Edu.uz
158K subscribers
18.6K photos
3.98K videos
232 files
11.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Yashillik yaratishda faol bo‘laylik


Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari, o‘qituvchilar o‘quv binolari atrofi va bo‘sh yer maydonlariga manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlarini ekish orqali yashillik yaratishga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.
___

Давайте будем активными в создании садов вокруг себя

Студенты и преподаватели Джизакского государственного педагогического университета вносят свой вклад в создание садов, высаживая саженцы декоративных и плодовых деревьев вокруг учебных корпусов и на пустующих землях.
___

Let's be active in creating greenery “Green space”

Students and teachers of Jizzakh State Pedagogical University contribute to the creation of greenery by planting seedlings of ornamental and fruit trees around educational buildings and empty lands.


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
O’zbekiston jahon chempionatining chorak finalida

Hozirgina U-17 jahon chempionati nimchorak finalida O‘zbekiston o‘smirlari Angliya ustidan 2-1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.

Barcha yurtdoshlarimizni g‘alaba bilan tabriklaymiz!!!

Bu g‘alaba bilan Oʻzbekiston tarixida ikkinchi marta turnirning chorak finalida oʻynaydigan boʻldi. Bungacha faqatgina Aleksey Yevstafeyev murabbiyligidagi oʻsmirlar 12 yil oldin – Meksika-2011da chorakfinalgacha yetib kelgandi.

Shunigdek, Oʻzbekiston JCH-2023da 1/4 finalga chiqqan Osiyoning yagona jamoasi boʻldi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#mehnat_natija_rag‘bat

Vazirilik “O‘zbekiston davlat organlari samaradorligi mukofoti” dasturida qator nominatsiyalar bo‘yicha munosib o‘rinlarni egalladi

Bugun poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida “Government Quality Award — O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari samaradorligi mukofoti” dasturi bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd qilgan davlat tashkilotlari va davlat xizmatchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dasturda joriy yilning avgust oyida 17 ta vazirlik va 70 nafardan ortiq vazirlik xodimlari 8 ta nominatsiya bo‘yicha ishtirok etdi.
Baholash natijalariga ko‘ra Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bir qancha nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilar qatoridan o‘rin oldi.

Strategik maqsadlarni amalga oshirish nominatsiyasi bo‘yicha
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi – 3

Funksiya, xizmat va innovatsiyalarni amalga oshirish nominatsiyasi bo‘yicha
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi – 3

Eng yaxshi tashabbus nominatsiyasi bo‘yicha
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Yoshlar texnoparki” – 2

Individual yo‘nalishda namunali hududiy boshqarma xodimi nominatsiyasi bo‘yicha
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimi Axtam Daliyev – 2

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6217

На русском
In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Xalqaro_anjuman

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi


Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “Soha korxonalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda dual taʼlimning oʻrni hamda fan, taʼlim, ishlab chiqarish klasterlarini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtadi.

Tadbir 2023-yil 28–29-noyabr kunlari Koreya-Oʻzbekiston texnoparkida oʻtkazilib, unda 350 nafarga yaqin oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari, shuningdek, 60 nafardan ziyod xorijiy mehmonlar ishtirok etadi.

Anjuman davomida soha korxonalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda dual taʼlimning oʻrni yuzasidan taqdimot va maʼruzalar qilinib, fan, taʼlim, ishlab chiqarish klasterlarini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati haqida xorijlik ekspertlar bilan fikr hamda tajriba almashiladi.

Shuningdek, mehmonlarga so‘nggi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya faoliyati tanishtirilib, qator korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlari imzolanadi.

На русском
In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Xalqaro_forum

Joriy yil 22–23-noyabr kunlari Samarqand shahrida “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston va Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT)ga a’zo mamlakatlar tajribasi” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.

Forumning ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov “Xotin-qizlarning ta’lim olishlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish hamda ularni ilm-fan sohasiga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribalar” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6221

На русском
In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 7-dekabrga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴Said Ahmadning “Jimjitlik” asari
🔴Jeyms Klirning “Atom odatlar” asari

Tanlov g‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
🔵5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik

Toshkent davlat agrar universitetida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishing
___

Познакомьтесь с условиями, созданными для студентов в Ташкентском государственном аграрном университете
___

Get acquainted with the conditions created for young students at the Tashkent State Agrarian University


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
⚡️ DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi

2023-yil 18-noyabr kuni o‘tkazilgan Amir Temur nomidagi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan nomzodlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytining “Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi” bo‘limidan bilishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq eng yuqori ballning kamida 30 % ini to‘plagan nomzodlar saralab olish tadbirlarining keyingi bosqichlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

Ya’ni test sinovi natijalariga ko‘ra 74,7 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichlarida ishtirok etishlari mumkin.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#yig‘ilish_topshiriq_ijro

23-noyabr kuni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov rahbarligida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish boʻlib oʻtdi. Unda respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari, prorektorlari va vazirlik masʼullari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida 21-noyabr kuni davlat rahbari raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, “Yashil makon” umummilliy loyihasi va qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan bajarilgan ishlar muhokama qilindi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6225

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube