko'ngilochar hamda jamoat joylarida daraxtlarga turli xil mazmundagi plakatlar, e'lonlar osilgan holatlari aniqlandi.

🌱 Aniqlangan holatlarni keltirib chiqargan tadbirkorlarga va aholi o'rtasida soha mutaxassislari tomonidan targ'ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Ushbu holatlarni qayta takrorlamasliklarini, aks holda O'zbekiston Respublikasi MJtKsining tegishli moddalari bilan jarimaga tortilshlari to'g'risida ogohlantirib o'tildi. Shundan so'ng, daraxtlar osilgan barcha baner, e'lon va shitlardan ozod qilindi.

🌳Daraxtlarga ko'rsatilgan ozgina mehr, kelajakda o'z mevasini beradi. Shunday ekan daraxtlarni asrab-avaylash, har-bir fuqaroning insoniylik burchidir.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌱BARCHANGIZGA KUN XAYRLI BO'LSIN!

🌱Assalomu alaykum.
Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi  Matbuot bo'limi barchangizga hayrli kun tilaydi.

🌱Bugungi boshlagan har bir ishingiz fayzli va barokatli bo'lsin. Kun davomida yaxshi kayfiyat sizni tark etmasin.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “G'uzor tumanida daraxtlarni tagi betonlab tashlanganlik holati bo'yicha” sarlavhasi ostida chiqqan holat Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi G'uzor tuman boʻlimi xodimlari tomonidan o'rganildi.

O'rganish davomida tumanning Tinchlik MFY hududidagi tut va qayrag'och daraxtlari ildizigacha betonlab ketilganligi aniqlandi va ushbu holat bo'yicha daraxtning betonlangan ildizlari ochilib, suv quyish va ishlov berish uchun qulay holatga keltirildi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🌳“Mening bog‘im" loyihasida viloyatimizda 16 ta mahalla g‘olib bo‘ldi

Mevazor, Chuchuquduq, Xo'jaqarliq, Saroy, Maydayobi, Xushali, Qorabog', Bog'obod, Shayxali, Chandir, Sariq, A. Qodiriy, G'allachi, Istiqbol, Oqsaroy hamda Nurli yo'l mahallalarida yangi bog‘lar barpo etiladi.

Ilk marotaba o‘tkazilgan “Mening bog‘im” loyihasi uchun ovoz berish jarayoni 27 iyundan 7 iyulga qadar davom etdi. Unda Qashqadaryo viloyatidan 77 ta tashabbus ro‘yxatga olingan bo'lib, 76 tasi saralashdan o‘tdi va 16 ta mahalla g‘olib bo‘ldi.

Eng ko‘p ovoz (1 266 ta) Kitob tumanidagi Saroy mahallasi uchun yig‘ilgan bo'lsa, eng kam ovoz (13 ta) bilan Koson tumanidagi Maydayobi MFY g‘oliblar safidan joy oldi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
💧Suvni ifloslantirgan huquqbuzar jarimaga tortildi

🌱Ekologiya muammosi dolzarb muammoga aylanib borayotgan bir paytda hukumatimiz tomonidan ekologik muvozanatni saqlash maqsadida hozirgi kunda tegishli qonun va qarorlar ishlab chiqilmoqda. Bunga muvofiq ekologiya va atrof muhitga zarar yetkazgan har bir shaxs, qonun oldida javob beradi.

♻️Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Chiroqchi tuman bo'limi xodimlari  tomonidan nazorat reyd tadbiri o'tkazildi.

♻️O'tkazilgan tadbir davomida "O'zbekiston" mahallasida yashovchi fuqaro (L.D) uyidan chiqqan suyuq chiqindilarni honadoni atrofidan oqib o'tuvchi " Qayirma" kanaliga oqizayotganlik holati aniqlandi.

👮‍♂️Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKsining 72-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1mln 20 ming so'm miqdorida jarima qo'llanildi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishga bel bog‘lagan aziz yoshlarimizni universitet talabasi bo‘lishga chorlaydi.

Universitet turizm, menejment, arxeologiya, madaniy meros va muzeyshunoslik sohasida kadrlar tayyorlovchi yetakchi davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, hozirgi kunda 10 dan ortiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlab kelmoqda.

📞 Abituriyentlar quyidagi telefon raqami orqali “Call-markaz”ga murojaat qilib, oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishlari mumkin:
66 240 67 70
66 240 86 06
66 240 67 86

✉️E-mail: admission@univ-silkroad.uz

❗️Murojaatlar markazi (Call-markaz) ish vaqti dushanba-juma kunlari soat 9:00dan 18:00 gacha.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishga bel bog‘lagan aziz yoshlarimizni universitet talabasi bo‘lishga chorlaydi.

Universitet turizm, menejment, arxeologiya, madaniy meros va muzeyshunoslik sohasida kadrlar tayyorlovchi yetakchi davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, hozirgi kunda 10 dan ortiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlab kelmoqda.

📞 Abituriyentlar quyidagi telefon raqami orqali “Call-markaz”ga murojaat qilib, oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishlari mumkin:
66 240 67 70
66 240 86 06
66 240 67 86

✉️E-mail: admission@univ-silkroad.uz

❗️Murojaatlar markazi (Call-markaz) ish vaqti dushanba-juma kunlari soat 9:00dan 18:00 gacha.
🚍 NOQONUNIY YUKLANAYOTGAN QUM-SHAG'AL ARALASHMASI TO'XTATIB QOLINDI

🏔Yer osti va yer usti tabiiy boyliklarini asrash, tuproq va qum-shag‘al aralashmasidan noqonuniy foydalanishning oldini olish maqsadida Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Yakkabog' tuman bo'limi xodimlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

🏔O'tkazilgan tadbir davomida Kitob tumani "O'rta" mahallasi hududidan fuqaro (M.S) tomonidan noqonuniy ravishda hech qanday ruxsatnomasiz qum-shag'al aralashmasini yuklayotgan vaqtida to'xtatib qolindi.

👮‍♀️Aniqlangan holat yuzasidan huqubuzarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKsining 70-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 400 ming so'm miqdorida jarima qoʻllanildi.

📜Unutmang: Yer osti va yer usti tabiiy boyliklari davlat himoyasidadir !

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🗻Yer osti va yer usti boyliklari davlat nazoratidadir

🗻Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Chiroqchi tuman bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan navbatdagi reyd tadbiri davomida tumanning "Paxtaobod" mahallasida yashovchi fuqaro(B.K.) o'z boshqaruvida bo'lgan yuklovchi transport vositasi yordamida tumanning "Yangiqurilish" mahallasi hududidan tuproq mahsulotini noqonuniy ravishda olganligi holati aniqlandi.

👮‍♀️Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKsining 70 moddasi 1 qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 400 ming so'm miqdorida jarima qo'llanildi.

🌱Qonun barchaga barobar ekanligini qachon tushunib yetamiz? Unutmang - har qanday yer osti va yer usti boyliklari davlat nazoratidadir.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🌱Har handay huquqbuzar qonun oldida javob beradi

🌱Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi hamda boshqarmaning Qarshi tumani bo'limi, Qashqadaryo viloyati "Xavfsizdaryo" DUK filiali, YPX xodimlari tomonidan "Chaman" MFY hududidan oqib oʻtuvchi "Qashqadaryo" daryosida reyd tadbiri oʻtkazildi.

🌱 Reyd tadbiri davomida daryoni oqim boʻylab chap tomonida XCMG rezin oyoqli davlat raqamisiz Ekskavator yordamida tabiiy qum maxsulotini noqoqnuniy ravishda har xil turdagi yukmashinalarga yuklaganligi aniqlandi.

🌱Aniqlangan holat yuzasidan tegishli xujjatlar soʻralganda hech qanday xujjat taqdim etilmaganligi sababli, ushbu xolat qonuniy toʻxtamga kelgunga qadar Ekskavator vaqtincha jarima maydoniga saqlash uchun olib kelindi. Xozirda qonunbuzarlikka oid tegishli xujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz