Edu.uz
159K subscribers
17.8K photos
3.76K videos
230 files
11.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#Press_tur

Poytaxtimizning Talabalar shaharchasidagi yotoqxonalarga press-tur tashkil etildi

11-oktabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan poytaxtimizning Talabalar shaharchasida foydalanishga topshirilayotgan, foydalanilayotgan va endi qurilayotgan talabalar turar joylariga OAV va jamoatchilik vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5992

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#so‘rovnoma

Talabalar, yashash sharoitingiz qanday?

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalari talabalarining yotoqxona va ijara xonadonlariga joylashish jarayoni va yashash sharoitlari o’rganilmoqda.

U-Report yoshlar muloqot platformasida o‘z fikringizni bildiring.

Fikringiz biz uchun muhim 👉 @UReportUzbBot
____

Студенты, какие у Вас условия проживания?

Министерство высшего образования, науки и инноваций хочет знать как размещаются студенты ВУЗов в общежитиях, квартирах и какие у них условия проживания.

Выражайте своё мнение через молодёжную диалоговую платформу - Ю-Репорт!

Ваше мнение важно для нас 👉 @UReportUzbBot

Bizni kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Qizlar_kuni

11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni

Sana munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Qizlar – millat tayanchi” shiori ostida “Qizlarjon” klubi respublika forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Din ishlari qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari, o‘quvchi va talaba qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni sifatida keng miqyosda nishonlanib kelinayotgani aytib oʻtildi. Bu sana dunyo boʻylab qizlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash bilan bogʻliq holatlarni oʻrganish va tahlil etish imkonini ham beradi – dedi vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov.

Shuningdek, mamlakatimizda qizlarga boʻlgan eʼtibor, islohotlarda ham ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga ustuvorlik berilayotgani, ayniqsa, taʼlim sohasida o‘quvchi va talaba qizlarga yaratilayotgan sharoit hamda berilayotgan imkoniyatlarga toʻxtalinib, barcha qizlar samimiy qutlandi.

So‘ng tadbir ko‘tarinki ruhda davom etib, xushovoz xonandalarning kuy-qoʻshiqlari yanada bayramona kayfiyatda oʻtkazildi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

⚡️Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnali tahririyati hamda Rossiyaning “Iteos” MChJ o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi. Endilikda jurnalda nashr etilgan maqolalar (2023-yil 6-sonidan boshlab) korxonaga tegishli CyberLeninka ilmiy elektron kutubxonasi platformasiga joylashtiriladi.

CyberLeninka (KiberLeninka) – Open Science paradigmasiga asoslangan ilmiy elektron kutubxona bo‘lib, ilm-fan va ilmiy faoliyatni ommalashtirish, ilmiy nashrlar sifati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fanlararo tadqiqotlar, zamonaviy ilmiy taqriz institutini rivojlantirish hamda bilimlar infrastrukturasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnali tahririyati hamda Rossiyaning “Nauchnaya elektronnaya biblioteka” kompaniyasi o‘rtasida muhim shartnoma imzolangan edi. Unda jurnalda chop etiladigan maqolalarni (2023-yil 5-sonidan boshlab) kompaniyaga tegishli eLIBRARY.RU elektron kutubxonasiga joylashtirishga kelishilgan.

eLIBRARY.RU – ilmiy nashrlarni o‘z ichiga qamrab olgan, ilmiy ma’lumotlarni qidirish va tahlil qilishga mo‘ljallangan Rossiyaning yirik ilmiy kutubxonasi hisoblanadi. Kutubxona Rossiya ilmiy iqtiboslik indeksi (RINS) bilan integratsiyalashgan.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube