EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
25K subscribers
13.8K photos
3.7K videos
27 files
8.2K links
Ekologiya boʻyicha eng soʻnggi yangiliklar. @ekologuz🇺🇿Последние новости на экологические темы из Узбекистана. @ekologuzru🇷🇺 The latest news on environmental issues from Uzbekistan @ekologuzenglish🇬🇧

Savol va takliflar uchun bot: @eklguz_bot
Download Telegram
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
Photo
#Rasmiy_munosabat

Kanalimizda "Termiz shahridagi ko’p qavatli uylarning birida daraxt shoxi singan, uzilib tushib, yo’lovchilarni  shikastlantirishi" bo’yicha e’lon qilingan xabar yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Termiz shahar bo’limi xodimlari tomonidan voqea joyida o’rganish ishlari olib borildi.

Surxondaryo viloyati Termiz shahri, “At-Termiziy” ko’chasidagi 15-uyning yonginasida o’sib turgan archa daraxtining ko’cha qismida  yon shoxi tabiiy ravishda sinib, yo’lovchilarga yetkazishi mumkinligi inobatga olinib, o’sha shox qismi kesib olishga ruxsat berildi.

Bu haqida Surxondaryo  viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling
Biz bilan @eklguz_bot orqali bog'laning

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda dunyo yoshlari iqlim oʻzgarishi muammosini muhokama qilyapti

Oʻzbekistondagi Jahon yoshlar festivali doirasida BMT konferensiyasi oʻtkazilmoqda.

Unda turli mamlakatlar va tashkilotlarning 120 nafar vakili, jumladan, OTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori ishtirok etdi.

“Ekolog” jamoat birlashmasi rahbari Nargis Qosimova @Sputnikuzbek muxbiriga konferensiyada qanday masalalar koʻtarilayotgani haqida maʼlumot berdi.

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling
Biz bilan @eklguz_bot orqali bog'laning

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_seminar

Joriy yilning 25-26-iyun kunlari "Transchegaraviy suv havzalari boʻyicha seminar GIZ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Iqlim xavfini baholash va salohiyatni rivojlantirish” (CRDA) loyihasi doirasida xalqaro seminar tashkil etildi".

Seminar doirasida - loyihaga tanlangan transchegaraviy suv havzalari uchun iqlim o'zgarishlarining ta'siri hamda salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi.
Ishtirokchilar guruhlarga bo'linib, "Xavf identifikatsiyasi" haqida ma'lumotlar keltirildi.

Jumladan, tog'li hududlarda sel kelish sabablari, keltirib chiqarayotgan muammolar hamda suv havzalari ya'ni "Isfayramsay" va "Shahimardansay" ning suv sathi pasayishi natijasida suv hayvonlarining keskin kamayishi, bundan tashqari aholining teri bilan bog'liq kasalliklar kelib chiqishiga sabablar keltirildi va bartaraf etishga takliflar bildirildi.

Ushbu seminarda Ekolog jamoat birlashmasi volontyor koordinatorlari faol ishtirok etdilar. ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling
Biz bilan @eklguz_bot orqali bog'laning

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mushukning sevimli o'yinchog'ini olib, uni xafa qilmang☺️🐈

🍀@ekologuz kanaliga obuna bo'ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
Video
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Kanalimizda “Toshkent viloyatida Qizil Kitobga kiritilgan burgutning uchirma boʼlgan polaponi uyasidan ushlab olingan” mazmunidagi xabar boʼyicha Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Boʼstonliq tuman boʼlimi tomonidan oʼrganildi.

Boʼstonlik tuman Ekologiya boʼlimi xodimlari tadbir uyushtirilib, murojaatda koʼrsatilgan fuqaro shaxsiga aniqlik kiritildi. Holatga aniqlik kiritilganda 1987 yilda tugʼilgan fuqaro N.N. joriy yilning 7 iyun kuni Boʼstonliq tumani Kichiksoy MFY Soylik qishlogʼi Qorakiyasoy togʼ yon bagʼridagi qush inidan poloponi olib videotasvirga olgan va qaytib joyiga qoʼygan.

Oʼrganish davomida ushbu joy koʼzdan kechirilganda qush polaponlari joyida ekanligi aniqlandi. Holat yuzasidan fuqaro bilan tushuntirish olib borilib unga nisbatan MJtKning 90-moddasi, 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 3400000 soʼm jarima chorasi qoʼllanildi.

Bu haqida Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Belgiya og‘ir yuk tashishga moslashgan otning zoti - Brabanson.🐎
🍀@ekologuz kanaliga obuna bo'ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Suratdagi odam oti bilan ish qilayotgan payt qattiq jala quyib yuboribdi. Atrofdagi hamma pana joy izlab, xavfsiz joyga yashirinibdi. U esa joyidan qimirlamay, otini mahkam quchoqlagan holda yonida qolibdi.

Yomgʻir toʻxtagach, atrofdagilar undan buning sababini soʻrashganida, u jilmaygan holda shunday javob beribdi: "u meni eng muhtoj boʻlgan paytim tashlab ketmaydi-ku, men uni qanday tashlab ketayin"!

Qissadan hissa: "Boʻron"da yoningizda turganlarni aslo unutmang! Chunki "quyosh" charaqlab turganida har kim ham atrofingizda girdikapalak boʻlaveradi.

Ogʻir kunda joningizga oro kirganlarni tashlab ketmang!

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling
Biz bilan @eklguz_bot orqali bog'laning

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hamma o‘z joyini birovga berib qo‘ymaydi, hatto Yo‘lbarslar ham😄

Yo'lbarslarning ko'payish davri har ikki yilda bir marta sodir bo'ladi.🐅

🐾Bu hayvonlar ko'pxotinli: bitta erkak, birdan uchtagacha urg'ochi bilan yashashi mumkin ekan 😄

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling
Biz bilan @eklguz_bot orqali bog'laning

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda besh mingta shar Navro‘z bog‘ida odamlar ustiga tashlanadi

Tadbirkorlarni qat'iy ravishda ogohlantirish va sharlarni tashlab , atroni ifloslantirishi, odamlar ichida tartibsizliklarni keltirib chiqarishga sabab bo‘layotganliklari uchun qonuniy chora chora ko‘rish vaqti keldi nazarimizda.

Bu safar Jizzax shahrining Navro‘z bog‘ida odamlarni jalb qilish uchun 5 mingta sharni tashlashmoqchi. Shu pulga Jizzax shahrini ko‘kulamzoralashtirish, boshpanasiz jonivorga priyut qurib berish orqali savobga qolib, xalqning duosini olsa bo‘lmasmikan? Jizzax viloyat ekologiya boshqarmasi, Ekologiya partiyasi, ichki ishlar organlari vaziyatni nazoratga oladi, degan umiddamiz. ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling
Biz bilan @eklguz_bot orqali bog'laning

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Bo‘z echkiemar zaif, kamayib borayotgan kichik tur sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Qo‘shni davlatlarimiz – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston ham bo‘z echkiemarni noyob jonivor sifatida qizil kitobga kiritgan.

Xalqaro miqyosda echkiemar CITES (Yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik va fauna turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi konventsiya) I ilovasida keltirilgan.

O‘zbekiston fuqarolari tomonidan bitta echkiemarni ushlash va o‘ldirish uchun jarima miqdori 3,4 million so‘mni (10 BHM), chet el fuqarolari uchun jarima 2 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

16.05.2019. Qizilqum cho'li. Foto muallifi Mariya Gritsyna.
☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling
Biz bilan @eklguz_bot orqali bog'laning

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Jizzaxdagi “Navro’z” bog’ida 5000 ta shar uchirilishi holatiga chek qo’yildi!

Kanalimizda Jizzax viloyatidagi Navro’z bog’ida 5000 ta shar uchirilishi haqida e’lon tarqalgani haqida habar bergan edik. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, "Vazirlik va Milliy gvardiya xodimlaridan iborat ishchi guruh voqea joyida bo’lib, holat yuzasidan o’rganish ishlarini olib bordi. O’rganish davomida sharlar yorilib, yaroqsiz holatga keltirildi va holatga chek qo’yildi.

Ta’kidlash joizki, vazirlik tomonidan plastik o’yinchoqlar, sharlarni uchirish, tabiatni ifloslantirishga, chiqindilar bilan to’ldirishga sabab bo’ladigan boshqa shu kabi tadbirlar doimiy tarzda qoralab kelinmoqda. Vazirlik tomonidan bu kabi holatlar taqiqlanganligi va javobgarlikka sabab bo’lishi qayta-qayta ta’kidlanmoqda.

Xususan, avvalroq “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida 10 000 ta plastik oʻrdakchalar tushirilmoqchi ekanligi xabarlar tarqalgandi. Vazirlik bu holat yuzasidan keskin munosabat bildirdi. Natijada bu tadbir bekor qilindi.

Diqqat!

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi “Ommaviy tadbirlarni o’tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo’yicha talablarni kuchaytirish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, ommaviy tadbirlarda fuqarolarni reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar moddiy boyliklarini bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzon narxlarda sotish orqali jalb qilish taqiqlandi.

Ommaviy tadbirlarni o’tkazish qoidalariga amal qilmagan tadbir tashkilotchilari O’zbekiston Respublikasi MJtKga ko’ra javobgarlikka sabab bo’ladi.

Ammo, ming afsuski, ekologiya va aholi salomatligi haqida umuman qayg’urmaydigan ayrim tadbirkorlar, ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan shar uchirish kabi tadbirlar o’tkazilishi uchrab turibdi.

Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida Ekologiya vazirligi tomonidan turli chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Xususan, sharlarni O’zbekistonga olib kirish uchun bojxona to’lovlarini 10 baravarga oshirish, yurtimizda shar uchirish kabi tadbirlarni o’tkazmoqchi bo’lganlarga utilizatsiya talabini qo’yish va bunda sharlarning narxiga nisbatan 100 baravar miqdorda narx belgilash taklif qilinmoqda.

Ekologiya vazirligi bu kabi holatlarga chek qo’yish maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish tarafdori. Shuning uchun ekologiyaga befarq bo’lmagan yurtdoshlarimizni plastik o’yinchoqlar, sharlar uchirish kabi tadbirlarga yo’l qo’ymaslik, bunday tadbirlarda ishtirok etmaslikka chaqiramiz." Manba ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling
Biz bilan @eklguz_bot orqali bog'laning

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
#Dasht_Agamasi

"Steppe Agama" (male), "Cтепная Агама", Dasht agamasining umumiy uzunligi 30 sm dan oshmaydi. Tana vazni 62 g gacha. Yuqori bosh chanoqlari bir oz qavariq va qovurg'asiz. Burun teshiklari burun qalqonlarining orqa qismida joylashgan va yuqoridan deyarli ko'rinmaydi. Kichik tashqi quloq teshigi yaxshi joylashgan, uning chuqurligida quloq pardasi joylashgan.

Uning tepasida 2-5 ta cho'zilgan tikanli tarozilar mavjud. Tana tarozilari bir xil (dasht agamasi bir-biriga yaqin bo'lgan xaroba agamasidan shunday farq qiladi), olmossimon, qovurg'ali, faqat tomog'ida silliq, dorsal tarozi katta, o'tkir umurtqali, dum tarozilari qiya joylashgan. qatorlar va ko'ndalang halqalarni hosil qilmaydi.

Xorazm milliy tabiat bog‘ining Xiva tumanida joylashgan muhofaza etiladigan hududida ilmiy bo'lim hodimlarining kuzatuv monitoring jarayonida suratga olingan foto lavha.

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling
Biz bilan @eklguz_bot orqali bog'laning

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt