Edu.uz
158K subscribers
18.2K photos
3.89K videos
232 files
11.5K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#e'tirof

Vazir xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblarini taqdirladi

9-sentabr kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2022/2023-oʻquv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5823



Министр наградил победителей международной научной олимпиады

9 сентября в специализированной школе имени Мирзо Улугбека состоялась церемония награждения учащихся и их преподавателей, победивших на престижных и региональных международных научных олимпиадах в 2022-2023 учебном году.



The Minister awarded the winners of the International Science Olympiad

On September 9, at the specialized school named after Mirzo Ulugbek, an award ceremony was held for students and their teachers who won prestigious and regional international scientific Olympiads in the 2022-2023 academic year.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O‘quv_seminar

Barcha normativ-huquqiy hujjatlar bosh qomusimizga asoslanadi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi va Adliya vazirligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda oliy va professional ta’lim muassasalari barcha rahbar-xodimlari onlayn va oflayn shaklda ishtirok etdi.

Seminarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova kirish so‘zi bilan ochib, yangi tahrirdagi bosh qomus fuqarolar tomonidan berilgan takliflar asosida yaratilgan tom ma’nodagi xalq konstitutsiyasiga aylanganini ta’kidladi. So‘ng Davlat boshqaruvi akademiyasi va Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari tomonidan yangi tahrirdagi konstitutsiyaning qabul qilish zarurati, dolzarbligi hamda mamalakatning keyingi istiqbolidagi huquqiy qomus o‘laroq ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga asosli javoblar hamda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ma’lumot uchun, o‘quv seminarlari yakunlangach, barcha davlat fuqarolik xizmati xodimlarining yangi tahrirdagi konstitutsiya bo‘yicha umumiy bilimlari test imtihonlari orqali sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#qabul_2023
#kollej #infografika

⚡️Kollejlarga hujjat qabul qilish yakunlandi

10-sentabr kuni kollejlarga hujjat topshirish yakunlandi. Yakuniy natijaga ko‘ra, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali jami 35 088 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 15 820 nafar;
Sirtqi – 15 710 nafar;
Kechki – 120 nafar;
Dual – 3 438 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

☝️Imtihon sanasi hamda vaqti haqida qo‘shimcha ma’lum qilanadi.

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da


⚡️Завершен прием документов в колледжи

10 сентября завершилась подача заявлений в колледжи. По итоговому результату через электронную платформу my.uzbmb.uz онлайн регистрацию прошли 35 088 абитуриентов.

Из них:
На дневную форму обучения – 15 820 абитуриентов;
заочную – 15 710;
вечернюю – 120;
дуальную – 3 438 (подробности в инфографике).

☝️О дате и времени экзамена будет сообщено дополнительно.

Полная квота на
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul_2023
#texnikum #infografika

⚡️Texnikumlarga hujjat qabul qilish yakunlandi

10-sentabr kuni texnikumlarga hujjat topshirish yakunlandi. Yakuniy natijaga ko‘ra, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali jami 140 764 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 125 047 nafar;
Sirtqi – 12 939 nafar;
Kechki – 123 nafar;
Dual – 2 655 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

☝️Imtihon sanasi hamda vaqti haqida qo‘shimcha ma’lum qilanadi.

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da



⚡️Завершен прием документов в техникумы

10 сентября завершилась подача заявлений в техникумы. По итоговому результату через электронную платформу my.uzbmb.uz онлайн регистрацию прошли 140 764.

Из них:
На дневную форму обучения – 125 047
заочную – 12 939;
вечернюю – 123;
дуальную – 2 655 (подробности в инфографике).

☝️О дате и времени экзамена будет сообщено дополнительно.

Полная квота на
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik

Shahrisabz davlat pedagogika institutida talabalarning yetarli ilm olishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan
___
Шахрисабзский государственный педагогический институт создал благоприятные возможности для получения студентами достаточных знаний
___
Shakhrisabz State Pedagogical Institute has created favorable opportunities for students to obtain sufficient knowledge

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#inklyuziv_ta’lim

“III Xalqaro inklyuziv ijodiy o‘yinlar” festivali 16 ta davlat yoshlarini birlashtirdi

Joriy yilning 5–10-sentabr kunlari Rossiyaning Lipetsk viloyatida nogironlar va inklyuziv ijodiy guruhlar orasida “III Xalqaro inklyuziv ijodiy o‘yinlar festivali” bo‘lib o‘tdi. Mazkur festival 16 ta davlatdan 79 ta jamoa, jami 2000 nafardan ortiq imkoniyati cheklanganlarni qamrab oldi. Jumladan, O‘zbekistondan Kar-soqovlar madaniyat markazi direktori Go‘zal Shodiyeva boshchiligida 13 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlar 5 ta yo‘nalishda ishtirok etdi.

Festivalda o‘zbek yoshlari tomonidan “O‘zbek milliy urf odatlari” nomli spektakl namoyish etildi. Shuningdek, O‘zbek milliy liboslari modalar ko‘rgazmasi, milliy raqslar namoyishi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir davomida imo-ishoralar bilan qo‘shiq kuylash yo‘nalishida Oleg Oshipkov Filip Kirkorovning “Немного жаль” ashulasini ijro etib, gran pri mukofotiga, Kamila Yakubjanova esa O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Hech kimga bermaymiz seni O‘zbekiston” nomli ashulasini kuylab, faxrli III o‘ringa sazovor bo‘ldi. Ikkala chiqish ham barchada o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Bundan tashqari, rasmlar ko‘rgazmasi yo‘nalishi bo’yicha 16 ta davlat jamoalari orasidan o‘zbekistonliklar faxrli uchinchi o‘rinni egallab, lauriat sohibi bo‘lishdi. Mamlakatimiz yoshlarining tadbirdagi chiqishlari boshqa davlat jamoalarining alohida tahsiniga sazovor bo‘lib, yurtimiz madaniyati, urf-odatlariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirdi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#grant

E’LON!

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) “O‘zkimyosanoat” AJ bilan bilan hamkorlikdagi qo‘shma loyiha doirasida Koreyaning nufuzli oliygohida kimyo sohasida magistratura (6 ta o‘rin) va doktorantura ixtisosligida (PhD, 7 ta o‘rin) grant asosida ta’lim olish uchun tanlov e’lon qildi!

O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlaganlar yangi tashkil etiladigan Koreya-O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti – Kimyo texnologiya innovatsiya markazida o‘z faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi!

Hujjatlar 2023-yil 30-sentabrgacha onlayn qabul qilinadi.
👉https://admission.ust.ac.kr/bbs/BBSMSTR_000000000861/list.do

📞 Qo‘shimcha ma’lumot
olish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkin:
(+998) 97 136-35-07;
(+998) 97 136-35-32

📤 Elektron manzil: empark@krict.re.kr

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#yengillik

Oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun yana bir qator yengilliklar berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, quyidagilarga:

talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati;

ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi.

Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.

Eslatma: belgilangan tartibga ko‘ra, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham birinchi o‘quv yiliga muayyan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#qonunchilik_yangiliklari

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi

Prezident Farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat.

Birinchi yo‘nalish “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” deb nomlanib, unda ta’lim tizimi islohotlari bo‘yicha 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilandi.

Jumladan, oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida:

yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi kamida 50 foizga yetkaziladi;
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan to‘liq ta’minlanadi;
30 ta oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;
“Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida “ikki diplomli tizim” joriy etiladi;
10 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top-1 000” oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishiladi;
oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligi oshirilib, ilmiy salohiyat 70 foizga yetkaziladi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube