EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
26.7K subscribers
12.4K photos
3.03K videos
27 files
7.47K links
Ekologiya boʻyicha eng soʻnggi yangiliklar. @ekologuz🇺🇿Последние новости на экологические темы из Узбекистана. @ekologuzru🇷🇺 The latest news on environmental issues from Uzbekistan @ekologuzenglish🇬🇧

Savol va takliflar uchun bot: @eklguz_bot
Download Telegram
#Plogging Bugun Ekolog jamoat birlashmasi, Ekologik partiya, Uzjoku, Milliy universitet, UzDJTU talabalari, faol fuqarolar bilan Krasnagorskda chiqindi terish aksiyasini o‘tkazdik. Afsuski, noinsof dam oluvchilar aroq shishalariyu, pampers, baklajka va hokazolargacha tashlab ketishgan. Hamma joyda nam salfetkalar.

O‘zicha toza-yu, ammo atrofni bulg‘ashgan. UYaT!

Uyingizga tashlamaysizu, chiqindingizni. O‘zbekiston uyingiz emasmi? Farzandlaringiz orqangizdan qarg‘ab chiqindingizni termasligi uchun, chiqindini dam olgach, qopga solib shahardagi chiqindixonaga tashlang!

Ana shunday ommaviy dam olaishga chiqiladigan joylarda ekonazoratchilarni qo‘yib, chiqindi tashlaganini jarimaga tortish kerak, nazarimizda...
☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
#Amal_qiling

☑️ Qonunchilikka koʻra, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, yaʼni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati boʻlmagan holda toʻliq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qoʻyish, yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanish:

mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 700 ming soʻmdan 5 mln 100 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkiston oq laylagi tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi

Shu kunlarga Zarafshon milliy bog‘ining reabilitatsiya markazimizga Turkiston oq laylagi keltirildi va nazoratga olingan edi.

Ushbu qush joriy yilning 28-mart kuni yo‘lda ketayotgan yuk mashinasi oldidan uchib ketmoqchi bo‘lgan vaqtda kichik zarba olgan. Shu bois, haydovchi qushni veterinarga murojaat qiladi. U yerda maxsus ko‘rigidan o‘tkazildi va tiklanish uchun zarur ukollar berildi. Qushga jiddiy ziyon yetmaganligi maʼlum bo‘lgach, Zarafshon milliy bog‘ining  reabilitatsiya markaziga topshirilgan edi.

 Turkiston oq laylagi ko‘chib yuruvchi turlarning zaif Turkiston kenja turi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga (2019) kiritilgan. Ovlash taqiqlangan.

Mazkur qushga befarq bo‘lmagan haydovchi Tinchlik akaga va “Timvet” jamoasiga ko‘rsatilgan yordamlari uchun Zarafshon milliy bog‘ining maʼmuriyati o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videodagi shaxslar yoki Qashqadaryodan yoki Surxondaryodan. Bo‘rini ushlaganidan xursand. Bechora bo‘ri allaqachon o‘ldirilgan bo‘lsa kerak. Yovvoyi tabiatni asrash kerakligi haqida mazkur shaxslarning hayoliga ham kelgani yo‘q. Ular qimirlagan narsani o‘ldirishdan lazzatlanishi, shundoq ko‘rinib turibdi.

Statistika Qo‘mitasining 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, mavjud bo‘rilarning umumiy soni 1 531 tani tashkil etgan?!. Hozir bu ancha kamaygan bo‘lsa kerak.Taniganlar, bilganlar ushbu shaxslarning shaxsini aniqlab, jazoga tortilishida amaliy yordam ko‘rsatishlarini so‘rab qolamiz.

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling.
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu holat 16 aprel' kuni tunda 00:37 da sodir bo‘lib, bir guruh shaxslar maskada, davlat raqami yo‘q ekskavatorda daraxtlarni nobud qilgan.

Manzil: Toshkent shahri Yunusobod tumani 8 mavze 260 maktab oldida.

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling.
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning.
Farg‘ona viloyati Buvayda tumani, Yangiqo‘rg‘on dodxo mahallasi degan joyda Chumchuq oshxona bor ekan. Buyurtmalar juda ko‘p ekan demak talab ham shunga yarasha.

Chumchuqlarni albatta ochiq tabiatdan ushlashadi.Bizni odamlar shunchalik ochmi? Chumchuqlar yo‘q bo‘lib ketayotganiga esa ko‘pchilik hayron! Aksariyat chumchuqlarning yo‘q bo‘lishida mayna-yu, havo ifloslanishini ayblayotganlar, atrofdagilarga bir razm soling.

Nahotki, qimirlagan narsani o‘ldirish, yeyish darajsiga bordik. Yaqinda chumchuqlar ham Qizil kitobga kiritilsa ajab emas!

Chumchuqlar faqat hasharotlar bilan oziqlanishadi, poloponlarini ham shu hasharotlar bilan boqishadi.  Ayniqsa, bahor faslida chumchuqlarning foydasi juda sezilarli boʻladi. Bir juft chumchuq bir oyda 3 kg gacha bogʻ zararkunandalarini yeb bitiradi!

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi, Ekologik partiyaning viloyat bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar holatga huquqiy baho beradi, degan umiddamiz

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
“Yashil makon”: bojxonachilar va o‘quvchilar ko‘chat ekishdi!

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab keng miqyosda o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida poytaxtimizning Sergeli tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi.

Maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati va Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Sergeli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda maktab hovlisiga 100 tupga yaqin ko‘chatlar ekishdi.

Pavloniya, yapon sakurasi, kashtan, chinor kabi manzarali daraxtlar hamda olma, shaftoli kabi mevali ko‘chatlar maktab atrofining yashil makonga aylanishiga munosib hissa qo‘shadi.

Ahamiyatli jihati shundaki, o‘quvchilarning har biri bittadan ko‘chatga mas'ul etib biriktirildi va endilikda ular maktabni bitirgunga qadar ushbu ko‘chatlarni parvarishlab borishadi.
☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling.
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning.