Edu.uz
134K subscribers
23.1K photos
4.93K videos
239 files
13K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
⚡️Vengriya tomonining taklifiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Tashrif doirasida Budapesht shahrida Vengriya Prezidenti Katalina Novak va bosh vaziri Viktor Orban bilan oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi.

Muzokaralar yakunida qoʻshma bayonot va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamini imzolash rejalashtirilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Professor_minbari
#26.09—01.10.2022

Professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda:

🔹“Millat muallimi” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat univesiteti rektori, professor;

🔸“Konstruktiv muloqotlar bir maqsad yo‘lida birlashgan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, farovonligiga xizmat qiladi” — Qo‘ng‘irotboy ShARIPOV, Toshkent davlat iqtisodiyot univesiteti rektori, professor;

🔹“Ustozlik – hikmat va qismat” — Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, professor;

🔸“Tarixiy voqelikka aylangan nufuzli anjuman” — Rasul RAHMONOV, Toshkent shahridagi Vebster universiteti ijrochi direktori;

🔹Chuqur bilimga asoslangan ta’lim faoliyatimiz mezoniga aylanishi uchun hamma imkoniyat mavjud — Chidem TURKYILMAZ, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori;

🔸“El-yurtni, xalqni ma’rifat asraydi” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;

🔹«Развитие науки, ее интеграция в образование и производство – основа прогресса экономика» — Алишер САМАДОВ, директор Алмалыкского филиала Ташкентского государственного технического университета;

🔸“Taraqqiyotning eng muhim nuqtalar” — Bahrom ABDULLAYEV, Urganch davlat univesiteti rektori;

🔹“Ziyorat turizmida ilmiy yondashuv” — Bahrom MAMADIYEV, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori;

🔸“Ming yil avval aytilgan ilmiy haqiqatlar” — Olmaxon HAITOVA, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti professori;

🔹“O‘zbekiston–Saudiya Arabistoni: tarixiy, madaniy va diniy rishtalar mustahkamlanmoqda” — Bahodir JOVLIYEV, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi;

🔸Biennale – imkoniyatlar maydoni — Nilufar JABBOROVA, Milliy rassomlik va dizayn instituti rektorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#E’lon

⚡️Vakant direktor lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov

🔰Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar maktablarining 16 ta vakant direktor lavozimi uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.

📃 Vakant direktor lavozimlar ro‘yxati bu yerda 👈

🌐 Talabgorlar tomonidan arizalarni yuborish 👉 https://vacancy.edu.uz/ sayti orqali amalga oshiriladi.

🔚 Hujjatlar 2022-yil 13-oktabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Будапешт шаҳрида расмий ташриф билан Венгрияда бўлиб турган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевни расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.

В городе Будапеште состоялась официальная церемония встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева, совершающего официальный визит в Венгрию.

#Mirziyoyev #tashrif #Vengriya #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish tartibi belgilandi

🔰Hukumat qarori (559-son, 03.10.2022 y.) bilan “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan masofaviy ta’lim orqali oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlarni tayyorlashni tashkil etish tartibi belgilandi.

▪️Buning uchun ta’lim tashkilotida quyidagilar bo‘lishi talab etiladi:

- masofaviy ta’limni boshqarish uchun “Learning Management System” platformasi;
- internetga ulanish va foydalanish uchun axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi;
- o‘quv yili uchun mo‘ljallangan o‘quv kontenti;
- fanlarning elektron o‘quv-metodik majmualari hamda ilmiy va o‘quv adabiyotlarining elektron bazasi;
- kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar;
- texnik va dasturiy komponentlar ishlashini ta’minlaydigan muhandis-texnik xodimlar;
- ta’lim tashkilotiga tegishli bo‘lgan, mamlakat hududida joylashgan server qurilmasi;
- ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi barcha axborotlar joylashtirilgan rasmiy veb-sahifa.

🗓 Masofaviy ta’lim joriy etish mumkin bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari har yili 1 aprelgacha e’lon qilinadi.

❗️Masofaviy ta’lim asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 300 nafar, bir magistratura mutaxassisligi 30 nafar talabadan ortiq bo‘lmasligi lozim.

🔹Bunda:
- mazkur talab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlariga tatbiq etilmaydi;
- talabalar sonini aniqlashda xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar hisobga olinmaydi.

Masofaviy ta’limda o‘qishga qabul qilingan talaba quyidagi hollarda oliy ta’lim tashkilotiga kelishi shart:

- o‘quv jarayoni boshlanishidan avval – LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish uchun;
- har semestr yakunida – yakuniy nazorat topshirish o‘tish uchun.

📌 Shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy va magistrlik ishi himoyasi bevosita oliy ta’lim tashkilotida an’anaviy tarzda amalga oshiriladi, ularni sinxron yoki asinxron rejimida qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Masofaviy ta’lim shakli to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston-Vengriya rektorlari forumini muntazam o‘tkazish taklif qilindi

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. Tashrif doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Vengriya Madaniyat va innovatsiya vazirining Innovatsiya va oliy ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari Laszlo Georgiy bilan uchrashdi.

Unda oliy ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
E’LON

2022-yil 17—18-oktabr kunlari Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha xalqaro onlayn olimpiada bo‘lib o‘tadi.

Unda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar, xorijdagi oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan talabalar qatnashishi mumkin.

Xalqaro olimpiada jamoalari tarkibi 4 nafargacha ishtirokchi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat boʻladi.

Olimpiada ikki turda o‘tkaziladi va mazkur ikki tur uchun jami 100 ball olish mumkin, bular:

1️⃣ ijodiy yozma ish tayyorlash (rasmlar tavsifi) – 50 ball;
2️⃣ suhbat - 50 ball.

Olimpiada g‘oliblari va ishtirokchilari xalqaro darajadagi sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

Xalqaro olimpiada ishtirokchilarini roʻyxatga olish 15-oktabrigacha http://uzbektili.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

👉@eduuz
Professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari qanday o‘tmoqda?

Ma’lumki, 2022/2023-o‘quv yilida kollej va texnikumlarga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan joriy yilning 3-oktabrdan boshlab test sinovlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu jarayonlarni ko‘zdan kechirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sadoqat Siddiqova Toshkent shahridagi test sinovlari o‘tkazilayotgan 2-Respublika tibbiyot kolleji, Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida bo‘ldi.

➡️ Batafsil ushbu havolada

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube