Edu.uz
158K subscribers
18.5K photos
3.97K videos
232 files
11.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
Vazir kasbiy imtihonlar nazoratchilarini yanada e'tiborli bo‘lishga chaqirdi

Xabaringiz bor, shu kunlarda mamlakatimizdagi 46 ta oliy taʼlim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻlib oʻtmoqda. Imtihonlarni adolatli, shaffof oʻtkazish maqsadida vazirlik tizimidagi 30 ta oliygohda 15 nafar rahbar xodimdan iborat ishchi guruh tashkil etilib, ular imtihonlardagi jarayonlarni nazorat qilib borishmoqda. Vazir Abduqodir Toshqulov ushbu ishchi guruh vakillari bilan onlayn tarzda yigʻilish oʻtkazdi.

Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#MAQOLA

🗞Vazirlik huzuridagi markaz direktori Fozil Farhodovning “Halollik va fidoyilik asosiy mezon boʻlmogʻi lozim” nomli maqolasi Yangi Oʻzbekiston gazetasining rasmiy saytida eʼlon qilindi.

📰Maqolani o‘qishni tavsiya etamiz.

Batafsil 👇🏻
⚡️ O‘qishni (ichki) ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati berildi

🔰 Xabaringiz bor, kuni kecha xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan hamda respublika davlat oliygohlariaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli yakunlandi.

Arizalarni ko‘rib chiqish natijasiga asosan ko‘plab murojaatlar tegishli hujjatlar to‘liq yuklanmagani, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi kiritilgani, turdosh bo‘lmagan yo‘nalish belgilangani hamda yana boshqa sabablarga ko‘ra rad etilgan.

Shuni inobatga olib, 5-avgustgacha transfer.edu.uz tizimidan respublika davlat OTMaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustga qadar arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a photo
Yosh avloddan ham kasbiy, ham universal ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi

Bu fikrlar vazirning birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimovning Butunjahon taʼlim forumi doirasida Kembrij universitetiga bergan intervyusida aytib oʻtilgan.

Asosiysi – yoshlarimiz ushbu ikki turdagi koʻnikmalarni yuqori darajada uygʻunlashtira olishlarida, deyiladi intervyuda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rekord_natija

⚡️Abituriyent rekord natijani qayd etdi

🏃‍♂️Navoiy davlat pedagogika institutiga hujjat topshirgan Dilshod Sodiqov jismoniy tarbiya yoʻnalishidagi ijodiy imtihonda 100 metr masofani 10,96 soniyada, 1000 metr masofani esa 2 daqiqa 44 soniyada bosib oʻtib, eng yuqori (156) ballni qo'lga kiritdi.

▫️Maʼlumot o‘rnida, olimpiada oʻyinlarida rekord natija 100 metr masofaga 9.58 soniya, 1000 metr masofaga esa 2 daqiqa-yu 15 soniya qayd etilgan.

Batafsil 👉🏻 https://t.me/eduuzijodiy

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yotoqxona

Samarqandda yana bir yangi yotoqxona barpo etilmoqda

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali hududida davlat xususiy sheriklik asosida, 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi qurish ishlari davom etmoqda.

Ma'lumot o‘rnida, qurilish may oyida boshlangan bo‘lib, bugungi kunda binoning 1–2-qavatlarida pardozlash va tom qismini yopish ishlari olib borilmoqda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2022

⚡️Endi ruxsatnomani olish yanada oson boʻldi!

🔰 2022/2023-oʻquv yilida roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarni kirish imtihonlariga ruxsatnoma olish uchun yana bir interaktiv xizmat yoʻlga qoʻyildi.

👉 Buning uchun @edu_mandatbot ishga tushirildi.

📲 Shunchaki, qaydnomani pdf shaklda yuboring va ruxsatnomani oling, xizmatlar barchasi bepul.

🗓 Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olish tavsiya etiladi.

👉 @edu_mandatbot
👉 @edu_mandatbot
👉 @edu_mandatbot

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2022

Test materiallaridan foydalanish

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
____
Работа с тестовыми материалами

Просмотр на YouTube (в формате HD)

👉@eduuz
​​#Professor_minbari
#01.08 — 06.08.2022

Professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda:

🔸“Magistratura taʼlimi davlat boshqaruvi kadrlarining poydevoridir”Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, professor;

🔹«Освоение IT-профессии – тренд»Музаффар ДЖАЛАЛОВ, и.о. ректора университета Инха в Ташкенте;

🔸“Hayoti, turmush tarzi, orzu-maqsadlari yuksalayotgan xalq”Bayrambay OTEMURATOV, Nukus davlat pedagogika instituti rektori, professor;

🔹“Amudaryoning ikki qirgʻogʻi. Afgʻoniston vaSurxon vohasi iqtisodiy aloqalari uzoq tarixga ega”Eshbolta QOBULOV, Termiz davlat pedagogika instituti rektori, professor;

🔸“Qoʻshimcha kvalifikatsiya maktablarning pedagoglarga ehtiyojini sezilarli qoplaydi”Ilhom HAYDAROV, Chirchiq davlat pedagogika universiteti prorektori, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent;

🔹“Smart universitet konsepsiyasi milliy kadrlar tayyorlashda yangi davrni boshlaydi”Durbek OMONOV, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori;

🔸“Uygʻonayotgan fikr”Ahmadjon MELIBOYEV, Oʻzbekiston milliy universiteti professori, Oʻzbekistonda xizmatgan koʻrsatgan jurnalist;

🔹“Elektron xazina. “100 oʻzbek tilshunosi”ni jamlagan platforma”Shahnoza ZIYOMUHAMEDOVA, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti v.b.;

🔸“Dunyoning 17 davlatidan saralangan olimlar qatoridaman”Mehrinigor AHMEDOVA, Buxoro davlat universiteti dotsenti, PhD;

🔹«Семья – нравственная основа общества»Лейла БУРХАНОВА, доцент кафедры ТГЮУ;

🔸“Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot samarali biznes muhitini yaratishga xizmat qilmoqda”Shodiyor NARZULLAYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi;

🔹“Baxtiyorligimning cheki yoʻq!”Sevinch AVAZOVA, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabasi, “Yosh kitobxon” tanlovi gʻolibi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2022

⚡️ Bugundan abituriyentlar uchun test imtihonlari boshlandi

📆 Test sinovlari 20-avgustga qadar ikki smenada:

1️⃣-smena — 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📌 Eslatma: Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda

1️⃣-smenada 06:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 18:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

📹 Test sinovlarini abituriyentlar hamda ularning ota-onalari test2022.uz sayti va “Viasat Explore” telekanali orqali onlayn kuzatib borishlari mumkin.

👉@eduuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Test_2022

Fargʻona davlat universitetida oʻtkazilayotgan test jarayonlaridan reportaj

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro press-klub jamoasi Singapur menedjmentni rivojlantirish institutida boʻlib, maxsus koʻrsatuv tayyorladi.

🎥 Koʻrsatuvni bugun, 8-avgust kuni soat 13:15 da “Oʻzbekiston 24” telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Shaxmat_olimpiadasi

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda ilk marotaba 2026-yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube