Edu.uz
159K subscribers
17.8K photos
3.78K videos
230 files
11.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#Qabul2022

E’LON!

🏛 Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti”
Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialida qabul jarayonlari davom etmoqda.

🔰 2022/2023-o‘quv yili uchun qabul kvotasi 500 ta o‘rin bo‘lib, bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi.

👨🏻‍💻 Hujjatlarni qabul qilish onlayn tarzda (http://qabul.mpei.uz/) amalga oshiriladi.

➡️ Batafsil: https://t.me/mpeiuz/319
➡️ На русском: https://t.me/mpeiuz/318

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot ishga tushirildi

Unda siz uchun eng muhim quyidagi maʼlumotlarni oson topishingiz mumkin.

BAKALAVR:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
Oʻtish ballari—2021 (hududlar, yoʻnalishlar kesimida).

MAGISTRATURA:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022
Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).

Shuningdek:

✔️Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
✔️Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul kvotalari va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.

☝️@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

Bizni kuzating: 👉@eduuz
⚡️Bugundan professional ta’lim muassasalariga o’qishni ko’chirish boshlandi

🏛 Kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda (Adliya vazirligining yuridik texnikumlaridan tashqari) o‘qishni ko‘chirish yuzasidan arizalar 20-iyuldan 10-avgustga qadar qabul qilinadi.

🔰 O’qishini koʻchirish istagida bo’lganlar ta’lim muassasasida tashkil etilgan Ishchi guruhga quyidagilardan iborat hujjatlar yig‘majildini taqdim etadi:

ariza (o’quvchi yoki voyaga yetmagan bo’lsa uning ota-onasi tomonidan);
professional ta’lim muassasasi tomonidan berilgan akademik ma’lumotnoma;
o‘quvchining kursdan kursga o‘tganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Talabaga_yengillik
#mobil_ilova
#hemis

📱 Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish “HEMIS” axborot tizimining talabalar uchun mobil ilovasi ishlab chiqildi.

📲 Endilikda talabalar oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan:

🔹reyting daftarchasi;
🔸transkript;
🔹oʻzlashtirish koʻrsatkichlari;
🔸nazorat jadvallari;
🔹fanlarning elektron resurslari kabi maʼlumotlarni mazkur mobil ilova orqali olishlari mumkin.

➡️ Shuningdek, mobil ilovada joriy yil bitiruvchilari uchun QR-kodli diplom maʼlumotlarini (fayli) yuklab olish imkoniyati mavjud.

📥 Ilovani yuklab olish👇

📲 AppStore: https://apps.apple.com/ru/app/hemis/id1626119615?platform=iphone

📲 GooglePlay: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tmetjem.hemis&hl=ru&gl=US

| Telegram | Facebook | Instagram |
Edu.uz pinned a photo
#Qabul2022

⚡️ Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari aniq bo‘ldi

🔰 2022-yil 23-24-25-26-iyul kunlari barcha hududlarda 6 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan kasbiy _(ijodiy)_ imtihonlar o‘tkaziladi.

📌 Imtihonlar 2 bosqichda:

1️⃣-bosqich (yozma qismi)tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihonlari qog‘oz shaklda;

2️⃣-bosqichgapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa Davlat test markazining maxsus dasturi orqali belgilangan joylarda elektron tarzda bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani (abituriyent qayd varaqasining quyi qismida) yuklab olishlari mumkin.

📌 Abituriyentlar imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Imtihon o‘tkaziladigan joylar:👉 https://telegra.ph/Chet-tili-07-18.

| Telegram | Facebook | Instagram
Birozdan soʻng, “Oʻzbekiston” telekanalining “Munosabat” koʻrsatuvi boshlanadi.

Unda oliy taʼlim muassasalariga 2022/2023-oʻquv yili qabulida kiritilgan oʻzgarishlar, imtiyozlar haqida oliy ta'lim muassasalari mas'ullari tomonidan ma'lumot beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram
Alohida iqtidor-2022.pdf
364 KB
#Qabul2022
#Eslatma

⚡️Ilovada alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati

🔰 Alohida iqtidor talab etiladigan
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlar uchun:

kasbiy (ijodiy) imtihonlar OTM tomonidan;

majburiy uchta:

ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);
matematika;
O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.

📲 Kvotalar to'liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating:👉
@eduuz
#Qabul2022
#Eslatma

⚡️Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos kasbiy (ijodiy) imtihon va test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI

Ma'lumot uchun,
alohida iqtidor talab etiladigan har bir ta’lim yo‘nalishi bo'yicha o'tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezoni oliy ta'lim muassasalari veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarida e'lon qilingan.

📲 Kvotalar to'liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating:👉
@eduuz
#Professional_taʼlim
#Bitiruvchi2022

Kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum bitiruvchilarining 87 fozi diplomlarini oldi

Joriy yil professional taʼlim muassasalarini jami 142,9 ming nafar oʻquvchi kasb va mutaxassisliklarni tamomlamoqda.

Bugungi kunga qadar bitiruvchilardan 124,9 ming nafari (87,4%)ga yangi namunadagi QR-kodli diplomlar tarqatildi.

Jumladan, 70,6 ming nafar kasb-hunar maktablari, 38,7 ming nafar kollejlar va texnikumlarning 15,5 ming nafar bitiruvchilariga diplomlar topshirildi.

Ushbu jarayon davom etmoqda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Professional_taʼlim
#Xalqaro_hamkorlik

Oliy va professional taʼlimni rivojlantirishda xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

Ayni kunlarda Qozogʻiston Respublikasining Nursulton shahrida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan “Markaziy Osiyoda iqtisodiyotning oʻsish tarmoqlari uchun professional taʼlim” loyihasi doirasidagi xalqarо seminar boʻlib oʻtmoqda.

➡️ Batafsil ushbu havolada

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Yig‘ilish

Magistraturaga qabulda soxta sertifikatlar yuklanmoqda

Bu haqda bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov rahbarligida markaziy apparat mas’ullari, oliy va professional ta’lim muassasalari rahbarlari, professional ta’lim boshqarmalari boshliqlari ishtirokida 2022/2023-o‘quv yili uchun qabulni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

➡️ Batafsil havolada.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston vakillari Portugaliyaning Vianu-du-Kashtelu politexnika institutida

Institutda tashkil etilgan treninglarda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ CBHE dasturi doirasida mexatronika va robototexnika bo‘yicha yangi bakalavriat dasturini ishlab chiqishning yakuniy jarayonlari muhokama qilinmoqda

➡️ Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube