Barobar!
114 subscribers
818 photos
238 videos
2 files
190 links
Eshchanova Farida Baxtiyar qizi (feminist) sahifasi!
✍️Bismillahi tavakkaltu al Alloh, la havla va la quvvata illa billah.
Allohga tavakkal qildim, undan o'zgada kuch va quvvat yo'q.
Download Telegram
🥰5❤2👏1😁1🌚1
Azan kech bola😁
Koʻzingni achasan bola
ishga kelasan bola😂
Sav bo'lsinlar😂🤲
😁8🔥2🥰1
🥰8❤3😁2🔥1🤩1
Qachondir kimga qo'l cho'zgan bo'lsam ularning ayrimlarning orasida yuzimga eshik yopib ketganlar boʻlgan.
Kuni kelib taqdir baribir ularni mening eshigimni ochishga sababchi qiladi.
Shuning uchun Shix Borz aytganday😁: O'zlarizda bo'lavaringlar.😉
❤4👍1👏1
❤7👍2
Forwarded from Orif Tolib
Özi yoqtirmagan iş bilan şuğullanganlar muvaffaqiyatga juda kam erişadilar.

— Deyl Karnegi


@oriftolib | Sahifalarimiz
❤8🔥1
✅
🥰4❤2💘1
Bir marotaba baxtsizlikni his qilgan odam boshqalarga qaraganda erta katta boʻladi.
Bunday odamdan yosh boʻlishni talab qilishning oʻzi xato.
Men qizmni qoʻlimga olgan kunim katta boʻlganman. Shu vaqtdan buyon umrimning soʻnggiga qadargi hayotim farzandimning baxti va iqbolidan boʻlak narsaga bogʻliq emas.
❤9🔥1
MILLIY SERTIFIKAT BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSLARI TASHKIL ETILMOQDA!

Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

🗓 Boshlanish vaqti: 2026-yil 3-dekabr, soat 15:00
⏳ Davomiyligi: 12 soat

Ma’lumot uchun: dastlabki 60 nafar nomzod saralab olinadi.

‼️Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
✅Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot bo‘yicha oliy ma’lumotli pedagog bo‘lish;

✅Qoraqalpoq tili mutaxassislari — milliy sertifikatning A yoki A+ darajasiga;
✅Rus tili mutaxassislari — milliy sertifikatning A yoki A+ darajasiga yoki TRKI C1 va undan yuqori darajaga ega bo‘lishi lozim.
📚 Kursda yozma ishlarni baholash mezonlari va metodikasi bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
📆 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 1-dekabrgacha.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://registration.ilmiymarkaz.uz/

Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
❤2
Baribir olloh bilguvchi,biz adashuvchimiz.
Duolaring asosiysi Oʻzing adashtirma jumlasidan iborat boʻlishi kerak ekan
❤5
Forwarded from Ilyos Safarov
Anchadan beri rejalab yurganim “Anna” filmini sal avval ko‘rib tugatdim. Taassurotlar esdan chiqmay turib yozib qo‘yay.

Film AQSH va Sovet razvedka idoralari orasidagi qarama-qarshilik fonida bir qizning o‘zini saqlab qolish va mustaqil bo‘lish yo‘lidagi kurashini ko‘rsatadi. Uni shuningdek, bosh qahramon Annaning tizim ichida turib, o‘sha tizimning o‘zini aldab o‘tishga urinish tarixi deyish ham mumkin.

Anna obrazida zaiflik va qattiqqo‘llik, majburiyat va turli hisob-kitoblar yonma-yon yuradi. Unga topshiriq berib turuvchi ikki davlatning razvedka idoralari Annani qurol deb biladi, lekin har bir qurolning ham o‘z mantig‘i va nuqtasi bor. Filmda meni eng ko‘p hayron qoldirgan jihat unda pozitsiyalar o‘rtasidagi chegara juda tez o‘zgarib boradi. Ha, garchi gap razvedka idoralarining eng muhim, sirli shaxslari haqida borayotgan bo‘lsa-da. Tasavvur qiling, bugun siz ishongan odamlar ertaga sizning xavfsizligingiz uchun katta xavf, tahdidga aylanishi mumkin (buning misolini atrofimizda, OAVda kunora chiqib turgan voqealarda ham ko‘rib, kuzatyapmiz-ku). Shu ma’noda kartina razvedka olamidagi ishonchsizlik muhitini ancha keskin va sovuqqon tarzda ochib beradi. Ammo shu bilan birga, voqealar rivojidagi bu keskin burilishlar tomoshabinni bo‘shashtirmaydi, ishonchini tushirmaydi, aksincha, har bir sahnadan keyin siz endi nima bo‘larkin, degan savol bilan band bo‘lasiz.

Albatta, badiiy kinoda ma’lum bo‘rttirishlar bo‘lishi tabiiy. Lekin “Anna”dagi asosiy g‘oya — insonning erkinlikka intilishi va kimningdir qo‘lida o‘yinchoq bo‘lmaslik istagi syujetning oxirigacha mustahkam, ishonchli g‘oya sifatida turadi. Oxir-oqibat esa qahramonning eng kuchli yurishi sovuq aql va kutilmagan qaror bilan qabul qilinadi.

Menimcha, film aynan shu jihatlari bilan tomoshabinni o‘ylantiradi va oxirgi kadrdan keyin ham ancha muddat xayolda aylanib yuradi.

Ko‘ring, afsuslanmaysiz.

Yana bir fikr: siyosatda ham, maxfiy xizmatlar o‘yinida ham o‘yinni boshqarayotganlar ko‘pincha ekranda ko‘rinmaydi. Ular doim orqa pardada bo’lishadi. Bizga ko‘rinayotganlar esa kichik figuralar, xolos, ishonavering.

@haqiqatdailyos
❤3🥰1🕊1
Forwarded from Ilyos Safarov
Kitob do‘konlarida o‘tkazilayotgan betinim reydlar, “milliy ma’naviyatimizga zid” degan umumiy va eski davr uslubidagi tamg‘a bilan adabiyotlarning tortib olinayotgani, nashriyot rahbarlarining sudlanishi hamda jarimalarga tortilishi jamiyatda haqli e’tiroz va keskin muhokamalarni keltirib chiqarmoqda. Biz bugun, masalan, “Time mashini: 1984” va “Krishnamurti” kabi adabiyotlar bilan bog‘liq mantiqsizliklar haqida gapiryapmiz. Lekin hozir hatto Diniy idoraning juda qattiq nazoratida chop qilingan diniy adabiyotlar ham bunday reydlar nishoniga aylanyaptiki, vaziyat ko‘lami naqadar keng va xavotirli ekanini shundan ham tushunish mumkin.
Qiziq, so‘nggi yillarda diniy va siyosiy adabiyotlar tarjimasi hamda nashriga nisbatan ochilgan imkoniyatlar, nashriyotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qadamlar avvalgi davr bilan solishtirganda sezilarli farq qiluvchi, ijobiy o‘zgarishlar sifatida baholanar edi. Bugun esa ikki davrni farqlantiruvchi o‘sha jihatlarning-da ichdan yemirilayotgani, qaysidir kuchlar yoki idoralar bu yo‘ldagi erkinlik va ishonchni barbod qilishga urinayotganini ko‘rsatadi.

“Uchinchi Renessans” haqida ko‘p gapiriladi. Lekin, o‘rtoqlar, tarjimalarsiz, yangi fikr va bahslarsiz, odamlarni kitobga va mutolaaga qaytarishga xizmat qiladigan noshirlik muhitisiz buni qanday qilmoqchisiz? Sal kitob varaqlangchi, avvalgi renessanslar shu kabi tarjimalar, tarjimalar orqali bizning hududlarga turli svilizatsiyalar ilmi kirib kelishi orqali bo’lmaganmidi? Axir, nashriyotlar faoliyatiga doimiy aralashish, ularni moliyaviy va ma’naviy jihatdan bosim ostida qoldirish, har bir jumlani mayda-chuydagacha “lupa” ostida tekshirish oxir-oqibat kitobxonni ham, ijodkor va noshirni ham bezdiradi, kitob bozorini esa toraytirib, soyaga chiqaradi-ku.

Yo‘q, senzura faqat jurnalistikada bo‘lmaydi. U kitobda, tarjimada, noshirlik va matbaa faoliyatida ham o‘zini ko‘rsatadi. Shu ma’noda, kitob rastalaridan adabiyotlarni yig‘ishtirib olish, noshirlarni javobgarlikka tortish va har bir so‘zdan xavf izlash senzuraning o‘zginasi. Ha, qip-qizil senzura bu.

Bo‘layotgan jarayonlarga hokimiyatdagi sog‘lom fikrli, mas’uliyatli, vatanparvar rahbarlar o‘z vaqtida chek qo‘yishi kerak. Chunki hozir bir tomonda so‘z erkinligi, ochiqlik va xalqaro reytinglardagi o‘rinni yaxshilash haqida gapirilyapti, ammo ikkinchi tomonda bu ishlarning mutlaqo aksi qilinmoqda. Va agar bunday yondashuv davom etsa, yaqin kelajakda uning oqibatlari nafaqat so‘z va matbuot erkinligi, balki boshqa ko‘plab xalqaro reyting va ko‘rsatkichlardagi o‘rnimizga ham jiddiy zarba beradi. Shubhasiz aks sado beradi bu ishlar.

Xo‘sh, keyin nima qilasiz? Keyin yana yangi ishchi guruhlar tuzasizmi, yig‘ilishlar o‘tkazib,“kamchiliklarni bartaraf etish” bo‘yicha hozir Senat qilayotgani kabi qarorlar yozsizmi? 

Eyy, kitoblarga qarshi jinnicha urushlaringni hozir to‘xtatsalaring, ertaga shu choralarga bormaysizlar-ku.

@haqiqatdailyos
❤3🔥2
Qachondir bunday ishlarim koʻp boʻlishini bilganimda student vaqlarimda quri uhlagan boʻlar idim😁😂
😁11❤3🔥1
Meni bir yaxshilab duo qilib qoʻyinglar🙃
Anonymous Poll
71%
🤲
68%
🤲
76%
🤲
❤8
Bir narsadan kechmasang bir narsaga erisha olmaysan odam.
💯6🔥3⚡2❤2🕊1
❤8⚡3🥰2🔥1