Edu.uz
158K subscribers
18.6K photos
3.98K videos
232 files
11.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#yashil_makon

Mo‘ynoqda “Buxoro davlat pedagogika instituti talaba-yoshlar bog‘i” barpo etildi


Buxoro davlat pedagogika institutining ko‘ngilli xodim va 100 nafar talaba-yoshlaridan iborat jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida “Yashil makon” ummummilliy loyihasi doirasida bog‘ yaratish maqsadida tashrif buyurishdi.

Mo‘ynoqda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududning iqlimiga mos keladigan 3 ming tup ko‘chatlar — qayrag‘och, jiyda, saksovul ko‘chati va urug‘i, qandim, cherkes ko‘chatlari ekildi.

На русском
In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Olimlar_minbari
#13.11.—19.11.2023

📰Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“O‘zbekiston-Italiya munosabatlarida yangi davr” — To‘lqin TESHABOYEV, Toshkent moliya instituti rektori, professor;

“Dual ta’lim talabaga nega kerak? OTMga-chi?” — Davron VAHOBOV, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori;

«Экономическая стабильность достигается за счет надежного сотрудничества?» — Каландар АБДУРАХМАНОВ, академик, директор филиала Российского экономического университета им. Г. В. Плеханова в г. Ташкенте;

“O‘qish va amaliyotda xorij tajribasi” — Madamin MADAZIMOV, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor;

“Kredit-modul tizimi ta’lim sohasidagi islohotlarning samarali ekanini ko‘rsatmoqda” — Sultonali MEHMONOV, Toshkent moliya instituti prorektori, professor;

“Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” — Gulnora ABDURAHMONOVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori, professor;

«Сельское хозяйство: качество подготовки кадров, интеграция науки, образования и производства» — Комолитдин СУЛТОНОВ, проректор Ташкентского государственного аграрного университета;

“Buyuk ipak yo‘li” turizm brendi. Uni rivojlantirish qanday chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi” — Nozima ZUFAROVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti fakultet dekani, dotsent;

«Символ независимой родины» — Омон МУХАМЕДЖАНОВ, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

“Ma’rifatli avlod yurt taraqqiyoti va farovonligi drayveri” — Gulchehra ALLAYEVA, Toshkent davlat texnika universiteti kafedra mudiri, professor;

«Эволюция конституционализма: основные этапы и уроки истории» — Лейла БУРХАНОВА, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

“Raqobatbardosh kadrlar sayyohlik rivoji uchun nega zarur?” — Alisher ESHTOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, professor;

«Где взять кадры для инновационной экономики?» — Шахло ЭРГАШЕВА, профессор кафедры, директор инновационного ресурсного центра по МСФО и МСА Ташкентского государственного экономического университета;

“Ulug‘vor vazifalarga munosib amaliy tadqiqotlar zarur” — Baxtiyor MENGLIYEV, Toshkent amaliy fanlar universiteti tadqiqotchi professori;

«Как развивать бренд туризма «Великий шелковый пут?» — Нозима ЗУФАРОВА, декан факультета Ташкентского государственного экономического университета, доцент;

“Tashqi siyosiy strategiya falsafasi xalq manfaatlari va tinchliksevarlik tamoyilida aks etadi” — Suhrob BO‘RONOV, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti;

“Yomg‘irlatib sug‘orishning afzalliklari” — Zafar XUDOYOROV, Toshkent davlat agrar universiteti o‘qituvchisi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_anjuman

Joriy yilning 16–17-noyabr kunlari Umumiy va noorganik kimyo instituti 90 yilligi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston mineral xomashyolarini qayta ishlashning yuqori texnologiyalarini yaratish va ulardan foydalanishning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya o‘tkazildi.

Xalqaro tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova ishtirok etib, ilmiy hamjamiyatni qo‘shaloq bayram – Umumiy va noorganik kimyo institutining 90 yilligi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligi bilan samimiy qutladi.

👉Batafsil

На русском
In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Yangi_nafas

“Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni 150 mingdan ziyod o‘zbekistonlik sportsevarlarni birlashtirdi


Kecha 150 mingdan ziyod o‘zbekistonlik sportsevarlar “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etishdi. O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning 16 shahrida Markaziy Osiyodagi eng keng ko‘lamli sport tadbirlaridan biri tashkil etildi.

“Bir mamlakatda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida o‘tgan ommaviy bellashuvda respublika miqyosida jami 50 ming nafardan ortiq oliy ta’lim muassasalari talabalari, birgina Toshkent shaharining o‘zidan 3 ming 500 nafar talaba-yosh qatnashdi.

Musobaqada talabalar uchun alohida nominatsiya joriy etilgan bo‘lib, o‘tgan poygalarda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi va ular tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

👉 Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6209

На русском
In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube